Grantlar.uz
82.1K subscribers
7.24K photos
42 videos
14 files
5.91K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti joriy yilda jami 410 nafar talabani (280 nafar magistr, 130 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (540-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2023-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2023-yil 3-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
The Geneva Challenge 2023 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!

Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida yolgʻizlik muammolari boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 11 000 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 5500 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 2740 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2023-yil 23-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/

@grantlar
🔊🔊ALTIUS LC dan ingliz tilini OFFLINE hamda ONLINE o'rganuvchilar uchun qulay va manfaatli taklif!!!🔊🔊

❗️❗️MUHIM❗️❗️
Endilikda Sizda ALTIUS LC da ingliz tili bo'yicha 24-martdan boshlab quyidagi kurslarda OFLINE yoki ONLINE tarzda o'qib, IELTS va CEFR imtihonlarida ko'rsatgan natijangizga ko'ra o'quv markaz uchun qilgan umumiy xarajatlaringizni TO'LIQ yoki QISMAN qoplash imkoniyati mavjud

🔴Beginner
🔴Elementary
🔴Pre-intermediate
🔴Intermediate
🔴IELTS


Batafsil ma'lumot uchun:
👇
https://t.me/altius_learningcentre

Murojaat uchun:
@Tolibjon_Davlatov

Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor metro, Shuhrat chorraha
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 18 400 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 140 ta!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun 140 ta grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2023-yil 1-iyundan 15-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2023-yil 15-martdan 31-maygacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
NSP dasturi bo’yicha hujjatlarni tekshirib berish xizmati

Ko’p sonli nomzodlar murojaatiga ko’ra, NSP almashinuv dasturi bo'yicha tashkil etilgan kurs doirasida dasturga kerakli hujjatlarni tekshirib berish xizmatini yo’lga qo’yishga qaror qildik.

Hujjatlarni mentor Ozodaxon O’ktamovaning shaxsan o’zi tekshirib beradi.

Xizmatning 2 xil shakli mavjud:

1. Dastur uchun barcha hujjatlarni tekshirib berish — 250 ming so’m.
Hujjatlar ichiga quyidagilar kiradi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— 2 ta tavsiyanoma.

2. Alohida hujjatni tekshirish xizmati — 100 ming so’m (bitta hujjat uchun). Bunda har bir hujjat uchun alohida to’lov qilinadi.

☝️ Muhim jihatlar:
— Xizmatda hujjatlar tekshirilib, ularning kamchilik va afzalliklari ko'rsatiladi, qanday tuzatish/kuchaytirish bo'yicha tavsiyalar beriladi.
— Hujjatlar mentor tomonidan tuzatib yoki yozib berilmaydi. Nomzodning o'zi berilgan ko'rsatma va tavsiyalar asosida hujjatlarni tuzatadi.
— Nomzod hujjatlarni tuzatganidan keyin mentor ularni yana bir marta ko'rib beradi.

Xizmatdan foydalanish uchun ushbu telegram hisobga murojaat qiling: @GN_work

@grantlar_namuna
Professional va havaskor ijodkorlar uchun “BO It!” illustratsiyalar tanlovi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan istalgan davlat fuqarosi qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar berilgan shakl asosida Bolonya shahriga bagʻishlangan illustratsiya yaratishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 800 yevro va Millenium galereyasidagi koʻrgazmada ishning namoyishi
– 2-oʻrin: 500 yevro
– 3-oʻrin: sanʼat asbob-uskunalari va materiallarini sotib olish uchun 200 yevrolik vaucher
– Boshqa imtiyozlar ham mavjud

Ishlar 2023-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bo-it-ilyustratsiyalar-tanlovi-mukofot-1200-yevro/

@grantlar
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan tashkilotlar uchun kichik grantlar dasturi

Grantlar sanʼat, madaniyat, sport dasturlari, ayollar uchun huquq va imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalar uchun beriladi.

Ariza berishi mumkin boʻlgan tashkilotlar:
– Davlat va xususiy taʼlim muassasalari.
– Oʻzbekiston va AQSHning notijorat tashkilotlari
– Fuqarolik jamiyati tashkilotlari / nohukumat tashkilotlar.
– Tahlil markazlari.
– Jismoniy shaxslar.

Miqdori: Har bir loyihaga (jami 10 ta) 5-15 ming dollar ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 24-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ozbekistondagi-aqsh-elchixonasidan-tashkilotlar-uchun-kichik-grantlar-dasturi/

@grantlar
‼️POLSHAGA QABUL BOSHLANDI‼️

Bizning xizmatlar (va xizmatlar ketma-ketligi qanday ketishi):

1) 🇵🇱 Polshadagi bakalavr bosqichi uchun universitetlarga hujjat topshirish (3 ta universitet tanlash mumkin);

2) 🏢 Universitetga qabul qilinganingizdan keyin sizning original hujjatlaringizni universitet qabulxonasiga berish;

3) 🏛 O'qishga qabul qilinganingizdan keyin elchixonaga student vizasi uchun Toshkent shahridagi Polsha Respublikasining elchixonasiga navbat olib berish;

4) ✈️ Aeroportda kutib olish;

5) 🏬 Hostel bilan ta'minlash;

6) 💳 Sim-karta olish;

7) 📄 Polshada butun umr kerak bo'ladigan 'PESEL NUMBER' olishiga ko'mak beramiz;

8) 🏦 Bank hisobi ochishiga ko'mak beramiz.

Takliflar bilan batafsil tanishing👇
https://t.me/StudentHelpPoland

Murojaat uchun: @Student_help_Warsaw
Oʻqish bepul universitetlar: Zigen universiteti (Germaniya)

Zigen universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 801-1000-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 322,9 yevro haq toʻlanadi. Bu toʻlov jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz va nemis tillarida tahsil olish mumkin.

Qabul

Arizalar dasturga qarab, odatda har yili qishki semestr uchun aprel, may va iyul oylarigacha; yozgi semestr uchun esa noyabr yoki yanvar oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
Leading Asia Scholarship: Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant!

2023-yil 2-5-oktabr
kunlari Belfastda (Shimoliy Irlandiya) boʻlib oʻtadigan One Young World sammitida qatnashish uchun Leading Asia granti eʼlon qilindi.

Grantga 18-30 yoshli Osiyo davlatlaridan boʻgan yetakchi yoshlar ariza topshirishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leading-asia-scholarship-belfastdagi-4-kunlik-sammitda-qatnashish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Yosh Menejer dasturining 5-mavsumi start oldi

Yosh Menejer dasturi 5-mavsumi 2 yo’nalishda tashkil etiladi:
1. Loyihalar boshqaruvi: gʻoyadan tortib, loyihaning realizatsiyasigacha bo'lgan barcha jarayonlarni o'rganish (8 ta dars).
2. Shaxsiy rivojlanish: yoshlarda professional ko'nikmalarni shakllantirish (8 ta dars).

Dastur afzalliklari:
– Amaliy va nazariy bilimlar olish.
– Ijtimoiy loyihalar yaratish imkoniyati.
– Ekskursiyalar tashkil qilinadi.
– Investorlarga loyiha taqdim qilish imkoniyati.

Arizalar 2023-yil 30-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/yosh-menejer-dasturining-5-mavsumi-start-oldi/

@grantlar
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

Ayrimlar biroz toʻlovi boʻlsa ham, xorijdagi biror volontyorlik dasturi orqali tajriba orttirishni xohlaydi.

Volunteer Society Nepal tashkiloti Nepalda volontyrolik qilishni xohlovchilarga shunday imkoniyatni taqdim qiladi.

Dastur narxlari:
– 2 haftalik dastur: 400 yevro;
– 3 haftalik dastur: 500 yevro;
– 4 haftalik dastur: 600 yevro;
– keyingi qo’shimcha har bir hafta uchun: 75 yevrodan.

Toʻlangan haq quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Aeroportda kutib olish va kuzatib qoʻyish
– Dastur davomida bepul oziq-ovqat (2 mahal)
– Mezbon oilalarda yashash imkoniyati
– Shahar transportidan foydalanish
– Nepal tili va madaniyati darslari
– Katmandu shahri boʻylab gid yordamidagi ekskursiya
– Viza olish va joʻnab ketish oldidan yordam
– Nepal boʻylab boshqa sayohatlarni tashkil etishda ko’mak

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Erlangen-Nyurenberg universiteti (FAU)

FAU dunyoning eng nufuzli universitetlari roʻyxatida 340-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– Har semestr 67 yevro talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlar badali toʻlanadi
– Har semestr 77 yevroga transport chiptasi olinadi (1 semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beradi)
– Ingliz, nemis, fransuz, ispan va yana bir nechta xorijiy tillarda oʻqitiladigan dasturlar mavjud

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
Allan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships: Magistraturani Britaniyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Grantlar Sheffield universitetida huquq, iqtisod, sogʻliqni saqlash, jurnalistika, ekologiya, siyosat kabi sohalarga oid bir qancha magistrlik dasturlarida oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya taʼminalanadi

Grantni qoʻlga kiritish uchun nomzodlar 2023-yil 5-maygacha tegishli magistrlik dasturlaridan biriga qabul xatini olishi lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/allan-and-nesta-ferguson-charitable-trust-scholarships-for-masters/

@grantlar
ICYF RAMADAN CONTEST: Ramazon oyida Reels/qisqa videolar tanlovi; mukofot – 1000 dollar!

Tanlovda butun dunyodan boʻlgan musulmonlar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilardan Reels video olish va uni oʻzining Facebook yoki Instagram profiliga joylash talab etiladi.

Mukofotlar
– 1000 AQSH dollari
– ICFY maxsus mukofoti

Arizalar 2023-yil 18-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-ramadan-contest/

@grantlar
Qabul davom etayotgan grantlar uchun hujjat namunalari

Hozirda bir qancha grantlarga arizalar qabul qilinmoqda.

Ularning ayrimlarida gʻolib boʻlgan hamyurtlarimizning topshirgan hujjatlarini namuna sifatida kanalga joylaganmiz.

Bunday hujjatlarni koʻrib chiqish arizachilarga muvaffaqiyatli hujjatlar qanday tayyorlanishi / yozilishi haqida tasavvur hosil qilishiga va bu hujjatlarni tayyorlashga amaliy yordam beradi.

Quyida hozir qabul ochiq boʻlgan ayrim grant dasturlari va ular uchun hujjat namunalarini keltirib oʻtamiz:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Slovakiya hukumatining Milliy stipendiya dasturi gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

👉 JACAFA stipendiya dasturi gʻolibining shu dasturga topshirgan hujjatlari

@grantlar_namuna
Ingliz tili, dasturlash va grafik dizayn boʻyicha oʻquv kurslari uchun 2 mlrd 500 mln soʻmli grant eʼlon qilindi!

“Cambridge LC” va “Najot Ta'lim” oʻzaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qoʻyishida ko'maklashish maqsadida “Kelajak yoshlari” nomli navbatdagi taʼlim grantini eʼlon qildi.

Dastur doirasida 15-23 yoshli 100 nafar yigit-qizga grant ajratiladi.

Dastur imtiyozi: Qabul qilinganlar 2 mlrd 500 mln so'mli ta'lim granti orqali ingliz tili, dasturlash, grafik dizayn yoʻnalishlarida 1 yil davomida bepul taʼlim oladi.

Arizalar 2023-yil 3-aprel, soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/kelajak-yoshlari-talim-granti/

@grantlar
Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!

55th World Gallery of Cartoons – Skopje 2023 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
– 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.
– Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi.

Ishlar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-gallery-of-cartoons-skopje-tanlovi/

@grantlar
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3000 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3000 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
Innovatsiya vazirligi tomonidan startaplar tanlovi: istiqbolli loyihalar 1 mlrd soʻmgacha moliyalashtiriladi!

Tanlovda 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, oʻzining IT sohasidagi innovatsion loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin

Tanlov boʻyicha quyidagi yoʻnalishdagi loyihalar qabul qilinadi:
– Raqamli
– Aqlli tibbiyot
– Aqlli transport
– Aqlli taʼlim
– Aqlli qishloq xoʻjaligi
– Aqlli energetika tizimi
– Aqlli mahalla

Tanlov imtiyozi: moliyalashtirishga tavsiya etilgan startap loyihalarga 1 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 16-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/innovatsiya-vazirligi-tomonidan-startaplar-tanlovi/

@grantlar