G'azna
6.7K subscribers
171 photos
34 videos
188 links
Data-jurnalist Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali.

Davlat pullari nimaga ishlatilayotgani, qanday qiziqarli holatlar bo'layotganini kuzataman va bo'lishaman.

Murojaat: @gaznabot

Loyihaga yordam: 8600030492643808
Download Telegram
Moliya vazirligi 2023-yilda aholiga SMS-xabarnomalar yuborish uchun 1 milliard 670 million so'm sarflayapdi

Tender vazirlik qoshidagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan kecha o'tkazildi. Bu pullarni sarflab, aholiga qanday muhim ma'lumot yetkazishmoqchiligini bilolmadim. Markaz bilan bog'lanishni iloji bo'lmadi.

Hozircha "Open budjet" bilan bog'liq xabarnomalar yuborilishidan boshqa tahminim yo'q.

Yana bir jihat. Tender o'tkazilishida ishtirokchi kamida 5 yillik tajribaga ega bo'lishi kerakligi talabi qo'yilgan. 2 ta firma qatnashgan bo'lsa, biri 2013-yilda, ikkinchisi 2021-yilda ochilgan.

Odatda ikkinchisi tender talablariga javob bermaganligi uchun diskvalifikatsiya qilinib, ishtirokchi bitta o'zi qolgani uchun, boshqatdan o'tkazilardi. Balki Markaz shoshgandir, kim bilsin.

Bog'lanib aniqlik kiritish imkoni bo'ladi degan umiddaman. Hozircha g'olibi avvaldan ma'lum bo'lgan tender hidi kelyapdi))

@gazna1
Bu post davlat xaridi bilan bog'liq emas, ta'lim bilan bog'liq

Xushnudbekning kanalida Magistratura va doktoranturaga talab etiladigan til seritifikatlari ro'yxati yangilangani haqidagi xabarni o'qib qolgandim.

Keyin ancha vaqt davomida o'rganib bordim. Bu yerda ba'zi qiziq jihatlar bor. Ya'ni uchta til bo'yicha ba'zi sertifikatlar endi o'tmasligi aytilgan, bu o'zgarish Oliy ta'lim vaziri buyrug'iga asosan qilingan.

Endi sal oldinroqqa qaytsak, 2021-yilda imtixonlarda qabul qilinadigan sertifikatlar ro'yxatini e'lon qilgandi. Uni Vazirlar mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi bilan Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tuzib chiqqan.

Vazirlik shu ro'yxatda bo'lgan 3 ta sertifikatni olib tashlab, o'zi bitta qo'shdi.

Olib tashlangan sertifikatlar orasida Cambridge Assessment English Linguaskill ham bor.

2019-yilgi Vazirlar mahkamasining qarorida Linguaskill qabul qilinadi deyilgan, bu hozirgacha amal qiladigan qaror, uni Bosh vazir imzolagan. Ta'lim vaziri esa o'zini bir buyrug'i bilan uni olib tashladi.

Bu sertifikat bo'yicha 6 mingdan oshiq odam imtixon topshirib, uni qo'lga kiritgan degan ma'lumot berilgandi, endi ularning taqdiri nima bo'ladi?

O'zi umuman, qanday qilib vazirlik, Vazirlar mahkamasi qarori asosida kiritilgan ro'yxatga o'zgartirish kiritib yubordi? Yoki man nimanidir o'tkazib yubordimmi?

Qiziq

@gazna1
G'azna
Moliya vazirligi 2023-yilda aholiga SMS-xabarnomalar yuborish uchun 1 milliard 670 million so'm sarflayapdi Tender vazirlik qoshidagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan kecha o'tkazildi. Bu pullarni sarflab, aholiga qanday muhim ma'lumot yetkazishmoqchiligini…
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu postga izoh berdi

To'liq izohni (ortiqcha deb hisoblagan ba'zi joylarimnigina olib tashladim) pastda qoldiraman.

Umumiylashtirib aytadigan bo'lsam, vazirlik 3 ta qonuniy hujjatga asoslanib, 3 xil SMS jo'natmalarni amalga oshiradi, bu xarid shular doirasida bo'lib o'tgan.

"I. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlarida “SMS” - xabarlar xizmatini talab etadigan quyidagi axborot tizimlar mavjud:

1. “
openbudget.uz” - elektron portal xizmati hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida fuqarolarning ovoz berishini ta’minlash maqsadida foydalaniladi.

2. “UzASBO” - axborot tizimi orqali byudjet tashkilotlarida mehnat qiluvchi xodimlarning oylik ish haqi ma’lumotlari bilan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishini ta’minlash maqsadida foydalaniladi.

3. “
invoice.uzasbo.uz” axborot tizimi orqali byudjet tashkilotlarida elektron hisobvaraq-fakturalar ustida amaliyotlar bajarish uchun “SMS” - xabarlar xizmatini yetkazish uchun foydalaniladi.

II. 2023 yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari bo‘yicha jami 34,1 mln. dona SMS ishlatildi.

Shundan, 30 mln. dona atrofida SMS “
openbudget.uz” elektron portal xizmatiga hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga, 4 mln. dona atrofida “SMS” byudjet tashkilotlarida mehnat qiluvchi xodimlarning oylik ish haqi ma’lumotlariga, 1.5 ming dona atrofida SMS elektron hisobvaraq-fakturalar ustida amaliyotlar bajarish uchun sarflandi.

III. “SMS” - xabarlar xizmatini birinchi qismini ta’minlash uchun “Axborot texnologiyalari markazi” DUK tomonidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida umumiy hisobda jami 44 mln. dona SMS xizmatlarini xarid qilishga tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda ikkita ishtirokchi “Orzu Mobile” MCHJ va “Play Mobile” MCHJ tashkilotlari qatnashdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, “Play Mobile” MCHJ 1 dona SMS xizmatiga 38 so‘mdan taklif berib (“Orzu Mobile” MCHJ 1 dona SMS xizmatiga 39 so‘mdan taklif bergan), tanlov g‘olibi bo‘ldi".


Afsuski, nimaga talabga javob bermagan ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinib, tender qayta o'tkazilmadi degan savolga javob ololmadim. Nima bo'lgan taqdirdayam, vazirlikka e'tibor va izoh uchun rahmat.

@gazna1
Topishmoq:

Ayb vergulni o'qimagan tizimdami, yoki ma'lumotni kiritguncha vergulni qo'yolmagan xodimda?

@gazna1
Ba'zida mana shunaqa murojaat bilan ham chiqishadi botimga.

Qo'rqitasilaye odamni

Mobodoga aloqaga chiqmoqchi bo'lsanglar: @gaznabot

@gazna1
Ta'minot va logistika xizmati Davlat unitar korxonasi 18-aprel kuni umumiy hisobda 50 milliard so'mlik 5 ta tenderning 4 tasini o'tkazdi.

Tender musiqiy asboblar bo'yicha o'tkazildi.

Umumiy rejaga ko'ra 10 104 tadan Dutor, Do'mbira, Doira, Tanbur, Rubob, G'ijjak va Nay sotib olinadi. Bu 70 728 ta cholg'u asbobi degani.

Keyin bu cholg'u asboblari Respublika maktab va bog'chalariga tarqatilar ekan.

🙃Endi manetga keb, mani hayron qoldirgan vaziyat haqida eshitishsez.

Lotni 3 tasini "Actava" MChJ yutib olgan. Bu degani, u 4 oy ichida Qoraqolpog'iston R., Xorazm viloyati, Farg'ona vodiysi, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahriga umumiy hisobda har bir cholg'u asbobidan 5785 ta yetkazishi kerak. 7 ta cholg'u asbobi qo'yilgan bo'lsa, tashkilot 4 oy ichida 40495 ta maxsulot ishlab chiqarishi kerak.

Agar bu firmani egasi bo'gan brat to'rtinchi lotniyam yutmasa))

Ulgurisharmikan?😁

@gazna1
Tender o'tkazilishidagi ehtimoliy o'yinlar haqida ikki uchta vaziyatga duch keldim. Video qilmoqchiman, uzun tekst nazarimda ko'pchilikka qiziqmas.

Lekin video qiziq bo'larmikan deb o'ylab qoldim endi🥲

@gazna1
O'zbekistonlik 3

Konsta'ning yaqinda e'lon qilingan O'zbekistonlik klipidan keyin deyarli uch oy oldin yozgan mavzuyimga yana qaytishni istab qoldim.

Avvalroq bu loyihaning ikkita soni haqida yozgandim.

To'g'risi bu sauntrekni Konsta kuylashi proyektga qanchaga tushganini ko'rmoqchi edim.

Bu klipni olinishiga Pepsi hamkor bo'lgan, deyilishiga qaramay bir qiziqib ko'rdim. Turli davralarda "O'zbekistonlik"ning keyingi sonlari to'liq xususiy hamkor bilan birgalikda qilinishi haqida eshitgandim, lekin manimcha unday emas.

Fevral oyida Yoshlar agentligi O'zbekistonlik loyihasi bo'yicha 3-shartnomani imzoladi, uning narxi 1,6 milliard so'm, birinchi sonda 2,7 milliard sarflangandi. Xizmat safari uchun 261 million ajratilibdi. Bu safar ijodkorlarimiz yo AQShda 35 kun o'tkazib kelishmagan, yo qolgan qismini xususiy hamkor qoplagan🙃

Bu hujjatda ma'lumot avvalgilaridan kamroq, lekin smeta bor. Sauntrek bilan bog'liq bo'limni topolmadim, bastakor uchun 50 million ajratilgan ekan faqat. Balki davlat pulidan filmga ajratilib, sauntrek rostan ham xususiy hamkor bilan qilingandir.

Smetada yozilishicha, "O'zbekistonlik"ning navbatdagi soni 3 million prosmotr bo'lishi rejalashtirilgan. Bu ko'rsatgichga erishish uchun 400 million ajratilgan. Xo'sh do'stlar, soliqlarimizdan yig'ilgan 1,6 milliard so'mga olingan (xususiy hamkor pul qo'shgan bo'lsa ko'proq) filmni 3 million marta ko'rib bermasak uyat bo'lar😊

Reklama qilganim uchun 400 milliondan mangayam tushib qolar😂

@gazna1

UPD: 1-songa 2,7 milliard so'm emas, 1,8 milliard ajratilgandi. Ikkita sonni narxini qo'shib yozvoribman.
G'azna
O'zbekistonlik 3 Konsta'ning yaqinda e'lon qilingan O'zbekistonlik klipidan keyin deyarli uch oy oldin yozgan mavzuyimga yana qaytishni istab qoldim. Avvalroq bu loyihaning ikkita soni haqida yozgandim. To'g'risi bu sauntrekni Konsta kuylashi proyektga…
"O'zbekistonlik" filmining 3-soni Parijda premyera qilinyapdi. Parijliklar intiqlik bilan kutgan bo'lsa kerak. Bir mazza qilishsin.

Nonni narxi qanchadan bo'lyapdikan akala?

@gazna1
Bugun bir tanishim nimaga faqat negativ ko'raverasan har joydan dedi. Lekin aslida pozitiv narsalar ham chiqarib turamanku.

Lekin ba'zida pozitiv xarid ko'rib, zo'rku deb hujjatlarga qarasam nimadir g'alati narsa chiqib turadi, mana buni zo'r qilishibdi deyishga uyalib qolaman.

Shu tanishim "bir tarafdan auditoriyang shu negativni o'qish uchun kiradi kanalga" dedi. Bu gapi esa rostan o'ylantirdi. Man faqat yomon tarafni ko'radigan emas, holis bo'lib, yaxshi holatlarni ham yozish tarafdoriman.

Lekin uni gapida jon bor yoki yo'qligini bilmoqchiman. Videoformat tayyorlash oldi fikrlaring qiziq manga, kichik so'rovnoma qilamiz.

@gazna1
Kanalda davlat organlari tomonidan o'tkazilgan maqtashga arzigulik xaridlarni ko'rib borishni istaysizmi?
Anonymous Poll
49%
Ha, hamma ham o'g'ri emas
33%
Yo'q, shundog'am ko'p joyda maqtanishadi, kamchiliklarni yoz
18%
Farqi yo'q
G'azna
"O'zbekistonlik" filmining 3-soni Parijda premyera qilinyapdi. Parijliklar intiqlik bilan kutgan bo'lsa kerak. Bir mazza qilishsin. Nonni narxi qanchadan bo'lyapdikan akala? @gazna1
Parijda o'tgan premyera bo'yicha

Parijga o'zbek mediasferasidagi bloger va jurnalistlar budjet mablag'lari hisobiga yuborilgani haqida ko'p yozishyapdi.

Forum o'tkazilishiga aloqador bo'lishi mumkin bo'lgan tashkilotlarni qarab chiqdim Tashqi ishlar vazirligi, konsulliklardan tortib Yoshlar agentligi va boshqa tashkilotlargacha.

Rostdan ham Parijda bo'lib o'tgan forum bo'yicha hech qanday xarid yo'q. Forum tahminimcha rostan ham ko'rsatilgan hamkorlar ko'magida o'tkazilgan, safarga borganlar ham davlat mablag'lari hisobiga borishmagan. Tushunishimcha, premyera forum doirasida bo'lib o'tkan.

Okey. Lekin bu filmning maqsadli auditoriyasi o'zbekistonliklar, aynan ularning motivatsiyasi uchun qilingan bu. Shu sabab film premyerasi avval O'zbekistonda o'tkazilishi kerak edi deb o'ylayman. Lekin bu detal, ko'p narsani o'zgartirmaydi, shunchaki hayolimga birinchi shu fikr keldi.

Premyera aslida Youtubeda bo'larkan. Parijda shunchaki forum doirasida ko'rsatilgan.

@gazna1
80% dan ko'p ulushi davlatga tegishli Aloqabank 4 millard so'mlik tender o'tkazdi

Tahminimcha tenderda raqobat bo'lmagan va ikki tanish o'rtasida o'tgan.

Xo'sh, tender bankning mobil ilovasini blogerlar va OAVdagi reklamasi uchun o'tkazilgan. Tenderda ikkita firma qatnashdi: "Starboy Marketing Systems" MChJ va "Xaitbayeva Agency" MChJ.

Endi bu ikki firmaning mail pochtasiga e'tibor bering, qandaydir tasodiflar bilan bir xil manzil ko'rsatilgan.

Aloqabank, ikki firmaga ma'lumotlarni pochta orqali bitta manzilga yuborayotganda nimadir noto'g'ri ketayotganini sezmadingizmi?

Yoki ma'lumotlar pochta orqali yuborilmaydimi? Ro'yxatga olgunchachi? Balki man doimgidek yana adashayotgandirman va shunchaki tasodifdir.

@gazna1
Referendum byulletenlari, qo'l soati va kitob haqida

Markaziy saylov komissiyasiga referendum byulletenlari nech pulga tushgani va shunga o'xshash ma'lumotlarni topolmayapman

Oxirgi xaridlari ichida tashish va qo'riqlash xizmati bo'yicha qilingan yirik xaridlar bor, qolgani mayda xaridlar.

Nashriyot bilan bog'liq hozircha ikkita yirik xarid ko'rdim. Biri referendum qonunchiligi bo'yicha o'quv amaliyoti qo'llanmasi, o'tkan yili avgustda qilingan xarid, umumiy narxi 850 mln so'm.

Ikkinchisi 2022-yilning 10 - oktyabrida qilingan. Unda "Yangi O'zbekiston yangi imkoniyatlar" kitobidan 500 ta chiqarish belgilangan, xarid summasi 405 million so'm. Lekin, tushunishimcha, bu kitob 2021-yilda chiqarilgan.

Hujjatga ko'ra, 2021-yilgi saylovlarda faol ishtirok etgan xodimlarga qo'l soatlari topshirilgan, shu bilan birga kitoblar ham chiqarilgan, lekin yetkazib beruvchilar oldida 1 milliard so'm atrofida qarzdorlik vujudga kelgan.

2021-yil tugashi arafasida Moliya vazirligi saylovdan ortgan pulni byudjetga qaytarib bo'lgan, shu sabab 2022-yilda soatlarni yetkazib bergan korxona oldida qarzdorlikni uzish uchun pul ajratishni so'ragan.

Qo'l soatlarini bilmadimu, lekin bu xarid kitob bo'yicha qarzdorlikni uzish uchun amalga oshirilgan tushinishimcha.

Xullas bu xarid 2021-yilga tegishli. Referendum bilan bog'liq byulletenlarni yoki Markaziy saylov komissiyasimas boshqa tashkilot sotib olgan, yoki ma'lumot keyinroq chiqadi.

@gazna1
Kanal haqida

Bir ikki joyda mani Kompromat uzb izidan ketayotganim haqida hazillar eshitdim, bu hazl tariqasida aytilgan bo'lsada qandaydir ehtimollar sezildi. Hozirdan aytaman: yo'q! Kanal pul ishlash uchun ochilmagan.

Kanalni ochishdan maqsadimni ochiqcha aytishga tayyorman. Agar yashirin niyyatlarim bo'lganida o'zimni ism familiyamni kanalga ochiqcha yozmagan bo'lardim.

Ismim Nodir, familiyam Norto'rayev, jurnalistman, jurnalistika sohasida ta'lim olishni davom etyapman, 2019-2022 yillarda turli mahalliy OAVlarda faoliyatimni olib bordim, o'zim bilan bog'liq turli sabablar sabab ketma ket ish joyimni almashtirdim va oxiri sohadan oziroq dam olishga qaror qildim.

Hozir reklama va piar sohasida faoliyat olib boraman, asosan ssenariy yozish bilan shug'ullanaman. Lekin oldingi kichik tajribamni ham unutvormaslik uchun G'aznada o'rganishlarni olib borishga qaror qilganman.

Yo'nalishim data-jurnalistika, raqamlar, hujjatlarni o'rganishni yaxshi ko'raman. Bu kanal hobbi uchun ochilgan. Reklamaga tayyorman, buni yomon jihati yo'q, lekin haqiqiy reklamaga, reklama ko'rinishidagi jimlik haqqiga emas.

G'azna faoliyati davomida postni o'chirishim uchun pul taklif qilishdi, postni o'chirmayman, buni sud qarori yoki AOKAning qonuniy talabi asosida qilishim mumkin.

OAV ko'rinishida rasmiy ro'yxatdan o'tmagan bo'lsamda, jurnalist sifatida OAV to'g'risidagi qonunga amal qilaman va ikkinchi tomonni izohini hech qanday o'zgartirishlarsiz kanalda e'lon qilish majburiyatini bo'ynimga olaman, buni kanalda e'lon qilinayotgan ikkinchi taraf izohlaridan ham bilib borish mumkin.

Prinsipial jurnalistika tarafdoriman, hozircha hech qanday bosimga uchramadim, har bir yozgan narsam hujjatlarga asoslangan.

Shunday ekan, iltimos, man bilan hamkorlik qilmoqchi bo'lsangiz qandaydir postni o'chirishim, yoki sizni tilga olmasligim uchun emas, kanalim rostan faoliyatingizda ko'maklashishi mumkinligi uchun hamkorlik qiling.

Kimdir haqida yozishim uni yomon ko'rishim yoki undan nimanidir kutayotganimni emas, Konstitutsiyaga asoslangan fuqarolik huquqimdan foydalanayotganimni anglatadi.

Rahmat.

@gazna1
Uni buni qo'yib jona jon Yoshlar agentligiga qaytsak

Man yoki bu agentlik faoliyatiga tushunmayman, yoki rostan ichi qora jirkanch odamman yaxshi qilinayotgan ishlarni ko'rolmaydigan.

Ibrat farzandlari bilan bog'liq xarid va voqealar juda g'alati ko'rinyapdi manga.

Xo'sh, Ibrat farzandlari loyihasi Yoshlar agentligi tomonidan tashkil etilgan.

Endi Ibrat farzandlari saytiga kiramizda, eng pastda loyiha Ibrat Academy'ga tegishliliga va barcha huquqlar himoyalanganini ko'ramiz, Ibrat Academy MChJ shu yilning 27 aprel kuni, ya'ni 4 kun oldin tashkil etildi, ta'sischi va rahbari Ibrohim To'xtamurodov.

Shu kuni, ya'ni 27 aprelda agentlik xorijiy tillarni o'rgatadigan videoroliklar tayyorlash bo'yicha tender o'tkazdi, 28-aprelda natijalar e'lon qilindi, unda shu yilning 18-yanvar kuni tashkil etilgan Lenguage media g'olib bo'ldi. Uni rahbari va ta'sischisi Ibrat farzandlari loyihasining rahbar o'rinbosari Sanjar Muxitdinov, uning tanlovdagi raqibi Lenguache Camp bo'ldi, uchinchi raqibi diskvalifikatsiya qilingan.

Biz bilamizki Ibrat farzandlarinig Ibrat Lenguage Camp degan loyihasiyam bor, nu mayli bu yog'i uje shunchqki tahmin.

Shunda, Yoshlar ittifoqi o'zi, ya'ni davlat puliga tashkil etgan loyihada, shu loyiha faollari o'rtasida tender o'tkazib, loyihani Ibrat Academy degan hususiy korxonaga bervordimi?

Chalkashib ketdi.

Qarang, davlat tashkiloti davlat puliga loyiha ochyapdi, unga bo'lgan huquq lekin davlat organiga emas, xususiy korxonaga berib yuborilyapdi, undan oldinroq yanvarda loyihaning rahbarlaridan biri firma ochib, davlat to'g'ridan to'g'ri ajratgan pulini tender orqali olyapdi.

Tushunmadim, brendni sotib oldimi shunda Ibrat Acadimy? Chek bormi?

Pul yuvishning bazaviy ko'rinishlaridan biri - bu davlat ajratgan pullarga xususiy firmadan turli narxda xizmat sotib olib, pulni olib chiqish. Xususiy korxonani pulini hech kim tekshirmaydi. Bu bilan Yoshlar ittifoqi pul yuvyapdi demoqchimasman, tashqaridan shunaqa tahmin yaratyapdi, lekin bu darajada qo'pol va ochiqcha qilishmasa kerak bu ishni deb o'ylayman, bu uchun javobgarlik borligini bilishadiku.

O'zimcha nimalarnidir tasavvur qilib yuborib juda adashyapman degan umiddaman, mani sevimli agentligim unday qilmaydi🥲

@gazna1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ekraningizda Yoshlar agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev va yaqindagina shu agentlik o'tkazgan 1,6 milliard so'mlik tenderda g'olib bo'lgan Sanjar Muxitdinov.

Xursandchiligingizga sherikman, tahminlarim xato deb umid qilaman

@gazna1