Forwarded from Akbarali Mansur
Uchta telekanal va bitta radiokanal yiliga qancha sof foyda keltiradi?
Bitta qiziq ma'lumotga ko'zim tushib qoldi. "Yoshlar telekanali" AJ 2023-yilda 309,64 mln so'm (25 ming dollar) sof foyda ko'ribdi.
Ma'lumot uchun aytaman, "Yoshlar telekanali" AJ tarkibiga quyidagi kanallar kiradi:
🔸Yoshlar telekanali;
🔸Yoshlar radiokanali;
🔸Bolajon telekanali;
🔸Navo telekanali.
Umumiy efir vaqti sutkasiga 85 soat.
Ushbu kanallar hammasi birgalikda shuncha sof foyda keltirgan. Bularning 2022-yildagi sof foydasi 103,28 mln so'm bo'lgan.
MTRK saytidagi aynan Yoshlar telekanalining 2019-yilgi "price-list"iga qarasak 1 daqiqalik reklama 1,5 mln so'mdan praym taymda 15 mln so'mgacha. Bular orasida eng qimmat reklama narxi aynan "Yoshlar"da.
O'zbekistonda eng katta reklama bozori haliyam telekanallar ekanini hisobga olinsa, 4 ta teleradio kanallar yiliga bor-yo'g'i 25 ming dollar sof foyda olishi juda kam menimcha. Hozir Instagramdagi bitta bloger ham yiliga ushbu 4 kanaldan karrasiga ko'proq sof foyda oladi.
To'g'ri, bu davlatga tegishli, ularning maqsadi daromad emasdur, lekin daromad qilmaganga yarasha ularning efirlari jamiyat va soliq to'lovchi uchun qanchalik qiziq va foydali bo'lyapti?
Davlat telekanallarining samaradorligini bir o'ylab ko'rish kerak. Xususiylashtirishni bu sektordayam ko'paytirish vaqti kelgan deb o'ylayman.
@tanga_uzb

Asakabank Oʻzbekiston boʻylab balansidagi mol-mulklarini sotuvga chiqarmoqda. Quyida mehmonxona, ofis, doʻkonlar va maishiy xizmat koʻrsatishga oid mol-mulklarning roʻyxati, narxlari va toʻlov shakli bilan tanishish mumkin.
➖Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan qahvaxona 351 mln soʻm. Toʻlov shakli: toʻliq toʻlov (batafsil).
➖Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan 6 ta savdo doʻkonlari 58 mln soʻmdan. Toʻlov shakli: 15% avans - 3 yil muddatga (batafsil).
➖Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi 823 mln soʻm. Toʻlov shakli: toʻliq toʻlov (batafsil).
➖ Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi 1 mlrd 693 mln soʻm. Toʻlov shakli: 15% avans - 7 yil muddatga (batafsil).
➖Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida joylashgan maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi 672 mln soʻm. Toʻlov shakli: 15% avans - 7 yil muddatga (batafsil).
➖ Jizzax viloyati Arnasoy tumanida joylashgan mehmonxona binosi 1 mlrd 710 mln soʻm. Toʻlov shakli: 15% avans - 5 yil muddatga (batafsil).
➖ Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan ofis binosi 350 mln soʻm. Toʻlov shakli: toʻliq toʻlov (batafsil).
Asakabank balansidagi sotuvga qoʻyilgan boshqa mol-mulklar haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
@gazna1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “qadriyatim.uz”, “tanlov.manaviyat.uz” sayti va mobil ilovasini yatratish xizmati uchun 1,2 milliardlik tender o'tkazibdi.
Havoga uchirilgan navbatdagi milliard bilan tabriklayman azizlar

Xorazmda mahalla raislari blaknotdan voz kechib planshetga o'tishyapdi
22 iyul kuni Xorazm viloyatidagi mahalla fuqarolari yig‘inlari raislarini planshet bilan ta'minlash bo'yicha o'tkazilgan tender natijalari e'lon qilindi.
Unga ko'ra, Xorazm viloyatidagi 531 nafar mahalla raisining har biriga 2,8 million so'mlik planshet sotib olindi. Umumiy narx deyarli 1,5 milliard so'm.
Endi qanday ishlatishni o'rganib olishsa bo'ldi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga tegishli tashkilotning shartnomasi G'aznachilik tomonidan asosli rad etilgandi, lekin biroz vaqt o'tib hech qanday o'zgarishlarsiz qabul qilingan
Vazirlikka tegishli Ta'minot va logistika xizmati DUK iyunni boshida umumiy qiymati 2,5 milliard so'mga yaqin 3 ta tender o'tkazgan edi (1,2,3). Xarid kompyuter va boshqa texnikalarni sotib olish bo'yicha bo'lib o'tgan. Tenderni hammasini bir korxona yutib olganiga qaramay, tender jarayonlarini sal chetroqqa qo'yib turaylik. Mani boshqa masala qiziqtiryapdi.
Tender bo'yicha muhokama protokoli 19-iyunda tuzilgan, shu kuniyoq shartnoma imzolanadi. Iyunni oxirida G'azna shartnomani bekor qilganini ko'rgandim. 4-iyul kuni shartnoma qayta yuklangan. Tender holati: g‘olib tomonidan qabul qilingan, ya'ni amalga oshgan. G'olibga pul 30 kunda tushishi kerak. Agar shartnoma 19-iyunda imzolangan desak, teoriyada pul hozirda o'tib bo'lgan.
Kechirasiz, bu nima?!
G'azna aytyapdi: "Kompleks tekshiruvdan qochish uchun tender qismlarga bo'lingan, shu uchun shartnoma qabul qilinmaydi", rostdan ham tender uchga bo'lingan, uchchalasida ham bir xil g'olib (nohaq tender bo'lgan deyishga hozircha argumentim yo'q). Xullas G'azna sharnomani asosli rad etganiga qaramay, Vazirlik qoshidagi DUKning shartnomasi 4-iyulda qanday qilib qabul qilindi?
Platformada yana texnik xatolikmi yoki kimdirdan "iltimos" qilishganmi o'tkazvoring deb?
Buni ustiga uchchala tenderda ham g'olib bo'lgan STAR GROUP MCHJ tenderlar o'tkazilishidan 15 kun oldin xuddi shu tender talablariga to'g'ri kelmaydi deb diskvalifikatsiya qilingan. Unda ham 3 ta tender o'tkazilgandi, ikkita ishtirokchi qatnashgan, ikkalasi ham hamma tenderda chiqarib yuborilgan va tender qabul qilinmagan. 15 kunni ichida STAR GROUP MCHJ tender talablariga javob beradigan bo'lib qolib naqd uchchalasini ham qo'lga kiritdimi?
Qandaydir kir o'yin qilyapsizlar manimcha akalar
Tender qanchalik haqqoniy o'tgani masalasini Antimonopoliya qo'mitasi, G'azna rad etgan shartnoma qanday qilib birdan o'tib qolganini esa Antikorrupsiya agentligi o'rganishi kerak nazarimda.

G'azna
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga tegishli tashkilotning shartnomasi G'aznachilik tomonidan asosli rad etilgandi, lekin biroz vaqt o'tib hech qanday o'zgarishlarsiz qabul qilingan Vazirlikka tegishli Ta'minot va logistika xizmati DUK iyunni boshida…
G'azna shartnomani o'tkazmaganini xabar qilishdi. Manga berilgan ma'lumotga ko'ra bugun sud jarayoni bo'lib o'tarkan.
To'liq ma'lumot yaqinda beriladi.
Shaxsiy fikrim: G'aznachilik o'tkazmay to'g'ri qilgan.

G'aznachilik bo'limining rasmiy izohi:
"O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son qonunining 64-moddasi 3-bandida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq) miqdorni tashkil etishi shuningdek, ushbu qonunning 66-modda 2-bandida tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon faqat tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari yuzasidan Kompleks ekspertiza qilish markazining ijobiy xulosasi olinganidan keyin joylashtiriladi deb belgilangan.
Yuqoridagi qonun talablaridan kelib chiqib, Ta’minot va logistika xizmati Davlat unitar korxonasi va “STAR GROUP” MCHJ bilan kompyuter va boshqa jihozlarni o‘rnatish xizmati bo‘yicha lotlar asosida tuzilgan shartnomalar g’azhachilikdan 2024 yil 20 iyunda ushbu shartnomalar “DMBAT” DM dasturidan ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan “Kompleks ekspertizadan qochish uchun qismlarga bo`lingan” sababi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan qaytarilgan.
Shu bilan birga, buyurtmachi tomonidan 2024 yil 28 iyun sanasi bilan 01-01/5-746-sonli g’aznachilikka “Shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklatish to‘g’risida”gi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga davo arizasi kiritilgan".

Forwarded from Ревизор 🧮
Рақамли технологиялар вазирлиги ҳузуридаги «Бинолардан фойдаланиш ва капитал қурилиш дирекцияси» ДМ жами 2 млрд 904 млн сўмга 7 дона «BYD Song Plus Champion Edition» транспорт воситаларини харид қилди.
2024 йилнинг биринчи ярмида давлат бюджети дефицити 34 трлн сўмдан ошган.
@revizor_uzb

Рақамли технологиялар вазирлиги ҳузуридаги «Бинолардан фойдаланиш ва капитал қурилиш дирекцияси» ДМ жами 2 млрд 904 млн сўмга 7 дона «BYD Song Plus Champion Edition» транспорт воситаларини харид қилди. 2024 йилнинг биринчи ярмида давлат бюджети дефицити…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega Oliy Majlis Byudjet bo'yicha qo'mitaning yig'ilishlarini, u yerdagi tortishuvlarni videotranslyatsiya qilmaydi? Jamiyatni kim uni manfaati uchun harakat qilayotgani yoki halaqit berayotganini bilishga haqqi bor.
Mudofaa bo'yicha qo'mitani yopiq qilinglar, to'liq asosli, lekin byudjet bo'yicha yig'ilishlarni ochiq qilish kerak!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tashkilotlari va OAV o'rtasidagi ishonchsizlik haqida o'z fikrimni bildirdim
To'liq video
@gazna1
To'liq video
@gazna1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda ayol saylovchilar erkaklardan ko'p ekan
Buni Markaziy Saylov Komissiyasi yaratgan yangi E-saylov.uz platformasi orqali bilib oldim. Qiziq. Videoda aytilishicha ko'plab byurokratik jarayonlar elektronlashtirilar ekan. My.gov.uz tajribasi asosida bu saylov jarayonida real yordam bera oladigan konkret ish deb bilaman.
Manga yoqqan jihati portaldagi katta ma'lumotlar bazasi. Bazada saylovga oid 30 minga yaqin ma'lumot joylashtirilar ekan. Data-jurnalist sifatida manga bu juda qiziq. Butun respublikadagi saylov okruglar, ro'yhatga olingan barcha darajadagi deputatlikka nomzodlar haqidagi ma'lumotlar va boshqa ko'plab ma'lumotlar. Juda qiziq portal ekan. Videoda batafsil aytilgan, sal rasmiyroq ko'rinishdayu, lekin ko'rib tushunib olsanglar bo'ladi.
UPD: mobil versiyasini ham yaxshilashsa zo'r bo'lardi

Bitta holatni aniqlagandim, juda o'yin qilib tashlashgan Surxondaryoda. Uzun bo'lib ketgani uchun saytlardan biri bilan hamkorlik qilishga qaror qildim. Yaqinda chiqadi, kirib o'qishlaringni iltimos qilaman.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Antimonopoliya qo'mitasi xodimlari ayniqsa e'tibor berishlarini so'rayman.

Bitta holatni aniqlagandim, juda o'yin qilib tashlashgan Surxondaryoda. Uzun bo'lib ketgani uchun saytlardan biri bilan hamkorlik qilishga qaror qildim. Yaqinda chiqadi, kirib o'qishlaringni iltimos qilaman. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Antimonopoliya…
Surxondaryoda tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish monopolistik biznesga aylanyaptimi?
Batafsil: https://uzdiplomat.uz/archives/5575
@gazna1
Batafsil: https://uzdiplomat.uz/archives/5575
@gazna1
Farg'ona viloyati Bojxona boshqarmasi xizmat uylari uchun 1,8 milliard so'mlik mebellar sotib oldi
Xarid xujjatlariga ko'ra, Bojxona boshqarmasiga tegishli 70 ta uy uchun mebellar sotib olingan. Undan 2 ta mebel komplekti 1 xonali, 52 ta mebel komplekti 2 xonali va 16 ta mebel komplekti 3 xonali uylar uchun sotib olinyapdi.
Mebel komplektlarini har birining narxi 16,2 million so'mdan 32 million so'mgacha
4 ta pufigi bo'lgan 68 ta uglovoy divan, 68 ta jurnal stoli, 70 ta yotoqxona krovati, 172 ta yotoqxona tumbasi, 70 ta garderob uchun mebel, 70 komplekt oshxona mebel to'plami, 54 ta oshxona uchun stol stul komplekti, Pruxojka mebellari, 32 ta bolalar krovati, 16 ta bolalar kiyim shkafi va boshqa narsalar xarid qilindi.
Mebel materiallari turkiyaniki bo'lishi kerakligi belgilangan

Agrobank 2024-yilning oxirigacha Zo'r TV, Sevimli, MY5 va Milliy TV da reklama berish uchun 7,5 milliard so'mlik tender natijalarini e'lon qildi.
Tenderda "Worldwilde Media" MChJ 7,3 milliard so'm taklif bilan g'alaba qozondi. Qizig'i hujjatda xizmat iyundan boshlab ko'rsatilishi belgilangan. Tender esa iyulni oxirida o'tkazilyapdi🙃
Agar xariddan iyun bilan iyul olib tashlanganda narx deyarli 20%ga kamayardi, Agrobank o'z hisobotlarida bu holatdan qanday chiqib ketishi qiziq.
Tenderda tanish bilishlik yo'q, lekin... Mayli, mayli.
Agrobank davlat banki, umid qilamanki sarflangan bu pul kompaniyaning rivojiga real hissa qo'shadi.