GEOGRAFIYA JDPU
135 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#tabrik

🇺🇿 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni!"

Barcha o'zbek yigitlari va Vatan posbonlarini ushbu bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz!


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Tayinlov

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Abdukodir Xamidovich Toshkulov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan:

Inomjon Urishevich Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori (15-son, 14.01.2021 y);

O‘ktam Rahimovich Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori (14-son, 14.01.2021 y);

Avazjon Rahimovich Marahimov Termiz davlat universiteti rektori (15-son, 14.01.2021 y) lavozimiga tayinlandi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#magistratura

📌 REKTOR UCHRASHUVI

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof Sh.Sharipov hamda institut magistratura talabalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklda bo'lib magistiratura talabalari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Aholi_soni

📌 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududlaridagi doimiy aholi soni.

🔹Qoraqalpog‘iston R. – 1 923,8 ming kishi
🔹Andijon – 3 188,2 ming kishi
🔹Buxoro – 1 946,9 ming kishi
🔹Jizzax – 1 410,6 ming kishi
🔹Qashqadaryo – 3 334,5 ming kishi
🔹Navoiy – 1 013,8 ming kishi
🔹Namangan – 2 867,4 ming kishi
🔹Samarqand – 3 947,4 ming kishi
🔹Surxondaryo – 2 681,0 ming kishi
🔹Sirdaryo – 861,1 ming kishi
🔹Toshkent – 2 994,0 ming kishi
🔹Farg‘ona – 3 819,9 ming kishi
🔹Xorazm – 1 893,1 ming kishi
🔹Toshkent sh. – 2 677,2 ming kishi


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#kulgu_time

📌 TONGGI KAYFIYAT

Jinni kutubxonada.
— Iltimos, menga gamburger, kartoshka va kola bering!
— Iye, bu yer kutubxona, oshxona emas.
Jinni (shivirlab):
— Iltimos, menga gamburger, kartoshka va kola bering!
😂 😂 😂 😂

Ona to‘rt yashar o‘g‘ilchasini urishyapti:
— Nega hammayog‘ing ho‘l?
— Biz bolalar bilan “It-it” o‘ynadik.
— Nima bo‘pti?
— Men… Daraxt bo‘ldim.
😂 😂 😂 😂

Erkak tanishiga dedi:
— Qiz ko‘ribsiz, tabriklayman!
— Rahmat.
— Qizingiz onasiga o‘xshaydimi?
— Bilmadim, tili chiqsin-chi, ko‘rarmiz!
😂 😂 😂 😂

- Xotin, zudlik bilan tez yordamga telefon qil. Yuragim yomon huruj qilyapti..
- Meni telefonimni puli tugagan. Telefoningizni parolini ayting...
- Bo‘ldi xotin shartmas, qo‘yvordi.
😂 😂 😂 😂

- Dadasi, bugun qo‘y go‘shtidan solib, manti qilib qo‘ydim😋
Keyin mashinangizni ham urvoldim 🙈
- Nima qilding?
- Manti qildim...
😂 😂 😂 😂


P. S. Do‘st va yaqinlarga ham yaxshi kayfiyat ulashing


👉 @geografiya_test_video_slayd
#abituriyent2021

📋 2021-yilda kirish test sinovlarida ishlatiladigan javoblar varaqasi

Avvalgi yillardan farqli oʻlaroq, Fan 1, Fan 2, Fan 3, Fan 4 va Fan 5 qatorlarga boʻlingan.

P. S. Rasm Davlat test markazi binosidan


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Izoh

Paradoks nima?

Ushbu tushuncha qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan va sog'lom fikrga zid bo'lgan fikrni anglatadi. Keng ma'noda paradoks so'zi ajabtovur ko'rinadigan hodisa, vaziyatdir va g'ayrioddiyligi tufayli odamlarning haqiqat haqidagi odatiy g'oyalariga mos kelmaydi.‌‌


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bilasizmi

💰 Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra dunyoning eng boy odamlari ro'yxati.

2021-yil 7-yanvarda Tesla va SpaceX asoschisi Elon Mask dunyodagi eng boy odamga aylandi. Maskning umumiy aktivlari hozirda Amazon rahbari Jeff Bezosdan 10 milliard dollarga ko'pdir.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Izoh o‘zingizdan...
#Bilasizmi

❗️Bugun 21 asrdagi 21 yilning 21-kuni

© DUNYO TV

👉 t.me/geografiya_JDPI
#qiziqfan®

🔅Geraldika

Geraldika (gerbshunoslik) - bu gerblarni o‘rganish, shuningdek, ulardan foydalanish anʼanalari va amaliyoti bilan shug‘ullanadigan maxsus tarixiy soha


👉 t.me/geografiya_JDPI
#abituriyent2021 | #Muhim_xabar

⚡️⚡️Kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti beriladi

Bu 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Prezident granti sohibi bo‘lgan talabaga o‘qishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan Prezident granti stipendiyasi to‘lanadi.

O‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lib, bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmaydi.

2021-yil 1-iyunga qadar Prezident grantini ajratish tartibi ishlab chiqiladi va OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plagan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni yig‘uvchi yagona elektron reyestr tuziladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_mavzusi

Imtihonga kirgan talabaning bilmagan savoli tushib qolsa 🤣🤣🤣

P. S. Barcha talabalarga yakuniy nazorat imtihonlarida omad tilaymiz!


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Imlo_qoidasi

📌 Prezident yoki prezident?

Prezident so‘zi faqatgina bosh harf bilan emas, kichik harf bilan ham yozilishi mumkin.

Davlat oliy mansabini ifodalashda bosh harf bilan yoziladi:
— O‘zbekiston Respublikasi prezidenti
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

— «O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun
— «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun

Boshqa barcha hollarda, agar so‘z gap boshida kelmasa, kichik harf bilan yoziladi:
— O‘zbekistonda Prezident saylovlari
— O‘zbekistonda prezident saylovlari

— Bizning Birinchi Prezidentimiz
— Bizning birinchi prezidentimiz

— Qabul qilingan Prezident qarorlari
— Qabul qilingan prezident qarorlari

— O‘FA Prezidenti
— O‘FA prezidenti


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOGRAFIYA JDPU (Davronxo‘ja | 🇺🇿)
#Eslatma

📌 Talaba qanday shartlarda ishlay oladi? — OTM talabalarining mehnatiga oid masalalar yuzasidan mutaxassis bilan suhbat

Maqolani o'qish | Videoni ko'rish


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

Antarktika — janubiy sovuq o‘lka, uning maydoni 52,5 mln kv km. Antarktikaga Antarktida materigi, Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining shu materikka tutash qismlari, shuningdek Antarktida yaqinidagi orollar kiradi.

Antarktida — yaxlit muzli materik bo‘lib, maydoni 14 mln kv km. Antarktida Janubiy qutbiy doirada, boshqa materiklardan juda uzoqda joylashgan yagona materik.

Qo‘shimcha + | Antarktika | Antarktida


👉 @geografiya_test_video_slayd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kulgu_time

Ba’zi bir talabalarga xuddi shunaqa budilnik kerak ekanda... 🤣🤣🤣


👉 t.me/geografiya_JDPI
#statistika

📊 Respublikaning yalpi ichki mahsuloti qancha?

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 580 203,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2019 yil bilan taqqoslaganda 1,6 % ga o‘sdi.

2020-yilda aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 16 949,1 ming so‘mni (yoki 1 685,5 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi.

Manba: stat.uz


👉 t.me/geografiya_JDPI
#statistika

📊 Yalpi ichki mahsulotning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mutlaq o‘sish sur’atlari

Manba
: stat.uz | 📲 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#qiziqfan®

🌊 Dengizlarga chegaradosh bo‘lmagan davlatlar

Dunyodagi 44 ta davlat xalqaro suv yo‘llariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa olmaydi. Ushbu davlatlar dengiz yoki okeanlarga chiqish uchun kamida bitta davlat hududidan o‘tishlari zarur. Ushbu 44 ta davlat orasida faqatgina ikkitasi dengiz yoki okeanlarga chiqish uchun kamida ikkita davlatni kesib o‘tishlari kerak. Ushbu davlatlar: Yevropada joylashgan 🇱🇮 Lixtenshteyn hamda Osiyoda joylashgan 🇺🇿 O‘zbekiston davlatidir.


👉 @geografiya_test_video_slayd