GEOGRAFIYA JDPU
137 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi

Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).

Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs (talaba) keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.

Manba: Edu.uz rasmiy sayti


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Muhim
#Qonunchilik_yangiliklari

Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berildi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

➡️ Unga koʻra, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Transformatsiya ofisi tashkil etiladi.

📌 Shuningdek, universitet tarkibida

🏛 agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;

🏛 muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti;

🏛 pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlovchi Universitetning Urgut filiali faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

✔️ Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi hamda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube