GEOEDU.UZ
2.95K subscribers
1.22K photos
397 videos
1.27K files
2.83K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
📚 Ko‘p yillik muzloq yerlarni o‘rganuvchi fan qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
53%
glyatsiologiya
14%
geomorfologiya
33%
geokriologiya
#Munosabat

“GEOGRAFIYA” DARS SOATLARIDAGI O‘ZGARISHLAR YUZASIDAN IJTIMOIY TARMOQLARDA KO‘TARILGAN E’TIROZLARGA XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI MUNOSABATI

O‘qituvchilar nimadan norozi?

Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, 1-6-sinflarda yagona “Tabiiy fanlar” (Science) fani joriy qilinishi belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi PQ 4805-sonli qarori).

Yangi fan geografiya, biologiya, fizika, kimyo hamda astronomiya fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Endilikda bu fanlarga oid bilim va ko‘nikmalar o‘quvchilarda 1-sinfdan boshlab shakllantiriladi. Milliy o‘quv dasturi doirasida o‘quvchilarda “Tabiiy fanlar” fani orqali shakllanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar har bir sinf kesimida belgilandi.

O‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda yetarli ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari uchun, xalqaro tajribadan kelib chiqib, yangi fanga ajratilgan dars soatlarini boshlang‘ich sinflarda ko‘paytirishga ehtiyoj tug‘ildi. Shu munosabat bilan, 6-sinfda har biri haftalik 2 soatdan o‘tiladigan (jami 6 soatlik) geografiya, biologiya va fizika fanlari o‘rniga yagona, haftasiga 3 soatlik “Tabiiy fanlar” kiritildi.

O‘z navbatida, qolgan haftalik 3 soat “Tabiiy fanlar” doirasida 2-, 3-, 4-sinflarga o‘tkazildi. Ya’ni, bu sinflarga haftasiga 1 soatdan, jami 3 soat qo‘shib berildi.

Maktabda geografiya fanidan berilishi zarur bo‘lgan bilim hajmi va unga umumiy rejada ajratilgan soatlar hajmi qisqargani yo‘q.

Boshqa fanlar qatori geografiya faniga oid mavzular “Tabiiy fanlar”ga singdirilgan, umuman dasturda esa, geografiya faniga oid mavzular 291 ta mavzudan 387 ta mavzuga, ya’ni 96 ta mavzuga ko‘paygan.

Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy tarmoqlarda geografiya fani yo‘qolish xavfi ostidagi xulosalar, asossiz.

Jahon tajribasida qanday?

“Tabiiy fanlar” jahondagi aksariyat rivojlangan davlatlarda o‘qitiladi. Xususan, Buyuk Britaniya tajribasi o‘rganilganida, tabiiy fanlar 1-6-sinflarda integrasiya qilingan holda, yagona fan sifatida o‘qitiladi.

Tabiiy fanlarning quyi sinflarda qo‘shib o‘qitilishi o‘quvchiga olamni bir butun tasavvur qilish, fanlarga oid mavzular kesimida loyiha ishlarini amalga oshirib, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning faolligini oshirish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini yaxshilash, ularni ijodkorlikka yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Milliy o‘quv dasturi doirasida ta’lim mazmunida amalga oshirilayotgan bu kabi o‘zgarishlar iqtisodiyot sohalariga xalqaro andozalar asosida mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashi bilan o‘quvchilar uchun manfaatlidir.

Yangi fan kiritilishi o‘qituvchilarga qanday imkoniyat yaratadi?

Milliy o‘quv dasturida aynan Geografiya fani haftalik 8 soat dars o‘tishlishi belgilangan. Shu o‘rinda alohida qayd etish lozimki, geografiya fani o‘qituvchilarida “Tabiiy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli qayta tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tamomlagan taqdirda, 11 soat dars berish imkoniyati paydo bo‘ladi (natijada, amaldagi haftalik 10 soat o‘rniga, 11 soat berishlari mumkin).

Shu bilan birga, Vazirlik dasturni xalqaro talablar asosida zamonaviylashtirish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni inobatga olgan holda, o‘quvchilarda iqtisodiy bilimlarni yanada oshirish maqsadida qo‘shimcha soat ajratish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganmoqda.

Mazkur yo‘nalishda qo‘shimcha dars joriy qilinsa, bu ham geografiya o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi.

Manba: Xalq ta'limi vazirligining telegramdagi rasmiy kanali


👉 @geoedu_uz
📌 Achchiq haqiqat

Manba
#fidoyi_ustoz

⚡️Navoiy viloyatida Geografiya hamda Fizika o‘qituvchilariga Cobalt avtomobili sovg‘a qilindi

"Navoiy viloyati Navbahor tumanida o‘zining fidoyiligi, mehnatsevarligi bilan o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berib kelayotgan ikki nafar o‘qituvchiga Prezident sovg‘asi sifatida Cobalt avtomobili sovg‘a qilindi.

Avtomobil sovg‘asi topshirilgan 1-maktabning fizika fani o‘qituvchisi Sohiba Navro‘zova hamda 20-maktabning geografiya fani o‘qituvchisi Obidjon Saydaxmetov o‘z faoliyatlari davomida yuzlab bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishiga hissa qo‘shgan.

Aytish joizki, o‘qituvchilarga berilayotgan bunday e’tibor sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda o‘ziga xos motivasiya bo‘lib xizmat qiladi".

P. S. Shunday yutuqlarga erishayotgan fan ustozlarini ko'ra bila turib ularning darslarini go'yoki "rivojlantirish" manzarasida qisqartirish yoki bitta fanni uchta fan o'qituvchisi o'rtasiga "tortishuvli" holatda tashlash o'ylashimizcha biroz tushunarsiz holat


👉 @geoedu_uz
1802-1803 yillarda Avstraliya materigiga kim ekspeditsiya uyushtirgan?
Anonymous Quiz
28%
A.Gumboldt
23%
V.Yunker
33%
J.Kuk
16%
M.Flinders
#munosabat

📌 "Yuk ortilgan tuyadan otning tezligini so‘rashyapti" – geografiya o‘qituvchilari vazirlik munosabatidan qoniqmadi

Bugun maktablarda geografiya fani soatlari qisqarayotgani yuzasidan norozi o‘qituvchilar ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilmoqda. O‘zA masalaga oydinlik kiritish maqsadida tomonlar fikrini o‘rgandi.


🏷 Batafsil: http://uza.uz/posts/338673


👉 @geoedu_uz
🌤 #ob_havo

📌 20 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI (19 yanvar soat 20 dan – 20 yanvar soat 20 gacha)

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 7-9° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, Ustyurtda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bazi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq, Navoiy viloyatinig shimolida 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bazi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bazi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bazi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Manba: Hydromet.uz


👉 @geoedu_uz
#muhim_xabar

⚡️Samarqand tumani tugatiladi


Loyihaga ko‘ra, Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri mavjud ma’muriy-hududiy chegaralari o‘zgartiriladi, Samarqand shahri tarkibida Qorasuv, So‘g‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand tumanlari tashkil qilinadi hamda Samarqand tumani tugatiladi.

🏷 https://kun.uz/uz/25573864


👉
@geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
5-10 sinf ish rejalari (@geoedu_uz).xlsx
28.8 KB
#ish_reja | #Kundalikcom

💻 Kundalik.com platformasiga joylash uchun 5-10-sinflarning "Geografiya" fanidan III chorak ish rejasi (bitta faylda)

🏷 Quyida alohida fayllarda:
5-sinf ish rejasi
6-sinf ish rejasi
7-sinf ish rejasi
8-sinf ish rejasi
9-sinf ish rejasi
10-sinf ish rejasi
Barcha sinf bitta faylda
Ish reja kiritish bo'yicha videodars

P. S. Tanishib chiqib keyin foydalanishni tavsiya qilamiz.


👉 @geoedu_uz
🗺 Afrika qit’asida joylashgan shaharlarni belgilang.
1) Juba; 2) Dakar; 3) Darvin; 4) Guayakil; 5) Resife; 6) Laxor, 7) Fritaun; 8) Al-Giza.
Anonymous Quiz
32%
1,2,5,7
17%
2,3,4,6
13%
2,4,5,6
38%
1,2,7,8
🌤 #ob_havo

📌 21 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI (20 yanvar soat 20 dan – 21 yanvar soat 20 gacha)

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 8-10° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, Navoiy viloyatinig shimolida 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Manba: Hydromet.uz


👉 @geoedu_uz
#muhim_xabar

⚡️RASMIY XABAR

24 yanvardan boshlab
maktablar va OTMlar bir oy davomida «Onlayn» faoliyat olib boradi
__________________

С 24 января в Узбекистане ученики общеобразовательных
школ и студенты высших учебных заведений перейдут на онлайн-обучение


👉 @geoedu_uz
Kompyuterlar uchun ZOOM dasturi(@geoedu_uz).exe
122.2 KB
#Programma | #EXE

💻 Kompyuterlar uchun ZOOM dasturi

P. S
. Ushbu dasturdan birinchi bor foydalanoyotganlarga kanalimizdagi maxsus videodars yoki matnli qo'llanma bilan tanishib chiqishlarini tavsiya qilamiz.


👉 @geoedu_uz - onlaynda ta'limda ham siz bilan birga!
#onlayn_test

GEOGRAFIYA FANIDAN ONLAYN TEST

🔐 Test kodi: 6

1. O'zbekiston bilan eng birinchi diplomatik aloqa o'rnatgan davlatni toping.
A) AQSH
B) Turkiya
C) Avstraliya
D) Hindiston
2. O’zbekiston jahonning nechta mamlakati bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan?
A) 130
B) 140
C) 120
D) 150
3. O’zbekiston Respublikasi bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan davlatlarning nechtasi Toshkent
shahrida o’z elchixonasiga ega?
A) 35
B) 40
C) 50
D) 45
4.Ozbekiston janubi-sharqda qaysi davlat bilan chegaradosh?
A) Turkmaniston
B) Qirg'iziston
C) Tojikiston
D) Qozogiston
5. Aydar-Arnasoy ko'llar tizimining umumiy maydoni qancha?
A) 3702 km.kv
B) 2825 km.kv
C) 4682 km.kv
D) 5204 km.kv
6. O'zbekiston Respublikasining nechta viloyati 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan?
A) 5 ta
B) 4 ta
C) 3 ta
D) 6 ta
7. Bangladesh davlati pul birligi qanday nomlanadi?
A) kyat
B) taka
C) kip
D) ringgit

ℹ️ Test javoblarini quyidagi ko‘rinishda @DTMsinovbot manziliga yuboring:

1-usul: 6*abcd...
2-usul: 6*1a2b3c4d...

Tugash vaqti: 18:00

🏷 Javoblarni yuborish bo'yicha maxsus qo'llanma


👉 @geoedu_uz - biz bilan o‘z bilimingizni yanada mustahkamlab boring!
I_TOM.pdf
148.3 MB
#kutubxona

📗O'ZBEKISTON MILLIY ATLASI 1-JILD

Mazkur atlasda O'zbekiston Respublikasining tabiiy sharoiti va resurslari, ekologiyasi va atrof muhitni muhofaza qilish kabi ma'lumotlar yoritilgan.

👉
@geograflar_kutubxonasi
____________________________________

Oliy ta’lim va Xalq ta’limi sohasidagi Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring👇

Oliy ta’lim | Xalq ta’limi | Murojaat
II_TOM.pdf
144.9 MB
#kutubxona

📗O'ZBEKISTON MILLIY ATLASI 2-JILD

Mazkur atlasda O'zbekiston Respublikasining aholisi va ijtimoiy sohalari, iqtisodiyoti, tarixi va boshqa ma'lumotlar yoritilgan

👉
@geograflar_kutubxonasi
____________________________________

Oliy ta’lim va Xalq ta’limi sohasidagi Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring👇

Oliy ta’lim | Xalq ta’limi | Murojaat