G'azna
6.64K subscribers
147 photos
30 videos
164 links
Data-jurnalist Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali.

Davlat pullari nimaga ishlatilayotgani, qanday qiziqarli holatlar bo'layotganini kuzataman va bo'lishaman.

Murojaat: @gaznabot

Loyihaga yordam: 8600030492643808
Download Telegram
80% dan ko'p ulushi davlatga tegishli Aloqabank 4 millard so'mlik tender o'tkazdi

Tahminimcha tenderda raqobat bo'lmagan va ikki tanish o'rtasida o'tgan.

Xo'sh, tender bankning mobil ilovasini blogerlar va OAVdagi reklamasi uchun o'tkazilgan. Tenderda ikkita firma qatnashdi: "Starboy Marketing Systems" MChJ va "Xaitbayeva Agency" MChJ.

Endi bu ikki firmaning mail pochtasiga e'tibor bering, qandaydir tasodiflar bilan bir xil manzil ko'rsatilgan.

Aloqabank, ikki firmaga ma'lumotlarni pochta orqali bitta manzilga yuborayotganda nimadir noto'g'ri ketayotganini sezmadingizmi?

Yoki ma'lumotlar pochta orqali yuborilmaydimi? Ro'yxatga olgunchachi? Balki man doimgidek yana adashayotgandirman va shunchaki tasodifdir.

@gazna1
Referendum byulletenlari, qo'l soati va kitob haqida

Markaziy saylov komissiyasiga referendum byulletenlari nech pulga tushgani va shunga o'xshash ma'lumotlarni topolmayapman

Oxirgi xaridlari ichida tashish va qo'riqlash xizmati bo'yicha qilingan yirik xaridlar bor, qolgani mayda xaridlar.

Nashriyot bilan bog'liq hozircha ikkita yirik xarid ko'rdim. Biri referendum qonunchiligi bo'yicha o'quv amaliyoti qo'llanmasi, o'tkan yili avgustda qilingan xarid, umumiy narxi 850 mln so'm.

Ikkinchisi 2022-yilning 10 - oktyabrida qilingan. Unda "Yangi O'zbekiston yangi imkoniyatlar" kitobidan 500 ta chiqarish belgilangan, xarid summasi 405 million so'm. Lekin, tushunishimcha, bu kitob 2021-yilda chiqarilgan.

Hujjatga ko'ra, 2021-yilgi saylovlarda faol ishtirok etgan xodimlarga qo'l soatlari topshirilgan, shu bilan birga kitoblar ham chiqarilgan, lekin yetkazib beruvchilar oldida 1 milliard so'm atrofida qarzdorlik vujudga kelgan.

2021-yil tugashi arafasida Moliya vazirligi saylovdan ortgan pulni byudjetga qaytarib bo'lgan, shu sabab 2022-yilda soatlarni yetkazib bergan korxona oldida qarzdorlikni uzish uchun pul ajratishni so'ragan.

Qo'l soatlarini bilmadimu, lekin bu xarid kitob bo'yicha qarzdorlikni uzish uchun amalga oshirilgan tushinishimcha.

Xullas bu xarid 2021-yilga tegishli. Referendum bilan bog'liq byulletenlarni yoki Markaziy saylov komissiyasimas boshqa tashkilot sotib olgan, yoki ma'lumot keyinroq chiqadi.

@gazna1
Kanal haqida

Bir ikki joyda mani Kompromat uzb izidan ketayotganim haqida hazillar eshitdim, bu hazl tariqasida aytilgan bo'lsada qandaydir ehtimollar sezildi. Hozirdan aytaman: yo'q! Kanal pul ishlash uchun ochilmagan.

Kanalni ochishdan maqsadimni ochiqcha aytishga tayyorman. Agar yashirin niyyatlarim bo'lganida o'zimni ism familiyamni kanalga ochiqcha yozmagan bo'lardim.

Ismim Nodir, familiyam Norto'rayev, jurnalistman, jurnalistika sohasida ta'lim olishni davom etyapman, 2019-2022 yillarda turli mahalliy OAVlarda faoliyatimni olib bordim, o'zim bilan bog'liq turli sabablar sabab ketma ket ish joyimni almashtirdim va oxiri sohadan oziroq dam olishga qaror qildim.

Hozir reklama va piar sohasida faoliyat olib boraman, asosan ssenariy yozish bilan shug'ullanaman. Lekin oldingi kichik tajribamni ham unutvormaslik uchun G'aznada o'rganishlarni olib borishga qaror qilganman.

Yo'nalishim data-jurnalistika, raqamlar, hujjatlarni o'rganishni yaxshi ko'raman. Bu kanal hobbi uchun ochilgan. Reklamaga tayyorman, buni yomon jihati yo'q, lekin haqiqiy reklamaga, reklama ko'rinishidagi jimlik haqqiga emas.

G'azna faoliyati davomida postni o'chirishim uchun pul taklif qilishdi, postni o'chirmayman, buni sud qarori yoki AOKAning qonuniy talabi asosida qilishim mumkin.

OAV ko'rinishida rasmiy ro'yxatdan o'tmagan bo'lsamda, jurnalist sifatida OAV to'g'risidagi qonunga amal qilaman va ikkinchi tomonni izohini hech qanday o'zgartirishlarsiz kanalda e'lon qilish majburiyatini bo'ynimga olaman, buni kanalda e'lon qilinayotgan ikkinchi taraf izohlaridan ham bilib borish mumkin.

Prinsipial jurnalistika tarafdoriman, hozircha hech qanday bosimga uchramadim, har bir yozgan narsam hujjatlarga asoslangan.

Shunday ekan, iltimos, man bilan hamkorlik qilmoqchi bo'lsangiz qandaydir postni o'chirishim, yoki sizni tilga olmasligim uchun emas, kanalim rostan faoliyatingizda ko'maklashishi mumkinligi uchun hamkorlik qiling.

Kimdir haqida yozishim uni yomon ko'rishim yoki undan nimanidir kutayotganimni emas, Konstitutsiyaga asoslangan fuqarolik huquqimdan foydalanayotganimni anglatadi.

Rahmat.

@gazna1
Uni buni qo'yib jona jon Yoshlar agentligiga qaytsak

Man yoki bu agentlik faoliyatiga tushunmayman, yoki rostan ichi qora jirkanch odamman yaxshi qilinayotgan ishlarni ko'rolmaydigan.

Ibrat farzandlari bilan bog'liq xarid va voqealar juda g'alati ko'rinyapdi manga.

Xo'sh, Ibrat farzandlari loyihasi Yoshlar agentligi tomonidan tashkil etilgan.

Endi Ibrat farzandlari saytiga kiramizda, eng pastda loyiha Ibrat Academy'ga tegishliliga va barcha huquqlar himoyalanganini ko'ramiz, Ibrat Academy MChJ shu yilning 27 aprel kuni, ya'ni 4 kun oldin tashkil etildi, ta'sischi va rahbari Ibrohim To'xtamurodov.

Shu kuni, ya'ni 27 aprelda agentlik xorijiy tillarni o'rgatadigan videoroliklar tayyorlash bo'yicha tender o'tkazdi, 28-aprelda natijalar e'lon qilindi, unda shu yilning 18-yanvar kuni tashkil etilgan Lenguage media g'olib bo'ldi. Uni rahbari va ta'sischisi Ibrat farzandlari loyihasining rahbar o'rinbosari Sanjar Muxitdinov, uning tanlovdagi raqibi Lenguache Camp bo'ldi, uchinchi raqibi diskvalifikatsiya qilingan.

Biz bilamizki Ibrat farzandlarinig Ibrat Lenguage Camp degan loyihasiyam bor, nu mayli bu yog'i uje shunchqki tahmin.

Shunda, Yoshlar ittifoqi o'zi, ya'ni davlat puliga tashkil etgan loyihada, shu loyiha faollari o'rtasida tender o'tkazib, loyihani Ibrat Academy degan hususiy korxonaga bervordimi?

Chalkashib ketdi.

Qarang, davlat tashkiloti davlat puliga loyiha ochyapdi, unga bo'lgan huquq lekin davlat organiga emas, xususiy korxonaga berib yuborilyapdi, undan oldinroq yanvarda loyihaning rahbarlaridan biri firma ochib, davlat to'g'ridan to'g'ri ajratgan pulini tender orqali olyapdi.

Tushunmadim, brendni sotib oldimi shunda Ibrat Acadimy? Chek bormi?

Pul yuvishning bazaviy ko'rinishlaridan biri - bu davlat ajratgan pullarga xususiy firmadan turli narxda xizmat sotib olib, pulni olib chiqish. Xususiy korxonani pulini hech kim tekshirmaydi. Bu bilan Yoshlar ittifoqi pul yuvyapdi demoqchimasman, tashqaridan shunaqa tahmin yaratyapdi, lekin bu darajada qo'pol va ochiqcha qilishmasa kerak bu ishni deb o'ylayman, bu uchun javobgarlik borligini bilishadiku.

O'zimcha nimalarnidir tasavvur qilib yuborib juda adashyapman degan umiddaman, mani sevimli agentligim unday qilmaydi🥲

@gazna1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ekraningizda Yoshlar agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev va yaqindagina shu agentlik o'tkazgan 1,6 milliard so'mlik tenderda g'olib bo'lgan Sanjar Muxitdinov.

Xursandchiligingizga sherikman, tahminlarim xato deb umid qilaman

@gazna1
Videoformatda tayyorlamasam qiynalyapman tushuntirishga😰

@gazna1
Forwarded from Nodir Abduqodirov
Расмий муносабат

Бугун
G'azna телеграм каналида “Ибрат фарзандлари” лойиҳаси билан боғлиқ саволлар берилган пост эълон қилинди. Мазкур маълумотлар билан тўлиқ танишиб чиққан ҳолда қуйидагиларни маълум қиламиз:

1. “Ибрат Фарзандлари” лойиҳаси 15 нафар малакали устозлар ва кўнгиллилар лойиҳаси бўлиб, унинг доирасида бепулга ёшларнинг хорижий тилларни бепул ва осон ўрганиши учун 10 дан ортиқ хорижий тил бўйича жами 700 дан ортиқ видеороликлар яратилган. Агентлик эса лойиҳанинг тарғиботига ҳисса қўшди ва ташкилий ишларда ёрдам кўрсатиб келмоқда.

2. Постда таъкидланган жорий йил 27 апрел куни рўйҳатдан ўтган “Ibrat Acadimy” МЧЖ ва унинг таъсисчиси Иброҳим Тўхтамуродовни лойиҳага умуман алоқаси йўқ ва агентлик бу шахс ҳақида маълумотга эга эмас. Аниқлашича, Иброҳим Тўхтамуродов "IBRAA-ACADEMY" МЧЖ раҳбари. “Ibrat Acadimy” МЧЖ мавжуд эмас.

3.Лойиҳа Ёшлар ишлари агентлиги томонидан қўллаб қувватланди ва тарғиб қилиниши ортидан ёшларни қизиқишига сабаб бўлди. Лекин, ҳар бир лойиҳанинг ривожланиши ва яна миллионлаб ёшларга бепул тил ўргатишда давом этиши учун очиқ танлов эълон қилинди.

4. Танлов очиқ асосда ўтказилган бўлиб, унда 3 та мустақил ва бир-биридан фарқли МЧЖлар қатнашган ва эълон қилинган талаблар асосида танлаб олинган. Танлов иштирокчилари барча керакли хужжатларни топширдилар ва кўрсатилган барча талаблар бўйича лойиқ деб топилган ташкилот танлов ғолибига айланди. Танловда ғолиб бўлган "LANGUAGE-MEDIA" МЧЖ ва унинг раҳбари Санжар Мухиддиновни агентликка алоқаси йўқ ва ташкилотда фаолият олиб борувчи масъулларни қариндоши ҳисобланмайди. Санжар Мухиддиновни лойиҳа доирасидаги видеоларда кўриниш берганлиги уни ўтказилган танловдаги иштирокида ҳеч қандай устунлик бермаганлигини алоҳида таъкидлаймиз.

5.Эслатиб ўтамиз, келажакда Ёшлар ишлари агентлиги томонидан амалга оширилаётган лойиҳаларда иштирок этиш истагини билдирган ҳар қандай тадбиркор бемалол Агентлик томонидан эълон қилинган очиқ танлов лойиҳаларда иштирок этиши мумкин.

6.Биз фаолиятимизга бефарқ бўлмаган барча ОАВ вакиллари ва мустақил блогерларга ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз ва келажакда ҳамкорликка чорлаб қоламиз.

Ёшлар ишлари агентлиги
Ахборот хизмати
G'azna
Расмий муносабат Бугун G'azna телеграм каналида “Ибрат фарзандлари” лойиҳаси билан боғлиқ саволлар берилган пост эълон қилинди. Мазкур маълумотлар билан тўлиқ танишиб чиққан ҳолда қуйидагиларни маълум қиламиз: 1. “Ибрат Фарзандлари” лойиҳаси 15 нафар малакали…
Ibraa deb yozilgan rostan ham, lekin manda oldin ham shunday holatlar bo'lgan, ba'zida harflar ataylab o'zgartirib qo'yiladi.

Agentlik matbuot kotibi bu firmani loyihaga hech qanday aloqasi yo'q dedi, unday emas deyishga faktim yo'q. Ibraa Academy Ibrat Academy degan gumon oz moz bor manda bari bir, lekin bu gumon. Rahbari bilan aloqaga chiqib so'rab ko'raman.

Agentlikka izoh uchun rahmat. Uyog'ini tekshirish Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasining ishi, man ko'rgan narsamni yoritdim.

@gazna1
Bugun juda uzun tekst chiqadi, iloji boricha qisqartirdim, lekin tushunarsiz bo'lib qolishidan qo'rqdim, kechiringlar🥲

Manimcha qiziq va e'tibor berish kerak bo'lgan holat, sabr bilan o'qib chiqishlaringa umid qilaman😁

Hozir qayta fakt cheking qilib chiqyapman ma'lumotlarni.

@gazna1
🤫Hokimning yashirin qarori va bir biriga begona bo'lmagan pudratchilar haqida

Toshkent shahar hokimining yashirin qarori asosida Olmazor tumani hokimiyati bir biri bilan bog'liq bo'lgan firmalarga 17,6 milliardlik loyihalarni tendersiz berib yubordi🤑

Toshkent hokimining yashirin qarorlari haqida eshitgandim, lekin bu man uchun odatiy hol. Ya'ni qarorni yashirinligi bu 100 foiz yomon maqsadlar uchun qilinganini anglatmaydi.

😐Ammo bu vaziyatda - tushunarsiz.

❗️Boshidan boshlasam. Prezidentning PQ-50 sonli qaroriga asosan xavoning keskin sovib ketishi oqibatida jabrlangan obyektlarni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish uchun Toshkent shahriga 584 milliard so'm foizsiz kredit ajratilgan.

Qarorga asosan, ishlar tezda amalga oshirilishi kerak, shu sababli ichki tanlov o'tkazib, pudratchilarni aniqlab olish mumkin, bunga asos bor🫡

Asos masalasida hammasi joyida, bu dunyoviy praktika, favqulotda vaziyatda tender pender deb o'tirishmaydi, pudratchini tashkotning o'zi ichki tanlov o'tkazib tezlikda aniqlab oladi va ishlarni boshlab yuborishadi.

🫠Lekin Olmazor tuman hokimiyatining bu ichki tanlovlarida g'alati holatlar sezildi

❗️17-aprel kuni Olmazor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi 22-tanlov bayonnomasini imzolagan. Unga ko'ra, 16 ta mahalla bo'yicha ishlar "Sfatli Qurilish 077" MChJga topshirilgan, uning har bir mahalla uchun o'tgan tanlovdagi raqiblarining ikkisi ham o'ziga begona bo'lmagan firmalar.

Qiziq, qolgan pudratchini aniqlashdagi bayonnomalarda nima gap ekan?

⁉️18-aprel kuni Olmazor tumani hokimiyatida yig'ilish bo'lib o'tadi, unda hokim bir kun oldin, 17-aprel kuni qabul qilingan Vazirlar mahkamasining qaroriga asoslanib ma'lumotlarni portalga joylamay g'olibni aniqlashga ruxsat berilganini aytadi. Lekin u keltirgan sanada u aytgan raqamdagi va mazmundagi Vazirlar mahkamasi qarori haqida Lex.uzda hech qanday ma'lumot topolmadim.

🤓Mayli, chalg'imaymiz, shu kuni 64 ta mahallada qilinishi kerak bo'ladigan 118 ta ish pudratchilarga bo'lib beriladi.

*118 ta ish degani, deylik bitta mahallaga ham yo'l quriladi, ham muhandislik ishlari olib boriladi - bu ikkita ishga o'tadi. Tushunarliroq bo'lishi uchun shunaqa deb yozdim*

💵Xullas, shu 118 ta ishdan 16 tasini "Sfatli Qurilish 077", 12 tasini "Galaba Nihollari", 7 tasini "Olmazor Holding Grand" MChJga berildi - umumiy summa 17,6 milliard so'm, uchchala firma ham bir biri bilan bog'liq.

Vaziyatning g'alatiligi shundaki, avval ham bu uchta bir biri bilan bog'liq korxonalar tenderda bir biriga raqobatchi bo'lib, davlat xaridida g'olib chiqishgan. Hozir ham qanaqadir ichki tanlovlarda qatnashib, olib ketishyapdi🗿🗿🗿

Endi, keyingi masala.

❗️Avvalroq, 2023-yilning 21-fevral kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman kengashi qaysi mahallalarda nima ishlar qilinishi bo'yicha dastur qabul qilgan. 18-aprel kuni 2023-yilning 14-mart kuni ochilgan "Big dasti Group"ga 13 ta ish topshirib yuborildi.

🤔Hm.., tuman hokimi yig'ilishga pudratchi sifatida yillar davomida ishlab kelgan, aylanma kassaga ega, tajribasi borlar chaqirildi degandi. 1 oyni ichida tajriba orttirishga ulgirdimikan bu tashkilot?

⁉️Umuman bajarilishi kerak bo'lgan ishlar yaxshi, lekin ba'zi tushunmovchiliklar bor:

1. Toshkent hokimi qarorining sirliligi nimada?

2. Olmozor tumani obodonlashtirish boshqarmasining 22-sonli tanlov bayonnomasiga ko'ra, "Sfatli Qurilish 077" MChJ 16 ta mahallalardagi qurilish, rekonstruksiya ishlarini yutib oldi, uning bu bayonnomadagi barcha raqobatchilari bir biri bilan bog'liq, affillangan. Qolgan bayonnomalarda nima gaplar? Ular o'zaro kelishilgan holda tuzilganmi?

3. Tajribalilar orasiga bir oy oldin ochilgan "Big Dasti Group" qanday qo'shilib qoldi?

Bu holatlarni nazarimda Antimonopoliya va Antikorrupsiya qo'mitalari o'rganib chiqishi kerak.

@gazna1
☝️Tepada sanagan firmalarimni hozirda mana bu korxona birlashtirib turadi.

Ko'p ma'lumotlarga to'g'ridan to'g'ri link berishni iloji yo'q, vakolatli organlarga birma bir hujjatlarni ko'rsatishim mumkin, hammasi ochiq rasmiy manbalardan olingan:

Xarid.uzex.uz, e-qaror.gov.uz, registr.stat.uz

@gazna1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Euronews'ning aytishicha Londonning Sturgeon Capital guruhi 25 million dollarlik fond orqali O'zbekistonda birinchi bo'lib startaplar va raqamli infratuzilmaga sarmoya kiritgan.

Ochiq ma'lumotlarga ko'ra, biz biladigan o'sha ZoodMall ularning investitsiyasi orqali rivojlangan ekan.

Kompaniya investitsion direktori Kiyan Zandiyexning aytishicha, kompaniya asosiy e'tiborini uch yo'nalishga: moliyaviy texnologiyalar, elektron tijorat platformalari va dasturiy ta'minotga qaratadi.

Startaplarni ko'paygani raqobat muhitini oshirishda juda muhim.

Kompaniyani ko'magi ostida yana qanday startaplar rivojlanib tanilgani qiziq. Hozircha ochiq ma'lumotlarda ZoodMall va ArzonApteka haqida ma'lumot bor.

@gazna1
1,4 milliardlik haykal, tenderdagi qonun buzilishi va Antikorrupsiya agentligining roli

5-may kuni O'zbekiston badiiy akademiyasi Qozog'ostonning Ostona shahrida Alisher Navoiy haykalini o'rnatish bo'yicha tender natijalarini e'lon qildi. Haykal umumiy hisobda 1,4 milliard so'mga tayyorlanib, o'rnatilishi kerak bo'lgan.

Tenderda qatnashgan uch ishtirokchidan, faqat bittasi shu ish bilan shug'ullanadi, bu ham bo'lsa "TIART", qolgani restoran faoliyati va uy qurilishi bilan shug'ullanadi.

Tushunishimcha adiblar hiyobonidagi ba'zi haykallar aynan shu "TIART"ga tegishli.

Bu yerda katta ehtimol bilan raqobat bo'lmagani va g'olib oldindan aniq bo'lgani haqida yozmoqchi edim, lekin yozishim oldi bu narsa ehtimol emas, balki faktligini ko'rib qoldim.

Antikorrupsiya agentligi hayriyatki bu jarayonni 3 kun ichida nazoratiga olib, tenderni bekor qilgan. Agentlikning taqdimnomasida man va siz hayolimizga keltira olmaydigan sxema aytib o'tilgan.

Taqdimnomaga ko'ra, tender komissiyasining 5 nafar a'zosi, shu jumladan raisi bir xil IP manzilidan, deylik kompyuterdan ovoz bergan. Xuddi shu IP manzilidan, ya'ni kompyuterdan uchchala ishtirokchining hujjatlari ham yuklangan.

Har bir ishtirokchi o'z ma'lumotlarini o'zi yuklab, o'zi ishtirok etishi kerak.

Tepadagi rasmda Agentlikning taqdimnomasidan parcha ko'rsatilgan.

Xullas, Antikorrupsiya agentligiga rahmat, lekin agentlik shunchaki tenderni bekor qila oladi. Manimcha qonunchilikda tender jarayonlarida ataylab qilingan o'yinlar uchun javobgarlik kiritilishi kerak.

@gazna1
Kanalda nimadir e'lon qilaman, qaysidir kanal yo oxirida kanalimga link qoldiradi yoki umuman postni shunchaki chopib, o'zi yozgandek chiqaradi (repost haqida gapirmayapman, repost qilayotganlar hurmatda doim)

Davlat tashkilotlari uni postiga link berib izoh beradi, man u izohni bir oy o'tganidan keyin ko'raman.

Ajoyib media olamimiz bor👍

@gazna1
Uzbekistan Airways o'zining 38 ta samolyotini sug'urtalash bo'yicha deyarli 200 milliard so'mlik tender o'tkazdi

Tenderni Apex Insurance aksiadorlik jamiyati yutib oldi.

Katta summa, lekin bunday olib qarasa samolyot o'zi arzon narsamas.

Masalan, 2018-yilning avgustida Samarqand aeroportida kompaniya samolyotining dvigateli qush bilan to'qnashib ketganakan, dvigatelni remonti kompaniyaga 665 ming dollarga tushgan, shundan 564 mingini sug'urta qoplab bergan.

Buni ustiga, tushunishimcha, bu yerda yo'lovchilar ham sug'urta qilinyapdi.

Xullas shunaqa gaplar

@gazna1
Daydi mail pochta haqida

Bir tenderni o'rganish davomida buxoroyagonadarcha@umail.uz degan mail pochtaga to'g'ri keldim. Qanday qilib xususiy biznesni pochtasi qilib Davlat xizmatlari markazi mail pochtasi ko'rsatilishi mumkin deb o'yladim.

Tekshirib ko'rib, xuddi shu pochtani aloqa vositasi sifatida ko'rsatgan bir biriga aloqasi bo'lishi ehtimoli juda kam bo'lgan kamida 12 ta korxona topdim (9 tasi tepadagi rasmda), bundan tashqari yana ikkita davlat tashkilotiyam bor, bittasi maktab.

Kulgili holat, Buxoroda korxonani ro'yxatdan o'tkazishda Yagona darcha xodimlari pochda degan joyiga davlat tashkilotiga tegishli pochtani bosvorishyapdimi, yoki bu rostan qanaqadir "o'ylab chiqilgan reja"mi?

Juda g'alati holat.

U ham mayli, bu tashkilotlarga har xil odamlar har xil maqsadlarda yozsa, davlat tashkiloti sifatida rasmiy xatlar yuborilsa - turli mavzu va so'rovlarni o'qib chiqadigan odamga rahmim kelyapdi. Yoki bu pochta nomiga ochilgan o'lik pochtami? Agar shunday bo'lsa savollar yanada ko'payadi

@gazna1
Forwarded from Texnoplov | Техноплов (Сади Абдуллаев)
O’zbek tilida telegram kanallar ham ancha ko’payib qoldi. Shaxsan o’zim doim o’qib turadigan kanallarmning ro’yxati sizga qiziq bo’lsa, ular quyidagi:

⚡️🪖 Texnoplov - texnologiyalar dunyosida ro’y berayotgan hodisalarga, ana shu texnologiyalar haqida tinmay kontent yaratadigan Saadulla Abdullaev tarafidan beriladigan shaxsiy fikrlar va yangiliklar.

🤘🫡Alimoff – taniqli bloger Nurbek Alimov kanali. Yozgan har bir postida intellekti sezilib turadi. Yumorlarini tushunish uchun gohida ko’p kitob o’qigan yoki kino ko’rgan bo’lish kerak.
Anjancha sheva unsuri bo’yoqdorlikni kuchaytiradi.
Istasa o’tkir kritika, istasa qiziqarli tarix, istasa olma po’chog’i haqida yozadi. Nima yozishini bilbo’medi. Zerikmaysiz!

👑🐱 Susambil - fentezi dunyosining muhlisligini matn ko’rinishida ham isbotlab turadigan Nodir aka. Smartfon ekranida ekskalibur qilichi bilan yozadilar

🤓🇬🇧 Teacher Azam - ingliz tilini jamiyatdagi adolatsizlik va korrupsiya holatlari orqali o’rgatadigan va sochi kimyo moddalaridan iborat bo’lgan Azam Qahramoniyning kanali.

🇺🇿💁‍♀️ Nanouzbek - Texnoplovdan bo’linib, texnologiyalar haqida mustaqil ravishda, mustaqil fikr yuritadigan va issiq issiq yangi chiqqan devayslarga obzor chiqaradigan Fariz Abduraimovning kanali

📈 G’azna - statistika va turli qog’ozlarni o’rganib, soqqa kimga, qayerga va nimaga ketayotgan ekanligini berkitmay aytib tashlaydigan data-jurnalist

👓🧂 Plossla - jamiyatdagi va siyosatdagi voqealarga mem prizmasi orqali qaraydigan plosslar

🍓😎 Kunduziy - youtubeda juda aqlli va jamiyatga ta’sir qiladigan videolar olib, telegramda o’z chiroyini maqtab, sevgi haqida fikrlaydigan Xafiz Kunduziyevich


🎭✍️ Habikatura - O’zbekistondagi sanoqli karikaturachilardan biri. Voqealar va trendlarga reaksiyasi hayratnalarli. Chizganlarini tomosha qilib, “Yomon qilibdiyu”, devormasangiz, hisob emas. Faqat u uchun siz ham trendda bo’lishingiz kerak!


📔📜 Asanov formati - o’zbek tilidagi ilmiy-ommabop kanal. Kanal muallifi - filologiya bo’yicha falsafa doktori Eldar Asanov til, antropologiya, tarix, shuningdek, bugungi ijtimoiy va siyosiy hayot haqida tesha tegmagan gaplarni yozib boradi. Shuningdek, yaxshi kitoblardan, kinolardan tavsiya qilib boradi.


📢🤵 Fayzbog’- bloger Temur Malikning kanali. Kanalda O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayoti keng yoritib boriladi, kun tartibidagi yangiliklar keltiriladi, ular o’tkir tanqid, tahlil va qiziqarli memlar bilan boyitiladi


🔥👉 Зафарбек Солижонов - Korrupsioner Hokim-u vazirlar kushandasi, kanalida eng so’nggi insayd xabar va bepul yuridik maslahatlar berib boradigan huquqshunos blogi. «Do’stlari» Zafarello deb ham chaqirishadi

🤑😎Allaev Uz – Bloger va tadbirkor, Asaxiy kompaniyasi asoschisi Firuz Allaevning telegram kanali. Muallif unda biznes bo’yicha maslahatlar, shuningdek dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzularda fikrlar, tahlillar berib boradi.

👔🫵 Баходир Ахмедов – o’zining amaliyotidagi tajribalardan kelib chiqib maslahatlar beruvchi advokat. Bundan tashqari, kanalda ayni vaqtda yurtdagi sud - huquq sohasidagi «Yonib» turgan masalalardan xabardor bo’lib borishingiz, murojaat yo’llashingiz ham mumkin. Advokat, oma ijtimoiy - siyosiy masalalarni o’tkir hazil ostiga olib qolishiyam mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G'azna
1,4 milliardlik haykal, tenderdagi qonun buzilishi va Antikorrupsiya agentligining roli 5-may kuni O'zbekiston badiiy akademiyasi Qozog'ostonning Ostona shahrida Alisher Navoiy haykalini o'rnatish bo'yicha tender natijalarini e'lon qildi. Haykal umumiy hisobda…
O'zbekiston badiiy akademiyasi chekinishni istamayapdi, Ostonada Alisher Navoiy haykalini o'rnatish uchun yana tender o'tkazdi

Antikorrupsiya agentligi noqonuniy o'tkazilgan degan avvalgi tenderdagi g'olib yana g'olib bo'ldi.

Uning yagona raqibi bu safar Badiiy akademiya qoshidagi Badiiy ijodkorlar uyushmasi xodimi, haykaltarosh Ollobergan Allaberganov. Nimagadir manda Badiiy akademiya shu 1,4 milliardlik tenderni aynan "TIART" MChJ yutishini xohlayotgandek ta'surot uyg'onyapdi.

Antikorrupsiya agentligi yana tekshirishi kerak chog'i. Korrupsiyaga qarshi kurashish bekor qiladi, akademiya sal o'zgartirish kiritib yana o'z ishini qilaveradi. Prokuratura aralashib, o'rganib chiqsa yaxshi bo'lardi vaziyatni.

@gazna1
Sabzavotlar orasidagi quyosh panellari

Xorazm viloyati Bog'ot tuman tibbiyot birlashmasi 18 may kuni 1,2 milliard so'mlik tender natijalarini e'lon qildi. Unga ko'ra g'olib kompaniya birlashma binosining tomida quyosh panellarini o'rnatishi kerak.

Tenderda 10 ta tashkilot ishtirok etgan. Ekologik energiya, 10 nafar raqobatchi, hammasi ideal. Hm, yo'q. Bu yerda ba'zi bir g'alati holatlar bor.

Birinchidan, oxirida 10 nafar raqobatchining faqatgina 2 tasi baholangan, qolgan 8 tasi chetlatilgan. Tender komissiyasi protokolda birorta ishtrokchini chetlatilish sababini kiritib o'tmagan, shunchaki cheklatgani haqida ma'lumot bor.

Ikkinchidan, tenderda oziq ovqat saqlash va yetkazish bilan shug'ullanadigan "Yangiariq Zahira" MChJ yutgan. Firmaning nomida shunaqa yozilgan: "YANGIARIQ ZAXIRA" ma'suliyati cheklangan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonasi, nimagadir protokolda uning to'liq nomi keltirilmagan. Agar bu ham sizni ishontirolmasa, Rossiya bojxonachilari tomonidan tuzilgan deklaratsiya va bu firma chegaradan nimalar olib o'tganiga qarang.

Uchinchidan, texnik shartlarda yetkazib beruvchining omborida maxsulot mavjud bo'lishi kerak degan. Qayerdadir quyosh panellari piyozlar bilan mazza qilib yotganiga ishongim kelmayapdi.

Xullas, mani tahminimcha "Yangiariq Zahira" bu yerda aslida ishni bajaruvchi emas, maxsulotni finalgacha yetib kelgan zahiradagi SUNRISE INFO TECHNOLOGIES MCHJ yetkazib bersa kerak, chunki u quyosh panellari bilan shug'ullanadi.

Tushuntiraman.

Bizda ba'zi tender jarayonlarida o'ziga hos holatlar uchraydi. Deylik tender e'lon qilinadi, unda bu ish bilan shug'ullanmaydigan firma g'olib bo'ladi va vaqt o'tib g'oliblikdan voz kechadi, zahiradagi g'olib esa ishni o'ziga oladi, aslida ishlarni u qilishi avvaldan aniq bo'lgan bo'ladi. Bu o'ziga hos aldamchi harakatlar.

Tepadagi vaziyatda ham shuni hidi kelyapdi, bilmadim, mutasaddi organlar o'rganib chiqishiga arziydigan holat manimcha.

@gazna1