Gazeta.uz — Maxsus kanal
204 subscribers
194 photos
8 videos
75 links
Eskirmaydigan materiallar. www.gazeta.uz sayti Maxsus bo‘limining rasmiy kanali.

Materiallar mualliflari nomidan yuritiladigan kanal.

Pochta: tahririyat@gazeta.uz
Tahririyat: +998 78-333-10-15
Тelegram: @GazetauzMuloqotBot
Reklama: +998 99 444 35 39
Download Telegram
“Sogʻinchimni qondirish uchun chizaman”. Umidjon Alimovning “Qishloq anatomiyasi” koʻrgazmasidan reportaj

17-aprel kuni Toshkent Fotosuratlar uyida qishloq hayotini tasvirlashi bilan tanilgan rassom Umidjon Alimovning shaxsiy koʻrgazmasi ochildi. Bunda ijodkorning 25 ishi namoyishga qoʻyilgan boʻlib, har bir suratga uning yaratilish tarixi haqidagi hikoyaga olib boruvchi QR-kodlar ilova qilingan.

Umidjon Alimovning asarlari ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish bilan kutib olinadi, chizgan ishlariga “fotoapparatda olingan”, oʻziga esa “qishlogʻini Toshkentga koʻchirib kelgan”, deb taʼriflar ham beriladi.

Ijodkor oddiy, samimiy, lekin eʼtiborsiz turgan narsalarni xalqqa rassom koʻzi bilan koʻrsatishni xohlashi, hozirgi rivojlanayotgan davrda shahar odamlarida halovat yoʻqolgani, toʻs-toʻpolon borligi sezilishi, qishloqlarni esa sokinlik, xotirjamlik, odamiylik, baxtiyorlik, oddiy narsadan quvona olish hissi hali ham tark etmaganini aytarkan, asarlarini sotish yoki boshqa maqsadda emas, oʻzining sogʻinchini qondirish uchun yaratishini taʼkidlaydi.

“Tirikchiligim poytaxtda, oʻzim Toshkentda ishlab, yashayman. Ota-onam, oilam esa Andijonda, shuning uchun bir oyogʻim Andijonda. Qancha koʻp bormay, ularni sogʻinaveraman. Ijodkor taʼsirchan ijod qilishi uchun yetarlicha baxtsiz boʻlishi kerak, degan fikrni eshitganman. Meni baxtga yetaklayotgan baxtsizlikni ham shu sogʻinchda, deb bilaman”, – deydi rassom.

Koʻrgazmadan tayyorlangan reportaj bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/qishloq-anatomiyasi/

Ziyoda Ramazonova, Murod Yusuf

@gazetauzmaxsus
“Meni ishga olasizlarmi?”

Toshkentda boʻlib turgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri lord Devid Kemeron “Karavan” restoranida osh tayyorlash jarayoni bilan tanishdi. Unga qozonda pishib turgan oshni aralashtirish topshirildi. Sobiq bosh vazir taomning xushboʻyligi va koʻrinishiga qoyil qoldi va palovni aralashtirib boʻlgach: “Meni ishga olasizlarmi?” — deb soʻradi.

Foto va video: “Gazeta.uz

@gazetauzmaxsus
Gazeta.uz — Maxsus kanal
Photo
Biz hamkorlik oʻrnatish uchun bu yerda boʻlishni xohlaymiz — Britaniya tashqi ishlar vaziri Oʻzbekistonda

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri, sobiq bosh vazir, lord Devid Kemeron 23-aprel kuni Oʻzbekistonda boʻldi. U mamlakat tashqi ishlar vaziri hamda Senat raisi bilan uchrashdi.

Gazeta.uz Britaniya vaziri bilan suhbatlashib, uning tashrifi bo‘yicha lavha tayyorladi.

https://youtu.be/OzIep0JrOBo

@gazetauzmaxsus
Chernobilni eslaymiz

1986-yilning 26-apreliga oʻtar kechasi Chernobil AESdagi portlash minglab taqdirlarga taʼsir qildi. Pripyat va Chernobil hech kim yashamaydigan arvoh shaharlarga aylandi, Ukraina, Belarus va Rossiyaning ming-minglab kvadrat kilometr hududi radiatsiyadan zararlandi, Yevropaning oʻnlab mamlakatlari osmonida radiatsiya buluti paydo boʻldi.

Qurilib, foydalanishga topshirilgan vaqti “eng xavfsiz va innovatsion” deya taʼriflangan AESning falokati ehtimoliy qurbonlari soni (kamida 4 ming kishi) va yetkazgan iqtisodiy zarari boʻyicha atom energetikasi tarixidagi antirekordchiga aylangan.

Oʻzbekistondan uzoqda boʻlishiga qaramay, ushbu fojia oʻzbekistonliklar taqdiriga ham daxldor. Oʻzbekiston chernobilchilari uyushmasi raisi Yuriy Nikonov bergan maʼlumotga koʻra, 1986−1989-yillari Chernobil AES falokati taʼsir qilgan hududlarda tozalash va qurilish ishlarini olib borishda 10 mingdan ortiq oʻzbekistonlik qatnashgan.

Bir yil avval “Gazeta.uz” Chernobil falokati oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan oʻzbekistonliklar bilan suhbatlashgan edi.

U bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2023/04/26/chernobil/

Mudhish avariya haqida qisqacha tafsilotlar esa bu yerda:

https://www.gazeta.uz/oz/2021/04/26/chernobyl/

@gazetauzmaxsus
Trolleybus oʻrniga elektrobus. Bundan 14 yil avval toʻxtatilgan Toshkent trolleybuslari oʻrnini elektrobuslar egallaganiga bir yil toʻldi

Toshkent bundan qariyb 77 yil avval — 1947-yilning 5-noyabrida — ilk bor trolleybuslar bilan tanishgandi. 2010-yilning 30-aprelida esa poytaxt trolleybuslar bilan xayrlashgan. Trolleybus faoliyatini tugatish xato qarorlardan biri sifatida koʻriladi. Bu xato 2023-yilda qisman toʻgʻrilandi — bir vaqtlar trolleybuslar yurgan yoʻllarda endi elektrobuslar harakatlanmoqda. “Gazeta.uz” ayni bir joyda yurgan trolleybus va elektrobuslarning suratlarini jamladi.

Material bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/30/trolleybus/

Guliraʼno Musayeva, Xolida Musulmon

@gazetauzmaxsus
“Odamlar mehribon boʻlishini xohlayman”. Yoʻlbars hikoyasi

Toshkent hayvonot bogʻida 10 yashar bir yoʻlbars bor. Laqabi — Navroʻz. Oʻzi moskvalik, 8 yildan beri Toshkentda yashaydi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan, hatto bir “xotini” va bolasidan ham “ayrilgan”. Bir tishidan ham ayrilgan. Navroʻz oʻz hikoyasini “Gazeta.uz” bilan boʻlishdi — uning odamlarga iltimosi bor.

U bilan quyida havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/uz/2024/04/30/monolog/

Mirolim Isajonov, Muhrim Aʼzamxoʻjayev, Madina Aʼzam

@gazetauzmaxsus