Dilmurod Yangiboev | DYDO :)
1.38K subscribers
294 photos
35 videos
6 files
287 links
Hello World!
FAQ: @Dilmurods_bot
I am Dilmurod, A Software Engineer at Tesla Motors.

Crafting the software for robots building Model Y at Giga Berlin, the pinnacle of automotive innovation.

Breathing life into tech, one line of code at a time.
Download Telegram
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Pythonni 1 haftada o’rgandim.
Yohud, birinchi dasturlash tilingizni o’rganish ko’p vaqt oladi — faqat birinchisi.

Yaqinda bir shaxsiy proyekt uchun python kerak bo’lib qoldi. Men uni bir haftada o’rganib bo’ldim. Bu postni ko’rgan pythonistlar achchig’i chiqmasidan oldin aytib o’tay: pythonni o’rgandim == pythonni basic syntaxini o’rgandim. Men uchun pythonda foydali kod yozish uchun hozircha shuni o’zi yetardi. Qolganini yo’lma-yo’l proyektda o’rganib ketaman.

Hop, basic syntax o’rgangan bo’lsam ham nega shuncha tez o’rganib chiqa oldim? — Chunki bu mening birinchi dasturlash tilim emas. Men Java, PHP, #C, JavaScript, va hokazo tillarni bilaman. Dasturlash tillarni syntaxlari har xil bo’lsa-da ko’p conceptlar deyarli bir xil.

Masalan, pythonni men javascriptga juda o’xshatdim. Hamma narsa object. Funksiya xoxlagan narsasini qaytaradi. Datatypelar ham javascriptdagi datatypelarga o’xshab ketadi.

Ko’p yosh dasturchilar mendan so’rashadi: qaysi dasturlash tilini o’rganay?
Javob: Ko’p o’ylanmang. Sizga yoqqan dasturlash tilini o’rganing. Va uni yaxshi o’rganing. Keyinroq boshqa tilga o’tish kerak bo’lsa vaqtingiz bekorga ketgan bo’lmaydi. Keyingi tilni menga o’xshab 1 haftada o’rganib olasiz 🙂
👍9🔥1