Dilmurod Yangiboev | DYDO :)
1.38K subscribers
294 photos
35 videos
6 files
287 links
Hello World!
FAQ: @Dilmurods_bot
I am Dilmurod, A Software Engineer at Tesla Motors.

Crafting the software for robots building Model Y at Giga Berlin, the pinnacle of automotive innovation.

Breathing life into tech, one line of code at a time.
Download Telegram
Forwarded from Nuruddin Blogs
Google kompaniyasidan “Solution Challenge” tanloviga tayyorgarlik dasturi ishga tushirildi
IT Park va “GDG Toshkent” “Uzum” va Digital-operator Beeline Uzbekistan ko‘magida poytaxtimizda “Solution Challenge” tanloviga tayyorgarlik dasturini ishga tushirmoqda.

“Solution Challenge” – bu BMTning 17 Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan bir yoki bir nechtasiga muvofiq Google texnologiyalaridan foydalangan holda mahalliy muammoga yechim yaratish maqsadida Google tashabbusi bilan talabalar uchun har yili oʻtkazib kelinadigan tanlov.

Tayyorgarlik dasturi Oʻzbekiston loyihalariga butun dunyo boʻylab 10 ta eng yaxshi “Solution Challenge” final bosqichi ishtirokchilari qatoriga kirishga yordam berish uchun yoʻlga qoʻyilgan. U seminarlar, mentorlik va feedback sessiyalarini o'z ichiga oladi. Tadbirlar gibrid formatda o'tkaziladi.

Seminarlar Google kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Ularda spikerlar o‘z loyihalarida Google resurslaridan qanday foydalanish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot beribgina qolmay, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob beradilar. Seminarlarda o‘tgan yilgi tanlovlar g‘oliblari ham ishtirok etadi.

Mentorlik sessiyalari ishtirokchilar uchun turli sohalardagi yetakchi mutaxassislarning qimmatli maslahatlarini tinglash orqali loyihalarni sayqallash, koʻnikmalarni rivojlantirish hamda yangi gʻoyalarga ega boʻlishdek noyob imkoniyat yaratadi.

Feedback sessiyalar esa loyihani sayqallash uchun kerakli fikr-mulohazalarni olishning ajoyib usuli hisoblanadi. Ushbu tadbir tayyorgarlik dasturining yakuniy bosqichi bo'lib, shundan so'ng tanlov uchun ro'yxatdan o'tish boshlanadi.

Tayyorgarlik dasturi doirasidagi tadbirlar fevral oyi oxirida start oladi. Ro‘yxatdan o‘tish orqali loyihalar ustida ishlashni bugundanoq boshlash imkoniyati mavjud. “Solution Challenge” uchun arizalar esa 2023-yil 17-martdan 31-martga qadar qabul qilinadi.

Dasturga quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish mumkin: https://forms.gle/7C9WvE2GtyCkhSeG6


@nuruddinblogs
"Thank you for applying ....."
#savol

1. Kattaroq va yaxshi kompaniyaga kirmoqchiman, ammo kompaniyalar CV ni yuborganimdan so'ng "Topshirganing uchun rahmat"(reject) nomli emailni ko'p yozishadi?

Bunday vaziyatda nima qilish kk deb o'ylaysiz?
👍9
#javob

Do'stim Abror Khamidov juda yaxshi faktlarni keltiribdi.

"
1. Iloji boricha "feedback" so’rash kerak ularga nima to’g’ri kelmaganligi haqida.

2. Resumega yillik tajribaga to’g’ri kelmaydigan narsa qo’shmaslik kerak. Internetda darslikni ko’rganingizni esingizdan chiqaring.

3. Oldingi pozitsiyalarda qanday ishni amalga oshirganingizni yozishingiz kerak. Biz emas, Men ni ishlating (Use I not We)

4. Resume natijaga yo'naltirilgan bo’lishi kerak.

5. Kompaniyaga topshirishdan oldin ularni ish tavsifini o’qib shunga mos resume qilish kerak (lekin siz biladigan ular so’rayotgan narsani qo’shish kerak). Yangi texnologiyalarni o’rganib ketolishingizni aytib o’tib keting profil tavsifida.
"


Qo'shimcha: Vohid aka ni juda yaxshi postlari bor😊. Resumengiz ustida ishlang.

PS. Ko'p manga yo'llangan savollardan biri.
👍7
This is my resume which got me into Tesla!)
👍4
Forwarded from Dilmurod
Dilmurod_s.pdf
122.6 KB
🔥16👍12
Assalom alaykum!)
1 hafta dam olgan edim!
😁24
Assalom alaykum!

Germany 🇩🇪 da software engineer bolish niyat bormi?
Anonymous Poll
86%
Ha
14%
Yo’q
#kepqoldi

- Chang ko'chalar, chang - chang ko'chalar,
- Kimga kerak juniorbachchalar?

- Ish qidirar tun - u kechalar,
- Otkaz oladur necha - nechalar.
- Ko'p qiynamanglar, "katta" akalar
- Yig'lab keladur, junior bachalar

- Ehhh chang ko'chalar...
- Chang - chang ko'chalar...
😁15👎8👍4😢2
PM: Bollar bizda iOS appda task bor.
D1: Sorry, manda topshiriq bor.
D2: Yangi qo'shilganman, backend dasturchiman.
..........
Men: Men qilib beraman.

2 kundan keyin.....

PM: Dil qalay ketayapti iOS?
Men: Yaxshi.........😥😥
😁24👍2
Assalom alaykum!)

The best company which you can work for is your company! 😎
👍21🔥10😱3🤩1
Assalom alaykum!

Debug podcastga interview berganimdan so'ng, kompaniyada biroz muammolar bo'ldi.

Shuning uchun youtube dagi podcastni o'chirishimizga tog'ri keldi.

To'g'ri tushasizlar degan umiddaman.

Kompaniyada shunaqa "qoidalar" bor.
👍12😢4
👍5
Forwarded from BM | IELTS 9.0 (Bekzod Mirahmedov)
Glass ceiling broken, road cleared…

Thank you for your continuing faith and unwavering support!

#BandNine

@BekzodMirahmedov
🔥10👍6
Assalom alaykum!)

Yaxshilar davrasida bo’lish doim ajoyib!

Mehmon do’st Vohidjon akadan minnatdorman!)

Suhbat asosan starup goyalar haqida va yanada yaxshiroq goyalar bilan yanada yaxshilash!

Vohidjon akani goyasi ajoyib😎😉

Kutib qolamiz!)
🔥19👍9😁3
Shikoyat qilmoqchi emasman....

"Microsoft Teams" ishlataman!
😁23
Assalom alaykum!

Kanalimizda bir nechta qiz kuzatuvchilarimizni chin qalbdan bayramlari tabriklaymiz! 😊
25👍1🔥1
Assalom alaykum!

A: Ish topa olmayapman, qiyin bo'lyapti?
Men: Albatta, sizga o'xshagan IT ni o'rganib yaxshi mutaxasis bo'laman degani ko'p.

A: Qanday birinchi ishimni topsam bo'ladi?
Men: Profil yarating, loyihalar qiling. O'z ustingizda ishlang.

A: Hozirgacha, juda ham ko'p reject oldim?
Men: Negaligini yaxshi bilasizmi? "Feedback" so'radingizmi? Balki ko'proq o'z ustingizda ishlashingiz kerakdir.

O'zizga to'g'ri savol bering. Ko'p holatda "Why(Nega)?" savol juda yordam beradi.

O'rganiyotganda barchasi, boshida albatta qiyin bo'ladi. Faqat to'xtab qolmang.


#firststep #bizyutamiz
👍35🔥9
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Pythonni 1 haftada o’rgandim.
Yohud, birinchi dasturlash tilingizni o’rganish ko’p vaqt oladi — faqat birinchisi.

Yaqinda bir shaxsiy proyekt uchun python kerak bo’lib qoldi. Men uni bir haftada o’rganib bo’ldim. Bu postni ko’rgan pythonistlar achchig’i chiqmasidan oldin aytib o’tay: pythonni o’rgandim == pythonni basic syntaxini o’rgandim. Men uchun pythonda foydali kod yozish uchun hozircha shuni o’zi yetardi. Qolganini yo’lma-yo’l proyektda o’rganib ketaman.

Hop, basic syntax o’rgangan bo’lsam ham nega shuncha tez o’rganib chiqa oldim? — Chunki bu mening birinchi dasturlash tilim emas. Men Java, PHP, #C, JavaScript, va hokazo tillarni bilaman. Dasturlash tillarni syntaxlari har xil bo’lsa-da ko’p conceptlar deyarli bir xil.

Masalan, pythonni men javascriptga juda o’xshatdim. Hamma narsa object. Funksiya xoxlagan narsasini qaytaradi. Datatypelar ham javascriptdagi datatypelarga o’xshab ketadi.

Ko’p yosh dasturchilar mendan so’rashadi: qaysi dasturlash tilini o’rganay?
Javob: Ko’p o’ylanmang. Sizga yoqqan dasturlash tilini o’rganing. Va uni yaxshi o’rganing. Keyinroq boshqa tilga o’tish kerak bo’lsa vaqtingiz bekorga ketgan bo’lmaydi. Keyingi tilni menga o’xshab 1 haftada o’rganib olasiz 🙂
👍9🔥1