GEOGRAFIYA JDPU
136 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
СИРТҚИ.pdf
498.4 KB
#abituriyent | #Qabul2021

⚡️2021/2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari.

Manba

🏷 Boshqa ta’lim shakllari qabul parametrlari:
Kunduzgi
Kechki
Magistratura


👉 @geografiya_JDPI
МАГИСТРАТУРА.pdf
690.3 KB
#magistratura | #Qabul2021

⚡️2021/2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari.

Manba

🏷 Boshqa ta’lim shakllari qabul parametrlari:
Kunduzgi
Kechki
Sirtqi


👉 @geografiya_JDPI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2021 | #abituriyent

🎥 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Manba: DTMning telegramdagi rasmiy kanali


👉 @geografiya_JDPI
#Qabul2021 | #abituriyent | #magistratura

⚡️ 2021/2022 o‘quv yili uchun qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi

🔰 2021/2022 o‘quv yilida OTM bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakli bo‘yicha hamda OTM magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari:

▫️ kunduzgiyuklab olish;

▫️ kechkiyuklab olish;

▫️ sirtqiyuklab olish;

▫️ magistraturayuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi;
Test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari;
Respublikamizda joylashgan oliy ta'lim muassasalariga 2017, 2018, 2019 va 2020-yillardagi kirish ballari (1-qism);
Respublikamizda joylashgan oliy ta'lim muassasalariga 2017, 2018, 2019 va 2020-yillardagi kirish ballari (2-qism);
Barcha fanlar bo‘yicha 2021-yilgi DTM savollaridan na’muna;
OTMga hujjat topshirish bo‘yicha ba’zi bir savollarga javoblar.
Abituriyentlar uchun Geografiya fanidan tavsiya etilgan daraliklar ro‘yxati;
Geografiya hamda tarix fanlaridan DTM savollari (onlayn (Quiz) va pdf shaklda).


👉 @geografiya_JDPI
#Qabul2021 | #abituriyent

🎥 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma


👉 @geografiya_JDPI
#abituriyent | #Qabul2021

⚡️ Bugun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

📆 2021-yil 22-iyul oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishning so’nggi kuni bo’lib, 22-iyul kuni (ertaga) soat 23:59 da abituriyentlarni onlayn ro’yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishlari, o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to’lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

📌 Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so’nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro’yxatdan o’tishlarini hamda ta’lim yo’nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo’lishlarini tavsiya qilamiz.

ℹ️ Qo'shimcha sifatida o'qish tavsiya etiladi:
2021/2022 o'quv yili uchun qabul parametrlari
OTMga hujjat topshirish bo'yicha ba'zi savollarga javob va muhim tavsiyalar


👉 @geografiya_JDPI
Fanlar majmuasi, baholash mezonlari.pdf
1.5 MB
#abituriyent | #Qabul2021

⚡️2021/2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARIga kiritilgan o‘zgartirishlar tasdiqlandi


👉 @geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent | #Qabul2021

⚡️5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarni oʻqishga qabul qilish haqida:

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021-2022-o‘quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

📃 Ro‘yxat bu yerda

Bunda:

👉 vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021-2022-o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

👉 vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

👉 suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.

👉 talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yil 5-avgustdan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Manba


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent | #Qabul2021

⚡️Test o‘tkaziladigan joylar haqida ma‘lumotga egamisiz?

Davlat test markazi joriy yil kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ushbu ma’lumotlar bilan (hududlar kesimida) quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Andijon viloyati
Namangan viloyati
Farg‘ona viloyati
Sirdaryo viloyati
Jizzax viloyati
Samarqand viloyati
Navoiy viloyati
Buxoro viloyati
Qashqadaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Xorazm viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Toshkent shahri

Manba: DTM rasmiy sayti

☝️Eslatib o‘tamiz, OTMga kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada:
1-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

🏷 F o y d a l i p o s t l a r:
Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish
Yangilangan javoblar varaqasi bilan tanishish
Abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Qabul2021 | #magistratura

⚡️Magistraturaga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar DIQQATIGA!

🔰 Roʻyxatdan oʻtgan hujjatlarni koʻrib chiqish davomida, kamchiliklar aniqlanib arizalari rad qilingan abituriyentlarga, kamchiliklarni toʻgʻirlashga imkoniyat berilmoqda hamda bu haqida ularning telefon raqamlariga SMS xabarnoma shaklida maʼlumotlar yuborilmoqda.

⚠️ Imtihonlar oʻtkazish muddati yaqinlashganligini inobatga olgan holda, koʻp sonli abituriyentlar hamda oliy taʼlim muassasalarining murojaatlari asosida hujjatlari rad etilgan abituriyentlar, kamchiliklarini tahrirlab joʻnatishning yakuniy muddati etib joriy yilning 10-avgust kuni soat 24:00 etib belgilandi.

‼️ Ushbu muddatga qadar hujjatlari rad etilgan abituriyentlar, koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda arizalarini tahrirlab joʻnatishlari lozim.

Hujjatlari tekshirilib, arizasi qabul qilingan abituriyentlarning hujjatlarini qayta tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi.


👉 @geografiya_JDPI