Gazeta.uz — Maxsus kanal
180 subscribers
168 photos
6 videos
54 links
Eskirmaydigan materiallar. www.gazeta.uz sayti Maxsus bo‘limining rasmiy kanali.

Materiallar mualliflari nomidan yuritiladigan kanal.

Pochta: tahririyat@gazeta.uz
Tahririyat: +998 78-333-10-15
Тelegram: @GazetauzMuloqotBot
Reklama: +998 99 444 35 39
Download Telegram
“Hayratlanmasa, odam muzeyni unutadi”. Toshkentdagi Qovoq uy-muzeyi va uning asoschilari haqida

Toshkentdagi Qovoq muzeyi haqida koʻpchilik bilmaydi. Boʻyab-chizilgan qovoqlar va qoʻlda yasalgan qoʻgʻirchoqlar bilan yorqin bezatilgan eski uy-muzey Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Sultoniya koʻchasi 62-uy manzilida joylashgan. Muzeyga kirish joyida somon tuya qorovullik qiladi, uning qovoqdan yasalgan xonimi esa mehmonlarni tabassum bilan kutib olib, peshtoqiga qovoqlar osilgan darvozaga taklif etadi.

Muzeyga bundan 20 yil avval sobiq pedagoglar Baxtiyor va Dildora Poʻlatovlar asos solgan. Bu yerda qovoqning 50 dan ortiq turi bor, mahorat mashgʻulotlari oʻtkaziladi, qoʻgʻirchoq teatrlari qoʻyiladi. “Gazeta.uz” asoschilar bilan muzeyning yaratilish tarixi, uning xizmatlari va oʻziga xos bolalar bilan ishlash haqida suhbatlashdi.

Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/18/pumpkin-museum/

Umida Ergasheva, Xolida Musulmon

@gazetauzmaxsus
“Mifonomika”: Korrupsiya qonimizga singib ketganmi?

Gazeta.uz” turli soha vakillari bilan odamlar orasida iqtisodiyot haqida tarqalgan miflar va yanglish tasavvurlarni muhokama qilishga qaratilgan “Mifonomika” loyihasini davom ettiradi.

Loyihaning to‘qqizinchi sonida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov bilan “Korrupsiya qonimizga singib ketgan” degan mif haqida gaplashdik.

Suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=nimiuyWgNSg

Podkastni keyinroq tinglashni istasangiz, ushbu postni Saqlangan xabarlar (Избранное / Saved Messages)ga jo‘natib qo‘ying.

“Mifonomika” loyihasining oldingi epizodlarini bu havola orqali tomosha qiling.

Bahodir Abdullayev

@gazetauzmaxsus
Poytaxtni egallagan Olot kutubxonasi. Mahallasida kutubxona ochish uchun Turkiyadan qaytib kelgan Shahnoza Navroʻzova hikoyasi

Olot somsasi Toshkentni “egallagani”ga koʻp boʻldi. Ammo poytaxtga “yurish” faqat somsa bilan kifoyalanayotgani yoʻq. Uning yoniga kutubxona ham qoʻshildi.

Buxoro viloyati Olot tumanidagi mahallada 2023-yil iyunida Shahnoza Navroʻzovaning saʼy-harakati bilan kutubxona ochilgan edi. Oradan bir yil oʻtmay bu tashabbus Oʻzbekiston banklarini ilhomlantirdi: 15 bank Toshkentdagi 100 ta mahallada kutubxonalar ochib, 2024-yil 1-mayidan ishga tushira boshladi. “Gazeta.uz” poytaxtga ibrat boʻlgan kutubxonada boʻlib qaytdi.

Asoschi kutubxonani ochishdan maqsadi, bu jarayonda duch kelgan qiyinchiliklari, rasmiylarning befarqligi-yu vatandoshlarning qoʻllovi, bu ishdan olayotgan maʼnaviy toʻyinishi haqida soʻzlab berdi.

Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/31/olot-kutubxona/

Ziyoda Ramazonova, Behzod Boltayev

@gazetauzmaxsus
“Mifonomika”: Avtokratiya barqarorlikni taʼminlaydimi? | Farhod Tolipov

Gazeta.uz” turli soha vakillari bilan odamlar orasida tarqalgan miflar va yanglish tasavvurlarni muhokama qilishga qaratilgan “Mifonomika” loyihasini davom ettiradi.

Loyihaning o‘ninchi sonida siyosatshunos Farhod Tolipov bilan “Avtokratiya barqarorlikni taʼminlaydi” degan mif haqida gaplashdik.

Suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/nGO7Fujj3rc

Podkastni keyinroq tinglashni istasangiz, ushbu postni Saqlangan xabarlar (Избранное / Saved Messages)ga jo‘natib qo‘ying.

“Mifonomika” loyihasining oldingi epizodlarini bu havola orqali tomosha qiling.

Bahodir Abdullayev

@gazetauzmaxsus
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kutubxona”: Xurshid Davronning shaxsiy kutubxonasidan reportaj

Gazeta.uz” kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida “Kutubxona” nomli loyiha boshladi. Unda oʻz xonadonida kutubxona tashkil qilgan mutolaa ishqibozlari bilan kitobxonlik va kutubxonachilik haqida suhbatlar uyushtiriladi. Loyihaning ilk mehmoni — Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron.

“Mamlakatning kitobga boʻlgan munosabatini chiqayotgan kitoblar soniga qarab emas, mamlakatda mavjud kutubxonalar va ularning aʼzolari soniga qarab belgilash kerak”, – deydi u.

Xurshid Davron bilan boʻlgan intervyuni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/HWB0Wv1YHCw?si=2scFcgcKytyJQ4ux

Mirolim Isajonov, Ma’murjon Obrahmatov, Shahzod Habibullayev

@gazetauzmaxsus
Yunusobod tumanining suv bosgan joylaridagi vaziyat

Maxsus texnikalar yordamida suvni koʻp qavatli uylarning hovlilaridan chiqarib tashlash ishlari davom etmoqda. Quvur yorilgan hududda taʼmirlash ishlari ketyapti.

Foto: “Gazeta.uz

@gazetauzmaxsus