GEOGRAFIYA JDPU
137 subscribers
810 photos
147 videos
169 files
801 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
Download Telegram
#Bu_qiziq
AQSH shtatlarining gerblari.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#bu_qiziq
Mozambik — bayrog‘ida zamonaviy jangovar qurol (“Kalashnikov” avtomati) aks etgan jahondagi yagona mamlakatdir.

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq
1500-yildan 2018-yilgacha dunyodagi eng ko'p aholiga ega Top 10 ta shaharlar.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bu_qiziq
☝️Chapaqaylar haqida 5 ta fakt:

🔵 Yer yuzi aholisining 10 foizi chapaqaylardir.

🔵 Mashhur chapaqaylar: Napoleon, Lionardo da Vinchi, Mikelanjelo, Eynshteyn, Nyuton, Bill Geyts, Oprah Winfrey, Obama va Jimi Hendrik.

🔵 1996-yildan beri 13-avgust "Chapaqaylar kuni" sifatida nishonlanadi.

🔵 Tadqiqotlarga ko'ra, muddatidan oldin tug'iluvchi chaqaloqlar ko'pincha chapaqay bo'lar ekan.

🔵 Kengrularning deyarli barchasi hamma vaqt chapaqay bo'ladi.

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq
🐆 Гепард энг тезкор ҳайвондир. Унинг тезлиги 130км/соатгача етади. У 2 секундда 75км/соат тезликка эриша олади. ✔️

♻️ Тошкентдан Андижонгача (450км) масофани 3,5 соатда босиб ўтади. Йиртқич ҳайвонларнинг ,,афросиёб"и...

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bu_qiziq
BUYUK XI
TOY DEVORI

Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida qad rostlagan, Sariq dengizdagi Lyaodun qo‘ltig‘idan boshlanib, g‘arb tomon cho‘zilgan
bu mudofaa devori ko‘hna Chin me’morchiligining ulkan va noyob namunasidir. U miloddan avvalgi IV-III asrlarda hoqon Sin Shi Xuandiy farmoniga binoan, tashqi dushmanlar tajovuzidan saqlanish, chegaralarni mustahkamlash, savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida tiklangan. Bu ishga ikki milliondan ortiq kishi, jumladan, ko‘plab askarlar va qarollar ham jalb etilgan. Ular kecha-yu kunduz tinim bilmay ishlashgan. Bunyodkorlik yumushlari bir necha asrlar davomida olib borilgan. Buning o‘ziga xos sabablari bor. Avvalo, devorga ilk tamal toshi qo‘yilgan davrda qurilish texnikalari rivojlanmagan, ikkinchidan, u vaqt o‘tgani sayin qor-yomg‘ir va shamollar ta’sirida yemirilgan. Ustiga-ustak, yog‘iylar ko‘p bor hujum qilib, ayrim qismlarini buzib ketishgan. Shunga qaramay, devor miloddan avvalgi II va I asrlarda g‘arbga tomon 500 kilometrga uzaytirilgan. XIV-XV asrlarda uni qurish va mustahkamlash ishlari davom ettirilgan. 1953 yili esa Pekinga yaqin bo‘lagi ta’mirlangan.

Buyuk Xitoy devori ikki qavatli bo‘lib, balandligi 6,6 metr, ayrim joylari bundan-da balandroq. Poydevorining kengligi – 6,5 metr, ustki qisminiki – 5-5,5 metr. Uzunligi qariyb 6 ming kilometrga teng. Devor mamlakat poytaxti Pekin shahridan 40-45 kilometrcha shimoli-g‘arbda janubi-g‘arbga buriladi, so‘ngra Su’jou shahridan o‘tib, Gansu o‘lkasidagi Szya­yuyguan qal’asida tugaydi. U taroshlangan qattiq va rangdor tog‘ jinslari, g‘ishtlar hamda loydan ko‘tarilgan. Har 60-100 metrda minoralar, muhim strategik ahamiyatga ega hududlar va tog‘li yo‘llar yoqasida istehkomlar mavjud bo‘lgan. Inshoot nihoyatda qalinligibois ustidan jang aravalari, otliq qo‘shinlar bemalol saf tortib o‘tishgan.

Bu devor haqida talay doston va rivoyatlar ham to‘qilgan. Ulardan birida aytilishicha, qurilish boshlangan dastlabki kezlarda ish yurishmay, devor o‘z-o‘zidan qulab tushaveribdi. Bundan ajablangan hoqon ko‘pni ko‘rgan allomalarni mashvaratga to‘plab, maslahat qilibdi. Shunda donishmandlar oqsoli hech kimning xayoliga kelmagan g‘alati bir taklif kiritibdi. Aniqrog‘i, devor ostiga endigina turmush qurgan yigit yoki qizni ko‘mib, qurbon qilishzarurligini, ana shundagina muddaoga erishish muqarrarligini aytibdi. Hoqon amriga ko‘ra, mulozimlar nihoyatda go‘zal qizga uylanayotgan Van ismli bir yigitni topib kelishibdi. So‘ngra uni mo‘miyolab, devor ostiga ko‘mishibdi. Qarabsizki, istehkom qulamaydigan bo‘libdi, bora-borauzunligi o‘n ming li(to‘rt million metr)ga yetibdi. Alqissa, u xitoy tilida “Van li chongchang” deb nomlanibdi. Bu “O‘n mingli uzunlikka ega devor” degan ma’noni anglatadi. Unga Vanning oti qo‘shilgani uchunmi, keyinchalik Xitoyda bu ism ramziy ma’noda keng tarqalib ketadi.

Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida esa jahongir Iskandar Chin mamlakatining Qirvon Navohisi aholisini ya’juz-ma’juzlar zulmidan asrash uchun tarkibi mis, qalay, rux, temir hamda toshlardan iborat mustahkam va muhtasham istehkom qurdirgani hikoya qilinadi. Albatta, asarda “Saddi Iskandariy” deya tilga olingan, aslida“Buyuk Xitoy devori” nomi bilan mashhur bo‘lgan ulkan inshootga oid ma’lumotlar afsonaviy tarzda bayon etilgan. Shunga qaramay,
bu dalillar mazkur devorning o‘taqadimiyligidan va azal-azaldan olamaro mashhurligidan dalolat beradi

👉 @geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

Япон мўжизаси....🤔

🇯🇵 Японияда биноларнинг зилзила вақтида чидамлилигига қойил қолмасдан иложи йўқ....

👉 @geografiya_JDPI 👈
🎥#Bu_qiziq

Ушбу видеода мамлакатларнинг Ялпи ички маҳсулоти таққосланган. Графиканинг бунақа кўринишида уларни қиёслаш жуда осон ва қизиқ. Маълумот учун, Ўзбекистоннинг 2019 йилдаги ЯИМ ҳажми 511 838,1 млрд сўмни ташқил қилган.


👉 @geografiya_JDPI 👈


https://www.youtube.com/watch?v=P46pUs5kWj8
#Bu_qiziq

Osiyo davlatlari pasportlari qanday rangda?

👉
@geografiya_JDPI 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq
Бундан бир йил олдин Европа осмонидаги самолёт парвозлари динамикаси ва ҳозирги ҳолат!

👉 @geografiya_JDPI 👈