GEOEDU.UZ
2.94K subscribers
1.23K photos
398 videos
1.3K files
2.87K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
#Yurist_javobi

⁉️ ИККИТА МАКТАБДА 1 СТАВКАДАН ДАРС ЎТИШИМ МУМКИНМИ?

Men maktabda o'qituvchiman. Ikkita tumandagi maktablarda bir stavkadan dars o'tishim mumkinmi shunga aniq qilib javob yozsangiz iltimos.

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

❗️Шуни айтиб ўтиш жоизки, Меҳнат кодексида иш жойи сонлари бўйича чекловлар ўрнатилмаган. Ишчи, ўз хохишига кўра, бир неча ташкилотларда ишлашга ҳақли, фақат иш вақти давомийлиги жами 1,5 ставкадан ошмаслиги, тиббиёт ходимлари учун эса 2 ставкадан ошмаслиги лозим.

Шартнома масаласига келсак, ўриндошлик асосий ишга эга бўлган ходим билан расмийлаштирилади. Ўриндошлик асосида иш асосий ишдан бўш вақтда бажарилади.

Ўриндошлик бўйича ишлаш тўғрисидаги меҳнат шартномаси асосий иш жойида - ички ўриндошлик, бошқа иш берувчилар билан ҳам - ташқи ўриндошлик тузилиши мумкин.

Жисмоний шахс билан ўриндошлик асосида ишлаш учун тузиладиган меҳнат шариномасида Меҳнат кодексида белгиланган талаблар билан биргаликда иш вақтининг давомийлиги мажбурий тартибда кўрсатилади.

Иш вақтидан фойдаланишни ҳисобга олиш табелида ўриндош ишлаган вақт кўрсатилади, бироқ у кунига 4 соат ва ҳафтада 20 соатдан ошмаслиги керак.

Демак, сиз 1.5 ставкада ишлашишингиз мумкин деб ҳисоблаймиз.


🌐 @geografiya_test_video_slayd
#Yurist_javobi

O‘QUVCHIM PREZIDENT MAKTABIGA KIRGANLIK UCHUN MENGA FAN O‘QITUVCHISI SIFATIDA MUKOFOT PULI BERLADIMI?

Assalom alaykum yuristlar jamoasi. Maktab o‘quvchim tanlov fani bo‘yicha imtihonlardan o‘tib Prezident maktabiga qabul qilinsa menga mukofot puli beraladimi?

❗️JAVOB:

Ha, mukofot puli to‘lanishi mumkin. Tushuntiramiz.

Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 32-bandi.


👉 @geoedu_uz
#Yurist_javobi | #attestatsiya

⚡️ATTESTASIYADAN O‘TA OLMASAM TOIFAM SAQLANADIMI?

Assalomu alaykum.1- toifali o'qituvchi, navbatdan tashqari attestatsiyaga ishtirok etib, oliy toifa uchun yetarli ball to'play olmasa va pastroq ball olsa uning avvalgi 1-toifasi saqlanadimi? Va avvalgi 1- toifasi uchun qayta sertifikat beriladimi? Javob uchun Raxmat. Iltimos, qonuniy asoslab bersangiz.

❗️YURIST JAVOBI:

Xalq ta’limi xodimlariga malaka toifalari berish, ularni attestasiyadan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 392-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom asosida amalga oshiriladi.

💁‍♂ Ushbu nizomning 67-bandi bkichik bandiga ko‘ra birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
👉 75 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa
— «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
👉 74 foizdan 65 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
👉 65 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — «Attestasiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin» (navbatdan tashqari attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

Bundan ko‘rinib turibdiki, siz navbatdan tashqari attestasiyada qatnashib 75 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsangiz, unda sizga oliy toifa beriladi.

❗️Agarda belgilangan ko‘rsatkichdan kam ball to‘plasangiz, nabatdan tashqari attestasiyada qatnashganingiz uchun sizning 1 malaka toifangiz saqlanib qoladi.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Yurist_javobi| #bilasizmi

📌 BU YIL OʻQITUVCHILARGA NECHA KUN TAʼTIL BERILADI?

Mehnat kodeksi 139-moddasiga koʻra taʼtillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar boʻyicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.

🙅‍♂ Shuningdek, taʼtil davriga toʻgʻri kelib qolgan va ushbu Kodeksning 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari taʼtil muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.

❗️Bundan koʻrinib turibdiki, ishlanmaydigan kunlar taʼtil muddatini hisoblashda chiqarib tashlanadi.

Shu bilan birga, har bir yil uchun chiqariladigan Prezidentning yillik qoʻshimcha dam olish kunlarini begilash toʻgʻrisidagi farmonlariga koʻra, farmonda nazarda tutilgan qoʻshimcha dam olish kunlari soni yillik mehnat taʼtilining umumiy sonidan chegirib tashlab beriladi.

Bunda xodimning tegishli ish yiliga nechta qoʻshimcha dam olish kuni toʻgʻri kelsa, shuncha kun yillik mehnat taʼtilidan olib tashlanadi.

Endi qarang! PF – 6122-sonli farmonning 3-bandida keltirilishicha, byudjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.

💁‍♂ Bundan tashqari, har yilgi mehnat taʼtili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat taʼtilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshiladi.

❗️Shunga koʻra 2020-yil avgustdan 2021-yil 1-iyun sanasigacha ishlagan xodimlarga taʼtil hisoblashda 2-3 sentabr kunlari chiqarib tashlanadi. Yaʼni 46 kun hisoblanadi.

📍Manba: Yurist xizmati

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Maktabda o‘qituvchilarning mehnat ta’tili ish haqidan qanday hisoblanadi?


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Yurist_javobi

⚡️ MAKTABLARDA DARS TAQSIMOTI QANDAY AMALGA OSHIRILISHI KERAK?

Savol: Assalomu alaykum. Meni bir savolim bor edi. Umutaʼlim maktablarida dars taqsimoti qanday amalga oshirilishi kerak? Koʻp maktablarda maktab direktori, OʻTIBDOʻ oʻzi darslarni taqsimlaydi. Aslida bu borada qonunchilikda nima deyilgan?

❗️Javob: Maktablarda dars taqsimoti Adliya vazirligi tomonidan 30.06.2020 kuni №3271 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan taqsimlanadi.

📃 Ushbu nizomga muvofiq oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanishi belgilab qoʻyildi:

👉 Xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
👉 Oʻkituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
👉 Chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, CEFR V2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
👉 TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;
👉 Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
👉 Oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;
👉 Respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻkituvchilar;
👉 Oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
👉 Birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
👉 Asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;
👉 Ikkinchi malaka toifaga ega oʻkituvchilar;
👉 Pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;
👉 Belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;
👉 Oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
👉 Qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;
👉 Oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;
👉 Pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;
👉 Oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;
👉 Oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.


❗️O‘qituvchi yuqoridagi belgilangan koʻrsatkichlarning bir nechtasiga ega boʻlganda, koʻrsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.
Aynan bir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.

☝️Ana endi yuqoridagi koʻrsatkichlar boʻyicha ustunlikka ega boʻlgan oʻqituvchilar bemalol maksimal bir yarim stavkagacha (30 soat) dars olishi mumkin.

🏷 F o y d a l i p o s t l a r:
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablari uchun 2021/2022 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja tasdiqlandi
O‘quvchilarga ustama beruvchi olis hududlar
Ikkita maktabda 1 stavkadan dars o‘tishim mumkinmi?
Talaba qanday shartlarda ishlay oladi? - mutaxassis bilan suhbat.
4 kurs talabalari ham to‘liq stavkada ishlashi mumkinmi?
Maktab xodimlarining oylik ish haqi qancha?
Maktab o‘qituvchilarining oylik ish haqini hisoblash endi yanada oson


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Yurist_javobi

⚡️YANGI OʻQUV YILIDAN BOSHLAB PENSIYA YOSHIDAGI OʻQITUVCHILARGA HAFTASIGA 6 SOATDAN DARS BERILADIMI?

❗️JAVOB: Ijtimoiy tarmoqlarda yangi oʻquv yilidan boshlab pensiya yoshidagi oʻqituvchilarga haftasiga 6 soatdan dars berilishi borasida xabarlar tarqalmoqda. Koʻpchilik obunachilarimiz mazkur masalaga oydinlik kiritib berishimizni soʻrab murojaat qilishdi. Shu sababli ushbu masalaga oydinlik kiritishga harakat qildik [Batafsil o‘qish]


👉 @geoedu_uz
#Yurist_javobi | #bilasizmi

📌 Kimlarga vaksina olish mumkin emasligini bilasizmi?

🏢 Sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 15-fevraldagi 31-sonli buyrugʻiga muvofiq COVID-19ga qarshi emlashga moneʼlik (toʻsiq) qiluvchi holatlar belgilangan.

Unga koʻra:

👉 vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi boʻlgan shaxslar;

👉 anamnezida ogʻir allergik reaksiyalari boʻlgan shaxslar;

👉 oʻtkir yuqumli va yuqumsiz kasaliklar bilan kasallanganlar;

👉 homilador va emizikli ayollar (vaksinaning ushbu kontingentiga xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumot yetarli emasligi sababli);

👉 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar;

👉 OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar (vaksinaning ushbu kontingentiga xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumot yetarli emasligi sababli);


🤔 Demak, yuqoridagi toifadagi fuqarolar vaksina olishi mumkin emas va ish joylarida ulardan vaksina olishni talab qilish ham mumkin boʻlmaydi. Shunday ekan ularga nisbatan Mehnat kodeksi 113-moddasini qoʻllash notoʻgʻri boʻladi.

Shuni ham aytish kerakki, koronavirus infeksiyasining oʻtkir shakli simptomlari boʻlgan bemorlar, laboratoriyada COVID-19 musbat bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan shaxslar va koronavirusga chalingan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar karantin muddati tugagandan soʻng emlanadilar. Bundan koʻrinib turibdiki, ushbu toifadagi xodimlarni ham karantin muddati tugamasidan oldin emlashga jalb qilish noqonuniy boʻladi.

🏷 Manba: Yurist Imomniyozov telegram kanali


👉 @geoedu_uz
#Yurist_javobi

⚡️ MAKTABLARDA DARS TAQSIMOTI QANDAY AMALGA OSHIRILISHI KERAK?

Savol: Assalomu alaykum. Meni bir savolim bor edi. Umutaʼlim maktablarida dars taqsimoti qanday amalga oshirilishi kerak? Koʻp maktablarda maktab direktori, OʻTIBDOʻ oʻzi darslarni taqsimlaydi. Aslida bu borada qonunchilikda nima deyilgan?

❗️Javob: Maktablarda dars taqsimoti Adliya vazirligi tomonidan 30.06.2020 kuni №3271 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan taqsimlanadi.

📃 Ushbu nizomga muvofiq oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanishi belgilab qoʻyildi:

👉 Xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
👉 Oʻkituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
👉 Chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, CEFR V2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
👉 TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;
👉 Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
👉 Oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;
👉 Respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻkituvchilar;
👉 Oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
👉 Birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
👉 Asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;
👉 Ikkinchi malaka toifaga ega oʻkituvchilar;
👉 Pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;
👉 Belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;
👉 Oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
👉 Qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;
👉 Oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;
👉 Pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;
👉 Oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;
👉 Oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

❗️O‘qituvchi yuqoridagi belgilangan koʻrsatkichlarning bir nechtasiga ega boʻlganda, koʻrsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.
Aynan bir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.

☝️Ana endi yuqoridagi koʻrsatkichlar boʻyicha ustunlikka ega boʻlgan oʻqituvchilar bemalol maksimal bir yarim stavkagacha (30 soat) dars olishi mumkin.

🏷 F o y d a l i p o s t l a r:
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablari uchun 2022/2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja tasdiqlandi
Ikkita maktabda 1 stavkadan dars o‘tishim mumkinmi?
Talaba qanday shartlarda ishlay oladi? - mutaxassis bilan suhbat.
4 kurs talabalari ham to‘liq stavkada ishlashi mumkinmi?
Magistratura talabasining ishlashini taqiqlovchi qoida bormi?
Sirtqi ta‘limda o‘qiyotgan talabalarni maktabga ishga olish mumkinmi?
Maktab xodimlarining oylik ish haqi qancha?
Maktab o‘qituvchilarining oylik ish haqini hisoblash endi yanada oson


👉 @geoedu_uz