Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
21.9K subscribers
43.4K photos
908 videos
4 files
41.2K links
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/

Tahririyat:
@GazetauzMuloqotBot
+998 78-333-10-15

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99-444-35-39

Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16

Kirill alifbosidagi kanal:
@gazetauz_uzb
Download Telegram
Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari Toshkentdagi birinchi uchrashuvida xavfsizlikka oid zamonaviy tahdid va xatarlarni baholashning yagona yondashuvlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/meeting/

Telegram | Instagram | YouTube
Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari O‘zbekiston tibbiyot sohasiga, xususan, onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirilmoqda. Jumladan, 231 ta tug‘uruq muassasalariga 23 turdagi tibbiy uskunalar sotib olinyapti, 50 mingdan ziyod tibbiyot xodimi o‘qitiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/gulnora-karimova/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +27…+30, ayrim joylarda +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/ob-havo/

Telegram | Instagram | YouTube
Xitoyga tashrif doirasida “O‘zatom” delegatsiyasi CNNC, Rosatom va Shanghai Electric bilan O‘zbekistondagi AES loyihasi uchun turbinalarni yetkazib berish va uskunalarni moslashtirishni muhokama etdi. Shuningdek, Xitoy Eksimbankidan moliyalashtirish jalb qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/nuclear-power-station/

Telegram | Instagram | YouTube
Dubayda 15 nafar o‘zbekistonlik jinoiy to‘qnashuvda ishtirok etishda gumonlanib qo‘lga olindi. BAA O‘zbekiston fuqarolari tomonidan “qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani” vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirdi. O‘zbekiston TIV fuqarolarni bunday harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/uae/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda budjet defitsiti YAIMga nisbatan 3,2 foizgacha pasaysa-da, davlat korxonalari faol xarajati va tashqi qarzlar ko‘payishi hisobiga davlat xarajatlari yuqoriligicha qolmoqda. Jamg‘arma kelgusi yillarda mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi 5,8−5,9 foiz darajasida saqlanib qolishini prognoz qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/imf-forecast/

Telegram | Instagram | YouTube
🚞 Toshkent — Urganch — Xiva yo‘nalishidagi yangi vagonlardan videoreportaj

Toshkent — Urganch — Xiva yo‘nalishiga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi 10 ta zamonaviy vagon yo‘lga qo‘yildi. Unda 4 ta plaskart, 4 ta kupe va 2 ta birinchi klassdagi (СВ) vagonlar mavjud. Yo‘lovchilar vagonda mikroiqlimni moslash uchun zamonaviy tizimdan foydalanishi mumkin.

https://youtu.be/QXcbqmLAzdE

Telegram | Instagram | YouTube
Qiziqchi Shukrullo Isroilovga tegishli Mercedes-Benz`ni olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi. Sudlanuvchi bolalikdan nogiron ekani, o‘ziga nisbatan ishonchni sinab ko‘rish uchun mashina boshqarishni niyat qilganini aytib, suddan yengillik so‘ragan. Jabrlanuvchi unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini aytgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/sud/

Telegram | Instagram | YouTube
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 28-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 29,97 soʻmga koʻtarilib, 12 957,14 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi va rubl kursi esa biroz oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
Toshkent metallurgiya zavodi 25-aprel kuni Toshkentda 5 yillik faoliyatini nishonlash doirasida biznes-uchrashuv o‘tkazdi, u barqaror rivojlanish va xalqaro miqyosdagi e’tirofni yana bir bor tasdiqladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/tmz/
O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27−30-aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelishi xavfi e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/sel/

Telegram | Instagram | YouTube
Adliya vazirligi, YI va BMTTD davlat xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha 4,9 mln yevrolik loyihaning yangi bosqichini boshladi. 2029-yilgacha 35 ta davlat xizmatini raqamli transformatsiyalash, 1000 nafar davlat xizmatchisini o‘qitish va mahallalarda 34 ta davlat xizmatlari ko‘rsatish shoxobchasini ochish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/services/

Telegram | Instagram | YouTube
OAV Pokiston Hindistonning Jammu va Kashmirdagi chegara postlarini o‘qqa tutgani, Hindiston ham javob qaytarganini yozmoqda. Vaziyat Kashmirda 30 ga yaqin sayyoh terakt qurboni bo‘lganidan so‘ng keskinlashdi. Hindiston bir necha diplomatlarni chiqarib yuborib, suvni to‘sdi. Pokiston buni urush harakati deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/pakistan-india/

Telegram | Instagram | YouTube
Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari ta’limga yo‘naltiriladi. Bunda ikkita yirik loyiha amalga oshiriladi. Xususan, maktablarda iqlim o‘zgarishiga chidamlilik oshiriladi, sanitariya va isitish tizimlari yaxshilanadi, 50 ta maktab inklyuziv ta’limga moslashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/gulnora-karimova-sudi/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘FA birinchi vitse-prezidenti U-17 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan yoshlar terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlashga chaqirdi. “Ota-onalar bayram qilaversin, ammo bizning vaqtimiz yo‘q”, — dedi Ermatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, “telefon orqali” jamoaga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/football/

Telegram | Instagram | YouTube
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (26-27-aprel)

Yetitta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, yugurish musoboqalari, San Market yarmarkasi, MakSim va Ivan Urgant konsertlari, keramika ko‘rgazmasi, spektakllar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida:

https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/04/25/26-27-aprel

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda yilning dastlabki uch oyida 173 nafar shaxs YTH sodir etgani sababli ozodlikdan mahrum qilindi. Yana 700 nafardan ortiq shaxsga qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/ythlar/

Telegram | Instagram | YouTube
Nukusda FVV xodimlari uyida qo‘l va oyoqlari ishlamay, qulflanib qolgan fuqaroni qutqarib qoldi — qarindoshi u eshikni ochmayotganidan xavotirlanib, mutaxassislarga bog‘langan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/nukus/

Telegram | Instagram | YouTube
Ukraina va Yevropa davlatlari AQShning urushni tugatish bo‘yicha tinchlik rejasiga qarshi takliflarini ilgari surdi. Yevropa-Ukraina rejasi Kiyevga ancha aniqroq xavfsizlik kafolatlarini taqdim etadi va Rossiya bilan hududiy muhokamalarni yakuniy sulhga qoldiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/proposals/

Telegram | Instagram | YouTube
25-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 Toshkentda Markaziy Osiyo maxsus xizmatlari rahbarlarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📊 O‘zbekistonda davlat xarajatlari budjet taqchilligi qisqarganiga qaramay, yuqoriligicha qolmoqda — XVJ.

🧸 “Tanzilandiya” ishi: bog‘chaning litsenziyasi bekor qilindi, bolani kaltaklagan xodimga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

🇦🇪 BAA qonunbuzarliklar tufayli O‘zbekiston uchun vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

📦 “Ayrimlar tovarlarni bojsiz olib kirishni kasbga aylantirgan”. BQ — bojxona me’yorlarini kuchaytirish sabablari haqida.

🤱 Gulnora Karimovaning aktivlaridan 43,5 mln dollari ona va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltiriladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube