#Imlo_qoidasi
📍MANZILLAR IMLOSI
Ko‘pchilikning talabiga binoan, bugun manzillarni to‘g‘ri yozishni o‘rganamiz.
1. Manzil qismlari «kattasidan kichigiga qarab» qoidasi asosida yoziladi:
Misol: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani.
2. Manzil qismlarga bo‘lingan holda bir-biridan vergul bilan ajratiladi:
Misol: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasi, 44-uy, 66-xonadon.
3. Manzilni ifodalovchi so‘zlarni qisqartirib yozish mumkin. Qisqartmalarga nuqta qo‘yiladi:
viloyat — vil.
shahar — sh.
tuman — tum.
ko‘cha — ko‘ch.
uy/xonadon — matnni qisqartirish maqsadida bu so‘zlarni yozmasa ham bo‘ladi.
Misol: Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tum., Parkent ko‘ch., 44-uy, 66 (yoki 44/66).
4. Uyning raqami litera, ya’ni harf bilan ifodalansa, u sondan keyin joy qoldirmay kichik harf bilan yoziladi, qo‘shtirnoqqa olinmaydi.
Misol: Parkent ko‘chasi, 44a-uy; Parkent ko‘ch., 44a.
👉 @geoedu_uz

Quyosh ☀️ | Oy 🌓 | Yer 🌏
Quyosh, oy va yer soʻzlari bosh harfda yoziladimi, yoki kichik harfda?
Bu ularning gapda qaysi maʼnoda ishlatilishiga bogʻliq.
Agar soʻz osmon jismlari maʼnosida ishlatilsa, bosh harf bilan yoziladi:
Quyosh sistemasida 8 ta sayyora mavjud. Oy Yer atrofida aylanadi, Yer esa Quyosh atrofida harakatlanadi.
Lekin: quyosh tutilishi, quyosh chiqdi, quyosh energiyasi, oy nuri.
Boshqa barcha hollarda bu soʻzlar gapning boshida kelmasa, kichik harfda yoziladi: quyoshda qoraygan bolalar, quyoshga qoʻyib quritdi, oy shaklidagi bezak, oy shuʼlasida kitob oʻqimoq, yer qaʼri, obod yerlar.

❗️Chiziqcha qo‘yiladimi-yo‘qmi?
O‘zbek tilidagi lotin yozuvida yil va oylar (sanalar) arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 60-yillar, 1991-yilning 1-sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr.
Agar kirill yozuvida yozilsa, yil va oylarni ko‘rsatuvchi raqamlardan so‘ng chiziqcha (-) qo‘yilmaydi: 60 yillar, 1991 yilning 1 sentyabri.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

💰 Pul birliklari imlosi
Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan pul birliklarining belgili shaklini moliya va iqtisod sohasiga oid, shuningdek, moliyaviy hisob-kitoblarni o‘z ichiga olgan maxsus adabiyotlarda qo‘llagan ma’qul.
Misol uchun: soliq summasi 1280 $, umumiy qiymati 500 €, saldo 53 200 ₽.
$ — dollar
€ — yevro
₽ — rubl
Xalqaro amaliyotda bu belgilarning sondan avval qo‘yilishi keng tarqalgan, bizda esa o‘qilishi oson va tartibi to‘g‘ri bo‘lishi uchun sondan keyin qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak.
$1280 ❓
1280 $ ✅
1280 AQSH dollari ✅
€500 ❓
500 € ✅
500 yevro ✅
₽53 200 ❓
53 200 ₽ ✅
53 200 rubl ✅
P. S. Ushbu ma’lumot xatoliklar telegram kanalidan olindi.

📌 Prezident yoki prezident?
Prezident so‘zi faqatgina bosh harf bilan emas, kichik harf bilan ham yozilishi mumkin.
Davlat oliy mansabini ifodalashda bosh harf bilan yoziladi:
— O‘zbekiston Respublikasi prezidenti ❌
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ✅
— «O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun ❌
— «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun ✅
Boshqa barcha hollarda, agar so‘z gap boshida kelmasa, kichik harf bilan yoziladi:
— O‘zbekistonda Prezident saylovlari ❌
— O‘zbekistonda prezident saylovlari ✅
— Bizning Birinchi Prezidentimiz ❌
— Bizning birinchi prezidentimiz ✅
— Qabul qilingan Prezident qarorlari ❌
— Qabul qilingan prezident qarorlari ✅
— O‘FA Prezidenti ❌
— O‘FA prezidenti ✅

#imlo_qoidasi
📌 HARORAT ORALIGʻI QANDAY IFODALANISHINI BILASIZMI?
Odatda haroratlar oraligʻini ifodalashda koʻpchilik xatoga yo'l qo'yadi. Xoʻsh aslida qanday?
Eng koʻp ishlatiladigan usullar:
10–15 °C iliq ✅
10–15 °C sovuq ✅
+10 dan +15 °C gacha ✅
+10 dan +15 gradusgacha ✅
+10 gradusdan +15 gradusgacha ✅
−2 dan +10 °C gacha ✅
−2 dan +10 gradusgacha ✅
Selsiy boʻyicha −2 dan +10 gradusgacha ✅
+10...+15 °C ✅
−10...−15 °C ✅
❗️ Minus va tire ketma-ket kelib, chalkash holat paydo boʻlgani uchun mana bunday shakldan foydalanmaslikni tavsiya etaman:
−10 – −15 °C ❌
+10 – +15 °C ❌
° belgisini chiqarish uchun Windowsda ALT+0176 tugmalarini bosish kerak.
Maxsus minus belgisi (−)ni MS Word dasturida belgilar qatoridan topish mumkin. Lekin amaliyotda uning oʻrniga defis (-) yoki oʻrtacha tire (–) ishlatish odat tusiga kirgan.
Temperatura oʻlcham birliklari ichida Selsiy (℃), Farengeyt (toʻgʻrisi – Farenheyt, ℉) va Kelvin (K) shkalalari mashhur. Bundan boshqa shkalalar ham bor.
Selsiy boʻyicha 100 daraja haroratning Farenheyt va Kelvindagi koʻrinishi:
100 ℃ = 212 ℉ = 373,15 K
Shkalalarning barchasi olimlar nomiga qoʻyilgan va bosh harf bilan yoziladi.
🏷 Mavzuga aloqador postlar:
• Quyosh, oy va Yer...
• Pul birliklari imlosi.
• Prezident yoki prezident?
• Manzillarni yozish qoidalari.
• Yillarni yozishdagi imlo qoidalari.

❗️Metis, mulat, sambo va kreol: farqi nimada?
Turli adabiyotlarda bu soʻzlarga duch kelamiz. Ular nimani anglatadi?
Sarlavhadagi soʻzlarning isteʼmolga kirishi istilochilik davri bilan bogʻliq.
Metis – turli irqqa, masalan, yevropaliklar bilan hindularga mansub er-xotindan bunyodga kelgan avlod; duragay.
Mulat – oq tanli (yevropeoid irqiga mansub)lar va qora tanlilardan tugʻilgan avlod, nasl.
Sambo – hindular va qora tanlilar nikohidan tugʻilgan avlod.
Kreol – istilochilik davrlarida Amerika, Afrika va Osiyoda turli irq va millatlar qoʻshilishidan paydo boʻlgan avlod.
Ushbu soʻzlar hududlarga koʻra turlicha maʼno tashishi mumkin. Masalan, Oʻrta Osiyoda mongoloid va yevropeoid irqiga mansublardan tugʻilganlar metis deb ataladi.