GEOGRAFIYA JDPU
137 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_xabar

⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev videokonferensiya shaklida o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zlaydi

Nutq translyatsiyasini 23-sentabr, chorshanba kuni soat 18:00 da quyidagi telekanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda tomosha qiling:

🔹 “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston 24”, “Zo‘r TV”, “Sevimli TV” – (o‘zbek tilida);
🔹 “Yoshlar”, “Toshkent” – (rus tilida);
🔹 “Uzreport TV”, “Dunyo bo‘ylab” – (ingliz tilida);
🔹 Shu bilan birga, Prezident Matbuot xizmatining Facebookdagi sahifasi va YouTubedagi kanalida ham ko‘rinshingiz mumkin👇
#Muhim_xabar

📣 DIQQAT E’LON!

Jizzax davlat pedagogika institutiga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni institutga taqdim etishingiz so‘raladi.


t.me/geografiya_JDPI
#Muhim_xabar

⚡️16-NOYABRDAN TALABALAR UCHUN AN’ANAVIY DARSLAR BOSHLANADI

Respublika komissiyasining 2020-yil 12-noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning 16-noyabridan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda davom ettirish belgilandi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Muhim_xabar

⚡️⚡️Jizzax davlat pedagogika instituti 1-kurs talabalari uchun 2020-yil 16-noyabrdan an'anaviy dars jarayoni boshlanadi.

Shu munosabat bilan barcha talabalar ananaviy dars jarayoniga tayyorgarlik ko'ringlar. Dars mashg'uloti soat 9:00 dan boshlanadi va 60 daqiqa davom etadi. 1 kunda 3 juftlik dars mashg'ulotlari bo'ladi.

👉 2-3 kurslar uchun ananaviy darslar bosqichma - bosqich tashkil etiladi, sanasi talabalarga yetkaziladi.
👉 4-kurslar 2020-yil 7-dekabrga qadar pedagogik amaliyotda bo'lishadi. shundan so'ng ananaviy ta'lim jarayoni boshlanadi.

©️ Rasulov Begzod - Jizzax davlat pedagogika instituti dekan o'rinbosari


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Muhim_xabar

⚡️AXBOROT XABARI

18-20 noyabrda O‘zbekiston hududlariga Gʻarbiy Qozog‘iston orqali Ural (Yekaterinburg) hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
18-19 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18-noyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin.19-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18-19 noyabrda respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 18-20 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 8-13° sovuqgacha, shimolda 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayishi kutilmoqda. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10-15° ga kam bo‘lishi kutilmoqda.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Muhim_xabar

❗️Talaba va oʻquvchilarga poyezd chiptalari uchun 50% chegirma beriladi

2020-yil 28-dekabrdan 2021-yil 10-yanvargacha
oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimlarida taʼlim olayotgan talabalar hamda oʻquvchilarga poyezd chiptalariga tarif qismidan 50% miqdorda chegirma beriladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Muhim_xabar

⚡️1-FEVRALDAN ISH HAQI VA STIPENDIYALAR 10 FOIZGA OSHIRILADI

2021-yil 1-fevraldan boshlab, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori (shu jumladan, OTM talabalarining to‘lov-kontraktlari ham) 1,1 barobarga oshiriladi. Tegishli qaror 30-dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan.

Shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdori va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ham 10 foizga ko‘tariladi.

Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2020-yil 1-fevraldan:

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 245 000 so‘m (hozirda 223 000 so‘m);
🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m (hozirda 679 330 so‘m) etib belgilanadi.

Bundan tashqari:

🔹 2 yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi uchun nafaqa – oyiga 434 ming so‘m;
🔹 kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan moddiy yordam 326–653 ming so‘m (hududlar kesimida turlicha) etib belgilanadi;
🔹 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga to‘lanadigan nafaqa miqdori 10 foizga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-fevraldan ish haqi, pensiya va nafaqalar 7 foizga oshirilgan edi. 2020-yil 1-sentyabrdan boshlab esa pensiya va nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilgan.

Jarimalar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda foydalaniladigan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 2020-yilda oshirilmagandi.

Manba


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Muhim_xabar

⚡️⚡️TO‘LOV-KONTRAKT MIQDORI O‘ZGARMAYDI

Ayni daqiqalarda AOKADA Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tyapti. Unda sohaga oid jamoatchilikni qiziqtirgan eng dolzarb masalalarga oydinlik kiritiladi.

👉 Ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanishi xususida

Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda o‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqadigan bo‘lsak, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.

👉 O‘quv jarayonini an’anaviy shaklida boshlash to‘g‘risida

Xabaringiz bor, barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021-yil 11-yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi. Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi.

👉 To‘lov-kontrakt miqdorlari xususida

2021-yil 1-fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi.

ASOS


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Muhim_xabar

⚡️Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga:

❗️2021-yil 11-yanvardan barcha kurslarda (1-2-3-4) o‘quv jarayoni a’nanaviy shaklda davom etadi.

ASOS | Batafsil ma’lumot


👉 t.me/geografiya_JDPI
#abituriyent2021 | #Muhim_xabar

⚡️⚡️Kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti beriladi

Bu 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Prezident granti sohibi bo‘lgan talabaga o‘qishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan Prezident granti stipendiyasi to‘lanadi.

O‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lib, bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmaydi.

2021-yil 1-iyunga qadar Prezident grantini ajratish tartibi ishlab chiqiladi va OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plagan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni yig‘uvchi yagona elektron reyestr tuziladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️ Endi majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichlari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi

Prezident farmoniga muvofiq 2022/2023 - o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

🏷 Asos: https://lex.uz/docs/5085999

P. S. Quyidagi rasmda prezident farmonining aynan shu qismi ilova qilingan.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️ Ali Ahmad Jaloliy Afg‘oniston islom amirligining yangi rahbari

Ashraf Gʻani shu daqiqalarda hokimiyatni topshirdi.

ℹ️ Ali Ahmad Jaloliy - zahiradagi general, Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#muhim_xabar

📌 Moliya vazirligi tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, talabalar yuqoridagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin.

ℹ️ Ta’lim krediti haqida batafsil ma‘lumot: https://t.me/geografiya_JDPI/2750


👉 t.me/geografiya_JDPI
YILLIK TO'LOV-KONTRAKT.pdf
870.9 KB
#muhim_xabar

⚡️KONTRAKT MIQDORLARI TASDIQLANDI

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

❗️Bunda, OTMning KUNDUZGI ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

P. S. Yuqoridagi jadvaldan o‘zingizga kerakli soha bo‘yicha kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.


👉 http://t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️RASMIY XABAR

24 yanvardan boshlab
maktablar va OTMlar bir oy davomida «Onlayn» faoliyat olib boradi
__________________

С 24 января в Узбекистане ученики общеобразовательных
школ и студенты высших учебных заведений перейдут на онлайн-обучение


👉 @geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️RASMAN: 2022-yil 7-fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladiSSV


👉 @geoedu_uz
#muhim_xabar

⚡️MAGISTRATURADA O‘QIYDIGAN BARCHA XOTIN-QIZLARNING KONTRAKTI TO‘LAB BERILADI

2022/2023 o‘quv yilidan magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–87-son, 07.03.2022 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib byudjet hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to'lanadi.

☑️ 2022/2023 o‘quv yilidan:

davlat OTMlarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;

xorijiy OTMlarga bakalavriat uchun – 50 nafar, magistratura uchun – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;

har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi;

mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.


👉 @geoedu_uz
#muhim_xabar

⚡️⚡️Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi.


👉 @geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️9 iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

Qurbon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olishadi:

• 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
• 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
• 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
• 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

🏷 Batafsil...


@geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar | #magistratura

⚡️23 avgust kuni magistratura mandati e’lon qilinishi kutilmoqda

2022/2023 o‘quv yili davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlarning qabul natijalari magistr.edu.uz platformasi orqali e’lon qilinadi.


👉 @geoedu_uz - biz bilan birinchilar qatorida bo'ling!