GEOEDU.UZ
2.94K subscribers
1.23K photos
398 videos
1.3K files
2.87K links
Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal.

Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev

ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027

― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot
― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Download Telegram
#geo_izoh

📌 Antiklinal va sinklinal

Antiklinal
Sinklinal

👉 @geoedu_uz
#geo_izoh

Boykot - biror shaxs, tashkilot yoki davlatga eʼtiroz sifatida ular bilan tovar olish, sotish yoki ish koʻrishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishga aytiladi. Boykot isteʼmolchilar huquqlarini himoyalash yoki siyosiy sabablarga binoan qilinishi mumkin.


👉 @geoedu_uz
#geo_izoh

Bug‘Ianish (Evaporation) - suvning suyuq holatdan gaz holatiga, bug‘ga aylanishiga aytiladi. Bunda suv molekulalari suv yoki nam yuzadan ajralib chiqib havoga o‘tadi.

Kondensatsiya (Condensation) - havodagi namning bug‘ holatdan suyuq holatga o‘tishi.

Sublimatsiya (Sublimation) - havodagi namni bug‘ holatdan qattiq holatga o‘tishi. Kechasi havo harorati 0° dan past bo‘lsa, suv bug‘lari qattiq holatga o‘tadi va qirov hosil bo‘ladi.


👉 @geoedu_uz
GEOEDU.UZ
1-dars. Yo’nalish azimuti va uni aniqlash (@geoedu_uz).pdf
#Geo_izoh

📌 Mavzu bo‘yicha bilishingiz kerak bo‘lgan atamalar:

Azimut
- shimol yo'nalishi bilan biror predmet yo‘nalishi orasida hosil bo’lgan burchak. Azimut - arabcha as-sumut – yo’l degan ma’noni anlatadi.

Oriyentirlash - joyda boshlang’ich deb qabul qilingan nuqta yoki chiziqqa nisbatan o’z o’rnini aniqlash.

Rumb burchagi - meridianning
yaqin tomoni bilan yo’nalish chizig’i orasida hosil bo’lgan burchakka aytiladi. Rumb burchagi 0° dan 90° gacha o’lchanadi.

Direksion burchak - o’q meridian yoki unga parallel bo’lgan absissa
chizig’ining shimol tomoni bilan yo’nalish chizig’i orasida hosil bo’lgan burchakka aytiladi. Direksion burchak ham azimut burchagi singari 0° dan 360° gacha soat mili yo’nalishi bo’yicha o’lchanadi.


👉 @geoedu_uz
GEOEDU.UZ
2_dars_Balandlikka_ko’tarilgan_sari_ufq_chegarasining_kengayishi.pdf
#Geo_izoh

📌 Mavzu bo‘yicha bilishingiz kerak bo‘lgan atamalar:

Ufq (gorizont) - (yunoncha «gorizont»-cheklayman) tekis, ochiq, keng joyda kuzatuvchiga osmon gumbazi bilan yer tulashgandek ko'rinadigan chiziq.

Ufq (gorizont) tekisligi - yer yuzasining ochiq, tekis yerda atrofimizda ko'rinadigan qismi deyiladi.

Маsshtаb — jоy plаni, хаritа, chizmаlаrdаgi nuqtаlаr оrаsidаgi uzunlikning jоydаgi mаsоfаlаr uzunligigа nisbаti. Маsshtаb uch хil bo‘lаdi: sоnli, chiziqli vа nоmli (izоhli).


👉 @geoedu_uz
GEOEDU.UZ
3-dars.Nuqtaning geografik kengligi va uzunligi (@geoedu_uz).pdf
#Geo_izoh

📌 Mavzu bo‘yicha bilishingiz kerak bo‘lgan atamalar:

Meridian
(tush chizig'i) - geografik qutblarni tutashtiruvchi yer yuzasidan shartli o’tkazilgan eng qisqa chiziq.

Parallellar - yer yuzasida ekvatorga parallel qilib shartli ravishda o’tkazilgan aylana chiziqlar.

Daraja to’ri (gradus to’ri) - meridian va parallel chiziqlarning globus va xaritalardagi tasviri natijasida hosil bo’ladigan to’r.

Geografik kenglik - ekvatordan berilgan nuqtagacha bo'lgan meridian yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligi.

Geografik uzunlik - bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo’lgan parallel yoyining daraja (gradus) hisobidagi uzunligi.

Geografik koordinata - yer yuzidagi har bir nuqtaning geografik kengligi va uzunligi.


👉 @geoedu_uz
#Geo_izoh

📌Mavzu bo‘yicha bilishingiz kerak bo‘lgan atamalar:

Litosfera
- (yunoncha litos tosh, sfera qobiq) yerning qattiq tosh qobig‘id .

Neytral qatlam - yer yuzasidan ma’lum chuqurlikda haroratning doimiy o'zgarmay turadigan qatlami.

Geotermik gradiyent - yerning ichiga tomon har 100 metr chuqur tushgan sari haroratning ma’lum bir qiymatga o’zgarishi.

Geotermik bosqich - haroratning 1°C oshishi uchun zarur bo'lgan chuqurlik.

Astenosfera - yer mantiyasining yuqori qatlami bo‘lib, zichligi, qovushqoqligi va mustahkamligi nisbatan past bo‘ladi.

Moxorovichich yuzasi (yoki qisq Moxo chizig'i ) - yer po‘sti bilan mantiya orasidagi chegara.


👉 @geoedu_uz
#Geo_izoh

📌 Exolot (exo va lot) — gidroakustik signallar (aks-sado) yordamida suv chuqurligini oʻlchash uchun moʻljallangan navigatsiya asbobi. Ishi kemaga oʻrnatilgan ultratovush (UT) ni uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma (vibrator) dan uzatilgan tovush signallari suv tubiga borib, qaytib kelguncha oʻtgan vaqtni oʻlchashga asoslangan. Maxsus elektr generator vibratorga dambadam elektr impulslarini yuborib turadi, vibrator ularni akustik tebranishlar (tovush)ga aylantirib uzatadi. Suv tubidan qaytgan akustik tebranishlarni oʻsha vibratorning oʻzi qabul qilib, ularni elektr impulslariga oʻzgartiradi. Kuchaygan impulslar chuqurlik indikatoriga kelib tushadi. Bu indikator impulslarning borib kelishi uchun ketgan vaqtni aniqlaydi. Bu qiymatni maxsus formulaga qoʻyib, suvning chuqurligi topiladi. Exolotlardan suv chuqurligini oʻlchashdan tashqari baliq toʻdalarini topish, suv osti kemalarining oʻrnini aniqlash, tovush tarqatuvchi qatlamlarni tadqiq qilish, suv osti tuprogʻining turini aniqlash va boshqalar gidroakustik oʻlchashlar uchun ham foydalaniladi.


👉 @geoedu_uz
GEOEDU.UZ
7_dars_Okean_suvining_sho’rligi_va_haroratini_aniqlash_@geoedu_uz.pdf
#Geo_izoh

📌 Mavzu bo‘yicha bilishingiz kerak bo‘lgan atamalar:

Suvning sho'rlik darajasi
- 1 litr suvdagi erigan moddalarning gramm yoki promille (‰) hisobidagi miqdori.

Promille - [lot. pro mille – mingga, mingtaga] biron-bir sonning mingdan bir ulushi.

Chuchuk suv - tuz miqdorining 1 litr suvda 1 grammdan kam bo'lishi.

Sho‘r suv - tuz miqdorining 1 litr suvda 1 grammdan ko‘p bo'lishi.


👉 @geoedu_uz