GEOEDU.UZ
2.91K subscribers
1.23K photos
398 videos
1.3K files
2.86K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
#bilasizmi

⚡️BARCHA UCHUN MUHIM RAQAMLAR:

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 500 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 698 000 so‘mdan iborat.

Manba


👉 @geoedu_uz
#bilasizmi

📌 HOZIRGI KUNDA O‘ZBEKISTON HUDUDIDA:

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 500 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 698 000 so‘mdan iborat.

🏷 F o y d a l i p o s t l a r:
Maktab xodimlarining oylik ish haqi qancha?
Maktab o‘qituvchilarining oylik ish haqini hisoblash endi yanada oson


👉 @geoedu_uz kanali bilan birinchilar qatorida bo‘ling!
#bilasizmi

📌 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni bilasizmi?

Geoedu.uz
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube

👉 Biz bilan birinchilar qatorida bo'ling!
#muhim_xabar

⚡️2022-yilning 21-avgust kuni Surxondaryo viloyatining “Payg‘ambar oroli” hududida 24 nafar Afg‘oniston fuqarolari Davlat chegarasini buzib o'tmoqchi bo'lganida qo'lga olindi.

O‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, chegaradagi hodisaga O‘zbekistonning chegara hududida ko‘p miqdorda o‘sadigan qizilmiya ildizining noqonuniy ravishda olinishi sabab bo‘lgani aniqlangan.

Ayni paytda Payg‘ambar oroli hududi O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining to‘liq nazorati ostida.
***

#bilasizmi

📌 O‘zbekistondagi Payg‘ambar oroli haqida bilasizmi?

Surxondaryo viloyati Termiz shahri yaqinida, Amudaryoning ikkiga bo‘lingan o‘rta qismida 4 ming gektar maydonni egallagan “Payg‘ambar oroli” nomi bilan mashhur orol mavjud. Xo'sh, bu orol nega bunday nom bilan atalgan? Javobni bilish uchun "Batafsil o'qish" yozuvi ustiga bosing.

🏷 Batafsil o'qish


👉 @geoedu_uz
#bilasizmi

❗️O‘QITUVCHILAR TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISHLARI MUTLAQO BEPUL. HUQUQINGIZNI TALAB QILING

Mehnat kodeksining 214-moddasiga muvofiq, ih beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart.

Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish munosabati bilan xodimdan pul undirilmaydi, shuningdek tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

🏷 Mavzuga aloqador postlar:
Bepul tibbiy ko'rik uchun pul talab qilinganda nima qilish kerak?
O‘qituvchilarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalasiga Moliya vazirligi o‘z munosabati


👉 @geoedu_uz
#bilasizmi

🚫 O'QITUVChILARNI MAJBURIY OBUNAGA JALB ETISh TAQIQLANADI

Xalq ta’limi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish taqiqlanadi.

Bosh prokuratura Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda pedagog xodimlarning huquq va erkinliklarini cheklash holatlarini o‘z vaqtida aniqlab, aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishini ta’minlaydi.

Manba: Huquqiy axborot telegram kanali.


👉 @geoedu_uz
#bilasizmi

✍️ Bolaning yozuviga qarab, uning ayrim xususiyatlarini aniqlash mumkin ekanligini bilasizmi?

Yozuvning qiyaligi
– oʻngga yotgan : yangi doʻstlar orttirishni va suhbatlarni yoqtiradi;
– toʻgʻri yozuv: odatda emotsiyalarini yashirib yuradi;
– chapga yotgan: yolgʻiz ishlashni yoqtiradi.

Hajmi
– katta: ochiq shaxsiyat egasi;
– oʻrta: moslashuvchan va vazmin;
– kichik: diqqatni oson jamlay oladi.

Soʻzlar orasida boʻsh joy qoldirishga qarab
– katta joy tashlab yozish: erkinlikni sevadi, gavjum joylarni xush koʻrmaydi;
– bir-biriga yaqin yozish: yolgʻizlikni yomon koʻradi.

Bosim
– bosib yozish: masʼuliyatli, ammo qaysar;
– yengil yozish: sezgir, biroq gʻayrat yetishmaydi.

Aniqlik
– tushunarsiz yozuv: sirli shaxs va tez fikrlovchi.
– aniq yozuv: oʻziga ishongan va tinch


👉 @geoedu_uz
#korgazmalar | #bilasizmi

📌 OKEAN ORGANIZMLARI

Olimlarning fikricha, hayot okean sohillaridagi to‘lqinlar hosil qilgan “hayot sharbati — bo‘tqasimon loyqa”li suv muhitida hosil bo‘lgan. Okean suvlarida mikroskop bilan ko‘rinadigan organizmlardan tortib 150 tonna keladigan ko‘k kitlargacha, turli xil organizmlar yashaydi.

Okean organizmlari yashash joylariga ko‘ra guruhlashtiriladi. Masalan, bentos organizmlar — okean suvlari tubida, yotqiziqlar orasida yashaydi. Nektonlar — erkin ko‘chib yuruvchi organizmlar bo‘lsa, planktonlar suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlardir (fitoplankton va zooplanktonlar).

Manba: https://t.me/geoedu_uz/5920

👉 @geoedu_uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bilasizmi | #korgazmalar

📌 Oy Yerdan 80 marta yengil. Bu bamisoli tarozining bir pallasiga Yer qo'yilsa, ikkinchi pallasiga 80 ta oy qo'yiladi, degandek gap.

🏷
Kanalimizga joylab borilayotgan postlar mundarijasi


👉 @geoedu_uz