GEOGRAFIYA JDPU
134 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2021 | #abituriyent

🎥 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Manba: DTMning telegramdagi rasmiy kanali


👉 @geografiya_JDPI
#Qabul2021 | #abituriyent | #magistratura

⚡️ 2021/2022 o‘quv yili uchun qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi

🔰 2021/2022 o‘quv yilida OTM bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakli bo‘yicha hamda OTM magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari:

▫️ kunduzgiyuklab olish;

▫️ kechkiyuklab olish;

▫️ sirtqiyuklab olish;

▫️ magistraturayuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi;
Test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari;
Respublikamizda joylashgan oliy ta'lim muassasalariga 2017, 2018, 2019 va 2020-yillardagi kirish ballari (1-qism);
Respublikamizda joylashgan oliy ta'lim muassasalariga 2017, 2018, 2019 va 2020-yillardagi kirish ballari (2-qism);
Barcha fanlar bo‘yicha 2021-yilgi DTM savollaridan na’muna;
OTMga hujjat topshirish bo‘yicha ba’zi bir savollarga javoblar.
Abituriyentlar uchun Geografiya fanidan tavsiya etilgan daraliklar ro‘yxati;
Geografiya hamda tarix fanlaridan DTM savollari (onlayn (Quiz) va pdf shaklda).


👉 @geografiya_JDPI
#Qabul2021 | #abituriyent

🎥 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma


👉 @geografiya_JDPI
#abituriyent | #tavsiya | #maslahat

📌 BBC neyrobiologlar, ruhshunoslar, parhezshunoslar va oʻqituvchilar hamda talabalarning fikrlariga tayanib, abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar roʻyxatini tuzib chiqdi.

1️⃣ Hammasini barvaqt boshlang

Tayyorgarlikni imtihonlarga oz qolganda emas, balki bir necha oy avval boshlashga harakat qiling. Shunda oʻzingizga boʻlgan ishonch ham ortadi.

Darslarni erta tongdan tayyorlang. Bu paytda miya yetarlicha dam olgan boʻladi. Darslarning katta qismini kunning ikkinchi yarmiga qoldirmang.

Eng yaxshisi - oʻzingiz uchun darslar jadvalini tuzib oling, oʻqishni har kuni bir vaqtda boshlash va tugatishga urining. Bu fanlarni oʻzlashtirishingizga katta yordam beradi.

2️⃣ Aynan nimaga diqqat qaratishni aniqlab oling

Siz aynan qanday turdagi imtihonga tayyorgarlik koʻryapsiz? Yozma, ogʻzaki yoki test koʻrinishida?

Imtihon turlarining har biri turlicha tayyorgarlik usullarini talab etadi.

Yozma-ijodiy imtihon uchun barcha fanlarni diqqat bilan oʻqish shart emas. Shunchaki, imtihon markazida turgan mavzuni chuqur oʻrganishning oʻzi kifoya.

Bir necha variantlardan iborat test shaklidagi imtihon uchun, qaytanga, oʻquv dasturini jiddiy anglash zarur boʻladi.

3️⃣
Reja tuzib oling

Aksariyat oʻquvchilar uchun rejaga qatʼiy amal qilish qiyin kechishi mumkin, ammo bu vaqtni sezilarli tejashga yordam beradi.

Reja tuzib olsangiz, bir darsdan keyin qaysinisini boshlashga bosh qotirib, bir daqiqa ham vaqtni behuda sarflamaysiz.

Biroq reja aniq va puxta boʻlishi kerak. Unga faqat qaysi fanlarni ketma-ketlikda oʻqishni emas, balki mavzular va qaydlarni ham kiriting.

Va tanaffus qilish, sport bilan shugʻullanish va odamlar bilan muloqotda boʻlishni ham yoddan chiqarmang.

4️⃣ Tanaffus - eng yaxshi yordamchingiz

Darslar orasida, albatta, tanaffus boʻlishiga eʼtibor bering. Fanni bir kunda uzluksiz 10 soat oʻrgangandan 10 kun davomida bir soatdan oʻqigan koʻproq samara beradi.

Takrorlash - bilimlarning onasi, degan gap bor. Biroq oʻrganilgan darsni shu zahoti qayta takrorlashga urinmang. Tadqiqotlar dars va takrorlash oʻrtasida maʼlum tanaffus olinishi lozimligini koʻrsatadi.

Vaqt olingan maʼlumotni maʼlum darajada esdan chiqarishga imkon yaratadi va tanaffusdan soʻng qilingan takrorlash davomida maʼlumot miyaga yaxshiroq oʻrnashadi.

Bu usul “xotirani tadqiq qilish sohasi tarixidagi eng ishonchli”laridan biri, deya tan olingan.

Lekin imtihonni aʼlo topshirishda faqat bir usulga tayanib qolish yaramaydi.

Muhim maʼlumotlarni yozma qayd etib borish, guruh boʻlib savol-javob oʻtkazish va bu suhbatlarni yozib olib, qayta tinglash ham yodlab qolish qobiliyatini ajoyib tarzda oshiradi.

Bundan tashqari, takrorlash va yodlab qolishning ommabop, ammo tadqiqotlar tomonidan foydasi kam ekani isbotlangan usullariga ortiqcha kuch va vaqt sarflamang.

Masalan, kitobdagi jumlalarni rangli markerlar bilan ajratib boʻyashning samarasi deyarli yoʻqligi isbotlangan.

5️⃣
Oʻzingizni doimiy sinab boring

Dunyoning yetakchi ruhshunoslari va neyrobiologlari soʻzlariga koʻra, “oʻz-oʻzini imtihon qilish” maʼlumotni oʻzlashtirishning eng samarali usullaridan biri boʻlishi mumkin.

Oʻrganilganlar boʻyicha oʻzini savolga tutish mavzuni chuqurroq va aniqroq anglashga yordam beradi.

Imtihondan oldin oʻzingizni sinov testlarida bir necha bor sinab koʻring va zaif nuqtalaringizni aniqlashga harakat qiling

6️⃣ Oʻqituvchiga aylaning

Demak, mavzuni oʻrgandingiz, yuqoridagi usullar asosida takrorladingiz va oʻzingizni sinab koʻrdingiz. Xoʻsh, endi nima qilmoq kerak?

Albatta, oʻzlashtirganlaringizni boshqalarga oʻrgatishga harakat qiling.

Bunda xotira va yodlash qobiliyati keskin oshadi. Sababi siz mavzuni boshqalarga tushuntirib berishingiz uchun uni, birinchi navbatda, oʻzingiz yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishingiz talab etiladi.

7️⃣ Toʻyib uxlang


👉 @geografiya_JDPI
#abituriyent

❗️OTMlarga kirish imtihonlari avgustda o‘tkaziladi — DTM

▪️Karantin sabab OTMlarga kirish imtihonlari o'tgan yilgidek sentabrga qoldirilgani haqidagi mish-mishlarni Davlat test markazi rad etdi.

"Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko'ra, imtihonlarni avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan", deb xabar qildi DTM.


👉 @geografiya_JDPI
#abituriyent | #Qabul2021

⚡️ Bugun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

📆 2021-yil 22-iyul oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishning so’nggi kuni bo’lib, 22-iyul kuni (ertaga) soat 23:59 da abituriyentlarni onlayn ro’yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishlari, o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to’lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

📌 Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so’nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro’yxatdan o’tishlarini hamda ta’lim yo’nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo’lishlarini tavsiya qilamiz.

ℹ️ Qo'shimcha sifatida o'qish tavsiya etiladi:
2021/2022 o'quv yili uchun qabul parametrlari
OTMga hujjat topshirish bo'yicha ba'zi savollarga javob va muhim tavsiyalar


👉 @geografiya_JDPI
Fanlar majmuasi, baholash mezonlari.pdf
1.5 MB
#abituriyent | #Qabul2021

⚡️2021/2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARIga kiritilgan o‘zgartirishlar tasdiqlandi


👉 @geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent | #Qabul2021

⚡️5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarni oʻqishga qabul qilish haqida:

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021-2022-o‘quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

📃 Ro‘yxat bu yerda

Bunda:

👉 vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021-2022-o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

👉 vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

👉 suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.

👉 talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yil 5-avgustdan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Manba


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent

⚡️YANGILANGAN JAVOBLAR VARAQASI

Oliy ta‘lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshiruvchi abituriyentlar uchun javoblar varaqasidan namuna

Manba: Talabalar kanali live

🏷 F o y d a l i p o s t l a r:
Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish
Abitiriyentlar uchun kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi
Geografiya fanidan DTM savollari to‘plami
Geografiya hamda Tarix fanlaridan onlayn (Quiz) test savollari
Abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#abituriyent | #Qabul2021

⚡️Test o‘tkaziladigan joylar haqida ma‘lumotga egamisiz?

Davlat test markazi joriy yil kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ushbu ma’lumotlar bilan (hududlar kesimida) quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Andijon viloyati
Namangan viloyati
Farg‘ona viloyati
Sirdaryo viloyati
Jizzax viloyati
Samarqand viloyati
Navoiy viloyati
Buxoro viloyati
Qashqadaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Xorazm viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Toshkent shahri

Manba: DTM rasmiy sayti

☝️Eslatib o‘tamiz, OTMga kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada:
1-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

🏷 F o y d a l i p o s t l a r:
Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish
Yangilangan javoblar varaqasi bilan tanishish
Abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar


👉 @geografiya_test_video_slayd