GB Techno Park
283 subscribers
25 photos
4 videos
2 files
24 links
Biz O‘zbekistonlik mutaxassislarini Gyeonsang Buk-dodagi a’lo kompaniyalarga hech qanday to‘lovlarsiz yollaymiz.
Download Telegram
❤1
📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌Onlayin intervyu topshirmoqchi bulganlardan uzr so'raymiz~
Bugun ishtirokchi haddan tashqri ko'p bo'lganligi sababli onlayn intervyularga korxonalar ulgurishmayapti
To'g'ri tushunasiz degan umiddamiz!
Bekor bo'lgan uchrashuvlar qayta tashkillashtiriladi. Intervyu uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlarning ma'lumotlari Korxonalarga yuboriladi~
👍5👎5
Uchrashuvi avvaldan belgilangan va alohida uchrashuv rejasi shaxsiy chatga yuborilganlar bilangina onlayn uchrashuvlar bo'ladi holos.!!!!
👍2
Toshkent Axborot Texnalogiyalari Unveristetida tashkil etilgan "Mehnat yarmarkasi" !
📌 #VAKANSIYA

🏢 Signal Care
💻 Lavozim: Xorijiy xaridorlarni jalb qilish/Eksport muzokaralari va mijozlar bilan ishlash
Mikroorganizmlar fermentatsiyasiga asoslangan ozuqa xomashyosi R&D
🌐www.signalcarecorp.com

💡 Kompaniya haqida:
Uy hayvonlari uchun oziq -ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish.(Profusion 50F)

✅ Talablar:
-Tashqi savdo va biznes boshqaruvi/Mikrobiologiya va oziq-ovqat muhandisligi.
-TATU/Turin Universiteti diplomi + 1 yillik rasmiy staj (my.gov.dan) yo TOPIK 2 sertifikati
- ADJU/INHA/Bucheon Universiteti bitiruvchilari
- 3 yildan ko‘p rasmiy ish tajribasi (my.gov.dan)
❗️ Visa uchun yuqoridagi talablarning biri majburiy
❗️ Yakuniy tanlov suhbat natijasiga qarab belgilanadi


💼 Ish sharoiti:
⏰ Ish vaqti: 08:00 – 17:00
💰 Yillik maosh: 35,000,000 von
📍 Manzil: Gyeongsangbuk-do
🚍 Transport: Yo'q
🏠 Yotoqxona: Mavjud

🎁 Imtiyozlar:
Oilaviy tadbirlar uchun yordam
Yotoqxona


📩 Ingliz tilida resume tayyorlab,yuboring!👇
@Mamura_AKH
📢 Vakansiya bo‘yicha yangilik

6-may kuni e’lon qilingan Signal Care korxonasi vakansiyasi uchun qabul jarayoni yakunlandi.


✅ Qabul qilingan nomzodlarning ma’lumotlari korxonaga yuborildi.

📌 Endilikda kompaniya tomonidan saralash jarayoni olib boriladi va 1-bosqich natijalari taxminan 2 hafta ichida taqdim etilishi kutilmoqda.(20may~15 iyun orasida)

📢 Natijalar kelishi bilan kanal orqali ma’lum qilib boramiz.

Barcha nomzodlarga omad tilaymiz 🍀
🌟 Yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun bizni kuzatishda davom eting!
📢 Dasan korxonasi bo‘yicha yangilik
Dasan firmasi bo‘yicha ro'yxatdan o'tgan, "Job fair " da intervyu topshirgan barcha nomzodlar
bo‘yicha saralashning navbatdagi bosqichi yakunlandi.

📌 Saralash natijalariga ko‘ra, keyingi bosqichga tavsiya qilingan nomzodlarga kompaniya tomonidan individual tarzda bog‘laniladi.
(email orqali koroxona tomonidan alohida xabar yuboriladi)

🔒 Nomzodlarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiy hisoblangani sababli, ism-familiyalar kanalda e’lon qilinmaydi.

‼️Telegram yoki email orqali korxonadan xabar olmagan barcha nomzodlar saralashdan o'ta olmagan deb hisoblanib boshqa vakansiyalar bo'yicha qayta o'z nomzodlarini ko'rsatishlari mumkin!

Barcha ishtirokchilarga keyingi imkoniyatlarda omad tilaymiz 🍀

🌟 Yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun bizni kuzatishda davom eting!
❤1😴1
Ish beruvchi korxonalar bilan intervyu jarayoni qanday o‘tadi?

Koreya korxonalarida intervyu jarayonida nafaqat bilim, balki nomzodning mas’uliyati va munosabati ham muhim hisoblanadi.

📌 Odatda quyidagi jihatlarga e’tibor beriladi:
✅ O‘zini tanishtirish
✅ Mutaxassislik bo‘yicha asosiy bilim
✅ Ish tajribasi
✅ Koreyada ishlash motivatsiyasi
✅ Mas’uliyat va moslashuvchanlik

💡 Muhim:
Intervyuda koreys tilini boshlang‘ich darajada bilish ham katta bo'lmasada ustunlik hisoblanadi. Eng muhimi — oddiy, aniq muloqot va yaxshi munosabat.
🎯 Tavsiya:
Intervyuga kirishda ishonchli, aniq va tushunarli javob berishga harakat qiling.
📌 Eslatma:
Har bir kompaniyaning intervyu talablari va baholash mezonlari farq qilishi mumkin. Bu yerda keltirilgan ma’lumotlar umumiy tavsiyalar hisoblanadi.


📢 Keyingi postlarda E-7 vizasi va intervyu bo‘yicha foydali ma’lumotlarni davom ettiramiz.
👍2
🇰🇷 Gyeongsangbuk-do Job Fair bo‘yicha yangilik
30-aprel va 1-may kunlari bo‘lib o‘tgan Job Fair’da intervyu topshirgan nomzodlar uchun saralash jarayonlari yakunlandi.

AJIN, NEOTECH, DS HITEC, JUWON, Creamoff, Signal Care, Korea Food, Aitron, JSmart Solutions korxonalari saralash natijalari e'lon qilindi.Saralashdan o'tgan nozmodlarga shaxsiy kontaktlariga habar yuborildi.

📌 Jarayon kompaniyalarning ichki ko‘rib chiqish bosqichlariga bog‘liq bo‘lgani sababli kanalda ochiq e'lon qilinmaydi.

📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌
Korxonalardan habar olmagan nomzodlar saralash bosqichidan o'tmagan deb hisoblashlari va qayta yangi vakansiyalar bo'yicha o'z nomzodlarini ko'rsatishi mumkin!

📢 Barcha ishtirokchilarga keyingi bosqichlarda omad tilaymiz!✊
📢 Yaxshi yangilik!
Gyeongsangbuk-do viloyatining E-7 viza loyihasi doirasida tanlab olingan birinchi nomzodimiz Koreyaga muvaffaqiyatli yetib bordi! 🇰🇷✈️
Bu — loyihamiz doirasida olib borilgan ishlarning amaliy natijasi bo‘lib, nomzodlarimiz uchun Koreyada qonuniy ish faoliyatini boshlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
Shuningdek, DASAN korxonasiga ishga qabul qilingan yana 4 nafar nomzodning viza rasmiylashtirish jarayonlari ham ayni paytda davom etmoqda. Hozirda ular Koreyaga ketish uchun kerakli hujjat va viza bosqichlaridan o‘tishmoqda.

Nomzodlarimizga Koreyadagi yangi ish faoliyatida muvaffaqiyat, baraka va ulkan yutuqlar tilaymiz! 🌟
👍9❤1
📢 📢 📢 📢 📢 📢 📢
Hurmatli kuzatuvchilar!
🇰🇷 Janubiy Koreyada ishlash imkoniyatlarini izlayotgan nomzodlar uchun yangi vakansiya bo‘yicha navbatdagi qabul!

🏢 Kompaniya: ㈜엔와이티 (NYT)
(Avtomobil Press qoliplari va generator yadrosi (core) qismlari.)
Veb-sayt: www.nyt2022.com
💼 Lavozim: Avtomobil ehtiyot qismlari uchun press qoliplarini loyihalash va ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassis
📍 Ish joyi: Gyeongsangbuk-do, Gyeongju shahri
💰 Yillik maosh: 31,120,000 von
⏰ Ish vaqti: 08:00–17:00
🏠 Yotoqxona: Korxona yotoqxonasi mavjud
Qo‘shimcha imtiyozlar: to‘y, dafn marosimlarda ijtimoiy yordam, ovqat bilan ta'minlash
🎯 Asosiy talab:
Mutaxassisligi: Mexanika muhandisligi yo‘nalishi
Yoshi: 25 yoshdan katta
Ish tajribasi: 1 yil va undan ortiq

📩 Talablarga mos nomzodlar CV bilan murojaat qilishlari mumkin.
@Mamura_AKH

✨ Kelajagingizni Janubiy Koreyada quring!
🔥3❤‍🔥1👍1
🔥3👍1
📢 NYT KORXONASI BO‘YICHA SARALASH NATIJALARI
Hurmatli kuzatuvchilar!
NYT korxonasiga ishga joylashish uchun 11–25-sentabr kunlari qabul qilingan nomzodlarning hujjatlari oktabr oyi boshida korxonaga taqdim etilgan edi.
📌 Korxonadan olingan rasmiy javobga ko‘ra, taqdim etilgan nomzodlar orasida saralashning ushbu bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganlar bo‘lmadi.
Barcha nomzodlarga ishonch va ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz.
💼 Biz yangi ish imkoniyatlari va vakansiyalar ustida ishlashda davom etamiz.
🔔 Yangi vakansiyalar va tanlovlar haqidagi e’lonlarni kuzatib boring!
🇰🇷 Janubiy Koreyada karyera sari yangi imkoniyatlar hali oldinda!