GEOGRAFIYA JDPU
135 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Muhim_xabar

⚡️⚡️TO‘LOV-KONTRAKT MIQDORI O‘ZGARMAYDI

Ayni daqiqalarda AOKADA Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tyapti. Unda sohaga oid jamoatchilikni qiziqtirgan eng dolzarb masalalarga oydinlik kiritiladi.

👉 Ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanishi xususida

Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda o‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqadigan bo‘lsak, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.

👉 O‘quv jarayonini an’anaviy shaklida boshlash to‘g‘risida

Xabaringiz bor, barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021-yil 11-yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi. Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi.

👉 To‘lov-kontrakt miqdorlari xususida

2021-yil 1-fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi.

ASOS


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Eslatma

📌 Talaba qanday shartlarda ishlay oladi? — OTM talabalarining mehnatiga oid masalalar yuzasidan mutaxassis bilan suhbat

Maqolani o'qish | Videoni ko'rish


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Muhim_xabar

⚡️Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga:

❗️2021-yil 11-yanvardan barcha kurslarda (1-2-3-4) o‘quv jarayoni a’nanaviy shaklda davom etadi.

ASOS | Batafsil ma’lumot


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Kun_mavzusi

SUD JARAYONI

Bir bino qulab tushibdi. So‘ng g‘isht, qum va sementni sudga berishibdi. Birinchi g‘ishtni so‘roqlashibdi:⠀
— Seni qamaymiz, seni deb bino quladi desa
g‘isht:⠀
— Meni hech qanday aybim yo‘q, meni qanday qo‘yishgan bo‘lsa shunday turdim debdi.⠀
qumga:⠀
— Barchasiga sen aybdorsan, bino seni deb qulagan desa.⠀
qum:⠀
— Men hech narsa qilganim yo‘q. Meni qanday qorishgan bo‘lsa shunday turdim debdi. ⠀
Oxiri sementga:⠀
— Bino seni deb qulagan, sen aybdorsan desa,⠀
Sement:⠀
Meni bunga qo‘shmanglar, men bularni orasida yo‘q edim debdi.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Bu_qiziq | #virtual_Uzbekistan

📡 O'zbekistonga virtual sayohat uyushtiring! Bu sayt bilan O'zbekistonning turli nuqtalaridan turib 360 gradusda atrofni tomosha qilishingiz mumkin.

📍LINK: Uzbekistan360.uz


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bu_qiziq

📌 Tabiat ishlariga aralashish oqibati

1926-1935 yillar oralig‘ida AQSHning Yellow Stone milliy qo‘riqxonasida bo‘rilarni ovlashga ruxsat beriladi. Natijasi hayratlanarli: bo‘rilar yo‘qligi natijasida, bug‘ular va kiyiklar ko‘payib ketadi. Ularni ko‘payib ketishi esa ular uchun ozuqa yetishmovchiligiga olib keladi.

Bug‘ular atrofdagi o‘simliklarni ham yeyishga majbur bo‘lishadi va bu o‘z navbatida yer yuzasida o‘zgarishlar natijasida daryo bo‘ylarida yemirilishlar sodir bo‘la boshlaydi. Bug‘ular daraxt barglarini yeyishlari natijasida qushlar in qurmay qo‘yadilar. Boshqa joylarga ko‘chib ketadilar. Buning natijasida esa qumursqalar ko‘payadi. Qisqasi butun ekotizim ishdan chiqadi. Bularning barchasi birgina bo‘ri yo‘qligi tufayli.

Amerika hukumati 1995 yilda bo‘rilarni qo‘riqxonaga qayta olib kirishga majbur bo‘ladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
Quyidagi nomli masshtabni sonli masshtabga aylantiring.

1 km.da 150 km.
Anonymous Quiz
71%
1:15 000 000
13%
1:15 00 000
9%
1:15 0 000
7%
1:15 000
Forwarded from GEOEDU.UZ
Telegram' foydalanuvchilari 500 million kishidan oshdi. Bunga bir necha sabablar bor. Jumladan, messenjerning boshqa messenjerlardan yuqori tezligi bilan ajralib turishi va oxirgi paytda WhatsApp' ijtimoiy tarmog'idagi foydalanuvchilar ma'lumotlarini Facebook' ga taqdim qilishining fosh bo'lishi nuqtai-nazaridan ko'p foydalanuvchilar telegram'ni tanlashayotgani sababdir.


t.me/geografiya_JDPI
#tabrik

🇺🇿 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni!"

Barcha o'zbek yigitlari va Vatan posbonlarini ushbu bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz!


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Tayinlov

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Abdukodir Xamidovich Toshkulov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan:

Inomjon Urishevich Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori (15-son, 14.01.2021 y);

O‘ktam Rahimovich Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori (14-son, 14.01.2021 y);

Avazjon Rahimovich Marahimov Termiz davlat universiteti rektori (15-son, 14.01.2021 y) lavozimiga tayinlandi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#magistratura

📌 REKTOR UCHRASHUVI

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof Sh.Sharipov hamda institut magistratura talabalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklda bo'lib magistiratura talabalari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Aholi_soni

📌 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududlaridagi doimiy aholi soni.

🔹Qoraqalpog‘iston R. – 1 923,8 ming kishi
🔹Andijon – 3 188,2 ming kishi
🔹Buxoro – 1 946,9 ming kishi
🔹Jizzax – 1 410,6 ming kishi
🔹Qashqadaryo – 3 334,5 ming kishi
🔹Navoiy – 1 013,8 ming kishi
🔹Namangan – 2 867,4 ming kishi
🔹Samarqand – 3 947,4 ming kishi
🔹Surxondaryo – 2 681,0 ming kishi
🔹Sirdaryo – 861,1 ming kishi
🔹Toshkent – 2 994,0 ming kishi
🔹Farg‘ona – 3 819,9 ming kishi
🔹Xorazm – 1 893,1 ming kishi
🔹Toshkent sh. – 2 677,2 ming kishi


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#kulgu_time

📌 TONGGI KAYFIYAT

Jinni kutubxonada.
— Iltimos, menga gamburger, kartoshka va kola bering!
— Iye, bu yer kutubxona, oshxona emas.
Jinni (shivirlab):
— Iltimos, menga gamburger, kartoshka va kola bering!
😂 😂 😂 😂

Ona to‘rt yashar o‘g‘ilchasini urishyapti:
— Nega hammayog‘ing ho‘l?
— Biz bolalar bilan “It-it” o‘ynadik.
— Nima bo‘pti?
— Men… Daraxt bo‘ldim.
😂 😂 😂 😂

Erkak tanishiga dedi:
— Qiz ko‘ribsiz, tabriklayman!
— Rahmat.
— Qizingiz onasiga o‘xshaydimi?
— Bilmadim, tili chiqsin-chi, ko‘rarmiz!
😂 😂 😂 😂

- Xotin, zudlik bilan tez yordamga telefon qil. Yuragim yomon huruj qilyapti..
- Meni telefonimni puli tugagan. Telefoningizni parolini ayting...
- Bo‘ldi xotin shartmas, qo‘yvordi.
😂 😂 😂 😂

- Dadasi, bugun qo‘y go‘shtidan solib, manti qilib qo‘ydim😋
Keyin mashinangizni ham urvoldim 🙈
- Nima qilding?
- Manti qildim...
😂 😂 😂 😂


P. S. Do‘st va yaqinlarga ham yaxshi kayfiyat ulashing


👉 @geografiya_test_video_slayd
#abituriyent2021

📋 2021-yilda kirish test sinovlarida ishlatiladigan javoblar varaqasi

Avvalgi yillardan farqli oʻlaroq, Fan 1, Fan 2, Fan 3, Fan 4 va Fan 5 qatorlarga boʻlingan.

P. S. Rasm Davlat test markazi binosidan


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Izoh

Paradoks nima?

Ushbu tushuncha qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan va sog'lom fikrga zid bo'lgan fikrni anglatadi. Keng ma'noda paradoks so'zi ajabtovur ko'rinadigan hodisa, vaziyatdir va g'ayrioddiyligi tufayli odamlarning haqiqat haqidagi odatiy g'oyalariga mos kelmaydi.‌‌


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Bilasizmi

💰 Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra dunyoning eng boy odamlari ro'yxati.

2021-yil 7-yanvarda Tesla va SpaceX asoschisi Elon Mask dunyodagi eng boy odamga aylandi. Maskning umumiy aktivlari hozirda Amazon rahbari Jeff Bezosdan 10 milliard dollarga ko'pdir.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Izoh o‘zingizdan...
#Bilasizmi

❗️Bugun 21 asrdagi 21 yilning 21-kuni

© DUNYO TV

👉 t.me/geografiya_JDPI
#qiziqfan®

🔅Geraldika

Geraldika (gerbshunoslik) - bu gerblarni o‘rganish, shuningdek, ulardan foydalanish anʼanalari va amaliyoti bilan shug‘ullanadigan maxsus tarixiy soha


👉 t.me/geografiya_JDPI