Grantlar.uz
81.2K subscribers
7.1K photos
42 videos
14 files
5.75K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud!

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Digital Transformation For New Business Models. Yozgi maktab 2024-yil 11-25-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2024-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Shveytsariyadagi Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grantlar taklif etadi.

Grantlar quyidagi masgitrlik dasturlari uchun beriladi:
– LLM in International Humanitarian Law and Human Rights
– Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law

Grant imkoniyatlari:
– Kontrkat summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Arizalar 2024-yil 4-noyabrdan 2025-yil 9-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shveytsariya-huquqshunoslik-magistratura-toliq/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.

@grantlar
Dunyoning 22-raqamli universitetida onlayn magistratura kurslarini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati!

Britaniyadagi Edinburg universiteti onlayn magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchilarga Edinburgh Global Online Learning Masters Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Dastur doirasida 20 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 3-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/edinburgh-global-online-learning-masters-scholarships/

@grantlar
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2024-yil 12-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
The CineSpace Film Competition: NASAdan qisqa metrajli filmlar tanlovi; mukofot – 10 000 dollargacha!

Tanlovga istalgan mavzu va janrdagi, 10 daqiqadan oshmaydigan qisqa video, qisqa film va raqamli media ishlari qabul qilinadi.

Filmlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tilidagi subtitr bilan birga topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 10 000 dollar
– 2-oʻrin: 5000 dollar
– 3-oʻrin: 3000 dollar

Arizalar 2024-yil 8-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-cinespace-film-competition-qisqa-metrajli-filmlar-uchun-10-000-aqsh-dollari-mukofot/

@grantlar
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2024-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
Namangandagi Amerika Burchagidan “Peer-to-Peer” volontyorlik dasturi!

Bu dasturga qabul qilinganlar Namangandagi Amerika Burchagida 2024-yil 1-iyundan boshlab 6 oy (haftasida 6 soat) amaliyot oʻtaydi.

Nomzodga talablar:
– ingliz tilini qoniqarli darajada bilish
– dastur davomida haftasi 6 soat Namangandagi Amerika Burchagida amaliyot oʻtash imkoniga ega boʻlish

Manfaatli jihatlar:
– Maxsus trening va kurslarda ishtirok etish
– Dastur yakunida sertifikat va tavsiyanoma
– Ingliz tili darajasini oshirish imkoniyati
– Tanishlar orttirish

Arizalar 2024-yil 24-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/namangan-peer-to-peer-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
Harvard Radcliffe Fellowship Program: Turli soha vakillari uchun AQSHda 9 oylik amaliyot!

Dasturga deyarli barcha soha vakillari topshira oladi. Yiliga oʻrtacha 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Qabul qilinganlar oʻz sohasiga oid tadqiqot loyihasi ustida ishlaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Umumiy 78 ming AQSH dollari stipendiya
– Loyiha xarajatlari uchun 5000 AQSH dollari
– Koʻchish, oila aʼzolari turar joyi, bola parvarishi va boshqalar uchun ham qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin

Arizalar 2024-yil 3-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-radcliffe-fellowship-program/

@grantlar
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Data Science
– Media and Human-Centered Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 7000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2024-yil 12-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
AQSHdagi hamyurtimiz bilan suhbat: sunʼiy intellekt va innovatsiyalarning taʼlim sohasidagi istiqbollari

Grantlar.uz AQSHda grant asosida tahsil olgan va hozirda AQSHda ish faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz – Jasur Ziyautdinov bilan suhbat qildi.

Suhbatda sunʼiy intellekt va innovatsiyalarning taʼlim sohasidagi istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/aqshdagi-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
“Duel loyihasi”: 15–30 yosh oraligʻidagi shoirlar uchun tanlov; mukofot jamgʻarmasi 424 mln soʻm

Tanlovda kattalar va bolalar sheʼriyati yoʻnalishida ijod qiladigan 15–30 yosh oraligʻidagi barcha shoirlar qatnashishi mumkin.

Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
– Onlayn (saralash bosqichi)
– Viloyat
– Respublika

Mukofotlar: Turli bosqich gʻoliblari elektron qurilmalardan 50 mln soʻmgacha boʻlgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2024-yil 29-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/duel-loyihasi-15-30-yosh-oraligidagi-shoirlar-uchun-tanlov/

@grantlar
Ayol-qizlarga magistraturani Qozogʻistonda oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dastur ayol qizlarga Qozogʻistondagi DKU universitetida qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini strategik boshqarish boʻyicha magistraturada oʻqish imkonini beradi.

Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant imtiyozlar:

– Kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi
– Oylik stipendiya beriladi
– Qozogʻistonga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Viza xarajatlari qoplanadi (zarur boʻlsa)

Arizalar 2024-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-women-in-renewable-energy/

@grantlar
DAAD Helmut-Schmidt-Programme: Germaniyada magistraturani oʻqish uchun barcha xarajatlari qoplanuvchi grant!

Bu grant davlat siyosati, boshqaruv, ijtimoiy himoya, tinchlik va nizolarni oʻrganish kabi sohalarda magistraturani oʻqish uchun taqdim etiladi. Aksairyat magistrlik dasturlari ingliz tilida, ayrimlari ham ingliz, ham nemis tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– 934 yevro oylik stipendiya
– Germaniyaga borish va kelish xarajati qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Turar joy uchun mablagʻ
– 6 oygacha bepul nemis tili kursi va boshqalar

Arizalar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/daad-helmut-schmidt-programme-germaniyada-magistraturani-oqish-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanuvchi-grant/

@grantlar
Italiya: Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 10 ming yevrogacha stipendiya; joy – 65 ta!

Grantlar universitetdagi barcha Master of Science magistrlik kurslari uchun beriladi. Ingliz tilida oʻqish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.
– Grant turiga qarab, yiliga 10 ming yevrogacha stipendiya beriladi.
– Ayrim grantlarda bepul yotoqxona taʼminlanadi.

Arizalar 2024-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/italiya-milan-politexnika-universitetining-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2024-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bu post orqali xorijda o'qishning afzalliklari bilan tanishasiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
Xalqaro shaxmat federatsiyasidan ijodiy ishlar tanlovi: bosh mukofot 800 yevro

Ishtirokchilardan tegishli mavzularga bagʻishlangan poster (rasm) yaratish talab etiladi.

Ishtirokchilar qoʻlda chizilgan va/yoki sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan ishlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-oʻringa 800 yevro, 2-oʻringa 500 yevro va 3-oʻringa 300 yevro pul mukofoti
– Sovrindorlarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi

Ishlar 2024-yil 10-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xalqaro-shaxmat-federatsiyasidan-ijodiy-ishlar-tanlovi/

@grantlar
Oʻqish bepul universitetlar: Gamburg universiteti (Germaniya)

Gamburg universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 136-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 332 haq toʻlanadi. Bu toʻlov jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin.

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 31-mart yoki 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-gamburg-universiteti-universitat-hamburg/

@grantlar
Geosiyosiy globallashgan dunyoda Yevroosiyo: Qirgʻizistonda barcha xarajatlari qoplanuvchi 3 kunlik seminar!

Seminar 2024-yil 25-27-iyul kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Seminarga ijtimoiy fanlar va ularga aloqador sohalarda bakalavriat yoki magistratura darajasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Borish va kelish xarajati qoplanadi

Arizalar 2024-yil 5-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eurasia-in-a-geopolitical-globalised-world/

@grantlar
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2024-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar