GEOGRAFIYA JDPU
135 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Izoh_
TENDENSIYA - [nem. Tendenz < lot. tendere – yo'nalmoq, intilmoq]
1. Taraqqiyot yo'nalishi; biror narsaga qiziqish, moyillik, intilish.
2. Ma'lum o'y-mulohaza, tasvir yoki asarning asosiy mazmuni, g'oyasi. Ma'lumki, 60–70-yillar davomida tarixiy kinolentalar yaratish sohasidagi ijodiy tendensiyalar yanada rivojlantirildi. (S. Xo'jaev, O'zbek tarixiy filmlari.) Bunday asarlarga qiziqishning siri esa, menimcha, turmushdagi ilg'or tendensiyalarni zamonga, kishilar talablariga hamohang. bo'ladigan tomonlarini topib, tanlab, saralab olib yozish bilan bog'liq. (N. Safarov, Jasoratning davomi.)

📮 @geografiya_JDPI
#Izoh
INTENSIV - [fr. intensif < lot. intensio – g'ayrat qilish; kuchayish] 1 Ortiq darajada jadal, tez, qizg'in. Intensiv harakat. Intensiv tebranishlar. O'zbek tilini xorijliklarga intensiv o'rgatish kurslari. Ko'pgina xo'jaliklar chorvachilikni intensiv rivojlantirish yo'liga o'tib, yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Gazetadan. 2 Eng ko'p mahsul beradigan, serunum. Dehqonchilikning intensiv tizimi.

📮@geografiya_JDPI
#Izoh
INTEGRATSIYA - [lot. integratio – tiklash, qaytadan boshlash, to'ldirish] 1 Ayrim qismlarning, elementlarning bog'liqlik holatini, ularni qo'shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. 2 Fanlarning yaqinlashishi va o'zaro bog'lanish jarayoni. 3 Ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o'zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish.

📮 @geografiya_JDPI
#Izoh
IMPERIALIZM - [fr. imperialisme < lot. imperium – buyurish; boshqarish; hokimiyat] Hududlarni kengaytirishga, mustamlakalar bosib olishga, boshqa davlatlar ustidan siyosiy yoki iqtisodiy nazorat o'rnatishga qaratilgan davlat siyosati; marksizmda: kapitalizm taraqqiyotining eng yuqori va so'nggi bosqichi, monopolistik kapitalizm.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh_sizdan

🌏 Yer kecha va bugun 🌎

👨‍💻 Yaxshi tayyorlashibdi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#izoh_sizdan
Hayotda mazmunli va maqsad bilan yashang.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh
Atlantizm (“dengiz”, “talassokratiya” atamalari unga ma’nodoshdir) – Liberal-demokratik qadriyatlarga asoslangan g’arb geosiyosiy nazariyasi. Harbiy-siyosiy tomondan – AQSh va G’arbiy yevropa davlatlarini o’z ichiga oluvchi NATO a’zosi bo’lgan mamlakatlar. Atlantizm tarafdorlarining fikricha, jahonda dengiz davlatlari asosiy rol o’ynaydi, qit’alar ichiga ayni shu davlatlardan madaniy turtki borib turadi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh
Monitoring deb, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimiga aytiladi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh
KARANTIN - [fr. quarantaine – qirq < ital. quaranta giornI - –qirq kun] Yuqumli kasalliklar va qishloq xo'jalik zararkunandalari tarqalishining oldini olish uchun davlat tomonidan o'tkaziladigan sanitariya tadbirlari.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh
BRIFING – [ingl. briefing – yo'lyo'riq < brief – qisqa; qisqacha xulosa] Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtai nazar bildirish yoki rasmiy xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh
CHARTER - [ingl. charter – shartnoma < yun. chartion – varaqcha, bir parcha qog'oz] Dengiz yoki havo orqali yo'lovchi yoki yuk tashish uchun kema, samolyot egasi bilan uni yollovchi shaxs o'rtasida tegishli transport vositasini yoki uning bir qismini ma'lum reys yoki vaqtga ijaraga olish haqida tuzilgan shartnoma. Charter reys Shunday shartnoma asosida amalga oshiriladigan reys.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh
PANDEMIYA - [yun. pandemia – butun xalq < pan – butun, barcha + demos – xalq] tib. Epidemik kasallikning bir mamlakat, bir necha mamlakat yoki qit'ada yoppasiga tarqalishi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh

UNIFIKATSIYA - [lot. uni, unus – bir + facere – qilmoq] unifikatsiya qilmoq Yagona tizimga, shaklga, bir xillikka keltirmoq; uyg'unlashtirmoq.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#izoh

APOSTIL NIMA?

Apostil (frantsuzcha Apostille) - bu legallashtirishning ushbu shaklini tan olgan mamlakatlar hududida taqdim etish uchun hujjatning qonuniyligi to'g'risidagi ma'lumotlarni to'ldirish uchun xalqaro standartlashtirilgan shakl. "Apostil" shtampi faqat davlat standartidagi hujjatlarga joylashtiriladi.

Apostil boshqa hujjatni tasdiqlashni yoki qonuniylashtirishni talab qilmaydi va Konventsiyaga a'zo barcha davlatlarning rasmiy organlari tomonidan tan olinadi. Hujjatni legallashtirishni bekor qiladigan yoki soddalashtiradigan huquqiy asoslar mavjud bo'lsa, apostil qo'yish mumkin emas.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Izoh

INNOVATSIYA NIMA?

«Ehtiyoj - kashfiyotning onasi», - degan edi qadimgi yunon faylasufi Aflotun. Farovon hayot doimo ilg'or fikrlarni olg'a surishni talab qilgan. Insoniyat hayotini yaxshi tomonga ilg'or g'oyalar o'zgartirgan. Ilg'or g'oya va tashabbuslar, ixtirolar - innovatsiyalar bois bugun biz hozirgi manzildamiz.

Innovatsiya, bu kreativlik - ijodiy yondashuv darajasini namoyon etuvchi ko'nikma bilan bog'liq hodisa. Innovatsiya - yangilik degani. Misol uchun, g'ildirakning kashf qilinishi o'z davrida ulkan innovatsiya bo'lgan. Bugun g'ildirakni ishlab chiqarish yangilik emas, ammo «aqlli g'ildirak» yaratilsa, bu - innovatsiya bo'la oladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Izoh

FLOT - [goll. vloot, fr. flotte] Muayyan bir vazifa bajaradigan yoki ma'lum bir sohaga, hududga mansub kemalar majmui. M: Harbiy-dengiz floti. Baliq ovlash floti. Dengiz floti. Daryo floti


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Izoh

FLORA VA FAUNA

FLORA - [lot. Flora – Rim mifologiyasida: gullar, bahor va yoshlik ma'budasi < flos, floris – gul] yer kurrasining biror qismida yoki biror geologik davrda mavjud bo'lgan barcha o'simliklar majmui; o'simliklar dunyosi.

FAUNA - [nem. Fauna – hayvonot dunyosi < Rim mifologiyasida dala va o'rmonlar ma'budasi] Biror hudud, mamlakat yoki geologik davrning hayvonot dunyosi, ularda yashagan yoki yashayotgan hayvonlar majmui.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Izoh

MAGISTR - [lot. - boshliq, ustoz] ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori o'rtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy ta'lim kursidan so'ng qo'shimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Izoh

AGRAR - INDUSTRIAL MAMLAKAT - asosiy boyligini qishloq xoʻjalik mahsulotlari tashkil qiladigan, sanoati qishloq xoʻjalik mahsulotlari va tabiiy boyliklarni qayta ishlashga yo'naltirilgan mamlakat.


👉 t.me/geografiya_JDPI
#Izoh

Ekstraditsiya (lot. — dan va — berish) — xalqaro huquqda jinoyat sodir qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki unga nisbatan chiqarilgan sud hukmini ijro etish uchun bir davlatdan ikkinchi davlatga berish. Jinoyatchini berish shartlari va tartibi xalqaro shartnoma va milliy qonunchilik bilan belgilanadi.


👉 t.me/geografiya_JDPI