GEOGRAFIYA VA TA'LIM | Rasmiy kanal
9.28K subscribers
9.34K photos
3.11K videos
4.55K files
8.43K links
«GEOGRAFIYA» faniga befarq bo‘lmaganlar uchun MAXSUS kanal!

📮Murojaat uchun: @geografiyavatalimbot
📝Reklama uchun: @talabageograflar
Chat: @geografiyavatalim_guruhi

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  http://myurls.co/geografiyavatalim
Download Telegram
#buguntarixda

Bugun 17-noyabr - Suvaysh kanali ochilgan kun

1869-yilning 17-noyabr sanasida Oʻrtayer dengizini Qizil dengiz bilan bogʻlovchi Suvaysh kanali ochiladi.

Kanal ochilgan yillarda uzunligi 164 km, chuqurligi esa 8 metr edi.

Bu orqali dengizchilarning butun Afrikani aylanib kelishlariga hojat qolmaydi, ularning yoʻli 8 ming kilometrga qisqaradi.

Kanalning ochilishi munosabati katta bayram uyushtiriladi.
Tantana 7 kun davom etadi va ushbu bazm Misr sultoniga 28 million oltin frankka tushadi.

GEOGRAFIYA VA TA'LIM

Kanalga ulanish uchun
👉
https://t.me/+kndRpzNwZm8wODBi
#buguntarixda

Bugun 17-noyabr - Devid Livingston Viktoriya sharsharasini kashf qilgan kun


Janubiy Afrikadagi sayyohlarni o'ziga jalb qiladigan nuqtalardan biri – bu Zambezi daryosidagi sharsharadir.

Balandligi 108 m va kengligi 1800 mli sharsharani oldida shu yerliklarga nisbatan juda issiq kiyingan kishini tasvirlovchi haykal bor.

Bu savlatli britaniyalikning ismi Devid Livingston, u yevropaliklar ichida birinchi bo'lib, 1855-yil 17-noyabrda bu ulkan sharsharani ko'rgan va uni britaniya qirolichasi sharafiga –Viktoriya deb atagan.

Mahalliy aholi esa o'zgacha - “shaqildoq tutun” deb ataydi. Sharsharani birinchi marta ko'rgan Livingston uni juda obrazli qilib tasvirlab sharsharani qor bo'roniga o'xshash bahaybat parda deb ataydi.

U shunday deydi: “Angliyada ko'rganlarimning birontasi uning go'zalligiga tenglasha olmaydi. Yevropaliklar oldin hech qachon bunday narsani ko'rmaganlar. Bu joy shunday ajoyibki, farishtalar ham osmondan tomosha qilsalar kerak.”

👉 https://t.me/+kndRpzNwZm8wODBi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#buguntarixda

Bugun 8-dekabr - Yevropa Kengashining rasmiy bayrog'i qabul qilingan kun

1955-yil 8-dekabrda Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi ushbu tashkilotning keyinchalik Yevropa Ittifoqiga meros bo'lib o'tgan rasmiy bayrog'ini tasdiqladi.

1955-yil 9-dekabrda Yevropa Kengashi Vazirlar qo'mitasining bayroqni qabul qilish to'g'risidagi qaroriga rasmiy izohda quyidagilar aytilgan:

"G'arbiy dunyoning moviy osmoni fonidagi yulduzlar Yevropa xalqlarining birdamlik belgisidir. Yulduzlar soni o'zgarmas, o'n ikkitaga tengligi mukammallikning ramziy ma'nosidir".

👉🏻 @geografiyavatalim

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning👇🏻
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
#buguntarixda

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tashkilotiga a'zo bo‘lgan kun(1991)

👉🏻 @geografiyavatalim

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning👇🏻
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
#buguntarixda

1912-yil 2-aprel kuni – "Titanik” layneri sinovni amalga oshirish uchun dengizga chiqarildi va sinovlar muvaffaqiyatli yakunlandi.

👉🏻 @geografiyavatalim

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz 👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok