GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
Forwarded from GEOEDU.UZ
#yurist_xizmati

MAGISTR TALABASINI ISHLASHINI TAQIQLOVChI QOIDA BORMI?

Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Magistratura 1-bosqich talabasi maktabda muayyan muddatga 1 stavka ishga qabul qilingan. Ammo magistraturadagi o‘qish davri maktab darslariga ba‘zan xalaqit qildi. Shu sababli unga 10 soat dars berilsa, qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi. Magistratura 2-bosqich talabasi aslida o‘rindosh qilib ishga olinishi kerakmi yoki asosiy qilibmi? Dars soatlari taqsimlashda unga 3271 bo‘yicha 10 soat dars berilgan.

YURIST JAVOBI:

Magistratura talabasining ishlashini taqiqlovchi qoida yo‘q.

U bemalol asosiy xodim sifatida ishlashi mumkin.

Mehnat kodeksi 81-moddasiga binoan ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Shuningdek, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat № 402, 29.01.1998 y.)ga muvofiq mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan korxonaning xodimlar bo‘limida yoki shunga mas’ul etilgan shaxsda saqlanadi. O‘rindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi. Agar magistrant boshqa joyda ishlamasa korxona uni asosiy xodim sifatida ishga qabul qilishi va uning mehnat daftarchasini yuritishi kerak.

🙅‍♂ Mehnat kodeksi 115-moddasiga muvofiq xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Shuningdek normaning ikkinchi qismiga asosan olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.

💁‍♂ Endi qarang! Magistrantning asosiy vazifasi ta’lim olish hisoblanadi. Shu tufayli magistrant faqat darsdan bo‘sh vaqtlaridagina ishlashga haqli. An’anaviy yoki masofaviy shaklda o‘qishning o‘qishning ahamiyati yo‘q. Har ikki holatda ham asosiy vazifa o‘qish.

Mehnat kodeksi 118-moddasiga ko‘ra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchilar haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi faqat mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilarni nazarda tutgan.

Shunga ko‘ra magistrant OTMdagi darslari qo‘yilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Biroq o‘qish soatlari va ish yuklamasi bir biriga halal bermasa, 1 stavkada ishlash mumkin. Bunga MK 118-moddasi asos bo‘ladi.

Manba

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
Talaba qanday shartlarda ishlay oladi? - mutaxassis bilan suhbat.
Sirtqi ta‘limda o‘qiyotgan talabalarni maktabga ishga olish mumkinmi?
4 kurs talabalari ham to‘liq stavkada ishlashi mumkinmi?
Ikkita maktabda 1 stavkadan dars o‘tishim mumkinmi?
Maktablarda dars taqsimoti qanday amalga oshirilishi kerak?
Maktab xodimlarining oylik ish haqi qancha?


👉 @geografiya_test_video_slayd