G'azna
6.35K subscribers
175 photos
36 videos
194 links
Data-jurnalist Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali.

Davlat pullari nimaga ishlatilayotgani, qanday qiziqarli holatlar bo'layotganini kuzataman va bo'lishaman.

Murojaat: @gaznabot

Loyihaga yordam: 8600030492643808
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Deyarli 14 milliard so'mlik film

Shu yilni 9-may kuni deyarli 14 milliard so'm sarflangan "O'zbek qizi" filmining premyerasi bo'larkan. Bu filmni olishga motivatsiya 2019-yilning oktyabrida paydo bo'lgan. O'shanda prezidentni Ikkinchi jahon urishi g'alabasini 75 yilligini (2020-yil) nishonlash bo'yicha farmoni imzolangan.

Shu farmon asosida "O'zbek qizi"ni suratga olish boshlanib ketgan. Xullas bu film 2022-yilda eng ko'p harajat qilingan (11,3 mlrd so'm) filmlardan biri, umimiy hisobda 13,8 milliard so'm sarflangan.

Filmni Cinema of Central Asia suratga olgan, rejisyor Akbar Bekturdiyev, studiya rahbari, tushunishimcha uning rafiqasi, Feruza Bekturdiyeva.

Feruza Bekturdiyeva bilan aloqaga chiqib, filmni tizeri bilan bo'lishishni iltimos qildim, lekin haligacha olomadim, mayli backstageni ko'ringlar.

Avval xususiy studiyaga bizni hisob bilan yirik byudjetli filmni berganlariga xursand bo'lgandim, lekin studiya 2019-yilning martida tuzilgani va "O'zbek qizi" dan tashqari boshqa filmlarini topolmaganim uchun, bu filmni suratga olinishi va uni aynan Cinema olishi avvaldan aniq bo'lgandek tuyulyapdi.

Lekin tan olish kerak Akbar Bekturdiyev yaxshigina tajribaga ega rejisyor ekan.

Demak kutamiz, 9-may, deyarli 14 milliardlik film, pullar bekorga sarflanmadi degan umiddaman.

@gazna1
O‘zbekistonda referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun 182 milliard 386 million so‘m ajratish rejalashtirildi

Taqqoslash uchun, 2019-yilda parlament va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlarda davlat byudjetidan 230 milliard 500 million so'm ajratilgan.

To'g'risini aytsam 2019-yilgidan kam bo'lmaydi harajat deb o'ylagandim, reklama va boshqa narsalar uchun narxlar hozir qimmatlashgan. Kamchiqimroq qilishayotgani yoqyapdi.

Lekin rostan kamchiqimmi yo'qmi bilish uchun smetani ko'rish kerak, yaqin orada ko'ramiz degan umiddaman.

@gazna1
1,3 milliard so'mlik "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik"

Mart oyining o'rtalarida Davlat bojxona qo'mitasi o'zining esdalik kitob-albomini chop etish bo'yicha tender o'tkazdi.

Kitobning nomi: "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik". U Davlat bojxona xizmati organlarining 30 yilligiga bag'ishlanadi.

Tenderda tanlovlarda aktiv qatnashib keladigan "Kolorpak" yutgan. Bu tashkilot "Zo'r TV" va uning egalariga tegishli. Buni shunchaki ma'lumot uchun aytdim.

Protokolda punktlar bo'yicha ballar g'alati taqsimlangan. Juda ko'p nashriyotlardan faqatgina ikkitasi qatnashganiyam g'alati. Uni ustiga qatnashgan ko'plab tenderlarida g'alaba qozonadigan "Kolorpak" yana g'alaba qozongan)))

Mayli, konsperologiya qivordim.

Asosiy mavzuga qaytsak. 1,3 milliardlik kitob, betlar soni 300 atrofida, 2 tomda. Bojxona qo'mitasi bunaqa xajmdagi kitobda qanday ma'lumotlarni joylagani qiziq.

Juda bir muhimligi bo'lganki 2 ta kitobga shuncha sarflashga qaror qilishgan. Biz ham ko'rsak yaxshi bo'lardi tayyor bo'lganida, pdf ni tashlab bersangiz ham xursand bo'lardik😁

@gazna1
G'azna
1,3 milliard so'mlik "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik" Mart oyining o'rtalarida Davlat bojxona qo'mitasi o'zining esdalik kitob-albomini chop etish bo'yicha tender o'tkazdi. Kitobning nomi: "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik". U Davlat bojxona…
Aniqlik kiritilishicha, bu yerda ikkita dona kitob haqida emas, 2000 ta kitob narxi keltirilgan.

O'zim ham hayron qoldim har bitta tom 650 million so'mdan tushibdimi deb.

Xullas, hozir har bir kitob (2 tom) 650 ming atrofiga to'g'ri kelyapdi.

@gazna1
G'azna
1,3 milliard so'mlik "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik" Mart oyining o'rtalarida Davlat bojxona qo'mitasi o'zining esdalik kitob-albomini chop etish bo'yicha tender o'tkazdi. Kitobning nomi: "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik". U Davlat bojxona…
Ushbu masala bo'yicha Davlat bojxona qo'mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning izohi:

"Mazkur kitob ustida alohida ishchi guruh faoliyat yuritdi. Juda katta ma’lumotlar bazasi kiritildi va bojxonaning barcha qirrasi ochib berildi-ki, oddiy kitobxon uchun ham qiziqarli bo‘ladi degan umiddaman.

Tender jarayonlari barchasi shaffof va onlayn. Shu sababli, shubha va gumonlar ortiqcha.

Kitob chop etilgach, keng jamoatchilik, jurnalistlar va blogerlarni ham taklif qilib, taqdimotini o‘tkazamiz. Ishonamizki, kitobni sahifalab ko‘rgach, fikringiz o‘zgaradi.

Kitob-albom. 2 ta tom. har bir tom 325 ming so‘mga aylanyapti. Katta hajmdagi kitob-albomlarning bozorda va savdo rastalaridagi narxlari bilan taqqoslab ko‘rishingiz mumkin.  Narx masalasida sun’iy oshirib ko‘rsatish, qandaydir korrupsion sxemalar haqida shubha-gumonlarga hojat yo‘q deb o‘ylayman. Barchasi shaffof o‘tdi"

Izoh aslida post chiqqanidan 10 daqiqa o'tib berilgandi, ba'zi ishlar bilan bo'lib yaxshi e'tibor qaratolmadim. Tezkor izoh uchun rahmat.

@gazna1
Budjetga tushadigan daromadlar orasida eksport-import katta rol o'ynaydi. Shu sababdan ora orada bu ko'rsatkichlarni ko'rib boraman.

Hozir bir narsani payqadim. 2018-yilgacha jismoniy shaxs, ya'ni MChJ yoki shunga o'xshash yuridik shaxsga ega bo'lmagan oddiy fuqaro chet elga hech nima eksport qilmagan ekan. Chunki qilolmagan.

Qonunan imkoni bo'lgan, lekin juda kam hajmda va faqat so'mda. Ha, sizdan narsa sotib oladigan odam sizga so'm to'lashi kerak bo'lgan. G'alati qoida.

Bojxona qo'mitasiga telefon qilib shu masalani so'radim. Aytishlaricha rostan ham 2018-yilgacha oddiy fuqaro nimanidir chiqib sotaman desa yaxshigina qiyinchiliklar bo'lgan ekan.

Endi qarang, 2017-yilgi valyutani erkin ayirboshlash, keyinchalik esa erkin savdoga qo'yilgan qadamni deb necha pullik tovar eksport qilganmiz.

Avvaliga 60 million dollargacha yetgan, keyinchalik katta ehtimol bilan koranavirus ta'siri, kamayib ketgan.

Xullas, qo'shni G'ishmat aka o'zini piyozini sotish uchun qanaqadir tashkilotlar bilan kelishishi kerak bo'gan oldin, hozir bemalol o'zi chiqib sotvoruradi.

Yozda qishloqdan tarvuzlani olib sotib kesammikan manam😁

@gazna1
Moliya vazirligi 2023-yilda aholiga SMS-xabarnomalar yuborish uchun 1 milliard 670 million so'm sarflayapdi

Tender vazirlik qoshidagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan kecha o'tkazildi. Bu pullarni sarflab, aholiga qanday muhim ma'lumot yetkazishmoqchiligini bilolmadim. Markaz bilan bog'lanishni iloji bo'lmadi.

Hozircha "Open budjet" bilan bog'liq xabarnomalar yuborilishidan boshqa tahminim yo'q.

Yana bir jihat. Tender o'tkazilishida ishtirokchi kamida 5 yillik tajribaga ega bo'lishi kerakligi talabi qo'yilgan. 2 ta firma qatnashgan bo'lsa, biri 2013-yilda, ikkinchisi 2021-yilda ochilgan.

Odatda ikkinchisi tender talablariga javob bermaganligi uchun diskvalifikatsiya qilinib, ishtirokchi bitta o'zi qolgani uchun, boshqatdan o'tkazilardi. Balki Markaz shoshgandir, kim bilsin.

Bog'lanib aniqlik kiritish imkoni bo'ladi degan umiddaman. Hozircha g'olibi avvaldan ma'lum bo'lgan tender hidi kelyapdi))

@gazna1
Bu post davlat xaridi bilan bog'liq emas, ta'lim bilan bog'liq

Xushnudbekning kanalida Magistratura va doktoranturaga talab etiladigan til seritifikatlari ro'yxati yangilangani haqidagi xabarni o'qib qolgandim.

Keyin ancha vaqt davomida o'rganib bordim. Bu yerda ba'zi qiziq jihatlar bor. Ya'ni uchta til bo'yicha ba'zi sertifikatlar endi o'tmasligi aytilgan, bu o'zgarish Oliy ta'lim vaziri buyrug'iga asosan qilingan.

Endi sal oldinroqqa qaytsak, 2021-yilda imtixonlarda qabul qilinadigan sertifikatlar ro'yxatini e'lon qilgandi. Uni Vazirlar mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi bilan Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tuzib chiqqan.

Vazirlik shu ro'yxatda bo'lgan 3 ta sertifikatni olib tashlab, o'zi bitta qo'shdi.

Olib tashlangan sertifikatlar orasida Cambridge Assessment English Linguaskill ham bor.

2019-yilgi Vazirlar mahkamasining qarorida Linguaskill qabul qilinadi deyilgan, bu hozirgacha amal qiladigan qaror, uni Bosh vazir imzolagan. Ta'lim vaziri esa o'zini bir buyrug'i bilan uni olib tashladi.

Bu sertifikat bo'yicha 6 mingdan oshiq odam imtixon topshirib, uni qo'lga kiritgan degan ma'lumot berilgandi, endi ularning taqdiri nima bo'ladi?

O'zi umuman, qanday qilib vazirlik, Vazirlar mahkamasi qarori asosida kiritilgan ro'yxatga o'zgartirish kiritib yubordi? Yoki man nimanidir o'tkazib yubordimmi?

Qiziq

@gazna1
G'azna
Moliya vazirligi 2023-yilda aholiga SMS-xabarnomalar yuborish uchun 1 milliard 670 million so'm sarflayapdi Tender vazirlik qoshidagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan kecha o'tkazildi. Bu pullarni sarflab, aholiga qanday muhim ma'lumot yetkazishmoqchiligini…
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu postga izoh berdi

To'liq izohni (ortiqcha deb hisoblagan ba'zi joylarimnigina olib tashladim) pastda qoldiraman.

Umumiylashtirib aytadigan bo'lsam, vazirlik 3 ta qonuniy hujjatga asoslanib, 3 xil SMS jo'natmalarni amalga oshiradi, bu xarid shular doirasida bo'lib o'tgan.

"I. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlarida “SMS” - xabarlar xizmatini talab etadigan quyidagi axborot tizimlar mavjud:

1. “
openbudget.uz” - elektron portal xizmati hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida fuqarolarning ovoz berishini ta’minlash maqsadida foydalaniladi.

2. “UzASBO” - axborot tizimi orqali byudjet tashkilotlarida mehnat qiluvchi xodimlarning oylik ish haqi ma’lumotlari bilan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishini ta’minlash maqsadida foydalaniladi.

3. “
invoice.uzasbo.uz” axborot tizimi orqali byudjet tashkilotlarida elektron hisobvaraq-fakturalar ustida amaliyotlar bajarish uchun “SMS” - xabarlar xizmatini yetkazish uchun foydalaniladi.

II. 2023 yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari bo‘yicha jami 34,1 mln. dona SMS ishlatildi.

Shundan, 30 mln. dona atrofida SMS “
openbudget.uz” elektron portal xizmatiga hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga, 4 mln. dona atrofida “SMS” byudjet tashkilotlarida mehnat qiluvchi xodimlarning oylik ish haqi ma’lumotlariga, 1.5 ming dona atrofida SMS elektron hisobvaraq-fakturalar ustida amaliyotlar bajarish uchun sarflandi.

III. “SMS” - xabarlar xizmatini birinchi qismini ta’minlash uchun “Axborot texnologiyalari markazi” DUK tomonidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida umumiy hisobda jami 44 mln. dona SMS xizmatlarini xarid qilishga tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda ikkita ishtirokchi “Orzu Mobile” MCHJ va “Play Mobile” MCHJ tashkilotlari qatnashdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, “Play Mobile” MCHJ 1 dona SMS xizmatiga 38 so‘mdan taklif berib (“Orzu Mobile” MCHJ 1 dona SMS xizmatiga 39 so‘mdan taklif bergan), tanlov g‘olibi bo‘ldi".


Afsuski, nimaga talabga javob bermagan ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinib, tender qayta o'tkazilmadi degan savolga javob ololmadim. Nima bo'lgan taqdirdayam, vazirlikka e'tibor va izoh uchun rahmat.

@gazna1
Topishmoq:

Ayb vergulni o'qimagan tizimdami, yoki ma'lumotni kiritguncha vergulni qo'yolmagan xodimda?

@gazna1
Ba'zida mana shunaqa murojaat bilan ham chiqishadi botimga.

Qo'rqitasilaye odamni

Mobodoga aloqaga chiqmoqchi bo'lsanglar: @gaznabot

@gazna1
Ta'minot va logistika xizmati Davlat unitar korxonasi 18-aprel kuni umumiy hisobda 50 milliard so'mlik 5 ta tenderning 4 tasini o'tkazdi.

Tender musiqiy asboblar bo'yicha o'tkazildi.

Umumiy rejaga ko'ra 10 104 tadan Dutor, Do'mbira, Doira, Tanbur, Rubob, G'ijjak va Nay sotib olinadi. Bu 70 728 ta cholg'u asbobi degani.

Keyin bu cholg'u asboblari Respublika maktab va bog'chalariga tarqatilar ekan.

🙃Endi manetga keb, mani hayron qoldirgan vaziyat haqida eshitishsez.

Lotni 3 tasini "Actava" MChJ yutib olgan. Bu degani, u 4 oy ichida Qoraqolpog'iston R., Xorazm viloyati, Farg'ona vodiysi, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahriga umumiy hisobda har bir cholg'u asbobidan 5785 ta yetkazishi kerak. 7 ta cholg'u asbobi qo'yilgan bo'lsa, tashkilot 4 oy ichida 40495 ta maxsulot ishlab chiqarishi kerak.

Agar bu firmani egasi bo'gan brat to'rtinchi lotniyam yutmasa))

Ulgurisharmikan?😁

@gazna1
Tender o'tkazilishidagi ehtimoliy o'yinlar haqida ikki uchta vaziyatga duch keldim. Video qilmoqchiman, uzun tekst nazarimda ko'pchilikka qiziqmas.

Lekin video qiziq bo'larmikan deb o'ylab qoldim endi🥲

@gazna1
O'zbekistonlik 3

Konsta'ning yaqinda e'lon qilingan O'zbekistonlik klipidan keyin deyarli uch oy oldin yozgan mavzuyimga yana qaytishni istab qoldim.

Avvalroq bu loyihaning ikkita soni haqida yozgandim.

To'g'risi bu sauntrekni Konsta kuylashi proyektga qanchaga tushganini ko'rmoqchi edim.

Bu klipni olinishiga Pepsi hamkor bo'lgan, deyilishiga qaramay bir qiziqib ko'rdim. Turli davralarda "O'zbekistonlik"ning keyingi sonlari to'liq xususiy hamkor bilan birgalikda qilinishi haqida eshitgandim, lekin manimcha unday emas.

Fevral oyida Yoshlar agentligi O'zbekistonlik loyihasi bo'yicha 3-shartnomani imzoladi, uning narxi 1,6 milliard so'm, birinchi sonda 2,7 milliard sarflangandi. Xizmat safari uchun 261 million ajratilibdi. Bu safar ijodkorlarimiz yo AQShda 35 kun o'tkazib kelishmagan, yo qolgan qismini xususiy hamkor qoplagan🙃

Bu hujjatda ma'lumot avvalgilaridan kamroq, lekin smeta bor. Sauntrek bilan bog'liq bo'limni topolmadim, bastakor uchun 50 million ajratilgan ekan faqat. Balki davlat pulidan filmga ajratilib, sauntrek rostan ham xususiy hamkor bilan qilingandir.

Smetada yozilishicha, "O'zbekistonlik"ning navbatdagi soni 3 million prosmotr bo'lishi rejalashtirilgan. Bu ko'rsatgichga erishish uchun 400 million ajratilgan. Xo'sh do'stlar, soliqlarimizdan yig'ilgan 1,6 milliard so'mga olingan (xususiy hamkor pul qo'shgan bo'lsa ko'proq) filmni 3 million marta ko'rib bermasak uyat bo'lar😊

Reklama qilganim uchun 400 milliondan mangayam tushib qolar😂

@gazna1

UPD: 1-songa 2,7 milliard so'm emas, 1,8 milliard ajratilgandi. Ikkita sonni narxini qo'shib yozvoribman.
G'azna
O'zbekistonlik 3 Konsta'ning yaqinda e'lon qilingan O'zbekistonlik klipidan keyin deyarli uch oy oldin yozgan mavzuyimga yana qaytishni istab qoldim. Avvalroq bu loyihaning ikkita soni haqida yozgandim. To'g'risi bu sauntrekni Konsta kuylashi proyektga…
"O'zbekistonlik" filmining 3-soni Parijda premyera qilinyapdi. Parijliklar intiqlik bilan kutgan bo'lsa kerak. Bir mazza qilishsin.

Nonni narxi qanchadan bo'lyapdikan akala?

@gazna1
Bugun bir tanishim nimaga faqat negativ ko'raverasan har joydan dedi. Lekin aslida pozitiv narsalar ham chiqarib turamanku.

Lekin ba'zida pozitiv xarid ko'rib, zo'rku deb hujjatlarga qarasam nimadir g'alati narsa chiqib turadi, mana buni zo'r qilishibdi deyishga uyalib qolaman.

Shu tanishim "bir tarafdan auditoriyang shu negativni o'qish uchun kiradi kanalga" dedi. Bu gapi esa rostan o'ylantirdi. Man faqat yomon tarafni ko'radigan emas, holis bo'lib, yaxshi holatlarni ham yozish tarafdoriman.

Lekin uni gapida jon bor yoki yo'qligini bilmoqchiman. Videoformat tayyorlash oldi fikrlaring qiziq manga, kichik so'rovnoma qilamiz.

@gazna1
Kanalda davlat organlari tomonidan o'tkazilgan maqtashga arzigulik xaridlarni ko'rib borishni istaysizmi?
Anonymous Poll
49%
Ha, hamma ham o'g'ri emas
33%
Yo'q, shundog'am ko'p joyda maqtanishadi, kamchiliklarni yoz
18%
Farqi yo'q