Grantlar.uz
78.8K subscribers
8.31K photos
50 videos
14 files
7.03K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim.

Quyidagi maqolada emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/

@grantlar
14👍9🔥2
Yandex ML School Uzbekistan 5 kundan keyin Machine Learning dasturiga arizalarni qabul qilishni yakunlaydi.

Dastur Machine Learning va AI sohalarida rivojlanishni istagan texnik yo‘nalish talabalari hamda yosh mutaxassislarga mo‘ljallangan. Ta’lim bepul, ammo qabul uchun saralovdan o‘tish kerak. Dasturga arizani havola orqali topshirish mumkin.

Dasturda:
— ML’ning matematik asoslari;
— Machine Learning;
— Deep Learning;
— Computer Vision;
— NLP va LLM;
— Reinforcement Learning;
— real loyihalar asosidagi amaliy vorkshoplar.

Ta’lim bepul, mashg‘ulotlar Toshkentda kechki payt oflayn va ingliz tilida o‘tkaziladi.

Bu yil 35 ta o‘rin mavjud.

Ariza topshirishning oxirgi muddati — 2026-yil 9-sentabr.

@grantlar
17👍12
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 238 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2027-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2026-yil 22-sentabrdan 22-oktabrgacha (oʻqish 2027-yil bahorgi semestrdan)
– 2026-yil 10-noyabrdan 2027-yil 14-yanvargacha (oʻqish 2027-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
36👍9
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va bakalavriatdan keyin kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
24👍3
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2026-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
16👍6
Yandex Uzbekistan’dan bepul ta’lim dasturi

Yandex Uzbekistan 10–31 oktabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Dev Camp dasturiga qabulni boshladi.

Ta’lim yo‘nalishlari:
• backend dasturlash
• sun’iy intellekt
• algoritmlar
Ishtirok etish — bepul.

Dastur IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan. Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.

Eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan’da  amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tishlari mumkin.

O‘zbekistonning boshqa hududlaridan saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashash joyi kompaniya tomonidan qoplanadi.

Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Mashg‘ulotlarning kamida 70 foizida qatnashgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Arizalar 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.

@grantlar
22👍4
O‘qituvchisiz?

• Darsda qiziqish pastmi?
• Metodlar yetishmayaptimi?
• Sinfni boshqarish qiyinmi?

Ayniqsa, sentyabrda yo‘l qo‘yilgan bu xatolar butun yilga qimmatga tushadi. 

MuallimMuhammad kanalida — sentyabrni professional boshlashingiz uchun maxsus qo’llanma tayyorlab qo’yilgan🎁

Hoziroq kanalga obuna bo’ling va birinchi haftani qanday o’tkazish bo’yicha qo’llanmaga ega bo’ling. Darslaringizni samarali tashkil qiling.

👉 Kanalga qo’shiling 👈
👉 Kanalga qo’shiling 👈
12👍3
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
10👍6
🏆 IBRAT LIGASI BOSHLANDI!

Sentyabr — Ibratda Ligalar oyi!

🎉 Birinchi Ligani qarshi oling!

Ligamiz sentyabr oyining 14-sanasida, dushanba kuni start oladi 🏁

Darslarni bajaring, ball to‘plang va reytingda yuqorilang!

🎁 G‘OLIBLAR UCHUN:

🥇 1-o‘rin — iPhone 18 Pro
🥈 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m


Eng qizigʻi sovgʻalar bu bilan tugamaydi ⭐️

4–10-oʻrinlar uchun 500 000 soʻm
11–50-oʻrinlar: 200 000 soʻm
51–100-oʻrinlar: 100 000 soʻm
101-200-oʻrinlar: 3 oylik Pro obunasi
201–800-oʻrinlar: 1 oylik Mutolaa premium

Bunaqasi faqat Ibrat Academy’da! Bepul til o‘rganasiz, iPhone 18 Pro va pul mukofoti yutasiz!

👉 Ilovaga kiring va hoziroq Liga ishtirokchisiga aylaning!

@ibratfarzandlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1810
Expatrio Scholarship tanlovi: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant

Bu tanlov 2025-yil oktabrdan boshlab Germaniyada istalgan bosqichda oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun moʻljallangan.

Ishtirokchilardan berilgan mavzuda 2 daqiqadan oshmaydigan video tayyorlash va topshirish talab etiladi (ingliz, nemis yoki ona tilida).

Mukofotlar: Sovrinli oʻrinlar – 10 ta. Sovrindorlar 300 yevrodan 15 000 yevrogacha pul mukofotlari va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2026-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/expatrio-scholarship/

@grantlar
10👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Viza uchun hujjat tayyorlayapsizmi? Bu ma’lumotnoma kerak bo‘lishi mumkin

Grant yutib, xorijiy universitetga hujjat topshirishning o‘zi bilan jarayon tugamaydi. Viza bosqichida hisobingizdagi mablag‘ qoldig‘ini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi ham talab qilinishi mumkin.

Bu hujjatni olish uchun bankka borish shart emas. “xazna” ilovasida karta bo‘yicha rasmiy ma’lumotnomani bepul olish mumkin.

Ma’lumotnomada hisobdagi mablag‘ qoldig‘i ko‘rsatiladi, hujjat haqiqiyligini esa QR-kod orqali tekshirish mumkin. Uni PDF shaklida yuklab olish yoki kerakli joyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish imkoniyati ham bor.

🎓 Xorijda o‘qish yoki grant uchun hujjat tayyorlayotgan bo‘lsangiz, bu imkoniyatni saqlab qo‘ying — viza jarayonida asqotishi mumkin.

@grantlar
6👍4
Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kolleji (AQSH)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar 2026-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/

@grantlar
11👍7
🎓 UBS Toshkent filialida magistraturaga qabul davom etmoqda

UBS Toshkent filiali
o‘z bilim va tajribasini yangi darajaga olib chiqishni maqsad qilgan bakalavr bitiruvchilarini magistratura dasturlariga taklif etadi.

Magistratura mutaxassisliklari:
😍 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
😍 Pedagogika
😍 Iqtisodiyot


Magistratura — bu shunchaki navbatdagi akademik bosqich emas, balki o‘z sohangizda chuqur bilim, kuchli professional kompetensiya va yuqori darajadagi mutaxassislik sari qo‘yiladigan strategik qadamdir.

Keyingi professional bosqichingizni UBS Toshkent bilan boshlang!

Hujjat topshirish: qabul.ubsu.uz

☎️ Murojaat uchun: +998555202626 yoki @ubsuzbekistan_bot

📌 Toshkent shahri, Sirg‘ali tumani, Nilufar MFY, Sergeli 2-mavze, 2b-uy.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥1