G-Link | Yangiliklar va tahlil
110 subscribers
19 photos
4 videos
22 links
G-Link.uz | Global yangiliklar markazi
📍 Faktlar. Voqealar. Xulosalar.
🌏 Dunyo sizga yaqinroq!

Reklama va murojaatlar uchun: @glinkuz_ads
Download Telegram
🚫 DIQQAT: Jarimalar 82 million so‘mga chiqishi mumkin!

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jazo choralari keskin kuchaytirilmoqda.

⚠️ Nimalar kutilmoqda?
Jarimalar miqdorini 200 baravargacha (82,4 mln so‘mgacha) oshirish;

Eng og‘ir holatlarda 1 yilgacha qamoq jazosi taklif etilmoqda.

Bu qonun loyihasi hozirda qizg‘in muhokama qilinmoqda.

🔗 G-Link.uz — Eng so‘nggi va muhim xabarlar.

@glinkuz
NAQD PULDA TO‘LOV QILISH BEKOR QILINDI!

1-apreldan boshlab O‘zbekistonda bir qator xizmatlar uchun naqd pul qabul qilish to‘xtatildi.

Endi faqat karta yoki elektron to‘lov tizimlari ishlaydi:

🔹 Davlat xizmatlari uchun to‘lovlar;

🔹 Svet, Gaz va Suv to‘lovlari;

🔹 Ayrim turdagi jarima va bojlar.

Hali ham hamyoningizda naqd pul olib yurasizmi yoki to‘liq kartaga o‘tdingizmi?

🔗 G-Link.uz — Iqtisodiyot va yangiliklar.

@glinkuz
“Artemida-2” oy missiyasi ishtirokchilari Yerga eng uzoq masofada bo‘lib, uyga qaytish yo‘lini boshlashdi

“Sharqiy vaqt bilan 21:35 da (03:35 CEST - Tahririyat) “Artemida-2” missiyasi ekipaji Oyga kuzatuv davrini yakunlab, endi uyga qaytish yo‘lini boshladi”, - NASA xabar berdi.

“Oriyon” kosmik kemasi muvaffaqiyatli Oy atrofida aylanib o‘tdi va inson tarixidagi kosmosda eng uzoq vaqt qolish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi - astronavtlar Yer yuzidan 407 000 km uzoqlashib, 1970 yilda “Apollon-13” missiyasi davomida o‘rnatilgan rekordni 6500 km ga yangiladi.

Oyga parvoz 1 aprel kuni boshlandi - kema AQSh sharqiy sohilidan uchdi. Kemada NASA astronavtlari Rid Uaysmen, Viktor Glover va Kristina Kuk hamda Kanada kosmik agentligi astronavti Jeremi Hansen bor.

Butun parvoz 10 kun davom etadi.

@glinkuz
🗣 Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha.

🏥 Samarqand dunyo onkologlarini birlashtirmoqda!

8-10 aprel kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar onkologlarining II Kongressi bo‘lib o‘tadi.

🇺🇿🇹🇷🇰🇿 Azalmiy poytaxtimizga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 300 nafardan ortiq eng kuchli olim va ekspertlar tashrif buyuradi.

Kongressda nimalar muhokama qilinadi?

Saratonni davolashning eng zamonaviy (immun va target) terapiyalari;

Murakkab jarrohlik amaliyotlari va jonli namoyishlar;

O‘pka, ko‘krak bezi va boshqa xavfli o‘smalarga qarshi kurashning yangi usullari.

🩺 Bu anjuman yurtimiz tibbiyoti uchun yangi bosqich bo‘lib, saratonni samarali davolash strategiyalarini belgilab beradi.

🔗 G-Link.uz — Sog‘liq va ilm-fan yangiliklari bizda.

@glinkuz
🔴 Jonli efir:

🏛 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi!

Ayni daqiqalarda deputatlar mamlakat hayoti uchun muhim bo‘lgan yangi qonun loyihalarini muhokama qilishmoqda.

📺 Qayerda ko‘rish mumkin?

Majlis jarayonini Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

👇👇👇
https://parliament.gov.uz/lifestream/219

📉 Kun tartibida:

Yangi tahrirdagi qonunlar;
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tahlili;

Deputatlarning dolzarb takliflari.

🔗 G-Link.uz — Siyosiy jarayonlar markazida bo‘ling.

@glinkuz
🔥1
🔥 BUGUN: VODIY DERBISI! 🏔⚽️

Futbol ishqibozlari intiqib kutgan kun keldi!

Bugun O‘zbekiston Superligasining 6-turi doirasida haqiqiy "jang" guvohi bo‘lamiz.

🏟 "Andijon" 🆚 "Navbahor"

📍 Manzil: Andijon shahri, "Bobur Arena"

Vaqt: Bugun - 19:15

Nega bu o‘yinni ko‘rish shart?

Muxlislar jangi: Vodiyning ikki yirik jamoasi o'rtasidagi prinsipial to'qnashuv.

Turnir jadvali: Har ikki jamoa uchun ham ochko suv va havodek zarur.

Anshlag: "Bobur Arena"da bo'sh joy qolmasligi aniq!

📣 Sizningcha, bugun kim g‘alaba qozonadi?

🔴 "Andijon" — 👍
🔵 "Navbahor" — 🔥
🤝 Durang — 🤝

🔗 G-Link.uz — Sport olamidagi eng qaynoq voqealar!

@glinkuz
👍1🔥1
Turkiyalik messenjer BiP Rossiyaning App Store ijtimoiy tarmoqlar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.

ASTRA xabar berishicha, «Ijtimoiy tarmoqlar» kategoriyasida bepul ilovalar orasida BiP Telegram va WhatsApp’dan oldinga o‘tib, top-2 ga kirgan.

Foydalanuvchilarning qiziqishining oshishi cheklovlarning yo‘qligi bilan izohlanadi; xususan, ushbu messenjer VPNsiz ham ishlaydi.

BiP — 2013 yilda ishga tushirilgan va Turkiyaning Turkcell operatoriga tegishli messenjerdir. Uning imkoniyatlari audio va video qo‘ng‘iroqlar, guruh konferensiyalari va kanallarni o‘z ichiga oladi. 2026 yil mart oyida u Rossiya App Store bepul ijtimoiy tarmoqlar reytingiga kirgan edi.

@glinkuz
🔥 YEVROPA CHEMPIONLAR LIGASI | Yarim final!

Bugun futbol olamida ulkan to‘qnashuv!

Ikki grand jamoa — "Real Madrid" — "Bayern München" o‘zaro bahs olib bormoqda.

📺 Ushbu shiddatli uchrashuvni quyidagi havola orqali

JONLI EFIRDA🔴 tomosha qiling:

👉https://t.me/+7wrJ-bGXYA41OWVi

🔗 G-Link.uz — Eng muhim o‘yinlar nigohimizda.

@glinkuz
🚨 TEZKOR: Makron shoshilinch yig‘ilish chaqirdi!


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ertaga ertalab mamlakat Mudofaa kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazadi.

🇫🇷 Tafsilotlar: BFM telekanali xabariga ko‘ra, yig‘ilishda

Fransiya xavfsizligi va xalqaro vaziyatga oid eng dolzarb masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Yevropada vaziyat keskinlashmoqdami?

Batafsil ma’lumotlarni kanalimizda kuzatib boring. 🔍

🔗 G-Link.uz — Dunyo voqealari biz bilan.

@glinkuz
G-Link | Yangiliklar va tahlil
🔥 YEVROPA CHEMPIONLAR LIGASI | Yarim final! Bugun futbol olamida ulkan to‘qnashuv! Ikki grand jamoa — "Real Madrid" — "Bayern München" o‘zaro bahs olib bormoqda. 📺 Ushbu shiddatli uchrashuvni quyidagi havola orqali JONLI EFIRDA🔴 tomosha qiling: 👉https://t.me/+7wrJ…
⚡️ GOL! "BAVARIYA" HISOBNI OCHDI!

Yevropa Chempionlar ligasining markaziy o‘yinida myunxenliklar oldinga chiqib olishdi.

🏟 "Real Madrid" 0 : 1 "Bayern München"

⚽️ Gol: Luis Dias (41')

Birinchi bo'lim yakunlandi.

"Bavariya" "Qirollik klubi" darvozasini ishg'ol qildi.

🔗 G-Link.uz — Futbol dramasi biz bilan.

@glinkuz
G-Link | Yangiliklar va tahlil
🔥 YEVROPA CHEMPIONLAR LIGASI | Yarim final! Bugun futbol olamida ulkan to‘qnashuv! Ikki grand jamoa — "Real Madrid" — "Bayern München" o‘zaro bahs olib bormoqda. 📺 Ushbu shiddatli uchrashuvni quyidagi havola orqali JONLI EFIRDA🔴 tomosha qiling: 👉https://t.me/+7wrJ…
🔥 IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI!

"Santyago Bernabeu"da hayajonli daqiqalar davom etadi.

"Real Madrid" o‘z maydonida "Bavariya Myunxen"ga imkoniyatni boy bermoqda.

🏟 "Real Madrid" 0 : 1 "Bayern München"

⚽️ Gol: Luis Dias (41')

🔴 O‘yinni jonli efirda tomosha qiling:

👇👇👇
https://t.me/+7wrJ-bGXYA41OWVi

🔗 G-Link.uz — Futbol olamidagi eng qaynoq lahzalar.

@glinkuz
G-Link | Yangiliklar va tahlil
🔥 YEVROPA CHEMPIONLAR LIGASI | Yarim final! Bugun futbol olamida ulkan to‘qnashuv! Ikki grand jamoa — "Real Madrid" — "Bayern München" o‘zaro bahs olib bormoqda. 📺 Ushbu shiddatli uchrashuvni quyidagi havola orqali JONLI EFIRDA🔴 tomosha qiling: 👉https://t.me/+7wrJ…
🔥 DAHSHAT! "BAVARIYA" HISOBNI YIRIKLASHTIRDI!

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanoq myunxenliklar "qirollik klubi" darvozasini yana bir bor ishg‘ol qilishdi.

Harry Kane o‘z so‘zini aytdi!

🏟 "Real Madrid" 0 : 2 "Bayern München"

⚽️ Gol: Harry Kane (46')

🚀 Myunxen mashinasi to‘xtamoqchi emas!

"Real Madrid" bu qiyin vaziyatdan chiqib keta oladimi?

Madridlik muxlislar mo‘jiza kutishmoqda.

📺 O‘yinni jonli efirda kuzating:👇

https://t.me/+7wrJ-bGXYA41OWVi

🔗 G-Link.uz — Yevropa futboli qaynoq nuqtada.

@glinkuz
🚨 TEZKOR: Orenburg viloyatida xavf signallari yangramoqda!

Ayni daqiqalarda Rossiyaning Orenburg viloyati hududida havo xavfsizligi va ogohlantirish signalizatsiyasi (sirinalar) ishga tushirildi.

📢 Nimalar ma’lum?

Mahalliy hokimiyat aholini hushyorlikka chaqirmoqda.

Hozircha xavfning aniq sabablari rasman ochiqlanmagan bo'lsada, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

⚠️ Aholiga tavsiya:

Rasmiy xabarlarni kuzatib boring va belgilangan xavfsizlik qoidalariga amal qiling.

Vaziyatni kuzatishda davom etamiz. 🔍

🔗 G-Link.uz — Dunyo xabarlari biz bilan.

@glinkuz
G-Link | Yangiliklar va tahlil
🔥 YEVROPA CHEMPIONLAR LIGASI | Yarim final! Bugun futbol olamida ulkan to‘qnashuv! Ikki grand jamoa — "Real Madrid" — "Bayern München" o‘zaro bahs olib bormoqda. 📺 Ushbu shiddatli uchrashuvni quyidagi havola orqali JONLI EFIRDA🔴 tomosha qiling: 👉https://t.me/+7wrJ…
🔥 GOL! MBAPPE "REAL"NI O‘YINGA QAYTARDI!

Madridliklar taslim bo‘lishmoqchi emas!

Kilian Mbappe o‘z mahoratini ko‘rsatib, myunxenliklar darvozasini ishg‘ol qildi.

🏟 "Real Madrid" 1 : 2 "Bayern München"

⚽️ Gol: Kylian Mbappé (74')

Oldinda hali vaqt bor!

"Real Madrid" xarakter ko‘rsatib, hisobni tenglashtira oladimi?

"Bernabeu"da hayajon cho‘qqisiga chiqdi! 🌋

📺 Dramani jonli efirda kuzatin:👇
https://t.me/+7wrJ-bGXYA41OWVi


🔗 G-Link.uz — Futbol olamidagi eng qaynoq lahzalar.

@glinkuz
G-Link | Yangiliklar va tahlil
🚨 TEZKOR: Orenburg viloyatida xavf signallari yangramoqda! Ayni daqiqalarda Rossiyaning Orenburg viloyati hududida havo xavfsizligi va ogohlantirish signalizatsiyasi (sirinalar) ishga tushirildi. 📢 Nimalar ma’lum? Mahalliy hokimiyat aholini hushyorlikka…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚨 TEZKOR: Rossiyaning bir qator viloyatlarida raketa xavfi e’lon qilindi!

Ayni daqiqalarda Rossiyaning markaziy va sharqiy hududlarida vaziyat o‘ta jiddiy.

Tataristonning Nijnekamsk shahrida bir soatdan ortiq vaqtdan beri havo xavfi signali (sirina) yangramoqda.

🚫 Aeroportlar yopildi:
Xavfsizlik chorasi sifatida Qozon, Bugulma va Nijnekamsk aeroportlari parvozlarni qabul qilish va jo‘natishni butunlay to‘xtatdi.

📍 Xavf e’lon qilingan hududlar:

Raketa xavfi faqat Tatariston bilan cheklanib qolmadi.

Quyidagi hududlarda ham ogohlantirish berildi:

Chuvashiya; Samara, Saratov va Penza viloyatlari; Udmurt Respublikasi va Perm o‘lkasi.

⚠️ Hozircha rasmiy idoralar hujum yoki uning oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berishmadi.

Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

🔗 G-Link.uz — Dunyo yangiliklari va tezkor xabarlar.

@glinkuz
🚀 TEZKOR: AQSH va Isroil Eronga zarba bergani aytilmoqda!

Eronning Press TV telekanali xabariga ko‘ra, AQSH va Isroil kuchlari Eron hududidagi muhim sanoat ob’ektlariga hujum uyushtirgan.

📍 Nishondagi ob’ektlar:
Alyuminiy zavodi;
Neft-kimyo majmuasi.

⚠️ Hozircha ma’lum: Zarbalar oqibatida ko‘rilgan talofatlar va rasmiy Tehronning javob munosabati haqida aniq ma’lumotlar kutilmoqda.

Ushbu hujum Yaqin Sharqdagi vaziyatni butunlay yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

Tafsilotlar yaqin daqiqalarda. 🔍

🔗 G-Link.uz — Dunyo siyosatidagi eng qaynoq nuqtalar.

@glinkuz