GEOGRAFIYA JDPU
141 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#talaba

⚡️Endi talabalar kontrakt pulini 4 ga bo‘lib to‘lashlari mumkin

Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

OTMlarda asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 baravarga qisqartiriladi;

• O‘zbekiston OTMlariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kvota bosqichma-bosqich 2 baravarga oshiriladi;

• respublika OTMlari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida 4 marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.



👉 @geografiya_JDPI 👈
#talaba | #maslahat

👨🏻‍🎓 Talabalar uchun ba'zi bir maslahatlar:

🔹 kimdandir (xoh u ustoz bo‘lsin, xoh siz kabi talaba) biror-nimani so‘rashdan qo‘rqmang - sizni yuksaltirishga xizmat qiluvchi rejalar o‘z-o‘zidan kelib qolmaydi;

🔸 seminarlarni shunchaki qo‘l qovushtirib o‘tkazmang, balki faol ishtirokchisi bo‘ling - baribir javob berishingizga to‘g‘ri keladi, lekin bu safar siz uchun savolni o‘zingiz emas, balki o‘qituvchi tanlaydi;

🔹 testlar, kollokviumlar, o‘tkazib yuborilgan amaliyot darslari va ma’ruza konspektlari bilan bog‘liq qarzlaringizni darhol qayta topshiring;

🔸 siz uchun zerikarli bo‘lsa ham, bu sohaga oid fan bo‘lmasa ham, hattoki buni keyinchalik mustaqil o‘rganishga to‘g‘ri kelsa ham, dars vaqti (para)da chalg‘imang - o‘qituvchilar o‘zlari uchun alohida belgilab borishmasa-da, barchasiga e’tibor berishadi;

🔹 o‘zingiz bilan fleshka olib yuring;

🔸 paralarga xuda-behuda noutbuk olib yurishga shoshmang - ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan qimmatbaho qurilmani olib yurgandan ko‘ra, ehtimol, sizga qo‘lda yozish varianti durustroqdir;

🔹 kursdoshlaringizdan yordam so‘rashdan yoki bir jamoa bo‘lib ishlashni taklif etishdan o‘zingizni olib qochmang - bundan sizga ham, boshqalarga ham osonroq, qolaversa ma’lumot ham tez izlab topiladi;

🔸 turli manbalardan foydalaning, faqatgina konspektlarga tayanib ish tutmang;

🔹 agar bir kunlik paralar soni ko‘p bo‘lsa, o‘zingiz bilan yo suv/choy va tezkor tanovul uchun yegulik, yo (agar mavjud bo‘lsa, albatta) bunga yetarli miqdorda mablag‘ olib yuring;

🔸 hajmi 350-500 ml'lik kichik termos - foydali narsa: paralarda yoki ularning oralig‘ida issiq kofe/choy/tovuq bulyoni ichib yurish mumkin;

🔹 o‘zingiz bilan yalpiz ta’mli konfetlar olib yuring - inson tanovul qilayotgan payti uxlab qolishi mushkuldir;

🔸 ko‘k choy kofega nisbatan yaxshiroq tetiklashtiradi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#talaba

🎯​​Sessiyadan soʻng (ayrim) talabalarning ahvoli

* Zato halol pul topamiz-a toʻgʻrimi?


👉 t.me/geografiya_JDPI