GEOEDU.UZ
2.93K subscribers
1.23K photos
398 videos
1.3K files
2.87K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
#kun_mavzusi

⚡️Eng muhim xabarlar:

-To‘ylarda 30 kishidan ortiq odam yig‘ish mumkin emas.

-14-sentabrdan barcha maktablar ochiladi.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Kun_mavzusi(hazili)

📌 Onlayn darslardan parcha!

- Abdusattorov berilgan barcha topshiriqlarni 21:00 gacha bajarib elektron pochta orqali yubor

- Ustoz, lekin menda internet deyarli ishlamayapti

- Bu sening muommoying...

- Ok

- Qarang ustoz, pochtangizga yubordim

- Menga hali kelmadiku

- Bu sizni muommoyingiz...



👉 @geografiya_JDPI 👈
#kun_mavzusi

"OLIMPIADA - OG‘RIQLI MAVZU..."

Olimpiada - bolaga hayotning, kattalarning jirkanch tomonini ko'rsatadigan, ertakdagi sehrgar kampir real hayotda xazinani Zumradga emas, Qimmatga berishini oshkor qilib qo'yadigan tadbir.
Bu mavzu shaxsan men uchun bolaligimdan beri og'riqli, eslasam yuragim siqiladi. Har yil rayonda 2-bo'lardim, u paytlar faqat birinchi viloyatga chiqardi. Har yili birinchi o'rinni oladigan raqibim universitetga ham kirmadi. Men yuqori o'rinda grantga kirdim.
Bir yil Toshkent shahar bosqichida hakam bo'ldim, akademik litsey, kollejlar, bir-ikkita 11-sinfi bor maktablar qatnashdi. Yosh, qiziqqon paytlarim edi. Alifni tayoq deydigan('google'ni 'guliguli' deydigan 😁) o'quvchiga 1-o'rinni berasanlar, shaxsan falonchi aytgan deb tizimdagi eng yuqori amaldorni nomini aytishdi. O'quvchiligimda olimpiadadagi adolatsizliklarni ko'rib, kelajakda bu narsani albatta yo'qotaman,deb qattiq ahd qilgan edim. Bolalarcha orzu (ehtimol siz ham bolalagingizda dunyoni o'zgartirib yuborishni orzu qilgandirsiz).
Tabiiyki, bu adolatsizlikka chiday olmadim. Olimpiada bo'layotgan bino orqasiga o'tdim, katta bir davlat idorasida ishlaydigan huquqshunos akam - suyangan tog'imga telefon qildim, akam ham adolatparvar inson. Undan yo'l ko'rsatishini so'radim. ''Bu yerda adolatsizlik bo'lyapti, bunga chidash mumkin emas, qo'limdan keladi, hozir hammasini fosh qilib, olimpiadani buzaman'' dedim.
Akam bosiqlik bilan meni eshitdilar, keyin esa mana bunday dedilar: '' Yaxshi, olimpiadani to'xtatasan, keyin bir-ikki kun o'tib qayta o'tkaziladi, hakamlar ham boshqa qo'yiladi, orasida sen yoki senga o'xshaganlar bo'lmaydi, natija - yana o'sha kattakon aytgan bola chempion bo'ladi. Yaxshisi sen haqiqiy bilimli bolalarni qo'lingdan kelgancha himoya qil, bunchalik keskin kelma''.
Qatnashchilar ichida bitta bola bor edi - Xudo bergan iste'dod. Kerak bo‘lsa hakamlarni hammasiga dars berib qo'yayotgandi. Birinchi o'ringa munosib edi. Talashib-tortishganimdan keyin unga to'rtinchi o'rinni berildi. Eng hayron qoldirgani hakamlar uni mening ''odamim'' deb o'ylashibdi. ''Aqllilik, betgachoparlik qilma, deb qo'ymabsizda unga'' deyishdi 😁.
Tadbirdan qaytayotib o'sha bolani metroda ko'rib qoldim. U yolg'iz, yelkasida kitob to'la ryukzagi(hakamlarga appelyatsiyada fikrini isbotlab berish uchun olgan bo'lsa kerak). Uning yoniga yaqinlashib yelkasiga urib qo'ydim, ''Xafa bo'lma, aslida birinchi o'rin seniki edi, qo'limdan hech narsa kelmadi, kechir'' dedim. Bola hakamdan bunday gap chiqishini kutmagan ekanmi, hayratdan ko'zlari chiqib ketay dedi. ''Menga birinchi o'rin kerak emas''-dedi u qat'iy. ''Faqat ustozimga foydasi tegsin degandimda, ustozim men uchun ko'p mehnat qildilar. Men o'qishimni bitiriboq Amerikaga ketaman, u yerdagi universitetning imtihonlaridan o'tib bo'lganman, grant yutib oldim''. Ikkimiz ham jim bo'lib qoldik. Mahzun bo'ldim... Bu bizning g'aribgina ahvolimiz edi. O'sha bolaning ustozi - haqiqiy ustoz edi. Yelkasiga ryukzagini ilib olgan yigitcha esa - bizning o'zimiz quvib tashlayotgan kelajagimiz edi.

*Ijtimoiy tarmoqlardan olindi


👉 @geografiya_test_video_slayd
#Kun_mavzusi

SUD JARAYONI

Bir bino qulab tushibdi. So‘ng g‘isht, qum va sementni sudga berishibdi. Birinchi g‘ishtni so‘roqlashibdi:⠀
— Seni qamaymiz, seni deb bino quladi desa
g‘isht:⠀
— Meni hech qanday aybim yo‘q, meni qanday qo‘yishgan bo‘lsa shunday turdim debdi.⠀
qumga:⠀
— Barchasiga sen aybdorsan, bino seni deb qulagan desa.⠀
qum:⠀
— Men hech narsa qilganim yo‘q. Meni qanday qorishgan bo‘lsa shunday turdim debdi. ⠀
Oxiri sementga:⠀
— Bino seni deb qulagan, sen aybdorsan desa,⠀
Sement:⠀
Meni bunga qo‘shmanglar, men bularni orasida yo‘q edim debdi.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOGRAFIYA JDPU (Davronxo‘ja | 🇺🇿)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_mavzusi

Imtihonga kirgan talabaning bilmagan savoli tushib qolsa 🤣🤣🤣

P. S. Barcha talabalarga yakuniy nazorat imtihonlarida omad tilaymiz!


👉 t.me/geografiya_JDPI
#kun_mavzusi | #abituriyent | #sher

📌 ​​​​Mandat qachon chiqarkin?

Goh yig‘ladik, goh kuldik,
Toqatni ham toq qildik,
Soniya o‘tar yildek,
Mandat qachon chiqarkin?

SMSlar mum yutgan,
Click bizni unutgan,
Bizlar intiqib kutgan
Mandat qachon chiqarkin?

Mandat bugun chiqarmish,
Yo‘g‘ey indin chiqarmish,
Hamma yoq emish-emish,
Mandat qachon chiqarkin?

Juftimni toq etdi-ey,
Toqatim toq etdi-ey,
Uff, cho‘zilib ketdi-ey,
Mandat qachon chiqarkin?

Javob chiqmasdan oldin,
Hamma bo‘ladi "folbin",
"Fol ochmaysanmi?", Yolqin,
Mandat qachon chiqarkin?

Yurak ham taka-puka,
Hayeee boriga baraka,
Ayting, DTM aka,
Mandat qachon chiqarkin?

© Yolqin Muqimov

P. S. bu ketishda baʼzi abituriyentlar shoir boʻlib ketmasa boʻlgani 😅


👉 @geografiya_test_video_slayd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_mavzusi

Xalq ta’limiga yordam beryabmiz...

P. S. Bir kulgim kelsa, bir yig‘lagim keladi 😢


👉 @geografiya_test_video_slayd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_mavzusi | #abituriyent

☝️☹️ Ana, mandat kelyapti!

P. S. 5-6-avgust kun imtihon topshirgan abituriyentlarga sabr tilaymiz.

❗️Nizomga ko'ra, tanlov natijalari 30-avgustga qadar e'lon qilinishi kerak.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_mavzusi

❗️Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi O‘zbekiston uchun jiddiy tahdid - Kiyevdagi o‘zbek jurnalisti

21 fevral oqshomida Rossiya prezidenti, Ukraina sharqida o‘zini o‘zi mustaqil, deb e’lon qilib olgan Donesk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikalarini mustaqil, deb tan oldi. Buning ortidan Ukraina-Rossiya chegarasida vaziyat keskinlashib ketdi, tarmoqlarda rus harbiy texnikalari Doneskda harakatlanayotgani qayd etilgan videolar tarqaldi.

Kiyevda so‘nggi vaziyat va u yerdagi o‘zbekistonliklar haqida, Ukrainada yashayotgan o‘zbekistonlik jurnalist Malohat Eshonqulova so‘zlab berdi.


👉 @geoedu_uz
GEOEDU.UZ
#kun_mavzusi | #kun_savoli Ushbu xaritada Ukraina davlati qaysi raqam bilan tasvirlangan?
#kun_mavzusi | #kun_savoli

Yuqoridagi xaritada Ukraina davlati qaysi raqam bilan tasvirlangan?
Anonymous Quiz
7%
1
73%
2
17%
3
3%
4