G'azna
6.63K subscribers
147 photos
30 videos
164 links
Data-jurnalist Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali.

Davlat pullari nimaga ishlatilayotgani, qanday qiziqarli holatlar bo'layotganini kuzataman va bo'lishaman.

Murojaat: @gaznabot

Loyihaga yordam: 8600030492643808
Download Telegram
Davlat xaridlarini halol o'tkazish uchun qanday stimul bor?

Yaqinda OLX tomonidan data-jurnalistlar uchun trening o'tkazildi. Trening davomida iqtisodchi Yuliy Yusupov jurnalistlar uchun iqtisodiy bilimlar qanchalik muhimligi va O'zbekistondagi iqtisodiy tendensiya bo'yicha chiqish qildi.

Yuliy Yusupov bizni iqtisodda stimul, ya'ni rag'batlantirish masalasidagi muammolarga to'xtaldi.

Shunda manda ham savol paydo bo'ldi: Xo'sh, davlat tashkilotlarini qonuniy tender o'tkazishidagi stimuli nima? Gap eshitmaslikmi?

Bilishimcha komissiya a'zolariga qo'shimcha haq to'lanmaydi, shu uchunam davlat xaridlari jarayonini xodimlar qo'l uchida o'tkazib yuborishi xavfi bor.

Davlat tashkiloti sifatida mani teng raqobat muhitini yaratmasdan, qonunni buzib, o'zim foydaliroq deb hisoblagan korxonani yutishiga harakat qilishimdan nima to'xtatib qolishi mumkin?

@gazna1
AQSh Rossiya uranini taqiqladi, endi Sankt-Peterburgdan AQSHga "Navoiyuran" maxsuloti yetkazilmoqda

2023-yil 11-dekabr kuni AQSHda Rossiyadan uran sotib olmaslik bo'yicha qonun qabul qilingan edi. Qonun 90 kundan keyin ishlashni boshlashi aytilgan (tahminan 2024-yil 10 mart)

2023-yil 12 dekabr kuni "Navoiyuran" Kuzatuv kengashi davlat xaridlari uchun ruhsat beradi.

Shu hujjat asosida "Navoiyuran" Rossiyadan AQSh va Kanadaga Uran tashish bo'yicha tender e'lon qilibdi. Tender hujjatlariga ko'ra, Sankt-Piterburgdan "Navoiyuran" ga tegishli uran AQSh va Kanadaga yetkaziladi.

Tenderning boshlang'ich narxi 9 million AQSh dollari, 29-martda tugaydi.

Xm, Sankt Peterburg O'zbekiston uchun rostdan ham AQShga eltadigan eng qulay savdo koridori. Lekin ertaga Rossiyaga AQSh sanksiyasini aylanib o'tishga yordam beryapdi deb O'zbekistonni kompaniyasini ham sanksiyaga tiqib qo'yishmasa bo'ldi edi.

@gazna1
"Agrobank" Марказий аппаратида коррупция аломатлари кузатилмоқда

"Agrobank" ўтказган 1,3 миллиард сўмлик тендерда ўзаро боғлиқликлари бор корхоналар иштирок этди.

Батафсил:➡️http://uzdiplomat.uz/uz/news/247

Каналга уланиш:✏️ https://t.me/uzdiplomat
Forwarded from Antikor matbuot kotibi
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan holatlar o‘rganilmoqda

Shu kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan ayrim masalalar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘rganishlar olib borilayotganligini maʼlum qilamiz. Jumladan,

Surxondaryoning Angor tumani hokimi "Ayollar daftari" jamg‘armasi hisobidan 349 mln 900 ming so‘mga qimmatbaho "Kaptiva 5" avtomashinasi xarid qilgani;

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Ilzat Kasimov ayni paytda bir necha MCHJda hammuassis ekanligi;

“Agrobank” o‘tkazgan 1,3 milliard so‘mlik tenderda o‘zaro bog‘liqliklari bor korxonalar ishtirok etganiga oid holatlar o'rganilmoqda.

O'rganish yakunlari bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi.
Yo'l qurilishi deganda bizda faqat asfalt qurishni tushunishadimi? Drenaj tizimi chetda yig'lab yotibdi

@gazna1
Botga shunday murojaat keldi. Anonim murojaatchining xatiga ko'ra, Aloqabank o'tkazgan tenderda narx mavjud bo'lmagan darajada pasaytirib yuborilgan.

Davlat idoralari bilishimcha anonim murojaatlarni ko'rib chiqmaydi.

Ammo holat qiziq: natijada aynan qanday kompyuterlar sotib olingani qiziq.

@gazna1
Openbudjet byurokratlar qo'lida o'yinchoq qilish mumkin bo'lgan ajoyib instrument.

Byudjetni ochiqligi zo'r, lekin mana platforma yaratdik, nima qilib bo'lsa ham ovoz yig', keyin nimadir qilib beramiz deyish ahmoqgarchilik.

Kola, pepsilar evaziga olingan ovozlarni ham ko'rdik, endi yangi yo'l ishlab chiqilganga o'xshaydi. Paxta balosidan qutilgan o'qituvchilar endi openbudjet balosiga yo'liqqan ko'rinadi.

Manga kelgan murojaatga ko'ra, Qoraqolpog'istondagi kollejlardan birida o'qituvchilarga paloncha ovoz yig'ib, skreenlarini tashla degan talab qo'yilibdi ekan.

Yig'olmasa oylikdan qirqarkan. Davlat tashkilotida ishlaydigan yana kimdirda shunday holat bo'ldimi? Yoki bu faqatgina shu kollejni tartibimikan?

@gazna1
G'azna
Openbudjet byurokratlar qo'lida o'yinchoq qilish mumkin bo'lgan ajoyib instrument. Byudjetni ochiqligi zo'r, lekin mana platforma yaratdik, nima qilib bo'lsa ham ovoz yig', keyin nimadir qilib beramiz deyish ahmoqgarchilik. Kola, pepsilar evaziga olingan…
Bu loyihani bevosita tashabuskori bo'lgan Moliya vazirligi bo'layotgan voqealarni ko'ryapdimi?

Deylik aynan ta'lim tizimidagi mana bu ixtiyoriy-majburiy talablar bo'yicha biror pozitsiyaga egami?

@gazna1
G'azna
Openbudjet byurokratlar qo'lida o'yinchoq qilish mumkin bo'lgan ajoyib instrument. Byudjetni ochiqligi zo'r, lekin mana platforma yaratdik, nima qilib bo'lsa ham ovoz yig', keyin nimadir qilib beramiz deyish ahmoqgarchilik. Kola, pepsilar evaziga olingan…
Botga kelgan xabar:

"Qoraqalpog'iston respublikasi Amudaryo tumanidagi bog'chalarda ham shunga o'xshash holat bo'lyapti. Aynan meni bitta yaqinim bog'chada ishlaydi, har bir hodimga 50ta ovozdan yig'ish aytilibdi ekan va yana skrinshotlari ham kerak ekan"

Mutasaddilar Openbudjet doirasida nimanidir yorvordik degan vaqti mana bunday holatlarni hech bo'lmasa hayolga keltiradi degan umiddaman

@gazna1
2024-yilda Xalq so'zi va Народное слово gazetalari xududlarga yetib borishi uchun bir oyda o'rtacha deyarli 360 million so'm sarflanadi.

Gazeta Oliy Majlisga tegishli, uni xaridorlari ham asosan davlat tashkilotlari. Umuman olganda buni byudjet pullari deyish mumkin.

Shuncha pul sarflab sizga yetkazishgan "haqiqiy jurnalistika mahsuli"ni o'qib turasizmi?

Shunchaki ma'lumot uchun: Yillik tirajni chiqarish uchun tahririyat 120 kilogram qog'oz ishlatarkan. Bu deyarli 2 ta daraxt degani.

@gazna1
G'azna
"Agrobank" Марказий аппаратида коррупция аломатлари кузатилмоқда "Agrobank" ўтказган 1,3 миллиард сўмлик тендерда ўзаро боғлиқликлари бор корхоналар иштирок этди. Батафсил:➡️http://uzdiplomat.uz/uz/news/247 Каналга уланиш:✏️ https://t.me/uzdiplomat
Antikorrupsiya agentligi Agrobank o'tkazgan tender ishtirokchilari o'zaro bog'liqligi tastig'ini topmadi deb bayonot beribdi

Agentlik albatta yuridik bog'liqlikni nazarda tutyapdi. Bu ishtirokchilarni Voxe group bog'lab turishi faktini inkor qilmaydi.

Qonunchilikdagi lazeykalar sabab o'zaro deyure bog'liq bo'lmagan, ammo defakto bog'liqligi bo'lgan korxonalar tenderlarda taralla bedod qilib yuribdi

@gazna1
Yoshlar ishlari agentligi 988 million so'mga 4 ta yo'nalish bo'yicha videokurs tayyorlash uchun davlat xaridini o'tkazibdi.

Yo'nalishlar:

PR
HR
Video montaj
Kodsiz dasturlash tillari.

Ibrat bo'yicha qilingan xaridlar manda doim shubha uyg'otib kelgan, bunga ham shubha bilan qaradim. Lekin PR bo'yicha bir ikki videoni ko'rdim, yaxshi bazaviy bilim berilgan ekan.

Prosmotrlar juda kam, pul havoga uchirilgan loyihalaridan biriga aylanishini istamasdim, qiziq bo'lsa kirib ko'rila, soliqlar evaziga yaratilgan loyiha. PR va HR bo'yicha ba'zi videolarni ko'rib arziydi deb o'yladim. Ko'rib fikrlaringni izohda yozib ketsangiz hursand bo'lardim.

Adashmasam barcha videolar mana bu yerga joylanib borilyapdi: https://youtube.com/@UstozAI/videos

@gazna1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу видеони кўриб ҳам ҳурсанд бўлдим, ҳам жахлим чиқди.

Йўллар илма-тешик бўлиб ётибди, одамларни ўзи цемент, шағал аралаштириб ямаяпти.

Налог тўласак, тўловларни нархлари ошиб ётган бўлса. Ўша маблағлар қаерга кетаяпти? Давлат борми ўзи ё бир қабилачамизми биз?
Тепадагилар уялишса бўларди.

Шуни тарқатинг, қаранг қандай хайрли иш қилишяпти дейишди. Обуначиларим орасида элчихона, консуллик, халқаро ташкилотлар вакиллари бор. Кети билан кулса керак, давлат битта йўлларниям тўғирлолмасакан деб

Испанский стыд 🤦🏻‍♀️
Davlat tashkilolari Gaz va Benzinni aholi oladigan narxda yoki qimmatroqqa sotib olyapdi

Gaz narxi ko'tarilayotgani va umuman yoqilg'i narxlarini yuqoriligi haqidagi xabarlardan keyin davlat tashkilotlari yoqilg'ini qanchaga olarkan deb qiziqib ko'rdim.

Davlat tashkilotlari yoilg'ini asosan o'z narxida, ba'zilari xatto qimmatroq olishar ekan.

Masalan Qo'shrabot tuman yo'llardan foydalanish korxonasi Propanni 5000 so'mdan olibdi

Yangihayot tuman moliya bo'limi AI-92 benzinini 10500 so'mdan sotib olgan

Hududgazni Andijon viloyati filiali Metangazni 3800 so'mga sotib oldi

Shunga o'xshash ko'plab misollar bor.

Lekin ancha arzon olganlari ham bor: Temiryo'linfratuzilmaning xaridida metangaz 2000 so'mdan sotib olingani yozilgan, ammo shartnomada 2900 so'm turibdi.

Manda davlat tashkilotlari yoqilg'ini aholidan ko'ra arzonroq sotib oladi degan steriotip bor edi. Unaqa emasga o'xshaydi. Yana bir qarab ko'raman.

@gazna1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jurnalistlarimiz biror bir aniq savolga javob oguncha ham qancha qiynalishadi.

Gapni rosa aylantiribdila

@gazna1
7 yil oldin plastikdagi pulni katta foizlarda naqt qilardik, dollar konvertatsiyasi muammo edi. Konvertatsiyadan qutuldik, endi esa moliyaviy tizimimiz kriptovolyutaga moslasishga birinchi qadamni qo'ymoqda

2023-yil iyun oyida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O'zbekistondagi CD0001 raqamli kripto depozitariyasi faoliyatini amalga oshirish uchun ilk rasmiy litsenziyani bergan edi.

Litsenziya egasi Lockton Finance kompaniyasi (Lockton Hub MCHJ) bo'ldi.

Lockton vakillarining aytishicha, kripto depozitariyasi kripto aktivlarini xavfsiz saqlash va chiqarish bo'yicha xizmatlarni taqdim etadigan ko'p funktsiyali platforma hisoblanadi,

Xullas, Lockton barcha valyuta depozitlari uchun 0% komissiya e'lon qilibdi. Batafsil ularni saytida bilib olish mumkin.

Alter Ego Lockton Hub MChJ vakili Aleksey Yakovenkodan intervyu olibdi. Kompaniya vakili u yerda birinchi litsenziyani olish yo'li, qonunchiligimizni xususiyatlari va yangi raqamli bozorni shakllantirish to'g'risida gapirgan

Bu yangi davr. Bizni qonunchiligimiz va moliyaviy tizimimiz yangi moliyaviy vositalarga o'tayotgani odamni quvontiradi.

@gazna1
O'zbekiston Ovozi loyihasida oylikla daxshatku. 14 million so'mdan 57 million so'mgacha - hammasi davlat hisobidan

@gazna1