GEOGRAFIYA JDPU
139 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent | #Imtihon2021

#GEOGRAFIYA

📌 GEOGRAFIYADAN BUGUN IMTIHONGA TUSHGAN SAVOLLAR HAQIDA

Manba

❗️Abituriyent tanishlaringizga yuboring

Davomi bor...


👉 @geografiya_test_video_slayd
#abituriyent

Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади?

Кўпчилик шу савол билан мурожаат қилаётгани учун аниқ мисол билан тушунтирмоқчиман.

Жуда кўп хотин-қизлар "тавсиянома олдим, энди аниқ ўқишга кираман" деб ўйлаяпти. Аммо бу хато. Тавсияномадан ташқари улар юқори балл ҳам тўплаши керак, яъни билим ҳам муҳим.

Тавсиянома берилган хотин-қизларга республика бўйлаб кундузги таълимга давлат гранти асосида жами 2000 та ҚЎШИМЧА квота ажратилган. Сиртқи ва кечки таълимда имтиёз берилмайди.

Квоталар ҳудудлар кесимида бўлиб чиқилган. Батафсил квота мана бу ерда

Ҳисоблаш тартиби

Келинг, Самарқанд мисолида кўриб чиқамиз. Самарқанд вилоятида яшайдиган ва тавсиянома олган хотин-қизлар учун жами 227 та қўшимча квота ажратилган. Хўш, бу нимани англатади? Имтиёз қандай қўлланади?

Бунинг тартиби қуйидагича:

тушуниш осонроқ бўлиши учун Самарқанд вилоятига 5 та квота берилган деб, тасаввур қиламиз;

айтайлик Самарқанд вилоятида жами 40 нафар хотин-қизларга тавсиянома берилди;

пастдаги 1-расмга қарасангиз, тавсиянома олган 40 нафар хотин-қизлар республиканинг исталган ОТМларига ҳужжат топширган (бу ерда осонроқ тушунарли бўлиши учун ОТМлар номларини олдим, йўналишларга бўлиб ўтирмадим);

абитуриентлар турлича балл тўплашди;

Самарқанддан тавсиянома олган барча хотин-қизлар орасида энг юқори балл олган 5 нафар абитуриентлар грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади (2-расмда яшил ранг билан берилган);

расмга қарасангиз, грантга кирган хотин-қизлар турли ҳудудлардаги ОТМларни танлаганини кўриш мумкин.

қолган хотин-қизлар ўзининг бали билан умумий, эл қатори танловда иштирок этади, яъни имтиёз доирасида ўқишга кира олмаса ҳам умумий тартибда танловда қатнашаверади;

Қиссадан ҳисса шуки, Самарқанд вилоятида жами айтайлик минг нафар хотин-қизларга тавсиянома берилган бўлса, улар орасидан энг кўп балл тўплаган 227 нафар хотин-қизлар давлат гранти асосида қўшимча квотага қабул қилинади.

‼️Бешта йўналишни танлаганда, тавсиянома фақат 1-йўналишга ўтади. 2 ва ундан кейинги йўналишларда қўшимча квота берилмайди, умумий тартибда танловда қатнашилади.

Манба

🏷 Foydali postlar:
5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarni oʻqishga qabul qilish haqida
Endi majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichlari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi
2021/2022 o‘quv yili uchun qabul parametrlari va boshqa xabarlar
OTMga hujjat topshirish bo'yicha ba'zi savollarga javob va muhim tavsiyalar

👉 @geografiya_JDPI
#abituriyent

Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta'lim shaklidagi umumiy qabul ko‘rsatkichlarining 4%i miqdorida qo‘shima davlat granti asosidagi kvotalarning hududlar kesimidagi taqsimoti.

O'tgan yil xotin-qizlar uchun 940 ta kvota berilgan bo'sa, joriya yilida 2 mingta etib belgilandi.
#abituriyent | #magistratura

⚡️ Rasman magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari sanasi aniq bo'ldi

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
3️⃣-smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#abituriyent | #eslatma

​​❗️ Tanlov natijalarini e‘lon qilindi

2021-2022-o‘quv yili u
chun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 r
aqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Sh
uningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Manba: DTM telegram kanali


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
Geografiya.pdf
240.8 KB
#abituriyent

⚡️ 2022/2023-o‘quv yili uchun Oliy ta‘lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarida Geografiya fanidan foydalaniladigan test varianti tafsiloti e’lon qilindi

*Izoh: Mazkur hujjatga aprobatsiya natijalari hamda vakolatli davlat tashkilotlarining tegishli qaror va buyruqlariga asosan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

🏷 Boshqa fanlar uchun

Manba: DTM rasmiy sayti


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent

📌 ABITURIYENTLAR UCHUN GEOGRAFIYA FANIDAN TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI

Mazkur adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Izoh: Abituriyentlar uchun 2022/2023 o‘quv yili kirish test sinovlarida Geografiya fani mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarda yuqoridagi darsliklar asosida test savollari tuziladi.

📚 Boshqa fanlar uchun darsliklar ro'yxati

P. S. Rus va qoraqolpoq tilidagi darsliklar ro‘yxatini kommentariyda qoldiraman.

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
2022/2023-o‘quv yili uchun kirish test sinovlarida Geografiya fanidan foydalaniladigan test varianlari tafsiloti
Geografiya fanidan maktab darsliklari va o‘quv atlaslarining elektron varianti
Abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar
Geografiya fanidan tezkor o'quv kurslari


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent | #Qabul2022

📌 Test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi (dtm.uz/page/test_2022).

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Sektor raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi geolokatsiyasi.

👉 @geoedu_uz

Abituriyent tanishlaringizga yuboring ➡️
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent

Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?

JAVOB: «Abituriyent ruxsatnomasi» hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lsa kifoya.

Abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kirishlari mumkin:

1️⃣ Biometrik pasport (yashil rangli);
2️⃣ ID-karta;
3️⃣ Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);
4️⃣ harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun o‘tmaydi).

Ushbu hujjatlarning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Faqat hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasini ham olishni unutmang.

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
Kirish imtihonlari o’tkazilayotgan hududga nimalar olib kirish mumkin?
Test materiallaridan qanday foydalanish kerak?
Javoblar varaqasini qanday to'ldirish kerak?


👉 @geoedu_uz | Abituriyentlarga yuboring
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent

⚡️ Test natijalari qachon eʼlon qilinishidan xabaringiz bormi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarorining 14-bandiga koʻra, Abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

🏷 Asos: https://lex.uz/docs/-4414457

❗️Xabarni tarqatayotganingizda manbani ko‘rsatishni unutmang.

👉 @geoedu_uz

P. S. Quyidagi rasmda Vazirlar Mahkamasi qarori (572)ning aynan shu qismi ilova qilingan.