GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Tavsiya

☝️DIQQAT! UYDA QOLIB O‘Z BILIMLARINGIZNI OSHIRING!

Hurmatli kanalimiz a’zolari, respublikamizda karantin e’lon qilinganligi sababli bugundan boshlab siz uchun Oliy ta’lim tizimida o‘tiladigan fanlar bo‘yicha qisqa ma’lumotar hamda test savollari berib borishga harakat qilamiz. Bu kim uchundir takrorlash bo‘lsa, kim uchundir esa dars mashg‘ulotlari bo‘lishi mumkin. O‘ylaymanki bunday vaziyatda vaqtdan unumli foydalanib o‘z bilimlaringizni oshirib borsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi.

Do‘st va yaqinlaringizni ham taklif qiling.

Kanal manzili 👇👇👇
https://t.me/geografiya_JDPI

Rasmiy guruhimiz👇👇👇
https://t.me/geografiya_JDPI_group

Murojaat uchun 👇👇👇
https://t.me/geografiya_JDPIbot
#Tavsiya
Oliy ta’lim va Xalq ta’limi sohasidagi Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring👇

Oliy ta’lim | Xalq ta’limi | Murojaat uchun
#Tavsiya
Hurmatli yurtdoshlar, respublikamizdagi karantin holatidan kelib chiqib, “Online kompyuter xizmatlari” kanali siz azizlar uchun o’z xizmatlarini taklif qiladi. Ushbu kanal orqali siz, uyingizdan chiqmagan holda, o’zingiz uchun eng muhim va zarur bo’lgan xizmatlardan (faqat elektron shaklda) foydalanishingiz mumkin.

Foydalanishingiz mumkin bo’lgan xizmatlar:

Microsoft Word:
- matnlar ustida ishlash va b.

🧮 Microsoft Excel:
- jadvallar bilan ishlash;
- hisob-kitob ishlari;
- diogrammalar yaratish va b.


🖥 Microsoft PowerPoint:
- taqdimotlar tayyorlash va b.

🔄 Lotin-Krill (Krill-Lotin):
- lotin alifbosidagi matnlarni krill alifbosiga yoki krill alifbosidagi matnlarni lotin alifbosiga o’tkazish.

♻️ ABBYY FineReader:
- PDFni – Wordga o’tkazish;
- Wordni – PDF yoki boshqa formatlar (RTF, XPS, XML) ga o’tkazish;
- Rasmni – PDF ga o’tkazish;


🔠 easyQuizzy:
- elektron test tayyorlash.

📅 Dizayn Kalendar:
- turli ko’rinish va o’lchamdagi kalendarlar tayyorlash.

🏞 Adobe Photoshop:
- suratlar (foto, rasm) bilan ishlash.

🎞 Ulead VideoStudio:
- videolar ustida ishlash va b.

🎬 FotoShou Pro:
- suratlardan kichik hajmli videolar tayyorlash.

🔎 Qidiruv xizmati:
- sizni qiziqtirayotgan (kitoblar, suratlar, videolar, musiqalar, programmalar (PC va APK uchun) va b.) ma’lumotlarni izlash.

Kanal manzilimiz 👇👇👇
@online_kompyuter_xizmatlari

Ijtimoiy reklama
#Tavsiya
Oliy ta’lim va Xalq ta’limi sohasidagi Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring👇

Oliy ta’lim | Xalq ta’limi | Murojaat uchun
#tavsiya

👨‍🏫 Yosh oʻqituvchi ishning birinchi yilida qanday qilib “omon qolishi” mumkin?

Oliy oʻquv yurtini bitirgach, siz maktabda ishlashga qaror qildingiz. Qanday qilib ishning birinchi yilida umidsizlikka tushmaslik kerak? Siz kabi yangi ish boshlagan pedagoglar uchun tajribali oʻqituvchilarning tavsiyalarini taqdim etamiz.

1. Murabbiy toping
Ehtimol, siz bu tavsiyani oʻqigach, “Men shuncha yil oʻqidim, pedagogika boʻyicha maʼruzalarni yoddan bilaman, qanday oʻqitishni yaxshi bilaman!”, deb oʻylashingiz mumkin. Ustoz nafaqat kerak, balki juda zarur. U sizga ishning murakkabligi va rejalashtirish qoidalari haqida aytib beradi. Birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash va dono maslahat sizga juda muhim.

2. Maktab jamoasidan ajralmang
Bundan buyon siz uning bir qismisiz, shuning uchun alohida boʻlishga urinmang. Biz sizni har bir oʻqituvchining eng yaxshi doʻsti boʻlishga undayotganimiz yoʻq, lekin siz doʻstona munosabatda boʻlishingiz kerak. Aks holda, siz takabburlikda gumon qilinishingiz mumkin, oʻzini boshqalardan ustun deb biladigan odamni kim ham sevardi? Ertami-kechmi siz ham kasblaringizdan yordam soʻrashingizga toʻgʻri keladi.

3. Tabiiy boʻling
Oddiy haqiqat: bolalar yolgʻonni his qilishadi va uni sevishmaydi. Ular sizning ichingizni oson va tez “oʻqishadi”, shuning uchun biron bir rol oʻynash befoyda. Qanday ohangda eshitilmasin, tabiiy boʻlishingiz ancha oson.

4. Muvaffaqiyatsizlik va eʼtirozlarga eʼtibor bermaslikka harakat qiling
Siz juda koʻp tayyorgarlik koʻrasiz, natijada charchaysiz. Vaqti-vaqti bilan maktab maʼmuriyati vakillari darslaringizga tashrif buyurishadi. Ular “maqsadlar notoʻgʻri qoʻyilgan”, “jarayonda hamma bolalar ham ishtirok etmadi” kabi eʼtirozlarni bildirishlari mumkin. Siz bunday eʼtirozlarni tinglashingiz kerak, lekin ularni eshitganingizda tarvuzingiz qoʻltigʻingizdan tushib ketmasin. Tajriba bilan hamma narsa amalga oshadi! Sizni qoʻllab-quvvatlaydigan va xatolarni qanday tuzatishni koʻrsatadigan hamkasb-murabbiyingiz shunday vaqtlarda asqotadi.

5. Kundalikni sotib olib, uni har kuni yuriting
Uchrashuvlar, oʻqituvchilar kengashlari, ekskursiyalar, ota-onalar yigʻilishlari, ota-onalar bilan uchrashuvlar - barcha boʻlajak tadbirlarning vaqti va joyini eslab qolishga urinmang. Bunda sizga Google taqvimi, qogʻozli kundalik – umuman har qanday variant qoʻl keladi. “14-oktyabr kunigacha Karimova insho topshirishga vaʼda berdi” kabi har bir mayda-chuyda narsalarni ham yozib boring.


6. Shaxsiy hayotingiz borligini unutmang
Hissiy charchoq - umuman afsona emas. Bu koʻpincha “Men bugun hech qayerga bormayman, aftarlarni tekshiraman” degan ibora bilan sezilmasdan boshlanadi. “Tajribali” oʻqituvchilar ogohlantiradi: ishingizni uyingizga olib ketmang! Maktabda darslarga tayyorlaning, u yerda daftarlaringizni tekshiring. Uyda dam oling, oilangizga vaqt ajrating, kafe, teatr va restoranlarga boring.

Hurmatli yosh pedagoglar! Sizga pedagogik yoʻlingizni boshlashda muvaffaqiyatlar tilaymiz!


👉 @geografiya_JDPI 👈
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Eslatma | #Tavsiya

📌 Geograflar uchun yordamchi botni ishga tushurganimizni eslatib o‘tmoqchiman. Ushbu botda sizga eng ko‘p kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni jamlashga harakat qildik.

Shu jumladan:

- maktab darsliklari (Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari turkumidagi fanlar va boshqa adabiyotlar);
- o‘quv atlaslari;
- onlayn test savollari;
- geografik atamalar izohi;
- amaliy mashg‘ulot darslari;
- oliy ta’lim va xalq ta’limi yangiliklari;
- o‘qituvchi, talaba va abituriyentlar uchun ko‘ngillilar yordami.

Bot manzili:
📲 t.me/Geograflar_uchun_bot

❗️Do‘st va yaqinlarga ham ulashishni tavsiya qilaman 📨

👉 @geografiya_test_video_slayd
#Tavsiya

📌 Qaysi OTMga qachondan an'anaviy darslar boshlanishi haqida ularning telegramdagi rasmiy sahifalari orqali bilib oling

1. Samarqand davlat chet tillar instituti @samdchtijamoasi
2. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti @samdaqi_uz
3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti @SamISI_CHANNEL
4. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti @otmsamvmi
5. Samarqand davlat tibbiyot instituti @sammi_education1
6. Samarqand davlat universiteti @samduuz
7. Ipak yo'li turizm xalqaro universiteti @univ_silkroad_uz
8. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali @TDIUSamfilial
9. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali @sbtuit2005
10. Andijon davlat universiteti @asu_uz
11. Termiz davlat universiteti Denov filiali @TerDU_DF
12. Toshkent kimyo texnologiya instituti @tktimatbuotxizmati
13. Buxoro davlat tibbiyot instituti @BSMI_UZ
14. Andijon mashinasozlik instituti @diceduandmi
15. TATU Urganch filiali @ubtuit_uz
16. Nukus davlat pedagogika instituti @nmpi1934
17. Navoiy davlat pedagogika instituti @navdpi_edu_uz
18. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteiti @tsueuzofficial
19. Toshkent moliya instituti @tfi_news
20. Qoraqalpoq davlat universiteti @www_karsu_uz
21. Qo'qon davlat pedagogika instituti @kspiuz
22. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali @TDTUTFkanali
23. Toshkent davlat sharqshunoslik institutiti @tashgiv
24. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali @ttafarfil
25. Toshkent tibbioyot akademiyasi @tma_official
26. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti @TUIT_ONLINE
27. To'qimachilik va yengil sanoat instituti @textilelightindustry
28. Chirchiq davlat pedagogika instituti @tvchdpi2017
29. Toshkent davlat yuridik universiteti @tsulofficial
30. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali @ToshDAU_Nukus_filiali
31. Toshkent davlat Agrar universiteti @tdau_news
32. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali @httpTTAUftalabalari
33. Toshkent temir yo'llari instituti @ttymi1931
34. Buxoro davlat universiteti @buxdu_uz
35.Farg'ona Politexnika universiteti @FerganaPI
36.О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti @dsmi_uz
37. Termiz davlat universiteti @TERDU340
38. Jizzax davlat pedagokika instituti @jspiuz
39. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti @uzdjtsu_official
40. Guliston davlat universiteti @Gulduuz
41. O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali @uzdsmifmf
42. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti @tuituz_official
43. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali @TIQXMMIBuxoro
44. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti @prTSUULL
45. Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali @andfilial_pressa
46. Navoiy davlat konchilik instituti @ndkiofficial
47. Toshkent davlat yuridik universiteti @tsulofficial
48. Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali @shahrisabz_tdpu
49. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali @TTAUF
50. Qarshi davlat universiteti @qarduuz
51. Toshkent davlat stomatologiya instituti @tdsi_uz_2019
52. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti @Tsuos
53. Islom Karimov nomidagi ToshDTU Olmaliq filiali @TDTU_OF
54. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti @QMI_Instituti
55. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti @tiiamekb_uz
56. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti @tashpmi_press
57. Namangan muhandislik-qurilish instituti @nammqi_uz
58. Toshkent davlat pedagogika universiteti @TDPU_uz
59. Toshkent temir yo'llar instituti @ttymi_online
60. Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filiali @Shahrisabz_TKTI


👉 t.me/geografiya_JDPI
#abituriyent | #tavsiya | #maslahat

📌 BBC neyrobiologlar, ruhshunoslar, parhezshunoslar va oʻqituvchilar hamda talabalarning fikrlariga tayanib, abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar roʻyxatini tuzib chiqdi.

1️⃣ Hammasini barvaqt boshlang

Tayyorgarlikni imtihonlarga oz qolganda emas, balki bir necha oy avval boshlashga harakat qiling. Shunda oʻzingizga boʻlgan ishonch ham ortadi.

Darslarni erta tongdan tayyorlang. Bu paytda miya yetarlicha dam olgan boʻladi. Darslarning katta qismini kunning ikkinchi yarmiga qoldirmang.

Eng yaxshisi - oʻzingiz uchun darslar jadvalini tuzib oling, oʻqishni har kuni bir vaqtda boshlash va tugatishga urining. Bu fanlarni oʻzlashtirishingizga katta yordam beradi.

2️⃣ Aynan nimaga diqqat qaratishni aniqlab oling

Siz aynan qanday turdagi imtihonga tayyorgarlik koʻryapsiz? Yozma, ogʻzaki yoki test koʻrinishida?

Imtihon turlarining har biri turlicha tayyorgarlik usullarini talab etadi.

Yozma-ijodiy imtihon uchun barcha fanlarni diqqat bilan oʻqish shart emas. Shunchaki, imtihon markazida turgan mavzuni chuqur oʻrganishning oʻzi kifoya.

Bir necha variantlardan iborat test shaklidagi imtihon uchun, qaytanga, oʻquv dasturini jiddiy anglash zarur boʻladi.

3️⃣
Reja tuzib oling

Aksariyat oʻquvchilar uchun rejaga qatʼiy amal qilish qiyin kechishi mumkin, ammo bu vaqtni sezilarli tejashga yordam beradi.

Reja tuzib olsangiz, bir darsdan keyin qaysinisini boshlashga bosh qotirib, bir daqiqa ham vaqtni behuda sarflamaysiz.

Biroq reja aniq va puxta boʻlishi kerak. Unga faqat qaysi fanlarni ketma-ketlikda oʻqishni emas, balki mavzular va qaydlarni ham kiriting.

Va tanaffus qilish, sport bilan shugʻullanish va odamlar bilan muloqotda boʻlishni ham yoddan chiqarmang.

4️⃣ Tanaffus - eng yaxshi yordamchingiz

Darslar orasida, albatta, tanaffus boʻlishiga eʼtibor bering. Fanni bir kunda uzluksiz 10 soat oʻrgangandan 10 kun davomida bir soatdan oʻqigan koʻproq samara beradi.

Takrorlash - bilimlarning onasi, degan gap bor. Biroq oʻrganilgan darsni shu zahoti qayta takrorlashga urinmang. Tadqiqotlar dars va takrorlash oʻrtasida maʼlum tanaffus olinishi lozimligini koʻrsatadi.

Vaqt olingan maʼlumotni maʼlum darajada esdan chiqarishga imkon yaratadi va tanaffusdan soʻng qilingan takrorlash davomida maʼlumot miyaga yaxshiroq oʻrnashadi.

Bu usul “xotirani tadqiq qilish sohasi tarixidagi eng ishonchli”laridan biri, deya tan olingan.

Lekin imtihonni aʼlo topshirishda faqat bir usulga tayanib qolish yaramaydi.

Muhim maʼlumotlarni yozma qayd etib borish, guruh boʻlib savol-javob oʻtkazish va bu suhbatlarni yozib olib, qayta tinglash ham yodlab qolish qobiliyatini ajoyib tarzda oshiradi.

Bundan tashqari, takrorlash va yodlab qolishning ommabop, ammo tadqiqotlar tomonidan foydasi kam ekani isbotlangan usullariga ortiqcha kuch va vaqt sarflamang.

Masalan, kitobdagi jumlalarni rangli markerlar bilan ajratib boʻyashning samarasi deyarli yoʻqligi isbotlangan.

5️⃣
Oʻzingizni doimiy sinab boring

Dunyoning yetakchi ruhshunoslari va neyrobiologlari soʻzlariga koʻra, “oʻz-oʻzini imtihon qilish” maʼlumotni oʻzlashtirishning eng samarali usullaridan biri boʻlishi mumkin.

Oʻrganilganlar boʻyicha oʻzini savolga tutish mavzuni chuqurroq va aniqroq anglashga yordam beradi.

Imtihondan oldin oʻzingizni sinov testlarida bir necha bor sinab koʻring va zaif nuqtalaringizni aniqlashga harakat qiling

6️⃣ Oʻqituvchiga aylaning

Demak, mavzuni oʻrgandingiz, yuqoridagi usullar asosida takrorladingiz va oʻzingizni sinab koʻrdingiz. Xoʻsh, endi nima qilmoq kerak?

Albatta, oʻzlashtirganlaringizni boshqalarga oʻrgatishga harakat qiling.

Bunda xotira va yodlash qobiliyati keskin oshadi. Sababi siz mavzuni boshqalarga tushuntirib berishingiz uchun uni, birinchi navbatda, oʻzingiz yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishingiz talab etiladi.

7️⃣ Toʻyib uxlang


👉 @geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#maslahat | #tavsiya | #abituriyent

📌 7 USUL ORQALI TESTLARNI TO‘G‘RI ISHLASHNI O‘RGANING

Imtihonlarga oz muddat qolmoqda. Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

🏷 Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar
Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot


👉 @geografiya_test_video_slayd