GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Brifing | #Magistratura

⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha berilgan ba’zi bir savollarga javob berdi:

__________________

Magistraturaga kirish imtixonlarining javoblari qachon chiqadi?

❗️Yakuniy natijalar chiqishining taxminiy muddati 25-sentyabrdan keyin bo‘ladi

__________________

Magistraturada qo‘shimcha kontraktga qabul qilinish uchun mutaxassislik fanidan 55 ball yoki 55 foiz to‘plashim kerakmi?

❗️Mutaxassislik fani + IQ testlar jamlanmasidan 55 foizdan yuqori ball to‘plash kerak.
__________________


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Kun_mavzusi(hazili)

📌 Onlayn darslardan parcha!

- Abdusattorov berilgan barcha topshiriqlarni 21:00 gacha bajarib elektron pochta orqali yubor

- Ustoz, lekin menda internet deyarli ishlamayapti

- Bu sening muommoying...

- Ok

- Qarang ustoz, pochtangizga yubordim

- Menga hali kelmadiku

- Bu sizni muommoyingiz...



👉 @geografiya_JDPI 👈
#Geografik_taqvim

BUGUN KUN VA TUN TENGLASHADI

23-sentabr – kuzgi tengkunlik, ya’ni kun va tun tenglashadi. Bugun Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi.

Bunday hodisa yilda ikki marta sodir bo‘ladi. Birinchisi bahorgi tengkunlik bo‘lib, u 21-mart kuniga to‘g‘ri keladi

Batafsil...


👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_xabar

⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev videokonferensiya shaklida o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zlaydi

Nutq translyatsiyasini 23-sentabr, chorshanba kuni soat 18:00 da quyidagi telekanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda tomosha qiling:

🔹 “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston 24”, “Zo‘r TV”, “Sevimli TV” – (o‘zbek tilida);
🔹 “Yoshlar”, “Toshkent” – (rus tilida);
🔹 “Uzreport TV”, “Dunyo bo‘ylab” – (ingliz tilida);
🔹 Shu bilan birga, Prezident Matbuot xizmatining Facebookdagi sahifasi va YouTubedagi kanalida ham ko‘rinshingiz mumkin👇
⚡️⚡️Rasman: Davlat test markazidagi manbalarimizning maʼlum qilishicha, mandat natijalari bilan bogʻliq ishlar yakunlangan

Mandat natijalari Davlat qabul komissiyasining raisi — Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda. Bosh vazir mandatni imzolashi bilanoq mandat natijalari eʼlon qilinadi. Bu jarayon bugun boʻlishi ham, ertaga boʻlishi ham mumkin. Bu masala endi Davlat qabul komissiyasiga bogʻliq.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Табиий_географик_жараёнлар_Асрор_Низомов,_Нусратулла_Алимқулов,.doc
415.5 KB
#Kutubxona

A. Низомов, Н., Алимқулов.,
З. Тиллахўжаева, Табиий географик жараёнлар (Ўқув қўлланма), Т.: 2013-й



Kanal manzilimiz👇👇👇
📮@geografik_adabiyotlar

Hamkor kanallar👇👇
♻️@geografiya_JDPI

Murojaat uchun👇👇
📧 @GeoMurojatbot
#Abituriyent​​

Tanlov natijalarini qanday bilish mumkin

Ma’lumki, 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilib, abituriyentlarning test sinovlarida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilindi.

Hozirda barcha abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilinishini kutmoqda va Davlat test markaziga tanlov natijalarini qanday bilish mumkinligi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi.

1️⃣ Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

2️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
Monarxiya va Respublika
(Izoh oʻzingizdan)

👉 @geografiya_JDPI 👈
⚡️❗️ MANDAT bugun soat 15:00 da chiqadi!

DTMning xabar berishicha, 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 25 sentyabr kuni soat 15:00 da Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Barcha bilimli abituriyentlarga chin dildan omad tilayman!


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bilasizmi

❗️Abituriyentlarning tanlov natijalari qanday bilish mumkin?

Batafsil infografikada☝️

Manba

Eslatib o‘tamiz, tanlov natijalari bugun 15:00 da e’lon qilinadi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Kontrakt_miqdori | 2020/2021

⚡️❗️2020/2021 O‘QUV YILI UCHUN KONTRAKT MIQDORI QANCHA?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir talabani bir yillik o‘qitish qiymati to‘g‘risida ma’lumot berdi.


t.me/geografiya_JDPI
#Mandat_2020 | #Nimaga

Boshqa institutlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘tish ballari birin-ketin e’lon qilinmoqda, biznikilar esa uyquda. Ba’zida o‘ylab qolaman yaxshiyamki Xushnud aka kanal ochgan ekan deb.


t.me/geografiya_JDPI
Oradan 12 soat vaqt o‘tib👆
351_JDPI_2020-2021_o'tish_ballari.pdf
266.7 KB
#Mandat_2020

⚡️JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING  BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARIGA TALABALARNI QABUL QILISH UCHUN O‘TKAZILGAN TEST SINOVLARINING TA'LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA TANLOV VA O‘TISH BALLARI

Ta’lim turi - kunduzgi, sirtqi
Ta’lim shakli - o‘zbek
, rus

Manba: Jizzax davlat pedagogika institutining telegramdagi rasmiy sahifasi


t.me/geografiya_JDPI
#Muhim_xabar

📣 DIQQAT E’LON!

Jizzax davlat pedagogika institutiga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni institutga taqdim etishingiz so‘raladi.


t.me/geografiya_JDPI
#Malumot_uchun

📌 Jizzax davlat pedagogika instituti bo'limlari hamda fakultet va kafedralarning telefon raqamlari to'g'risida ma'lumot

1 Institut rektori yordamchisi 226-13-57
2 Ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori 226-35-91
3 Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi 226-31-60
4 Moliya-iqtisod ishlari prorektori 226-59-09
5 AL va KHK bilan ishlash prorektori 226-09-36
6 Ilmiy ishlar prorektori 226-25-51
7 O'quv ishlari prorektori 226-25-40
8 O'quv bo'limi 226-68-13
9 Kadrlar bo'limi 226-59-94
10 Devonxona 226-46-56
11 Buxgalteriya 226-30-60
12 Malaka oshirish fakulteti 226-32-57
13 Xotin-qizlar qo'mitasi 226-68-10
14 Kasaba uyushma qo'mitasi 226-53-93
15 Xo'jalik bo'limi 226-28-11
16 Chet tillar fakulteti 226-51-46
17 O'zbek tili va adabiyoti fakulteti 226-63-23
18 Boshlang'ich ta'lim fakulteti 226-26-70
19 Tabiiy fanlar fakulteti 226-38-47
20 Tarix fakulteti 226-40-58
21 Pedagogika Fakulteti 226-68-09
22 Jismoniy madaniyat Fakulteti 226-63-87
23 Axborot texnologiyalari markazi 226-18-57
24 Axborot resurs markazi 226-28-14
25 Marketing bo'limi 226-62-40

Manba


👉 @geografiya_JDPI 👈
#abituriyent

⁉️Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Qo‘shimcha kontrakt (xalq tilida "super kontrakt") haqidagi ayrim savollarga javob.

Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun 26 sentyabr - bugundan boshlab ariza bersa bo‘ladi. Lekin maslahatim, bugun-erta (shanba-yakshanba) borib o‘tirmang. Dam olish kuni. Dushanba kunidan borsangiz ma’qulroq. Arizani 1 oy ichida bersangiz bo‘laveradi, shoshilish shartmas. Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi degan qoida yo‘q. To‘plangan ballga qarab tartibga solinadi.

Ariza qayerga beriladi?

Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

Beshta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qish mumkin?

O‘tgan yili istalgan 3 ta yo‘nalishdan birida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilgandi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda ham istalgan beshta yo‘nalishdan birida (xohlasa birinchi, xohlasa beshinchi) o‘qishga ruxsat beriladi.

O‘qishga kirganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin ikkinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent ikkinchida o‘qishni istamay, birinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi? Yo‘q, o‘qiy olmaydi. Agar abituriyent beshta yo‘nalishdan qaysidir biriga xoh grant, xoh kontraktga kirgan bo‘lsa, unda boshqa yo‘nalishlarda super-kontrakt qilolmaydi.

• Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha?

Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

•1-toifa

Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 140 bo‘lgan deylik. 139 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 10 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 15 mln so‘m to‘lasa kifoya.

138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 20 mln so‘m. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi.

Masalan, yana o‘sha kirish 140 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. O‘tgan yildagi narxlarni quyidagi manzildan ko‘rib olishingiz mumkin. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar o‘zlari belgilashadi.

3-toifa

56,7 balldan kam to‘plaganlar
(masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 30 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin.

• Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

Magistraturada ham qo‘shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.

Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#apellatsiya

❗️​​Apellatsiya shikoyatlarini qabul qilish 27-sentabrdan boshlanadi

Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

👨🏻‍💻 Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 27-sentabrdan shaxsiy kabinetlari (abitur.dtm.uz sayti) orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish apellatsiya komissiyasi tomonidan 2020-yil 28-sentabrdan boshlanadi.

📅 Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

🔖 Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

🗓 Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

📋 Abituriyent murojaat qilganda unga apellatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.

❗️ Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish to‘liq yakunlanganidan so‘ng, besh ish kuni ichida taqdim etiladi.

📌 Apellatsiya komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#abituriyent | #super_kontrakt

Rasman! Super kontrakt uchun arizalar 10-oktyabrdan keyin qabul qilinadi

"Oshirilgan kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlarga 10 oktyabrgacha vaqt kerak bo‘ladi. Chunki OTMlar talabalikka tavsiya etilgan talabalar bilan kerakli jarayonlarni bajarib bo‘lganidan keyin ushbu masala bilan shug‘ullanishni boshlaydi."

Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov.


t.me/geografiya_JDPI