Grantlar.uz
82.4K subscribers
7.27K photos
44 videos
14 files
5.94K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 2-avgustdan 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
V-Young Professional Fellowship – Bangkokda 4 kunlik dastur, 35 ta toʻliq va qisman grantlar taklif etiladi!

Dastur 2022-yil 27-30-sentabr kunlari Bangkokda (Tailand) boʻlib oʻtadi. Yetakchilik mahoratini sayqallashga qaratilgan bu dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Jami 100 nafar ishtirokchi qabul qilinib, 10 nafariga toʻliq, 25 nafarsiga qisman grant ajratiladi.

Toʻliq grant oʻz ichiga oladi:
– Aviachipta va turar joy
– Oziq-ovqat
– Sertifikat va konferensiya toʻplami
– Madaniy va boshqa kechalarga tashrif

Qisman grant oʻz ichiga oladi:
– Turar joy
– Oziq-ovqat
– Sertifikat va konferensiya toʻplami
– Madaniy va boshqa kechalarga tashrif

Arizalar 2022-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/v-young-professional-fellowship/

@grantlar
Qabul muddati 31-avgustgacha uzaytirildi

KOICA: Koreyada kimyo sohasida magistratura va doktoranturani oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 22 ta!

KOICA tashkiloti va “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligida tashkil etilgan bu grant doirasida magistratura uchun 12 ta, doktorantura (PhD) uchun 10 ta joy ajratilgan.

Dastur imkoniyatlari:
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Kontrakt toʻlovi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajati qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta

Arizalar 2022-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koica-koreyada-kimyo-sohasida-magistratura-va-doktoranturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Abituriyentlar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro Qishloq Xo'jaligi universiteti, siz abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida:

📣 QABUL jarayonlari MUDDATI UZAYTIRILDI.

❗️Universitet tashkil qilinganligi munosabati bilan 200 ta davlat Grantlari ajratildi.

❗️Hujjatlar joriy yilning 25.08.2022 kuniga qadar qabul qilinadi.

👉🏻 Ro'yxatdan o'tish!

Sizdan talab qilinadigan hujjatlar:

📌Pasport yoki ID karta elektron nusxasi;
📌Umumiy o‘rta ta'limni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki kollej / litsey diplomi;
📌 IELTS 5.0 va yoki boshqa ekvivalent sertifikatlar (+TOEFL, CEFR, Duolingo) elektron nusxasi;
📌 Oxirgi 3 oy ichida olingan 3,5x4,5 RASM;

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

Murojaat uchun:
📞 +998999810919
📞 +998957800028

Instagram | Facebook | Website
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim.

Bugun emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/

@grantlar
Oʻzbekiston: mukofot jamgʻarmasi 90 mln soʻm boʻlgan videoroliklar tanlovi!

“Ilm innovatsiya va taraqqiyot” nomli ushbu tanlovda 16-30 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin.

Tanlov quyidagi 3 yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
– Buyuk ajdodlar merosi
– Men ixtirochiman
– Eng kreativ animatsion rolik

Mukofotlar

Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 15 mln soʻm, gʻoliblik statuetkasi va sertifikat.
– 1-oʻrin: 10 mln soʻm, gʻoliblik statuetkasi va sertifikat.
– 1-oʻrin: 5 mln soʻm, gʻoliblik statuetkasi va sertifikat.

Arizalar 2022-yil 30-sentabr, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mukofot-jamgarmasi-90-mln-som-bolgan-videoroliklar-tanlovi/

@grantlar
Toshkentdagi Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti abituriyentlarga 200 ta toʻliq grant taklif etmoqda!

Universitetda taʼlim toʻliq ingliz tilida. Qabul uchun IELTS 5.0 yoki shunga teng til sertifikati kerak. Til sertifikati yoʻqlar ichki til imtihonini topshirib kirishi mumkin.

Universitet xususiyatlari:
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori asosida tashkil etilgan
– 250 nafar talaba (bakalavr) qabul qilinadi, 200 tasiga toʻliq grant ajratiladi
Xalqaro taʼlim standartlari
Buyuk Britaniya diplomi beriladi
– 7 ta yoʻnalish mavjud

Arizalar 2022-yil 7-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/toshkentdagi-xalqaro-qishloq-xojaligi-universiteti/

@grantlar
Eronda talabalar va yosh mutaxassislar uchun 4 kunlik tadbir; turar joy, oziq ovqat xarajatlari qoplanadi!

Dastur imtiyozlari:
– Bepul ishtirok, bepul turar joy va bepul oziq ovqat
– Xalqaro olimlar maʼruzalari va muhokamalar
– Tabiiy va madaniy manzillarga bepul ekskursiyalar
– Turli mamlakat yoshlari bilan tanishish, fikr almashish imkoniyati

Kimlar ariza topshira oladi?
18-35 yoshli talabalar, yaqinda oʻqishni bitirganlar, yosh mutaxassislar va yetakchilar.

Arizalar 2022-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-student-week-in-iran/

@grantlar
Awake Tourism Challenge: Turizm sohasiga oid startaplar tanlovi!

Tanlovda 35 yoshdan kichik kamida 2 kishidan iborat boʻlgan guruh sifatida qatnashish mumkin. Startap taqdimoti (pitch) ingliz tilida tayyorlanishi kerak.

Tanlov imkoniyatlari:
– UNWTO Demo Day’da qatnashish
– UNWTO innovatsion tarmog‘iga a’zo bo‘lish
– Les Roches Spark Innovatsion Markazida inkubatsiya xizmatlaridan foydalanish (Kran Montana shahrida 3 oylik turar joy taʼminlanadi)
– Startaplar uchun mablagʻ jalb qilish imkoniyati va boshqalar

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/awake-tourism-challenge-turizm-sohasiga-oid-startaplar-tanlovi/

@grantlar
O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) hujjatlar qabuli boshlandi!

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– 1-yilda bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Grantlar.uz jamoasi kollej bo'yicha quyidagi materiallarni tayyorlagan:

👉 Berea kolleji haqida batafsil matnli ma'lumot

👉 Berea kolleji haqida batafsil video ma'lumot

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan matnli suhbat

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

Qabul 2022-yil 15-oktabr yoki 2023-yil 15-yanvargacha davom etadi.

@grantlar
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1119 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
Dunyoning 4-raqamli oliygohi – Stenford univrsitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant!

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant quyidagilar bilan taʼminlaydi:

Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 12-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
Qabul tugashiga 1 hafta qoldi

OSCE Akademiyasi: Iqtisod sohasida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va boshqa moddiy imtiyozlar!

Qirgʻizistonda OSCE Akademiyasi taklif etuvchi ushbu bakalavriat dasturi 4 yil davom etadi va darslar ingliz tilida boʻladi.

Jami 25 tagacha talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant beriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Oyiga 110 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta xarajati qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Viza xarajati qoplanadi

Arizalar 2022-yil 14-avgust, 15:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-bachelor-of-arts-programme-in-economics/

@grantlar
Harvard Radcliffe Fellowship Program: Turli soha vakillari uchun AQSHda 9 oylik amaliyot!

Dasturga deyarli barcha soha vakillari topshira oladi. Yiliga oʻrtacha 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Umumiy 78 ming AQSH dollari stipendiya
– Loyiha xarajatlari uchun 5000 AQSH dollari
– Koʻchish, oila aʼzolari turar joyi, bola parvarishi va boshqalar uchun ham qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin

Arizalar 2022-yil 29-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-radcliffe-fellowship-program/

@grantlar
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish imkoniyati; yillik stipendiya – 86 000 dollar!

Dasturga istalgan sohadagi ijodkor va sanʼatkorlar taklif etiladi. Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 86 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2022-yilning 1-iyulidan 13-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
Writers Of The Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2022-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya!

Dastur Germaniya oliygohlarida musiqa yoʻnalishida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olish yoki malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 861 yevro oylik stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Oʻqish va tadqiqotlar uchun bir martalik mablagʻ
– Tibbiy sugʻurta

Arizalar 2022-yil 29-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-musiqa-yonalishida-magistratura-yoki-malaka-oshirish-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant!

Bu dasturga ingliz tilida material tayyorlay oladigan va kamida 5 yillik tajribaga ega jurnalistlar, frilans jurnalistlar, muxbirlar va muharrirlar ariza berishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Tanlangan mavzuni yoritish uchun 15 000 dollargacha grant beriladi
– Muharrirlik yordami koʻrsatiladi

Arizalar yiliga 2022-yil 30-sentabrga qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-biznes-jurnalistikasi-boyicha-qishki-amaliyot-mukofot-15-000-aqsh-dollargacha/

@grantlar
Swiss Government Excellence Scholarships: tadqiqot olib borish uchun Shveytsariya hukumati grantlari

Dasturga san’at yo’nalishidan boshqa barcha sohadagi oliy ma’lumotli (kamida magistr diplomiga ega) va 1987-yil 31-dekabrdan keyin tugʻilgan O’zbekiston fuqarolari ariza topshira oladi.

Ingliz, italyan, fransuz yoki nemis tilini yaxshi bilish talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 3670 dollargacha stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Turar joy uchun 314 dollar yordam puli
– Jamoat transporti kartasi

Arizalar 2022-yil 9-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/swiss-government-excellence-scholarships-shveytsariya-hukumati-grantlari/

@grantlar
Bank Internship Program (BIP): Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Dastur Jahon bankining Vashington ofisi yoki boshqa ofislarida kamida 4 hafta amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab etiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Soatbay ish haqi toʻlanadi.
– Zarur hollarda safar xarajatlari uchun 3000 dollargacha ajratiladi.

Arizalar har yili 2 marta qabul qilinadi:
– 1-dekabrdan 31-yanvargacha (yozgi amaliyot uchun)
– 1-oktabrdan 31-oktabrgacha (qishki amaliyot uchun)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bank-internship-program-bip-magistratura-va-phd-bosqichi-talabalari-uchun-jahon-bankida-haq-tolanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar