Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
21.9K subscribers
43.4K photos
908 videos
4 files
41.2K links
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/

Tahririyat:
@GazetauzMuloqotBot
+998 78-333-10-15

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99-444-35-39

Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16

Kirill alifbosidagi kanal:
@gazetauz_uzb
Download Telegram
Prezident “Arda Xiva” sayyohlik majmuasining ochilishida ishtirok etdi. U G‘ovukko‘l bo‘yida 25 gektar maydonda qurilgan bo‘lib, mehmonxonalar, hunarmandchilik uylari, restoranlar, sharqona bozor va boshqa obyektlarni o‘z ichiga oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/arda-khiva/

Telegram | Instagram | YouTube
Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida nogironligi bor bolalar maktabga taksida borishi mumkin. Har bir bola uchun davlat oyiga 450 ming so‘mgacha mablag‘ni qoplaydi. Sinov loyihasi IHMA tomonidan Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/01/social-taxi/

Telegram | Instagram | YouTube
Germaniya o‘zbekistonlik qassoblarni ishga taklif qilmoqda. Oylik maosh 1750 yevro bo‘lib, nomzodlar kamida 1 yillik tajribaga va nemis tilidan sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Qabul qilinganlarning bilet, viza va til sertifikati xarajatlari Migratsiya agentligidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/01/germany/

Telegram | Instagram | YouTube
Xorazm va Qoraqalpog‘istonda turizm yagona konsepsiya asosida rivojlantiriladi va “Xorazm — Qoraqalpog‘iston” turistik halqasi loyihasi ishlab chiqiladi, deya ma’lum qildi prezident. Hududlarni bog‘laydigan yo‘lni rivojlantirish dasturi boshlanadi hamda Urganch — Gurlan — Mang‘it yo‘li to‘liq ta’mirlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/khorezm-karakalpakstan-tourism/

Telegram | Instagram | YouTube
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan xususiy bog‘chalardan biri Damas avtomashinasida 32 nafar voyaga yetmagan bolalarni hayotini xavfga qo‘yib manziliga olib borayotgan vaqtida to‘xtatildi. Haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/damas/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekiston prezidenti mas’ullarga Xorazmga chet eldan tajribali arxeologlarni jalb qilib, tarixiy obidalarni aniqlash va tiklash bo‘yicha ishlarni boshlashni topshirdi. Shuningdek, Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi 8 ta qadimiy qal’alarni o‘zaro bog‘lovchi to‘rt kunlik “Qal’a tur” marshruti ishlab chiqilishi aytildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/tarixiy-obidalar/

Telegram | Instagram | YouTube
Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Frankfurt, Urumchi, Pekin va Abu Dabidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yish taklifini kiritish, turistik mavsumda Istanbuldan kunlik qatnovni yo‘lga qo‘yishni topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/urganch/

Telegram | Instagram | YouTube
Prezident raqobat yo‘qligi uchun Toshkent — Urganch yo‘nalishida chipta qolmasligi va narxi qimmatligini ta’kidladi. “Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi”, — dedi u. Mas’ullarga xususiy kompaniyalarni jalb qilib, qatnovlarni 2 karra oshirish topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/aviareys/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda 82 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va ularga tenglashtirilgan faxriy yashaydi. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida umr kechirmoqda va eng yoshi ulug‘i — 114 yoshda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/veteranlar/

Telegram | Instagram | YouTube
“Chegara bilmas muxbirlar”ning matbuot erkinligi bo‘yicha yangi reytingida O‘zbekiston 148-o‘rinda qoldi, biroq uning umumiy reytingi pasaygan. Mamlakatda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat hamon “juda murakkab”. Iqtisodiy qiyinchiliklar fonida dunyoda so‘z erkinligining ahvoli keskin yomonlashgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/press-freedom/

Telegram | Instagram | YouTube
Prezident Xorazmdagi Damas ishlab chiqaradigan zavod bilan bog‘liq “katta yangilik”ni ma’lum qildi. Zavod 100 mln dollar hisobiga 7 o‘rindiqli Yevro-5 standartidagi yangi avtomobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi. 2026-yildan yirik uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarish reja qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/new-auto/

Telegram | Instagram | YouTube
Xiva shahridagi barcha davlat tashkilotlari shahar chekkasidagi Angarik mahallasiga ko‘chiriladi, ma’muriy binolar savdoga chiqariladi. Prezident Xiva shahrida faqat turistlarga xizmat ko‘rsatadigan obyektlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/xiva/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekiston vakolatli organlari Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 1110 nafar fuqaro haqidagi ma’lumotlarni tekshirishni boshladi, deb xabar qildi TIV “Gazeta.uz”ga. Ma’lumot tasdiqlansa, yollanma askarlar vatanga qaytgach, tegishli choralar ko‘riladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/mercenaries/

Telegram | Instagram | YouTube
Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi va havo isishda davom etadi. Harorat yozdagidek +33…+35, janubda va cho‘l hududlarda +37…+39 darajagacha ko‘tariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/ob-havo/

Telegram | Instagram | YouTube
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 5-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 15,07 soʻmga koʻtarilib, 12 915,07 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl esa biroz tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda 1-maydan mahalla raislari saylovi boshlandi. Ular iyulgacha davom etib, 9500 dan ortiq mahallani qamrab oladi. Birinchi kuni 193 ta fuqarolar yig‘inida ovoz berish o‘tkazilib, ularning deyarli yarmida yangi raislar saylandi. “Gazeta.uz” saylov haqidagi asosiy ma’lumotlarni to‘pladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/mahalla-election/

Telegram | Instagram | YouTube
Toshkentda ilk yo‘l bo‘yi pulli avtoturargohlari sinov tarzida ishga tushirildi. Hozircha ularning soni 86 ta, sig‘imi 13−14 ming o‘rinli. Pulli avtoturargohlar maxsus belgi — to‘q sariq fonda qora rang bilan katta “P” harfi bilan ajratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/parking/

Telegram | Instagram | YouTube
Germaniyada “Germaniya uchun alternativa” (AfD) partiyasi “inson qadr-qimmatini mensimaydigan” tabiati tufayli “o‘ta o‘ngchi ekstremistik tashkilot” deb topildi. Fevraldagi Bundestag saylovlarida partiya 20,8% ovoz bilan 2-o‘rinni olgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/afd/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov “Roma” klubining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Hujumchi oy davomida “Yuventus” va “Verona”ga qarshi o‘yinlarda gol urdi, “Inter” bilan bahsda assist qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/02/shomurodov/

Telegram | Instagram | YouTube