Geschäft
263 subscribers
40 photos
30 videos
4 files
33 links
Bu kanal iqtisodiyot va siyosat sohalarini o‘rgatishga qaratilgan. Biz yangicha fikrlashni targ‘ib qilamiz, o‘zgarishlar va dunyoqarashingizni yangilashga yordam beramiz. Har bir postda nafaqat tahlil, balki yangi qarashlar va fikrlar topasiz.
Download Telegram
🌍JCh-2026 saralash | 3-bosqich | 7-tur

🇺🇿 O‘zbekiston 🆚 Qirg‘iz Respublikasi 🇰🇬

🗓 Bugun | 21:00

Milliy jamoamizga omad tilaymiz! 💪

@Geschaft_7
Geschäft
Aholi jon boshiga daromadlar

1991 yilning oxirida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi
Qozog‘istonda 1442 dollarni,
Turkmanistonda 832 dollarni, O‘zbekistonda 658 dollarni, Qirg‘izistonda 569 dollarni, Tojikistonda esa 458 dollarni tashkil etgan.

2023 yil yakuniga kelib, bu ko‘rsatkich davlatlar kesimida quyidagicha o‘zgargan:

Qozog‘iston – 12 919 dollar;
Turkmaniston – 8232 dollar:
O‘zbekiston – 2849 dollar:
Qirg‘iziston – 1970 dollar;
Tojikiston – 1160 dollar.

O‘tgan 22 yil ichida aholi jon boshiga daromadlar Qozog‘istonda 8,9 barobarga, Turkmanistonda 9,9 barobarga, O‘zbekistonda 4,3 barobarga, Qirg‘izistonda 3,4 barobarga, Tojikistonda 2,5 barobarga oshgan.

@Geschaft_7
Geschäft
San’at bilan shug‘ullanish uchun qimmat asbob-uskunalar va materiallarga, hattoki professional dasturlarga ham pul sarflash shart emas. Hatto Excel dasturida ham rasm chizib ko‘rish mumkin! Yaponiyalik qariya Tatsuo Horiuchi nafaqaga chiqqach, rasm chizishga…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Cheksiz mahorat darajasi — an’anaviy Xitoyning ikki tomonlama tikuv san’ati.

Ikki kishi bitta ip va bitta igna yordamida ipakni ikki xil tomondan tikishadi. Natijada esa ikki xil rasm hosil bo‘ladi! Bunday san’at alohida e’tibor va ikkala rasmni juda yaxshi bilishni talab qiladi.

@Geschaft_7
Inson kuychi,shoir va donishmandlarning samoviy yog’dusidan ko’ra ongida,ichkarida alangalanuvchi fikr uchqunini sezish va ko’zatishni o’rganmog’i kerak.Lekin u o’ziniki bo’lgani uchun bu uchqunni chetga so’rib turadi.Har bir daxoning ishida rad etgan fikrlarimizni ko’ramiz;ular o’zimizga qanday-dir begona ulug’vorlik bilan qaytib keladi.

-Ralf Valdo Emerson

@Geschaft_7
Jurnal chiqarsak,olasizlarmi?
Anonymous Poll
63%
Ha
37%
Yoq
Geschaft kanali uchun grafik dizayner kerak!

Geschaft kanali uchun sifatli vizuallar tayyorlaydigan dizayner qidiryapmiz!

Talablar:

Photoshop yoki boshqa foto montaj dasturini bilish
Ozgina bo‘lsa ham tajriba
Kreativ yondashuv va ijodkorlik

🎁Taklifimiz:

Kanal uchun vizual kontent yaratish
Erkin grafik ish uslubi
Jamoamiz a’zosi bo‘lish imkoniyati

Agar qiziqsangiz,[@islomprimkulov]akkauntiga bog‘laning! ✉️

📢Do‘stlaringiz va yaqinlaringizga tarqating! 🔥

@Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2008-yilgi Jahon Moliyaviy Inqirozi: Sabablari va Oqibatlari 📉 💰

O‘zi nima bo‘ldi?

1️⃣2008-yilda dunyo tarixidagi eng yirik moliyaviy inqirozlardan biri yuz berdi, bu AQShdagi ipoteka bozoridan boshlangan edi.
2️⃣Banklar past foizli kreditlar berishni boshladi, hatto kredit tarixiga ega bo‘lmagan odamlarga ham uy sotib olish uchun qarz berildi.
3️⃣Uyning narxi doim ko‘tariladi, degan ishonch bilan banklar tavakkal qildilar va bu kreditlarni sarmoyadorlarga obligatsiya (qarz majburiyati) sifatida sotishdi.
4️⃣Lekin uy bozori kutilmaganda quladi, narxlar tushib ketdi, kredit olgan ko‘plab odamlar qarzlarini to‘lay olmay qoldi.
5️⃣Natijada yirik banklar katta zarar ko‘rdi, investorlar vahimaga tushdi va aksiyalar keskin qadrsizlandi.

Dunyo bu inqirozdan qanday chiqdi?

Banklarni qutqarish: AQSh hukumati trillionlab dollar ajratib, yirik banklarni defoltga uchrashdan saqlab qoldi (masalan, JPMorgan va Bank of America).
Pul-kredit siyosati: Markaziy banklar foiz stavkalarini nolga yaqinlashtirib, bozorga ko‘proq pul tushirdi.
Regulyatsiya kuchaytirildi: Banklar kredit berishda ehtiyot bo‘lishi uchun yangi qonunlar qabul qilindi.
Investitsiyalar oshirildi: Hukumat infratuzilma va boshqa loyihalarga mablag‘ ajratib, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirdi.

Natijada:

📈Inqirozdan keyingi yillarda aksiyalar (oldi-sotdi ulushlar) bozori tiklandi va iqtisodiy o‘sish qayta boshlandi.
📈Yangi qonunlar sababli bank tizimi barqarorlikka erishdi.
📈Biroq inqiroz dunyo bo‘ylab ishsizlik darajasining oshishi va ko‘plab odamlarning uylarini yo‘qotishiga sabab bo‘ldi.

@Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1929-YILGI BUYUK DEPRESSIYA:
DUNYO IQTISODIYOTINI LARZAGA SOLGAN INQIROZ

Tasavvur qiling,siz tez boyib ketmoqchi boʻlib, aksiyalar sotib oldingiz. Ertalab ular juda qimmat edi, lekin bir necha soat o‘tib, narxlar keskin tushib ketdi va hamma pulingiz havoga uchdi. Xuddi shu voqea 1929-yilda sodir bo‘ldi.

🔻 Nyu-York fond birjasining qulashi
1️⃣1920-yillarda odamlar aksiyalarni ko‘p sotib oldi va narxlar haddan tashqari oshib ketdi.
2️⃣Lekin aslida bu aksiyalar qimmatga arzimaydi – kompaniyalarning real qiymati past edi
3️⃣1929-yil 28-29-oktyabr kunlari yirik investorlar aksiyalarni sotishni boshladi.
4️⃣Buni ko‘rgan boshqalar ham vahimaga tushib, aksiyalarni tezda sotishga harakat qildi.

Oqibatda nima boʻldi? Sotuvchilar juda ko‘payib, xaridorlar kamaydi. Narxlar keskin tushdi va investorlar milliardlab dollar yo‘qotdi.

⚠️ Nega aksiyalar arzonlashib ketdi?
🔸 Sun’iy pufakcha – aksiyalar narxi real qiymatdan yuqori bo‘lgan.
🔸 Vahima va ishonchsizlik – hamma birdaniga sotishni boshlagan.
🔸 Xaridorlar yo‘q – talab past bo‘lgani uchun narxlar tushib ketgan.
🔸 Banklar inqirozi – odamlar kreditlarini to‘lay olmay, iqtisodiy ishonchsizlik kuchaygan.


💥 Natijada:
📉 1933-yilga kelib, Dow Jones indeksi 83% ga tushdi.
Dow Jones bu - AQSh iqtisodiyotining umumiy holatini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkich.
🏦 9000 bank bankrot bo‘ldi
👨‍👩‍👧 44 million odam ishsiz qoldi

Bu inqiroz faqat iqtisodga emas, balki siyosatga ham ta’sir qildi. Fashizm, millatchilik va Gitlerning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda, Ikkinchi jahon urushiga yo‘l ochildi.Xullas buyogʻi kapalak metodi😅

📌Xulosa
Iqtisodiyot bazi odamlar uchun oddiydek tuyulsada, undagi kichik bir xato butun dunyoni halokatga olib kelishi mumkin.

@Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Agar postlardagi fikrlarni tushunmasangiz yoki qo‘shimcha izoh kerak bo‘lsa, bemalol so‘rashingiz mumkin.
👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblarni raqamlashtirish uchun robot skaner shunday ishlaydi.

Tezligi soatiga 2500 sahifagacha, varoqlarni aylantirish vakuum nasosi yordamida amalga oshiriladi.
Uskuna Avstriyaning Treventus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 60 dan ortiq mamlakatlarning arxivlari va kutubxonalarida qoʻllaniladi.


@Geschaft_7
Tanishing: Hans Zimmer

Agar bu ism sizga tanish bo‘lmasa, mana u musiqalar yaratgan mashhur filmlar:

🎬 Interstellar
🎬 Gladiator
🎬 The Lion King
🎬 Pirates of the Caribbean
🎬 Dune
🎬 Inception

Hans Zimmer shunchaki bastakor emas, balki musiqasi bilan kino sehrini yaratadigan inson. Uning kuylarini eshitganimizda, nafaqat filmni eslaymiz, balki o‘sha his-tuyg‘ularni qayta boshdan kechiramiz. Uning musiqasi yurakni larzaga soladi, ilhomlantiradi va ba’zan chuqur o‘yga toldiradi.

Hans Zimmer ijodi nafaqat tomoshabinlarning yuragiga yetib borgan, balki dunyoning eng nufuzli mukofotlari bilan ham taqdirlangan. U 2 ta “Oskar”, 4 ta “Grammy” va 3 ta “Oltin globus” sohibi.

Qaytadan eshitishga arzugulik musiqalar

@Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yapon mahsulotlari nega eng sifatli?

Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya iqtisodiy inqirozga yuz tutdi. Biroq, AQSh Yaponiyaga mahsulotlarini eksport qilish uchun qattiq talablar qo‘ydi. "Agar sifat bo‘lmasa, bu yerga kira olmaysan!" tamoyili bilan, ular Yaponiyaning bozordagi kelajagini butkul o‘zgartirishdi.

Yapon kompaniyalari AQSh bozoriga kirish uchun ishlab chiqarish standartlarini keskin oshirishga majbur bo‘lishdi. Chunki sifat bo‘lmasa, eksport ham yo‘q, eksport bo‘lmasa – cho‘ntagida shamol esadi. Natijada, Yaponiya dunyodagi eng sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi davlatlardan biriga aylandi.

AQShning Yaponiyaga qo‘ygan talablarining sabablari:
1️⃣Bozorni himoya qilish – AQSh yapon mahsulotlarini shunchaki qabul qilib qo‘ya qolmadi. "Sifat yo‘qmi? Demak, chiqish eshigi mana bu tomonda!" usuli bilan, bozorda faqat eng yaxshilarni qoldirdi.
2️⃣Sifatni majburiy yaxshilash – Yapon kompaniyalari “Made in Japan” degan yozuv nafaqat mahsulotning kelib chiqishi, balki uning mukammal sifatini ham anglatishi kerakligini tushunishdi. Endi arzon, lekin buziladigan mahsulotlar o‘tmishda qoldi.
3️⃣Iqtisodiy o‘sishga yordam berish – AQSh Yaponiyani urushdan keyin iqtisodiy jihatdan tiklashga qiziqish bildirgan, shuning uchun Yaponiya yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish orqali iqtisodini rivojlantirishga majbur bo‘ldi.

Natija:
- Yapon kompaniyalari amerikalik sifat boshqaruvi mutaxassislari – Deming va Juran usullarini o‘rganib, Total Quality Management (TQM) va Kaizen tizimlarini joriy qilishdi.
- Yapon avtomobillari va elektronika mahsulotlari yillar o‘tib, dunyodagi eng sifatli mahsulotlar qatoriga kirdi. Endi ular faqat ishlab chiqarish bilan cheklanmay, sifat bo‘yicha jahon yetakchisiga aylandi.
- 1980-yillarga kelib, Yaponiya mahsulotlari AQSh bozorida hatto amerikalik brendlar bilan tenglashdi yoki ulardan ustun keldi.Masalan, Toyota, Sony kabi kompaniyalar.(Amerikaliklar: "Bu qanday bo‘lishi mumkin?!")

Bugungi kunda Yaponiyaning sifatga bo‘lgan e’tibori va “doimiy yaxshilanish” (Kaizen) falsafasi uni texnologiya va innovatsiya sohalarida yetakchilardan biriga aylantirdi.

🔹 Siz qanday Yapon mahsulotlaridan foydalanasiz?
Agarda ulardan foydalangan boʻlsangiz, u haqida izohlarda yozib qoldiring! 🎌

@Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Inflyatsiya real hayotga qanday ta’sir qiladi? 💰📉

Inflyatsiya – bu narxlarning umumiy oshishi va pul qiymatining pasayishi natijasida yuzaga keladigan jarayon. Bu holat har bir insonning kundalik hayotiga ta’sir qiladi, lekin ko‘pchilik uning qanday ishlashini tushunavermaydi.

Inflyatsiya qanday ishlaydi? 🍞📈

Tasavvur qiling, bugun bozorda non 3 000 so‘m turadi. Bir yildan keyin esa aynan o‘sha non 3 500 so‘m bo‘lib qoladi. Bunda nonning o‘zi emas, balki pulning xarid qobiliyati pasaygan bo‘ladi. Agar daromadingiz o‘zgarmasa, oldingidek xarid qilish qiyinlashadi.

Inflyatsiya real hayotga qanday ta’sir qiladi?

Jamg‘armalarning qadrsizlanishi 📊📉
Agar pulingizni shunchaki uyda saqlasangiz, uning qiymati pasayib boradi. Masalan, bugun 10 million so‘mga televizor olishingiz mumkin bo‘lsa, 1-2 yildan keyin inflyatsiya tufayli aynan shunday televizor ancha qimmatlashadi va jamg‘armangiz yetmay qolishi mumkin.

Ish haqi va pensiya 🏦💵
Inflyatsiya ortishi bilan real daromadni saqlab qolish uchun ish haqi va pensiyalarni ham oshirish zarur. Agar bu amalga oshmasa, odamlarning xarid qobiliyati pasayib, real daromad kamayadi.

Kredit va qarzlar 💳📈
Inflyatsiya baland bo‘lsa, banklar foiz stavkalarini oshiradi, natijada kredit olish qimmatlashadi. Shu bilan birga, avval olingan kreditlarni qaytarish nisbatan osonlashishi mumkin, chunki pul qadrsizlanganligi sababli oldingi qarzning qiymati kamayadi.

Tadbirkorlik va investitsiyalar 🏪📈
Inflyatsiya oshganda xomashyo va mahsulot narxlari ham ko‘tariladi, bu esa tadbirkorlar uchun xarajatlarni oshiradi. Ba’zi bizneslar narxlarni ko‘tarishga majbur bo‘lsa, boshqalari zarar ko‘rib, yopilishi mumkin.

Keyingi postlarda O‘zbekiston inflyatsiyasi va inflyatsiyadan qanday himoyalanish mumkin degan mavzularni ko‘rib chiqamiz.

📌 @Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Inflyatsiyadan qanday himoyalanish mumkin?

1️⃣ Valyuta va aktivlarga sarmoya kiritish

🔹 Barqaror valyutalar – masalan, so‘m kursi doim o‘zgarib turadi, ammo AQSh dollari yoki yevro uzoq muddatda barqarorroq bo‘lib qoladi. Ko‘pchilik biznes egalari va investorlar o‘z jamg‘armalarini USD yoki EUR da saqlaydi.

🔹 Oltin va qimmatbaho metallar2015-yilda O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi taxminan 100 000 so‘m bo‘lgan, hozir esa 1 200 000 so‘mdan oshgan.Oltin uzoq muddatli sarmoya sifatida o‘zini oqlaydi.

🔹 Ko‘chmas mulk – Toshkentda 2020-yilda 1 xonali kvartiraning narxi o‘rtacha 30 000$ bo‘lsa, hozir ayrim hududlarda 50 000$ dan oshgan. Markaziy hududlardagi uy-joy narxlari yil sayin o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Bu inflyatsiyaga qarshi yaxshi himoya bo‘lishi mumkin.
(‼️Statistika uchun o’rtacha narxni oldik,albatta ba’zi hududlarda bu qiymatdan ancha yuqori narxlar)

2️⃣Daromadni oshirish va diversifikatsiya qilish
(
🔹 Dividend to‘laydigan aksiyalar – Masalan, Way Invest platformasi orqali dividend to‘laydigan kompaniyalarning aksiyalarini sotib olib, har ma’lum muddatda passiv daromad olish mumkin.

🔹 Passiv daromad manbalarini yaratish – Masalan, ijara biznesi. Kimdir Tashkent City yoki boshqa biznes markazlarda ofis sotib olib, uni ijaraga beradi va barqaror daromad oladi.

🔹 Malaka oshirish – Texnologiya sohasi bugungi kunda eng talabgir yo‘nalishlardan biri. Masalan, Python dasturlash tili yoki data analytics o‘rganib, ish haqi 2-3 baravar oshishi mumkin.

3️⃣ Xarajatlarni optimallashtirish

🔹 Narxi oshadigan mahsulotlarni oldindan sotib olish – Masalan, avtomobil ehtiyot qismlari, qurilish materiallari, yoki elektronika yil davomida qimmatlashib boradi. Agar oldindan xarid qilinsa, pulni tejash mumkin.

🔹 Aqlli xarid qilish – Masalan, oziq-ovqat mahsulotlarini yirik supermarketlarda aksiyalar paytida sotib olish yoki “Black Friday” va boshqa chegirmalardan foydalanish orqali sezilarli tejash mumkin.

4️⃣ Bank va moliyaviy vositalardan foydalanish

🔹 Inflyatsiya darajasidan yuqori foizli depozitlar – Masalan, O‘zbekistondagi ba’zi banklar yillik 25-30% lik foiz stavkasini taklif qilishi mumkin. Agar inflyatsiya 20%, foiz esa 30% bo‘lsa, real daromad olinadi.

🔹 Inflyatsiyaga bog‘langan obligatsiyalar – Ba’zi davlat obligatsiyalari inflyatsiya darajasiga mos ravishda foiz to‘laydi. Masalan, AQShda TIPS (Treasury Inflation-Protected Securities) obligatsiyalari mavjud bo‘lib, ular inflyatsiya oshganda ham foyda keltiradi.

📌 @Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geschäft
📌Inflyatsiyadan qanday himoyalanish mumkin? 1️⃣ Valyuta va aktivlarga sarmoya kiritish 🔹 Barqaror valyutalar – masalan, so‘m kursi doim o‘zgarib turadi, ammo AQSh dollari yoki yevro uzoq muddatda barqarorroq bo‘lib qoladi. Ko‘pchilik biznes egalari va investorlar…
Foydalangan atamalarga ta’rif beramiz:
1️⃣Obligatsiya – bu qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz bo‘lib, uni chiqargan (emissiya qilgan) tomon investorlarga ma’lum vaqt o‘tib foiz to‘lash va asosiy summani qaytarish majburiyatini oladi. Oddiy qilib aytganda, bu siz bankdan kredit olganingizga o‘xshaydi, lekin bu safar siz kredit beruvchi bo‘lasiz.
2️⃣Diversifikatsiya – bu moliyaviy risklarni kamaytirish maqsadida aktivlarni turli yo‘nalishlarga taqsimlash strategiyasidir. Oddiyroq qilib aytganda, bu “hamma tuxumlarni bitta savatga joylamaslik” tamoyiliga asoslanadi.

📌@Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈Oʻzbekiston iqtisodiyoti

Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Jahon iqtisodiy holati va istiqbollari – 2025" (WESP 2025) hisobotiga koʻra, Oʻzbekistonning real yalpi ichki mahsuloti (YAIM) bu yil 5.9% ga oshishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu koʻrsatkich 6.1% ni tashkil qilgan.

Qiziqarli jihati shundaki, iqtisodiy oʻsishning yetakchi drayveri sifatida turizm sohasi tilga olinmoqda. Oʻzbekistonning boy madaniy merosi, zamonaviy infratuzilma loyihalari va xalqaro hamkorliklar tufayli sayyohlik sohasida sezilarli jonlanish kuzatilmoqda.

Turizmni rivojlantirish yo‘lida quyidagi islohotlar amalga oshirilmoqda:

Vizalar tartibini yengillashtirildi - hozirda Oʻzbekiston bir qator davlatlar bilan yaxshi iqtisodiy- diplomatik aloqalar oʻrnatib, ularning fuqarolariga mamlakatimizga tashrif buyurish uchun qulayliklar yaratilmoqda.

Xalqaro tadbirlar – Turizm va investitsiyalarni jalb qilish uchun Tashkent International Investment Forum (TIIF), "Sharq Taronalari" festivali, va xalqaro sport musobaqalari kabi yirik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Madaniy merosni targ‘ib qilish – Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa tarixiy shaharlar global miqyosda keng reklama qilinmoqda.Masalan oʻtgan yili Futzal boʻyicha Jahon chempionati Oʻzbekistonda boʻlib oʻtdi. Undagi marosimlarni oʻtkazish uchun 3 ta tarixiy , madaniy shaharlarimiz tanlab olindi va ularning video roliklari mediada keng yoyildi.

Zamonaviy infratuzilma – Yangi mehmonxonalar, aeroportlar va transport tarmoqlari qurilishi davom etmoqda. Toshkent xalqaro aeroportining rekonstruksiyasi, shuningdek, tezkor temir yo‘l va avtomobil yo‘llarining rivojlanishi sayyohlar uchun qulaylik yaratmoqda.

🗓 Kelajak prognozlari
2026-yilga borib, iqtisodiy o‘sish 5.4% atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu barqarorlikni saqlab qolish va yanada yuqori natijalarga erishish uchun mamlakatda islohotlar davom ettirilishi kerak. Shu bilan birga, tadbirkor va investorlarning turizm sohasiga investitsiya kiritishi ham iqtisodiy o‘sishimizda muhim rol o‘ynaydi.

@Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Marshall rejasi: AQSh qanday qilib Yevropani tiklab, o‘zi uchun bozor yaratdi?

1947-yil. Ikkinchi jahon urushi Yevropani xarobaga aylantirgan. Zavodlar vayron, valyutalar qadrsiz, aholining aksariyati ochlik yoqasida. Shu paytda AQSh davlat kotibi Jorj Marshall bir rejani e’lon qiladi:
Urushdan keyin Yevropa mamlakatlariga katta hajmda iqtisodiy yordam ko‘rsatish.

Bu rejaga ko‘ra, AQSh 4 yil ichida 16 ta davlatga $13 milliard yordam beradi (bugungi hisobda bu taxminan $160 milliard!) 💰. Ammo bu faqat saxovat emas edi — bu strategik siyosiy va iqtisodiy qaror edi.

Marshall rejasining asosiy
maqsadlari:

1️⃣ Kommunizmga qarshi qalqon 🛡️
Sovet Ittifoqi ta’sirining kengayishini to‘xtatish kerak edi. Iqtisodiy inqirozga yuz tutgan davlatlar osonlik bilan kommunistik mafkuraga ergashishi mumkin edi. AQSh bunga yo‘l qo‘ymadi.
2️⃣Yangi bozor yaratish 📈
Yevropa AQSh tovarlari uchun yirik bozor edi. Bu yordam orqali AQSh sanoati o‘z mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatini kengaytirdi. Ya’ni, yordam orqali o‘z iqtisodiyotini ham tikladi.
3️⃣Geosiyosiy ustunlik 🌎
Yevropani AQSh orbitasida ushlab qolish. Yordam olgan davlatlar siyosiy jihatdan ham AQShga yaqinlashdi.

Natija qanday bo‘ldi?
Marshall rejasi tufayli G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tez tiklandi, iqtisodiy o‘sish boshlandi va bu AQShning global yetakchiligini mustahkamladi.

Xulosa:
Marshall rejasi – bu oddiy yordam emas, balki iqtisodiy vositalar orqali siyosiy ta’sir o‘rnatishning yorqin namunasidir. Bu bugungi geosiyosatga ham saboq:
Iqtisodiyot — bu faqat raqamlar emas, balki kuch va ta’sir vositasi.

@Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠Supermarketlar sizni boshqaryaptimi? Ha, va siz buni sezmayapsiz...

“Siz meni marketing bilan alday olmaysiz” deb o‘ylaysizmi?

Ehtimol siz adashyapsiz. Keling, supermarketlardagi oddiy, ammo kuchli ishlaydigan hiylalarni birgalikda ko‘rib chiqamiz.


🎯 Tasavvur qiling:
Oddiygina non va sut olish uchun supermarketga kirdingiz.
Ammo 30 daqiqadan so‘ng chiqayotganingizda savatingiz to‘la — shokolad, salat, kola, pechene...
Axir men faqat non olish uchun kirgan edim-ku...
Qayerdan chiqdi bu shokolad, kola va salatlar?


🛒1. Tinchlantiruvchi hudud – kirishdagi “xavfsiz zona”

Do‘konga kirganingizda birinchi duch keladigan joy – “tinchlantiruvchi” zona bo‘ladi.
Bu yer — bir necha daqiqalik *psixologik massaj* joyi.
Bo‘shroq, katta-chegirmali mahsulotlar bilan to‘la. Siz ularni ko‘rib o‘zingizni erkin his qilasiz.
Shu bilan miyangiz "xaridor rejimiga" o'tadi. Ogohlik pasayadi.


🥕2. Sabzavot nega darvozada?

Sabzavotlar oxirida bo‘lishi kerakdek tuyuladi, to‘g‘rimi? Lekin supermarketlar ularni kirish qismiga qo‘yadi.
Nega? Chunki sog‘lom mahsulotni avval olgan odam keyinroq zararli mahsulot olganda ham o‘zini aybdor his qilmaydi.
Bu — xatti-harakatni oqlash (rationalization).



📚 3. Sekinlashtiruvchi sektor

Do‘konning chap tomonida jurnallar, kitoblar, gazeta...
Nega aynan u yerda? Chunki bu sizni *sekinlashtiradi*.
“Shoshma, aylanib chiq”, deydi miyangizga.
Sekin yurish = ko‘proq qarash = ko‘proq xarid.


🥛 4. Sut qayerda? Albatta do‘konning eng oxirida!

Sut, tuxum kabi asosiy mahsulotlar orqa javonlarda bo‘ladi.
Nega? Chunki siz bu mahsulotlarni baribir olasiz.
Lekin ular sari borarkanmiz, yana o‘nlab javonlardan o‘tamiz — va yana ko‘zga tashlangan narsalarni savatga solamiz.


🍞 5. Non hidi — yashirin qurol

Ko‘p supermarketlarda nonvoyxona bo‘ladi.
Sababi oddiy: yangi non hidi ishtahani ochadi.
Natija: siz ko‘proq ovqat mahsulotlari olasiz.


➡️ 6. O‘ng tomondagi psixologik afzallik

Odamlarning ko‘pchiligi o‘ng qo‘lli.
Shuning uchun ko‘plab mahsulotlar aynan ko‘z darajasida, o‘ng tomonda joylashtiriladi.
Siz ko‘rmasligingiz mumkin. Lekin miyangiz ko‘radi. Va tanlaydi.


🎭 7. “Decoy effect” — tanlov manipulyatsiyasi
Misol:
A — oddiy mahsulot (10 ming so‘m)
B — yaxshi mahsulot (18 ming so‘m)
C — o‘rtacha, unchalik foydali emas (17 ming so‘m)

Sizga C kerak emas. Ammo C borligi sababli B eng maqbul ko‘rinadi — va siz uni olasiz.
Buni “Decoy effect” deb atashadi.



🧩 Endi tushundingizmi savat
nega to‘lishini?
Bu faqat supermarketlardagi marketing hiylalarining bir qismi xolos.
Aslida ular hayotimizning deyarli har bir sohasida ishlatilmoqda.
Masalan, ta’lim sohasida ham.
Onlayn kurslar, motivatsion “story”lar — hammasi sizni xaridga undash uchun mo‘ljallangan.
Bu esa butun boshli mavzu. Unga keyinroq alohida to‘xtalamiz.


Xulosa:
Supermarket — bu savdo emas, psixologik jang maydoni.
G‘alaba qozonmoqchimisiz? Unda ongli xarid qiling.
Ehtiyojingiz to‘lsin. Savatingiz emas.

Keyingi safar Korzinkaga kirsangiz:
Ushbu postni oching, yodga oling va miyangizni to‘liq ishga tushiring.

👏 Agar bu usullardan oldindan xabardor bo‘lsangiz — sizga faqatgina tasanno!

@Geschaft_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM