Grammar Notes
12.6K subscribers
2.29K photos
72 videos
991 files
7.12K links
βœ… Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat (ehson) qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz.

βœ‰οΈ https://tirikchilik.uz/grammarnotes

Donat uchun karta raqami: 8600332998853000

πŸŒ€ Kanal asoschisi: @kh_atajanov
Download Telegram
✳️Bilib qo'ygan yaxshi πŸ‘Œ

✳️ Bugungi postimda kanal foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan savollardan biriga javob bermoqchiman. Savol any va no so'zlarining sifat yoki ravishlarning qiyosiy darajasi bilan ishlatilishi haqida edi.

1️⃣ Any so'zi qiyosiy darajadagi sifat va ravishlar bilan so'roq, inkor yoki if'li gaplarda ishlatiladi. Bunday vaziyatlarda biroz, unchalik ham (emas), hech qancha ham (emas) degan ma'nolarda ishlatiladi.
πŸ”ΈCan you go any faster? (biroz tezroq)
πŸ”ΈYou don't look any older than your daughter. (= You don't look at all older ... unchalik yoshi katta ko'rinmaysiz)
πŸ”ΈIf I were any younger, I'd fall in love with you. (biroz yoshroq bo'lganimda edi, sizni sevib qolardim)

2️⃣ 'No' so'zi ham yuqoridagi holatlarda ishlatila oladi, faqat fe'l bo'lishli bo'lishi lozim.
πŸ”ΈI'm afraid the weather's no better that yesterday. (kechagidan unchalik ham yaxshi emas)

3️⃣ No va any so'zlarining different so'zi bilan ishlatilishga e'tibor bering. Bu yerda qiyosiy daraja bo'lmaydi.
πŸ”ΈThis school isn't any different from the last one. (unchalik ham farq qilmaydi)
πŸ”ΈIs John any better? -No different. Still very ill. (Unchalik ham emas)

4️⃣ any good/use yoki no good/use birikmalarini ishlatilishiga ham e'tibor bering.
πŸ”ΈWas the film any good? (Film yaxshimi... ko'rishga arziydimi degan ma'noda)
πŸ”ΈThis watch is no use. It keeps stopping. (Bu soat hech narsaga arzimaydi...)


❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #extra
πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
πŸ’‘ Bilib qoΚ»ygan yaxshi πŸ‘Œ

β–ͺ️ Ingliz tilida ikkita narsani bir-biriga qiyoslashda ishlatiladigan va as yoki like so'zi bilan o'xshatishni bildiradigan iboralar 'similes' (similis deb talaffuz qilinadi) deb nomlanadi. Ularni og'zaki yoki yozma nutqingizni chiroyli qilish va qiyoshlashni kuchaytirish uchun ishlatishingiz mumkin.

β–ͺ️Similes qatnashgan gaplarga misollar:
πŸ”ΈMy brother is as thin as a rake. (Mening akam xaskashdek ozg'in - juda ozg'in degan ma'noda)
πŸ”ΈThe baby's skin is as smooth as silk. (Chaqaloqning terisi ipakdek mayin - juda mayin degan ma'noda)
πŸ”Έ I don't want to go in the car with Lottie. She drives like a maniac. (Men Lotti bilan bir mashinada ketishni xohlamayman. U aqldan ozgandek haydaydi - juda tez haydaydi)

β–ͺ️Ingliz tilida eng ko'p qo'llaniladigan similes'larga misollar:
βœ… as bright as a button - juda aqlli
βœ… to run like the wind - shamoldek tez yugurmoq
βœ… as silent as the grave - qabrdek sokin (jim)
βœ… to fit like a glove - lop-loyiq kelmoq
βœ… as fresh as a daisy - juda tetik
βœ… as clear as crystal - juda tiniq, juda tushunarli
βœ… as poor as a church mouse - juda kambag'al, juda qashshoq
βœ… to fight like cat and dog - it-mushuk bo'lib urushmoq, jiqqamusht bo'lmoq
βœ… as stubborn as a mule - eshakdek qaysar
βœ… as blind as a bat - ko'zi ko'r, yaxshi ko'rmaydigan
βœ… as strong as an ox - ho'kizdek kuchli, ho'kizdek kuchi bor
βœ… as quiet as a mouse - juda sokin, jim, ovozi chiqmaydi
βœ… as busy as a bee - juda serg'ayrat, ishchan, qo'li qo'liga tegmaydi
βœ… as cool as a cucumber - pinagini buzmaydi, juda xotirjam
βœ… as good as gold - tilla (bola), xulq-atvori juda yaxshi bolalarga nisbatan ishlatiladi

❓Yana qanday similes larni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #extra
πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ’‘ Bilib qoΚ»ygan yaxshi πŸ‘Œ

β–ͺ️Bugungi postda ingliz tilida eng bir-biri o'xshash bo'lgan uchta fe'lni farqlashni o'rganamiz. Mazkur fe'llar - to lie\to lay\to lie fe'llaridir. Bu fe'llarning o'tgan zamon va past participle shakllariga e'tibor bering.

1️⃣ to lie – yotmoq, joylashmoq degan ma'nolarda notoΚ»g’ri fe’l hisoblanadi. OΚ»timsiz fe’l bo'lganligi tufayli o'zidan keyin to'ldiruvchi (ot) ololmaydi. O'tgan zamon shakli - lay, past participle shakli - lain ko'rinishida bo'ladi.
πŸ”ΈShe was lying on the beach at this time yesterday. (U kecha mana shu paytda plyajda yotgan edi)
πŸ”ΈThe river lies 30 km to the south. (Daryo 30 kilometer janubda joylashgan)

2️⃣ to lay – qo'ymoq, joylashtirmoq degan ma'nolarda notoΚ»g’ri fe’l hisoblanadi. OΚ»timli fe’l bo'lganligi tufayli o'zidan keyin to'ldiruvchi (ot) bilan keladi. O'tgan zamon shakli - laid, past participle shakli - laid ko'rinishida bo'ladi.
πŸ”ΈShe laid the baby on the bed. (U chaqaloqni krovat ustiga qo'ydi)
πŸ”ΈCould you lay the table for dinner? (Stolni kechgi ovqatga tayyorlaysizmi?)

3️⃣to lie – aldamoq degan ma'noda toΚ»g’ri fe’l hisoblanadi (lied, lied). O'timli fe'l bo'lganligi uchun to'ldiruvchi bilan ham, to'ldiruvchisiz ham kela oladi.
πŸ”Έ She is always lying about her age. In fact, she is much older than she looks. ( U har doim o'zining yoshi haqida aldaydi, aslida u ko'ringanidan ancha yoshi katta)

❀️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing @grammarnotes
4️⃣4️⃣4️⃣ 18-avgust Yakshanba kuni soat 20:00da Grammarway 3 darsligi asosida 34-darsimiz bo'lib o'tadi.

πŸ“‹ Mavzu: Yes/No questions/negative questions/Wh- questions

πŸ“‹Avvalgi darslarga havolalar:
πŸ“ Lesson 1 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 2 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 3 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 4 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 5 video darsga havola
πŸ“ Lesson 6 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 7 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 8 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 9 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 10 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 11 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 12 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 13 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 14 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 15 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 16 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 17 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 18 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 19 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 20 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 21 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 22 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 23 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 24 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 25 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 26 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 27 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 28 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 29 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 30 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 31 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 32 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 33 video darsiga havola

πŸ‘ Kanal asoschisiga minnatdorlik bildirish uchun shu yerga bosing.

@grammarnotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
βœ… Bilib qo'ygan yaxshi πŸ”½

✳️ Bugungi darsimizda ingliz tilida bir joydan ikkinchi joyga borish, sayohat qilish m'anosini beruvchi journey, trip, travel, travels, voyage, tour, excursion so'zlarining bir-biridan farqini ko'rib chiqamiz.

1️⃣ journey - uzoqroq yoki tez-tez boriladigan joyga (odatda transport vositasida) borish degan ma'noni beradi (go on/make a journey) .
πŸ”Έ You can't go on a journey to Alaska without making careful preparations.
πŸ”ΈThe journey to work takes about half an hour by train.
πŸ”ΈIf the roads are flooded, we'll have to make the journey by boat.

β–ͺ️ Cambridge lug'atidagi izoh: the act of travelling from one place to another, especially in a vehicle

2️⃣ trip - biror joyga qisqa muddatga borib-kelish degan ma'noda ishlatiladi (go on/make/take a trip).
πŸ”ΈHow was your trip to San Francisco?
πŸ”ΈShe's away on a business trip and won't be back until Monday.
πŸ”ΈThe trip from York to Newcastle takes about an hour by train.

β–ͺ️ Cambridge lug'atidagi izoh: a journey in which you go somewhere, usually for a short time, and come back again

3️⃣ travel - umumiy ma'nodagi so'z bo'lib, dunyo bo'ylab yoki biror joydan ikkinchi joyga sayohat qilish degan ma'noda ishlatiladi.
πŸ”ΈShe enjoys foreign travel immensely.
πŸ”ΈNew computer technology has made air travel considerably safer.
πŸ”ΈWe share a love of literature, food and travel.

β–ͺ️Cambridge lug'atidagi izoh: the activity of travelling

4️⃣ travelling so'zi ham travel so'ziga o'xshash ma'no beradi va odatda fe'l yoki ko'makchilardan keyin ishlatiladi.
πŸ”ΈI hate travelling on my own.
πŸ”ΈThe job involves a certain amount of travelling. (travel emas)

⚠️ Qo'shma otlarda (compound nouns) travel so'zi ishlatiladi: air travel, foreign travel.

5️⃣ travels - bir yoki bir nechta davlat bo'ylab sayohat qilish va voqealarni boshdan o'tkazish degan ma'noda ishlatiladi.
πŸ”ΈI accompanied the South African team throughout their travels in Australia and New Zealand.
πŸ”ΈWe filmed a lot of wild animals on our travels.

6️⃣ voyage - kemada yoki qayiqda uzoq sayohat degan m'anoda ishlatiladi.
πŸ”ΈHe was a young sailor on his first sea voyage.
πŸ”ΈChristopher Columbus brought cattle on his second voyage to America in 1493.

β–ͺ️Cambridge lug'atidagi izoh: a long journey, especially by ship

7️⃣ tour - hordiq chiqarish yoki dam olish uchun bir nechta hudud yoki davlat bo'ylab sayohat qilish degan ma'noda ishlatiladi.
πŸ”ΈFor our next holiday we're going on a ten-day tour of the Lake District.
πŸ”ΈThey've just come back from a tour of California's wine country.

⚠️ Siyosatchilar, davlat rahbarlari yoki biror kasb egalarining o'z rejalashtirgan ishlari bo'yicha safar qilishlari ham tour so'zi bilan ifodalanadi.
πŸ”ΈThe Queen is making a two-week tour of Australia.
πŸ”ΈThe Prime Minister will be returning on Mondayrfr6m a three-week tour of Southeast Asia.

⚠️ tour so'zi shahar, biror bino (muzey, sobor) bo'ylab e'tiborga molik joylarni ko'rish uchun uyushtiriladigan sayr, sayohat ma'nosida ham ishlatiladi.
πŸ”ΈWe went on a guided tour of the cathedral/museum/factory.
πŸ”ΈA bus took us on a sightseeing tour of the city.

8️⃣ excursion - ekskursiya degan ma'noda bir guruh odamlarning hordiq chiqarish uchun biror joyga sayohat qilishi degan ma'noda ishlatiladi.
πŸ”Έ This year's annual excursion will be to Lincoln.
πŸ”Έ Next week we're going on an excursion.

β–ͺ️Cambridge lug'atidagi izoh: a short journey usually made for pleasure, often by a group of people

❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #extra
πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Lesson 34 - 18/08/2024.
πŸ“Topics: Yes/No questions/negative questions/Wh- questions

πŸ“YouTubeda ko'rish uchun: https://youtu.be/BBDacaMLcn0

βœ‰οΈ Kanal asoschisiga minnatdorlik bildirish

πŸ“Kanaldan uzoqlashmang. @grammarnotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✳️ Bilib qo'ygan yaxshi πŸ‘Œ

✳️ Bugungi postimizmida ingliz tilida mashhur bo'lgan bir-biriga juda o'xshash late, last, latest, later va latter so'zlarining farqi va ishlatilishini o'rganamiz.

1️⃣ late - kech, kechki m'anosida sifat va ravish bo'lib ishlatiladi.
πŸ”Έ You’re half an hour late.
πŸ”Έ Ellen has to work late tonight.

2️⃣ last - oxirgi, oxirgi marta degan ma'nolarda sifat va ravish bo'lib keladi.
πŸ”ΈI hadn’t seen him since the last meeting.
πŸ”ΈWhen I last saw her, she was working in New York.

3️⃣ latest - eng so'nggi, oxirgi (yangiliklar, moda) degan ma'nolarda sifat bo'lib keladi.
πŸ”Έ His latest film is one of the funniest he’s ever made.
πŸ”Έ Have you heard the latest news?

4️⃣ later - keyingi, keyinroq degan ma'noda sifat va ravish bo'lib keladi.
πŸ”ΈThe role of marketing is dealt with in a later chapter.
πŸ”ΈI’m going out for a bit – I’ll see you later.

5️⃣ latter - keyingisi, ikkinchisi degan ma'noda 'former' - dastlabkisi, birinchisi degan so'z bilan juftlikda ishlatiladi.
πŸ”ΈWhere unemployment and crime are high, it can be assumed that the latter is due to the former.
πŸ”ΈBoth the oatmeal cookie and the granola bar were good, but I preferred the latter.

βž•Bilimingizni sinab ko'rish uchun onlayn yuqoridagi so'zlar bo'yicha mashqπŸ‘‰
https://www.tolearnenglish.com/exercises/exercise-english-2/exercise-english-25821.php

❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #extra
πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
⚑️ Hurmatli ustozlar, attestatsiya tayyorgarlik uchun qaysi mavzuda dars o'tamiz?
Final Results
31%
1️⃣ Abbreviations and acronyms
41%
2️⃣ Transcription rules
28%
3️⃣ Inversion
βœ… Bilib qo'ygan yaxshi πŸ”½

✳️ Bugungi postda ingliz tilida ruxsat berish ma'nosida ishlatiladigan allow, permit va let fe'llarining farqini o'rganamiz. Mazkur fe'llarning farqi haqida yozishni ko'pdan beri o'ylab yurardim va bugun ushbu mavzu bo'yicha yaxshi material topganim uchun sizlar bilan baham ko'rmoqchiman. Mazkur ma'lumotlarni o'qib, men ham o'zim uchun yangi narsalarni kashf qildim.

1️⃣ Demak, mazmuman va ishlatilishi bo'yicha allow va permit fe'llari juda yaqin, lekin permit fe'li nisbatan rasmiyroq. Ikkala fe'l ham odatda to'ldiruvchi+infinitiv qurilmasida ishlatiladi.
πŸ”Έ We don't allow/permit people to smoke in the kitchen.

⚠️ Agar gapda to'ldiruvchi bo'lmasa, avvalgi darslarimizdan ham ma'lumki, fe'lning gerundiy shakli ishlatiladi.
πŸ”Έ We don't allow/permit smoking in the kitchen.

2️⃣ Mazkur fe'llarning majhul nisbatda ishlatilishi ham ko'p uchraydi. Bunda gapda ega sifatida ot, otli birikma yoki gerundiy ham kelishi mumkin.
πŸ”Έ People are not allowed/permitted to smoke in the kitchen.
πŸ”Έ Smoking is not allowed/permitted in the kitchen.

3️⃣ It bilan boshlanadigan majhul nisbatdagi gaplarda faqat permit fe'li ishlatiladi.
πŸ”Έ It is not permitted to smoke in the kitchen. (It is not allowed to smoke emas)

4️⃣ allow fe'li (permit emas) ravishlar (ko'makchilar) bilan ishlatiladi.
πŸ”Έ She wouldn't allow me in.
πŸ”Έ Mary isn't allowed out at night.

5️⃣ Let fe'li mazkur fe'llarga qaraganda unchalik rasmiy emas, ya'ni og'zaki nutqda juda keng qo'llaniladi. Let fe'li to'ldiruvchi bilan ishlatilganda infitiniv 'to' siz ishlatiladi.
πŸ”ΈPlease allow me to buy you a drink. (rasmiyroq)
πŸ”ΈLet me buy you a drink. (norasmiy, do'stona ohangda)

6️⃣ Let fe'li majhul nisbatda ishlatilmaydi.
πŸ”Έ I wasn't allowed to pay for the drinks. (I wasn't let emas)

7️⃣ Let fe'li ravishlar (ko'makchilar) bilan ishlatilishi mumkin.
πŸ”Έ She wouldn't let me in.
πŸ”Έ I've been let down.

❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post
@grammarnotes #extra
πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
βœ… Bilib qo'ygan yaxshi πŸ”½

✳️ Bugungi postda due to va owing to birikmalarini o'rganamiz. Mazkur birikmalar 'because of' - sababli, tufayli ma'nosida ishlatiladi va o'zidan keyin ot, otli birikma talab qiladi (⚠️gap emas). Due to birikmasi 'owing to' birikmasiga qaraganda keng ommalashgan.

✳️ Owing to, due to birikmalari bilan kelgan gap qismi vergul bilan ajratiladi.
πŸ”Έ Due/Owing to the bad weather, the match was cancelled. (Yomon ob-havo sababli o'yin bekor qilindi)
πŸ”Έ We had to postpone the meeting, due/owing to the strike. (Biz ish-tashlash tufayli yig'ilishni keyinga qoldirishga majbur bo'ldik)

✳️ Due to to be fe'lidan keyin ishlatilishi mumkin, lekin owing to odatda bunday shaklda ishlatilmaydi.
πŸ”Έ His success was due to his mother. (not was owing to his mother)

❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #extra
πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
✳️ Bilib qo'ygan yaxshi πŸ‘Œ

✳️ Bugungi postimizmida ingliz tilida oylik, ish haqi, daromad ma'nosida ishlatiladigan salary, wage, pay, income, earnings so'zlarining farqi va ishlatilishini o'rganamiz.

1️⃣ salary - oylik, aniq belgilangan ish haqi. Odatda ma'lum kasb egalari (o'qituvchilar, vrachlar, hamshiralar, boshqa professional kasb egalari) oylik olishadi.
πŸ”Έ Nurses earn a basic salary of Β£21,250.
πŸ”Έ Her salary is paid directly into her bank account.
*the money that you receive regularly for doing your job, usually paid to you every month. Salary is usually used for professional jobs such as teachers, managers, doctors.

2️⃣ pay - ish uchun to'lov, haq
πŸ”Έ The pay is pretty good.
πŸ”Έ Teachers are asking for higher pay.
*the money you receive for doing a job

3️⃣ wages - ishbay hisoblanadigan ish haqi, aniq miqdori belgilanmaydi. Odatda ischilarning oyligi ularning qancha vaqt ishlaganiga qarab to'lanadi va 'wage' deb nomlanadi.
πŸ”Έ Practically all my wages go on housing and transport to work.
πŸ”Έ The average weekly wage was Β£350.
*the money that someone is paid every week by their employer, especially someone who works in a shop or factory

4️⃣ income - daromad, kirim
πŸ”Έ The amount of tax you have to pay depends on your income.
πŸ”Έ People on low incomes are finding it difficult to pay their fuel bills.
*the money that you receive regularly for doing your job, and from things such as a business or investments

5️⃣ earnings - umumiy daromad, topish-tutish
πŸ”Έ The average worker’s earnings have not kept up with inflation.
*the total amount of money you earn from any job you do – used especially when the amount is different each month or year

❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #extra
πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
βš‘οΈβš‘οΈπŸ‘†πŸ‘† Hurmatli ustozlar !!!
ℹ️ Attesttatsiyaga tayyorgarlik ko'rmoqchi bo'lsangiz, 29-avgustdan yangi guruh ochyapmiz.
β–ͺ️ To'liq attestatsiya kursi 2 oylik - oyiga 150 ming so'm.

βœ…Demo dars ko'rmoqchi bo'lsangiz, shu yerga kiring: https://t.me/+UWa0ojNzIaQ5OTcy

βœ…Natijalarni ko'rmoqchi bo'lsangiz: @grammarnotesshop ga kiring.

βœ… Kursga yozilish uchun: @grammarnotesadmin ga yozing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ 25-avgust Yakshanba kuni soat 20:00da Grammarway 3 darsligi asosida 35-darsimiz bo'lib o'tadi.

πŸ“‹ Mavzu: Subject/object questions, indirect questions, I think so/I am afraid so, etc., question tags, intonation

πŸ“‹Avvalgi darslarga havolalar:
πŸ“ Lesson 1 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 2 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 3 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 4 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 5 video darsga havola
πŸ“ Lesson 6 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 7 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 8 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 9 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 10 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 11 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 12 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 13 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 14 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 15 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 16 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 17 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 18 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 19 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 20 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 21 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 22 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 23 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 24 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 25 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 26 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 27 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 28 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 29 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 30 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 31 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 32 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 33 video darsiga havola
πŸ“ Lesson 34 video darsiga havola

πŸ‘ Kanal asoschisiga minnatdorlik bildirish uchun shu yerga bosing.

@grammarnotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5 minutga boshlaymiz
Live stream started
Live stream finished (40 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Lesson 35 - 25/08/2024.
πŸ“Topics: Subject/object questions, indirect questions, I think so/I am afraid so, etc., question tags, intonation

πŸ“YouTubeda ko'rish uchun: https://youtu.be/CgG4FOxrO_A

βœ‰οΈ Kanal asoschisiga minnatdorlik bildirish

πŸ“Kanaldan uzoqlashmang. @grammarnotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
βš‘οΈβš‘οΈπŸ‘†πŸ‘† Hurmatli ustozlar !!!
ℹ️ Attesttatsiyaga tayyorgarlik ko'rmoqchi bo'lsangiz, 29-avgustdan yangi guruh ochyapmiz.
β–ͺ️ To'liq attestatsiya kursi 2 oylik - oyiga 150 ming so'm.

βœ…Demo dars ko'rmoqchi bo'lsangiz, shu yerga kiring: https://t.me/+UWa0ojNzIaQ5OTcy

βœ…Natijalarni ko'rmoqchi bo'lsangiz: @grammarnotesshop ga kiring.

βœ… Kursga yozilish uchun: @grammarnotesadmin ga yozing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
βœ… Bilib qo'ygan yaxshi πŸ”½

✳️ Bugungi postimizda ingliz tilini o'rganuvchilar uchun qiyinroq bo'lgan ikkita so'z - between va among so'zlarining ishlatilishini o'rganamiz.

1️⃣ Umumiy qoidaga ko'ra between alohida ajratilgan ikkita shaxs, narsa yoki ikkita guruh (inson, narsalar) uchun 'o'rtasida, orasida' degan m'anoda ishlatiladi.
πŸ”Έ She was standing between Alice and Mary.
πŸ”Έ There is a long valley between high mountains.

2️⃣ between masofa yoki muddat uchun ham ishlatilishi mumkin.
πŸ”Έ We need two metres between the windows.
πŸ”Έ I'll be at the office between nine and eleven.
πŸ”Έ They lived in New York between 1998 and 2004.

3️⃣ between so'zi each so'zi bilan ishlatilishi ko'p uchraydi.
πŸ”ΈThere seems to be less and less time between each birthday.

4️⃣ between va among so'zlarining ikkitadan ko'p shaxs yoki predmet uchun ishlatilishiga to'xtaladigan bo'lsak, between bir nechta alohida-alohida olingan shaxslar yoki predmetlar o'rtasida, orasida degan ma'noda ishlatilishi mumkin. Among esa alohida olinmagan shaxslar yoki predmetlar orasida degan ma'noda, ular guruh sifatida ko'rilganda ishlatiladi.
βš–οΈ Qiyoslang:
πŸ”ΈOur house is between the woods, the river and the village.
πŸ”ΈHis house is hidden among the trees.
πŸ”ΈI saw something between the wheels of the car.
πŸ”ΈYour letter is somewhere among all these papers.

⚠️ Shuningdek, sanalmaydigan birlikdagi ot oldidan orasida degan ma'noda ham among ishlatiladi.
πŸ”ΈThey found an envelope full of money among all the rubbish.

5️⃣ Bo'lish (dividing), baham ko'rish (sharing) ma'nosidagi fe'llar bilan between va among so'zlari bir xil ma'noda ishlatiladi.
πŸ”ΈHe divided all his money between/among his children and grandchildren.
πŸ”ΈWe shared the work between/among the five of us.

⚠️ choose, differentiate, distinguish fe'llari odatda between bilan ishlatiladi.
πŸ”Έ I didn’t want to have to choose between the singers.

6️⃣ difference, connection, distinction, link, relationship so'zlaridan keyin odatda between so'zi ishlatiladi.
πŸ”ΈThere are enormous differences between languages.
πŸ”ΈWhat’s the difference between 'between' and 'among'?
πŸ”Έ Is there a connection between his arrival and her disappearance?
πŸ”ΈThere’s a strong link between clean drinking water and reduced infant mortality.

7️⃣ among so'zi 'one of - biri', 'some of - ba'zi' or 'included in - ichida' degan ma'nolarni berishi mumkin.
πŸ”Έ Among the first to arrive was the ambassador. (Birinchi bo'lib kelganlardan biri)
πŸ”Έ He has a number of criminals among his friends. (do'stlari ichida)

8️⃣ among others va among other things birikmalari 'shu bilan birga, shuningdek' (as well as) degan ma'nolarda ishlatiladi.
πŸ”Έ Her parents, among others, were worried about her travelling alone.
πŸ”Έ Among other things, I still have to pack.

⚠️ among so'zining hozirda keng qo'llanilmaydigan shakli amongst hisoblanadi.
πŸ”ΈThe results show that both girls are amongst the top 10% of students in the whole school.

❀️If you want to do some good to your friends πŸ‘‰ just share this post @grammarnotes #extra
πŸ”— Kanalga qo'shiling πŸ‘‡https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA