Geschäft
183 subscribers
57 photos
31 videos
4 files
51 links
Bu kanal iqtisodiyot va siyosat sohalarini o‘rgatishga qaratilgan. Biz yangicha fikrlashni targ‘ib qilamiz, o‘zgarishlar va dunyoqarashingizni yangilashga yordam beramiz.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Mustaqillik kunimiz barchamizga muborak bo’lsin!

Bugun – xalqimiz tarixida eng muhim sanalardan biri. Mustaqillik bizga o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limiz bilan belgilash, yurtimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida erkin intilish imkonini berdi.

Bu ulug‘ sana – milliy g‘ururimiz, kelajakka bo‘lgan ishonchimiz va birdamligimiz ramzidir.

Biz barchangizni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz doimo tinch, bayrog‘imiz doimo baland, kelajagimiz esa yanada porloq bo‘lsin!

Geschaft jamoasi
🔥4😎32
Bu qutlug‘ kun munosabati bilan bizda yaxshi yangilik bor. Biz xalqimizga bilim ulashmoqchi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etib, hamkorlikda @Geschaft_Law kanaliga asos soldik. Endi siz o‘z huquqlaringizni yanada yaxshi bilish imkoniyatiga egasiz. Marhamat!

@Geschaft_7
🔥6👌2
O'zbekiston qanday mustaqil bo'ldi?


👉Maqolani o'qish

👉Read the article

@Geschaft_7
🔥73👏2
Forwarded from Next Step Academy
📢 Registration for IELTS & SAT Courses is Now Open!

Great news for students in Uzbekistan: universities now accept the SAT. Prepare with us and make sure you’re ready.

👨‍🏫 Meet our tutors:

📌Mekhroj (IELTS) – Overall 8.0 (L 9.0, R 8.5, W 7.5, S 7.0) | SAT 1450

📌Ramazon (SAT EBRW) – EBRW 710 | IELTS 8.0

📌Umid (SAT Math) – Math 790 | IELTS 7.5

📌Rakhim (IELTS & SAT Support) – IELTS 7.0 | SAT 1400. Mainly focused on speaking mock exams and coaching, helping you improve fluency, confidence, and test-day performance.

🚀 What We Offer:
Intensive 3-month online SAT & IELTS program
5 lessons per week.
Weekly mock exams to track improvement
Support for both IELTS & SAT test-takers

Why join?
We don’t just teach — we help you achieve results. In case you score lower than 1300, 50% of your money will be returned.

👉 Register now through the Google Form attached. Groups will be arranged after registration and shared individually.

🔗Apply now: click on this link (https://forms.gle/M87F33GZB8VwsMa1A)
8
Sovet Ittifoqining Yuksalishi va Qulashi


👉Maqolani o'qish


👉Read the article

@Geschaft_7
🔥64
Silicon Valley — Kaliforniya shtatida joylashgan va dunyodagi eng yirik texnologiya markazi hisoblanadi. U dastlab yarimo‘tkazgich va chip ishlab chiqarish tufayli mashhur bo‘lgan, bugun esa Google, Apple, Meta, Tesla, Intel, Netflix kabi kompaniyalar markazi sifatida tanilgan.

Bu hududda Stenford va Berkli kabi universitetlar, katta investitsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlaydigan muhit mavjud. Har yili minglab yangi startaplar paydo bo‘ladi va ulardan ko‘plari global darajaga chiqadi.

Silicon Valley’da yaratilayotgan texnologiyalar butun dunyo hayotini o‘zgartirmoqda: smartfonlar, internet xizmatlari, sun’iy intellekt, elektr avtomobillar va kosmik texnologiyalar shular jumlasidan. U nafaqat geografik joy, balki kelajakni yaratish falsafasiga aylangan.

@Geschaft_7
🔥11
Bugun biz axborot olamining eng kuchaygan davrida yashamoqdamiz. Har bir xabar, har bir video, har bir ma'lumot bizni qandaydir fikrga yetaklaydi, lekin bu fikr xato yoki shunchaki ongimizga singdirilayotgani haqida o'ylaganmisiz? Bu barchasi Media Savodxonlik yetishmasligidan.

Media Savodxonlik axborotni ko‘r-ko‘rona qabul qilmaslik, uni tahlil qilish, manbasini tekshirish, va eng muhimi o‘z fikrini yaratish qobiliyatidir.
Bugun har kim bloger, har kim “mutaxassis”, lekin har kimning aytgani haqiqat emas!

Yolg‘on xabarlar juda tez tarqaladi, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda. Reklamalar yoki shaxsiy bloglar sizni manipulyatsiya qilishi mumkin. Axborotga asoslangan qarorlar sizning fikringiz va tanlovingizga ta’sir qiladi. Ushbu qopqonga tushmaslik uchun ma'lumotni tekshiring. Bitta manbaga tayanmasdan boshqa manbalarni ham erinmasdan ko'rib chiqing.

Axborot bu kuch. Uni to‘g‘ri ishlatish sizning mas’uliyatingiz bo'lsa uni to'g'ri ulashish bizning ma'suliyat!
2🔥12🤝3
Insoniyat tarixidagi eng katta raketa! 2024-yil 13-oktabr kuni SpaceX o‘zining 122 metrlik ulkan Starship raketasini koinotga uchirdi, va eng hayratlanarlisi u ilk bor koinotdan Yerga muvaffaqiyatli qaytib qo‘ngan 1-raketa boldi. Starship 2025-yilgacha 11 marta parvoz qildi, 6 ta muvaffaqiyatli parvoz va 5 ta muvaffaqiyatsiz.

Ushbu proyektni moliyashtirishda SpaceX moliyaviy direktori Bret Jonsen hisobotiga ko'ra 3 mlrd $ sarmoya kiritilgan, va hozirda 10 mlrd $ ga baholanmoqda.

Super Heavy booster funksiya raketaning pastki qismi uchishdan so‘ng maxsus gigant mexanik qo‘llar yordamida ushlab qolinadi. Bu texnologiya raketani qayta ishlatish imkonini beradi, kosmik parvozlarni arzonlashtiradi va xavfsiz tarzda Yerga qo‘nishini ta'minlaydi. Bu loyiha maqsadi nafaqat Elon Muskning odamlarni Marsga jo'natish orzusini amalga oshirish, balki Marsdan tashqari boshqa sayyoralar va asteroidlarni o‘rganish. Katta ilmiy yuklarni tashish imkoniyatidir.
4🔥103
Al Fajr shaxsiy rivojlanish, aqliy o‘sish va ongni boyitishga qiziquvchilar uchun ideal tanlov.

Kanalda kitoblar va podkastlardan olingan tahliliy xulosalar, ixtiboslar orqali berilgan chuqur mazmunli fikrlar, hamda ommaviy nutq so‘zlash bo‘yicha tavsiyalar muntazam ulashib boriladi.

https://t.me/AlFajr_Bakhmal
🔥7🆒321
Butun moliyaviy dunyoni aslida kim boshqaradi?
1-qism


Sizning oldingizda eng nufuzli amerika korporatsiyalari ro‘yxati turibdi(1-rasm). Siz ularni juda yaxshi bilasiz va albatta ularning mahsulotlaridan foydalanasiz. Bu kompaniyalarning birinchi o‘ntaligi 20 trillion dollarga teng, bu Xitoy YAIMidan ham ko‘p. Mana, Forbes ro‘yxati(2-rasm), unda sayyoraning eng boy odamlari to‘plangan. Bu ikki ro‘yxat kutilganidek kesishadi. Mana Ilon Mask, mana uning Teslasi, mana Mark Tsukerberg, mana uning Metasi, mana Jeff Bezos va uning Amazoni, Bill Geyts va uning Microsofti.

Bu yerda kamroq ommabop va kamroq tanilgan odamlar ham bor. Masalan, Walmart amerika gipermarketlar tarmog‘iga egalik qiluvchi Uoltonlar oilasi. Hozircha hech qanday g‘alati narsa yo‘q. Dunyoning eng boy odamlari eng yirik korporatsiyalarga egalik qilishadi. Ammo ba’zi kompaniyalar bilan bu yerda g‘alati narsa sodir bo‘ladi.

Mana, masalan, ikkinchi o‘ntalikda ketma-ket hammaga tanish, lekin endi hamma joyda ishlamayotgan Visa va Mastercard ketmoqda. Ammo agar biz ularning egalarini Forbes ro‘yxatidan qidirsak, hech narsa chiqmaydi. To‘g‘rirog‘i, o‘zlari shu kartalarning egalari bo‘lganlar bu yerda taxminan hamma. Ammo ikki yirik to‘lov tizimlariga tegishli bo‘lgan kompaniyalar egalarini Forbes ro‘yxatida topolmaysiz.

Siz Boeing — dunyodagi eng yirik samolyot ishlab chiqaruvchisi — ning, shuningdek, yarim butun maishiy kimyoni bizning do‘konlarga yetkazib beruvchi Procter & Gamble xoldingining egalarini ham topolmaysiz. Xuddi shunday holat PepsiCo guruhiga ham taalluqli, u mashhur 80-yillar avlodi gazirovkasi bilan birga har bir do‘konda bor bo‘lgan juda ko‘p boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Va sizga shunday tuyulmayaptimi, dunyoga mashhur bu korporatsiyalarning hech bir aktsionerini sayyoraning eng boy odamlari orasida uchratmaslik g‘alati?

Keyingi qismda bu kompaniyalar kimga tegishli ekanligini topish uchun izlanamiz.

@Geschaft_7
🔥11🆒421🤔1
Butun moliyaviy dunyoni aslida kim boshqaradi?
2-qism

Xo‘sh, keling, ushbu firmalarga kim egalik qilishini topishga harakat qilamiz. Buning uchun barcha amerika kompaniyalari haqida ma’lumot to‘plangan joy — Amerika birjasi Nasdaq saytiga yo‘l olamiz. Nimani ko‘ramiz? Procter & Gamble xoldingining qariyb 70 foizi g‘alati institutsional investorlar mulkidir(1-rasm).

Chat GPTdan institutsional investorlar kimligini so‘raymiz va bilamizki, ular investitsiya fondlari, banklar va sug‘urta kompaniyalaridir. Ya’ni Procter & Gamble, Boeing, PFC, Visa va Mastercard boshqa kompaniyalarga tegishli.

Agar shu yerda to‘xtab qolmay, yanada chuqurroq kovlasak, Alphabet — Google’ga tegishli kompaniyada — institutsional investorlar ulushi qariyb 80 foizni tashkil etishini aniqlaymiz(2-rasm). Demak, ha, Larri Peyj, Sergey Brin, Jeff Bezos, Bill Geyts va Mark Tsukerberg, albatta, o‘z ulushlariga ega, bu ularga Forbes ro‘yxati cho‘qqilarida bo‘lish imkonini beradi. Ammo aslida ular bu kompaniyalarning haqiqiy egasi emaslar.

Aslida, bunda hech qanday g‘alati narsa yo‘q, chunki istalgan biznes rivojlanishi va kengayishi uchun pul — juda ko‘p pul — kerak. Va asoschilar investorlardan, o‘z kompaniyalarining bo‘laklarini aksiyalar orqali berib, pul olishadi. Asta-sekin bu bo‘laklar ko‘payadi, asoschilarning ulushlari esa kamayadi.

Yaqnda qo‘limga Kembrij universitetining tadqiqoti tushib qoldi.Unda aytilishicha, AQShning yirik korporatsiyalarining 88 foizi atigi uchta kompaniya tomonidan nazorat qilinadi. Va keyingi postlarda men sizga ana shu butun Amerika iqtisodiyotiga deyarli egalik qilayotgan uchta sirli kompaniya haqida gapirib beraman. Eng muhimi — ushbu kompaniyalar egasi kim va biz global moliyaviy pirogni bo‘lishishda qandaydir tarzda ishtirok eta olamizmi.

@Geschaft_7
🔥752👌2
Butun moliyaviy dunyoni aslida kim boshqaradi?
3-qism

Investitsiya fondi nima?

Aytaylik, sizda katta miqdorda pul bor, lekin uni qanday ishlatishni bilmaysiz.Variantlardan biri — pulni fondga topshirish. U yerda professional boshqaruvchilar bo‘ladi: ular sizning o‘rningizga investitsiya qilishadi va buning uchun kichik komissiya olishadi. Shunda siz investitsiyalarning nozik jihatlarini o‘zingiz o‘rganishingiz, moliyaviy yangiliklarni o‘qishingiz va tahlil bilan shug‘ullanishingiz shart bo‘lmaydi — barchasini ular siz uchun bajaradi. Agar fond yaxshi foyda ko‘rsa, tobora ko‘proq odamlar pulini shu fondga olib kelishadi. Natijada fond boshqaruvidagi kapital o‘sib boradi.

@Geschaft_7
1🔥752🆒1
Assalomu alaykum barchaga. Kirib kelgan 2026-yil har biringizga sog‘lik, baraka va muvaffaqiyat olib kelsin. 2026-yil yangi maqsadlar va yangi imkoniyatlar yili bo‘lsin.
1126🆒3🔥1
1-yanvardan qonunchilikda nimalar oʻzgardi?

Oʻzbekistonda 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan qonunchilikdagi oʻzgarishlarni bir yerga jamladik.

1)Eskrou tizimi joriy etiladi

Prezidentning tegishli farmoni bilan qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi va mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi maqsadida eskrou tizimi joriy etilgan. Unga ko‘ra, endi barcha quruvchilar ulush kiritish asosidagi loyihalarini eskrou tizimi orqali amalga oshirishi majburiy bo‘ladi.
Mijozlar hali bitmagan uy uchun pulni quruvchiga to‘lamasdan, bankdagi eskrou hisobraqamiga qo‘yadi va bu pullar toki uy bitmaguncha quruvchining qo‘liga berilmaydi.

2)Moped va skuter haydovchilaridan “prava” so‘raladi

O‘zbekistonda moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shart bo‘ladi va ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.

Hujjatga ko‘ra, moped va skuterlarni, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3.gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega yoki nominal quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik hajmdagi mototransport vositalarini boshqarish uchun «A1» haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi. Individual harakatlanish vositalari bundan mustasno.

3)Ehsonlar naqd pulda yigʻilmaydi

2026-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Uchtepa va Mirobod tumanlarida qabriston hududidagi plombalangan turg‘un metall qutilarda xayr-ehsonlarni yig‘ishni naqd pul ko‘rinishida amalga oshirish tartibi bekor qilinadi. Turg‘un metall qutilarga o‘rnatilgan QR-kod tasviri vositasida bank plastik kartalari orqali naqd pulsiz onlayn shaklda ixtiyoriy xayr-ehsonlarni amalga oshirish joriy etiladi.

4)Bepul tibbiy yordam

Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy kuzatuvda bo‘ladi va davolanish ishlari davom ettiriladi.

5)“President AI Award” tanlovi

Yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi.

@Geschaft_7
1🔥633🤝2
O'zbekistonda matbuot erkinligi qay darajada?

O‘zbekiston so‘nggi Matbuot erkinligi indeksida 180 ta davlat orasida 148-o‘rinni saqlab qoldi. Mamlakat 2024-yilgi indeksda ham xuddi shu o‘rinda bo‘lgan.

Reyting har yili Reporters Without Borders (RSF) tashkiloti tomonidan Jahon matbuot erkinligi kuni arafasida e’lon qilinadi. Bu yil ilk bor global miqyosda OAV erkinligining holati “juda jiddiy” deb tasniflandi — avvalgi “muammoli” toifadan pasayish qayd etildi.

Milliy matbuot erkinligi beshta asosiy ko‘rsatkich. asosida baholanadi: siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va madaniy muhit, shuningdek har bir mamlakatdagi xavfsizlik sharoitlari.

2025-yilda 180 ta davlat bo‘yicha o‘rtacha global ball 100 dan 54,7 ni tashkil etdi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha xalqaro o‘rtacha ball 44,1 ga tushdi — bu hozirgacha qayd etilgan eng past ko‘rsatkich , o‘tgan yildagi 46,4 dan pasaygan.

Markaziy Osiyoda matbuot erkinligi

Qozog‘iston — 141-o‘rin (avval 142)
Qirg‘iziston — 144-o‘rin (avval 120)
O‘zbekiston — 148-o‘rin (o‘zgarishsiz)
Tojikiston — 153-o‘rin (avval 155)
Turkmaniston — 174-o‘rin (avval 175)

RSF Yevropada matbuot erkinligi bo‘yicha parchalanish kuchayib borayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo global miqyosda eng keskin pasayish kuzatilayotgan hududlar hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqi va Bolqon mamlakatlari umumiy reytinglarda yetakchilikni saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, ushbu guruhdagi 40 mamlakatdan 28 tasida o‘tgan yilga nisbatan iqtisodiy sharoitlar yomonlashgani qayd etilgan.

Dunyo bo‘yicha baholangan 180 mamlakatdan 112 tasida matbuot erkinligi bali pasaydi. AQSh ikki pog‘ona pastlab 57-o‘ringa tushdi. Isroil 11 pog‘ona pasayib 112-o‘rinni egalladi. Rossiya to‘qqiz pog‘ona tushib 171-o‘ringa joylashdi. Ukraina bir pog‘ona pastlab 61-o‘rinni oldi, Xitoy esa olti pog‘ona tushib 178-o‘ringa joylashdi.

@Geschaft_7
1🔥962
O‘zbekistonda korrupsiya darajasi qanday?

O‘zbekiston 2024 yilgi Korrupsiyani qabul qilish indeksida 121-o‘rinni egallagandi.
Xalqaro nodavlat tashkilot — Transparency International — 2024 yilgi Korrupsiyani qabul qilish indeksini (CPI) 11-fevral kuni e’lon qildi. O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 121-o‘rinni egallab, 100 ballik tizimda 32 ball to‘pladi.

Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha reyting quyidagicha:

• Qozog‘iston — 88-o‘rin, 40 ball
• O‘zbekiston — 121-o‘rin, 32 ball
• Qirg‘iziston — 146-o‘rin, 25 ball
• Tojikiston — 164-o‘rin, 19 ball
• Turkmaniston — 165-o‘rin, 17 ball
• Afg‘oniston — 165-o‘rin, 17 ball

Korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektoridagi korrupsiya darajasining qanchalik mavjudligi haqidagi tasavvurlar asosida mamlakatlarni reytinglaydi. Reyting ekspertlar baholari va biznes hamjamiyati baholashlariga tayanadi va jamoatchilik fikrini hisobga olmaydi. CPI 13 ta turli manbaga asoslanadi, ularning har biri korrupsiya darajasini muayyan mezonlar asosida tahlil qiladi.

Transparency International ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning reytingdagi o‘rni emas, balki to‘plagan balli muhimroq hisoblanadi. 50 balldan past natija ko‘rsatgan davlatlar yuqori darajada korrupsiyalashgan deb baholanadi.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida (19 ta davlatni o‘z ichiga oladi) eng yaxshi natijani Gruziya qayd etib, 49-o‘rin va 53 ball bilan yetakchi bo‘ldi.

Daniya yana bir bor global reytingda birinchi o‘rinni egallab, 90 ball to‘pladi. Undan keyingi o‘rinlarda Finlyandiya (88 ball) va Singapur (84 ball) joylashdi.

Reytingning eng quyi pog‘onalaridan Suriya va Venesuela (12–10 ball), Somali (179-o‘rin, 9 ball) hamda Sudan (180-o‘rin, 8 ball) o‘rin oldi.

Manba: Transparency International, Kun.uz

@Geschaft_7
112🔥52👏1🤔1
1922-yil: Germaniyaga ketgan 70 nafar o’zbeklar taqdiri


1922-yilning oxirlarida Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jayev kabi jadidlar tashabbusi bilan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Turkiston muxtoriyati nomidan bir guruh iqtidorli yoshlar Berlinga jo'natiladi. Ularning maqsadi — Yevropa fan va texnikasini o'rganib qaytib, Turkistonni qoloqlikdan qutqarish va mustaqil davlat kadrlarini tayyorlash edi.


Talabalar Berlinda va Germaniyaning boshqa shaharlarida qishloq xo'jaligi, kimyo, elektrotexnika, tibbiyot, iqtisodiyot va falsafa kabi sohalarda tahsil olishgan. Ular orasida Maryam Sultonmurodova va Xayriniso Majidxonova kabi ilk o'zbek oqila qizlari ham bor edi. U davrda qizlarning tahsil olishi noyob holat edi.
Ularning ichida:
Sattor Jabbor — birinchi o'zbek kimyogar olimi;
Abduvahob Murodiy —qishloq xo'jaligi mutaxassisi sifatida yetishib chiqganlar bor edi.


1930-yillarga kelib, Stalin rejimi bu yoshlarni "josuslik"da ayblay boshladi. Ularning taqdiri uchga bo'lindi:
Vatanga qaytganlar: Ko'pchiligi (masalan, Xayriniso Majidxonova, Sattor Jabbor) 1937-1938 yillardagi "Katta terror" davrida otib tashlandi yoki qamoqlarda vafot etdi.
Surgun qilinganlar: Ayrimlari (Maryam Sultonmurodova kabi) o'nlab yillarini GULAG lagerlarida azob bilan o'tkazdi.
Xorijda qolganlar: Vatanga qaytish xavfli ekanini tushunib, Germaniya va Turkiyada qolgan talabalar (masalan, Vali Qayumxon) o'sha yerda professor bo'lib yetishdi va millat ozodligi uchun kurashni davom ettirdi.

Germaniyaga yuborilgan "70 nafar o’zbek" voqeasi o'zbek intellektual qatlamiga berilgan eng og'ir zarbalardan biri bo'ldi. Agar bu mutaxassislar qatag'on qilinmaganida, O'zbekistonning ilm-fani va iqtisodiyoti 20-asrning o'rtalaridayoq mutlaqo boshqa — yuksakroq darajaga chiqqan bo'lar edi. Ular millatning ozodlik va taraqqiyot yo'lidagi fidoyilari bo'lib tarixda qoldilar.

@Geschaft_7
59🔥331