GEOEDU.UZ
2.91K subscribers
1.23K photos
398 videos
1.3K files
2.86K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
#onlayn_olimpiada

🏆 OLIMPIADA G'OLIBI UCHUN I DARAJALI DIPLOM

Ozodbek Ismoilov

Geografiya fanidan onlayn o’tkazilgan fan olimpiadasida faol ishtirok etib faxrli birinchi o’rinni egallaganligi uchun ushbu diplom hamda 15 ming so'm pul mukofoti bilan bilan taqdirlandi.

💰Pul mukofoti olganligi haqida ma'lumot


👉 @geoedu_uz
#onlayn_olimpiada

🏆 OLIMPIADA G'OLIBI UCHUN III DARAJALI DIPLOM

Sarvinoz Ismoilova

Geografiya fanidan onlayn o’tkazilgan fan olimpiadasida faol ishtirok etib faxrli uchinchi o’rinni egallaganligi uchun ushbu diplom hamda 5 ming so'm pul mukofoti bilan bilan taqdirlandi.

💰Pul mukofoti olganligi haqida ma'lumot


👉 @geoedu_uz
❗️2-o'rin g'olibidan xabar kelishini kutyapmiz. Javob kelishi bilan kanalga joylaymiz
#onlayn_olimpiada

🏆 OLIMPIADA G'OLIBI UCHUN II DARAJALI DIPLOM

Ozodbek
Tolibjanov

Geografiya fanidan onlayn o’tkazilgan fan olimpiadasida faol ishtirok etib faxrli ikkinchi o’rinni egallaganligi uchun ushbu diplom hamda 10 ming so'm pul mukofoti bilan bilan taqdirlandi.

💰Pul mukofoti olganligi haqida ma'lumot


👉 @geoedu_uz
❗️Kecha bo'lib o'tgan olimpiadada ishtirok etganlar sertifikat kerak bo'lsa javoblaringizni 189, 190, 191,192 kodlaridan biri bilan @DTMsinovbot.ga qayta yuboring. Hamma kodlar bilan yuborishingiz shart emas. Faqatgina bittasidan foydalaning va kecha ishlagan javoblaringizni yuboring. Sertifikatlar 18:00 ga qadar muhokama guruhi (@geograflar_choyxonasi)ga joylanadi

Eslatma: siz tanlagan kod bilan javob kelmasa keyingi kod bilan yuboring.
Quyidagilardan qaysi biri siyosiy jihatdan uchta davlat bilan chegaradosh hisoblanadi?
Anonymous Quiz
37%
Lyuksemburg
31%
Chexiya
19%
Xorvatiya
13%
Chernogoriya
#Dolzarb_savol

#Savol: Yangi joriy etilayotgan “Tabiiy fan (science)” o’quv fanidan kimlar dars berishga haqli va buning uchun sertifikatni qaysi tashkilot beradi?

#Javob: O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2021-yil 24-dekabrdagi 414-sonli buyrug’i 3-ilovasining 5-bandiga muvofiq, 1-6 sinflarda atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, geografiya, biologiya, fizika fanlari o’rniga tabiiy fan (science)ni yagona fan sifatida 2021-2022- o’quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida o’qitishni bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan.

Shunga ko’ra, 2022-2023- o’quv yilidan umumta’lim maktablarida 3-sinf “Tabiatshunoslik” va 6-sinfdagi “Fizika”, “Biologiya”, “Geografiya” fanlari o’rniga “Tabiiy fan (science)” joriy etiladi.

Ushbu tabiiy fan (science) dars soatlari boshlang’ich sinfda boshlang’ich sinf o’qituvchilari (rahbarlari), 6-sinflarda A.Avloniy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etiladigan o’quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan “Fizika”, “Biologiya”, “Geografiya” fanlari o’qituvchilariga 3271-sonli nizomning 15-bandida belgilangan ko’rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.

📌 A.Avloniy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tabiiy fan (science) bo’yicha o’quv kurslari 2022-yilning ikkinchi yarmida tashkil etiladi.


👉 @geoedu_uz
Ushbu sõrovnoma bir muhim tadqiqot uchun juda muhim. Biz qaysi sinf darsligi o'quvchilar uchun noqulayligini aniq bilib, shunga yarasha tavsiya ishlab chiqmoqchimiz (iltimos, sõrovnomani maksimal darajada tarqating).
Anonymous Poll
12%
5-sinf: Tabiiy geografiya boshlang'ich kursi
8%
6-sinf: Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi
46%
7-sinf: O'rta Osiyo va O'zbekiston tabiiy geografiyasi
7%
8-sinf: O'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
6%
9-sinf: Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
21%
10-sinf: Amaliy geografiya
#fidoyi_ustoz

📌 O‘QITUVCHIGA OSON TUTMANG...

Rossiyalik olimning ilmiy ishida keltirilgan statistik maʼlumotlarga ko'ra:

🧑🏻‍🏫 O‘qituvchilar vaqtlarining 79 foizini tik oyoqda o‘tkazadilar;

🧑🏻‍🏫 Kuniga o‘rtacha 3,5-4 soat baland ovozda yoki juda baland ovozda gapirishlariga to‘g‘ri keladi;

🧑🏻‍🏫 Nominal ravishda o‘qituvchining ish kuni 6-7 soat davom etadi, lekin uning haqiqiy davomiyligi 10-12 soat;

🧑🏻‍🏫 O‘qituvchilarning 80 foizi vitaminlarning qisman yetishmasligidan aziyat chekadi, chunki ish haqi va ish tartibi to‘g‘ri ovqatlanishga imkon bermaydi;

🧑🏻‍🏫 O‘qituvchilarning 2/3 qismi doimiy stress ostida. Stressning eng yuqori darajasi - direktorlar va ularning o‘rinbosarlari orasida, o‘rtachadan yuqorisi - aniq fanlar, lingvistik fanlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida;

🧑🏻‍🏫 O‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha 85 foizini xotin-qizlar tashkil etadi, demak, ularning zimmasiga taʼlim yukidan tashqari uy yumushlari, bola tarbiyasi yuki ham tushadi;

🧑🏻‍🏫 O‘qituvchilarning 50 foizi kuniga sakkiz soat o‘rniga olti soatdan kam uxlaydi;

🧑🏻‍🏫 O‘qituvchilarning atigi 14 foizi ertalabki mashqlarni bajarishga imkon topadi;

🧑🏻‍🏫 Har beshinchi o‘qituvchi kuniga atigi ikki marta ovqatlanadi, har ikkinchisi - uch marta, holbuki kuniga to‘rt yoki besh marta yengil ovqatlanish to‘g‘ri deb hisoblanadi;

🧑🏻‍🏫O‘qituvchilarning 80 foizi sanatoriy yoki dengiz bo‘yida hordiq chiqara olmaydi, aslida aynan shunday taʼtil sog‘liqni to‘laqonli tiklaydi.

Manba


👉 @geoedu_uz
9-SINF YANGI QO'LLANMA.docx
535 KB
#9_sinf | #qõllanma

📚 9-sinf geografiya fani mavzulari bo‘yicha tayyorlangan savol-javob toʻplami.

P. S. Mazkur qo‘llanma telegram ijtimoiy tarmog‘idan olindi.


👉 @geoedu_uz
Syova ilmiy stansiyasiga eng yaqin joylashgan stansiyani belgilang.
Anonymous Quiz
38%
Mouson
43%
Keysi
19%
San-Martin
#tavsiya

⚡️ TEST TUZUVCHI VA TEKSHIRUVCHI MAXSUS BOT

ℹ️ Mazkur bot nima qila oladi?
- kanalingizda onlayn testlar hamda olimpiadalar o'tkazishingizda yordam beradi;
- bajargan testlaringiz javobini tekshiradi va sertifikat taqdim etadi.

Bot manzili: @DTMsinovbot
Batafsil: https://t.me/DTMsinov_info/4


👉 @DTMsinov_info
5-sinf geografiya fanidan mavzulashgan savo-javob 2020.pdf
33 MB
#5_sinf | #qõllanma

📌 5-SINFLAR UCHUN MAVZULASHTIRILGAN SAVOL-JAVOBLAR

Tuzuvchilar:
• Atamuratova Ziynat Baxtiyarovna - Xorazm viloyati Yangibozor tumani 2-maktab geografiya fani o’qituvchisi.
• Sarbolayev Umidjon Ravshanbekovich - Andijon viloyati Buloqboshi tumani 17-maktab geografiya fani o’qituvchisi.

P. S. Mazkur qo‘llanma telegram ijtimoiy tarmog‘idan olindi.


👉 @geoedu_uz
6_sinf_geografiya_fanidan_mavzulashtirilgan_savol_javob_2020_yil.pdf
19.2 MB
#6_sinf | #qõllanma

📌 6-SINFLAR UCHUN MAVZULASHTIRILGAN SAVOL-JAVOBLAR

Tuzuvchilar:
• Atamuratova Ziynat Baxtiyarovna - Xorazm viloyati Yangibozor tumani 2-maktab geografiya fani o’qituvchisi.
• Sarbolayev Umidjon Ravshanbekovich - Andijon viloyati Buloqboshi tumani 17-maktab geografiya fani o’qituvchisi.

P. S. Mazkur qo‘llanma telegram ijtimoiy tarmog‘idan olindi.


👉 @geoedu_uz
7_sinf_geografiya_fanidan_mavzulashtirilgan_savol_javob_2020_yil.pdf
14.8 MB
#7_sinf | #qõllanma

📌 7-SINFLAR UCHUN MAVZULASHTIRILGAN SAVOL-JAVOBLAR

Tuzuvchilar:
• Atamuratova Ziynat Baxtiyarovna - Xorazm viloyati Yangibozor tumani 2-maktab geografiya fani o’qituvchisi.
• Sarbolayev Umidjon Ravshanbekovich - Andijon viloyati Buloqboshi tumani 17-maktab geografiya fani o’qituvchisi.

P. S. Mazkur qo‘llanma telegram ijtimoiy tarmog‘idan olindi.


👉 @geoedu_uz
8_sinf_geografiya_fanidan_mavzulashtirilgan_savol_javob_2020_yil21.pdf
28.2 MB
#8_sinf | #qõllanma

📌 8-SINFLAR UCHUN MAVZULASHTIRILGAN SAVOL-JAVOBLAR

Tuzuvchilar:
• Atamuratova Ziynat Baxtiyarovna - Xorazm viloyati Yangibozor tumani 2-maktab geografiya fani o’qituvchisi.
• Sarbolayev Umidjon Ravshanbekovich - Andijon viloyati Buloqboshi tumani 17-maktab geografiya fani o’qituvchisi.

P. S. Mazkur qo‘llanma telegram ijtimoiy tarmog‘idan olindi.


👉 @geoedu_uz
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020.pdf
11.6 MB
#9_sinf | #qõllanma

📌 9-SINFLAR UCHUN MAVZULASHTIRILGAN SAVOL-JAVOBLAR

Tuzuvchilar:
• Atamuratova Ziynat Baxtiyarovna - Xorazm viloyati Yangibozor tumani 2-maktab geografiya fani o’qituvchisi.
• Sarbolayev Umidjon Ravshanbekovich - Andijon viloyati Buloqboshi tumani 17-maktab geografiya fani o’qituvchisi.

P. S. Mazkur qo‘llanma telegram ijtimoiy tarmog‘idan olindi.


👉 @geoedu_uz
10-sinf geografiya fanidan mavzulashtirilgan savol-javob.pdf
13.2 MB
#10_sinf | #qõllanma

📌 10-SINFLAR UCHUN MAVZULASHTIRILGAN SAVOL-JAVOBLAR

Tuzuvchilar:
• Atamuratova Ziynat Baxtiyarovna - Xorazm viloyati Yangibozor tumani 2-maktab geografiya fani o’qituvchisi.
• Sarbolayev Umidjon Ravshanbekovich - Andijon viloyati Buloqboshi tumani 17-maktab geografiya fani o’qituvchisi.

P. S. Mazkur qo‘llanma telegram ijtimoiy tarmog‘idan olindi.


👉 @geoedu_uz
#Dolzarb_savol

⚡️ GEOGRAFIYA FANI NEGA QISQARTIRIB YUBORILDI?

So‘ngi paytlarda bizga kelayotgan murojaatlarning deyarli 50 foizi geografiya fani o‘qituvchilaridan kelmoqda. Ular umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2022-2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada geografiya fanining qisqartirib yuborilganligidan juda ham norozi.

❗️Ho‘sh nima uchun geografiya fani o‘quv soatlari qisqaritirib yuborildi?

Xabaringiz bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarori bilan tasdiqlangan maqsadli dasturining 6-bandida 1-6 sinflarda atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, geografiya, biologiya, fizika fanlari o‘rniga tabiiy fan (Science)ni yagona fan sifatida 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida o‘qitishni bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi belgilangandi.

Shu sababli o‘tgan o‘quv yilida faqatgina 1-2 sinflarida “Atrofimizdagi olam” fani o‘rniga tabiiy fan “Science” joriy etilgandi. 2022-2023 o‘quv yilidan esa 3 sinflarda “Tabiatshunoslik” fani, shuningdek, 6 sinflarda “Fizika”, “Biologiya”, "Geografiya" fanlari o‘rniga tabiiy fan (Science) joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun 1-6 sinflarda geografiya fani o‘quv soatlari kamaytirilgan.

❗️Ammo juda ko‘p geografiya fani o‘qituvchilari bundan norozi.

Buning sababi shundaki, 2022-2023 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasida 8-9 sinflarda geografiya fanini 2 soatdan 1,5 soatga qisqartirilib, 6-sinfdagi geografiya fani tabiiy fanga (science) qushib berilgan. Buning natijasida barcha maktablarda geografiya fani haftalik 8 soatni tashkil qilmoqda. Ilgari geografiya fani o‘qituvchilarining dars soatlari “Geografiya va iqtisodiyot” fani bilan birgalikda qo‘shib hisoblaganda jami 14 soatni tashkil etardi. Hozir bu ko‘rsatgich 10 soatni tashkil qilmoqda. (bundan 2 soati iqtisodiyot fanlari jumlasiga kiradi)

6 sinflarda joriy qilinayotgan “Science” fanini o‘tish huquqi faqatgina geografiya fani o‘qituvchilariga emas balki, fizika va biologiya fani o‘qituvchilarga ham berilishi geografiya fani o‘qituvchilarining yana bir noroziligiga sabab bo‘lyapti.

“Science” fani faqat 1-6-sinflardagina joriy qilinadigan bo‘lsa, unda nima uchun boshqa sinflarda ham gegrafiya fani o‘quv soatlari qisqartirib yuborilgan? Mana shu savolga ham tushuntirish berilmagan. Geografiya fanining keskin qisqartirib yuborilishi ishsizlik darajasining ko‘payishiga ham ta’sir ko‘rsatishi tabiiy hol.

Misol uchun, ayrim hududlardagi maktablarda o‘quvchi soni juda ozligi uchun sinflar soni ham kam. Shunday joylarda ishlaydigan geografiya fani o‘qituvchilari esa faqat 8 soat dars o‘tish bilan chegaralanib qolishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘qituvchilarning oylik daromadiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘ylaymizki yuqoridagi holatlarni inobatga olib, Xalq ta’limi vazirligi aniq tushuntirish berib, masalani ijobiy tomonga hal etadi.

©Ulug‘bek Po‘latov


👉 @geoedu_uz
#metod_almashish

📌 Agar oʻquvchingiz darsga yigirma minut kechikib kelsa qanday yoʻl tutasiz?

Gruzin pedagogi Shalva Aleksandrovich Amonashvili darsga kechikib kelgan oʻquvchilariga qarab: “Bolajonim keldingmi, darsga kir, toʻgʻrisini aytsam sensiz darsni boshlashim qiyin boʻlib turgandi. Kelganing yaxshi boʻlibdi”,- der ekan.

Oʻquvchi necha bor kechiksa ham ulugʻ gruzin muallimi bolani urushmas, unga psixologik yoʻl bilangina taʼsir qilarkan. Oʻquvchilar ham uning darslariga kechikmaslikka harakat qilar ekanlar. Shalva Aleksandrovich Amonashvili pedagogikada inson shaxsiyatini gumanizm uslubiyati bilan tarbiyalash konsepsiyasini yaratgan edi.

Eng qizigʻi Shalva Aleksandrovichning oʻzi maktab davrida namunali oʻquvchilar sirasiga kirmagan, lekin Ona tili va adabiyot fan oʻqituvchisining pedagogik mahorati tufayli u maktabni aʼlo bahoga tamomladi.

👉 @geoedu_uz

P. S. Siz kech qolgan oʻquvchingizni tarbiyalashda qanday usullardan foydalangansiz? Oʻz tajribangiz bilan oʻrtoqlashing🔻