Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
17K subscribers
35.5K photos
798 videos
4 files
33.4K links
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/

Tahririyat:
@GazetauzMuloqotBot
+998 78-333-10-15

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99 444 35 39

Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16

Kiril alifbosidagi kanal:
@gazetauz_uzb
Download Telegram
Toshkentda avtobus va maxsus transport uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi

Toshkent shahrining 10 ta koʻchalarida avtobus, yoʻnalishli taksi, tez tibbiy yordam, oʻt oʻchiruvchi mashinalar harakati uchun alohida ajratilgan yoʻlaklar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, ushbu yoʻlaklar tirbandliklarni bartaraf etish hamda yoʻlovchilarni oʻz vaqtida tashish bilan bir qatorda, favquloddagi xizmat mashinalari (tez tibbiy yordam va oʻt oʻchirish transport vositalarining) ishlarini tezkorlik bilan bajarishiga yordam beradi.

Alohida ajratilgan yoʻlaklarda shaxsiy avtoulovni boshqarish taʼqiqlanadi.

Koʻchalar roʻyxati: https://www.gazeta.uz/oz/2021/01/22/tashkent-roads/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH roʻy berdi

21 yanvar kuni taxminan soat 15.40 da Kichik xalqa avtomobil yoʻlida, Ashxobod parki yaqinida toʻrtta avtomobil: 35 yoshli D. T. boshqaruvidagi«Matiz», 46 yoshli A.A. boshqaruvidagi «Spark», 42 yoshli D. I.«Toyota» hamda 47 yoshli S. S. boshqaruvidagi «Nexia» avtomobillari toʻqnashgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, YTH oqibatida «Matiz» avtomobili haydovchisi va yoʻlovchisi 44 yoshli B.M., «Toyota» haydovchisi, hamda «Nexia» avtomobili yoʻlovchilari (36 yoshli A.S. va 7 yoshli R.S.) badan shikastlari bilan shifoxonaga yetqizilgan.

Hozirgi vaqtdagi maʼlumotlarga koʻra, «Matiz» avtomobili yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda qarama qarshi harakat yoʻnalishiga chiqqan.

Tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

Video: «Gazeta.uz»

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
Zinedin Zidan koronavirus yuqtirib oldi

Madridning «Real» futbol klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan koronavirus yuqtirib oldi, deya xabar berdi jamoaning matbuot xizmati. 

Hozircha mutaxassisning ahvoli qanday ekani toʻgʻrisida maʼlumot berilmagan.

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
AQSh Xonobod bazasida xizmat qilgan harbiylarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 19 yanvar kuni 2001 yildan 2005 yilga qadar Oʻzbekistondagi Qarshi-Xonobod bazasida xizmat qilgan barcha faxriylarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qarorni imzolagan. Bu haqda AQSh Oq uyi maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, Xonobod zonasi kimyoviy qurol qoldiqlari, qayta ishlangan radioaktiv uran va boshqa xavfli moddalar bilan zaharlangan boʻlgan.

2015 yilda oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, u yerda xizmat qilganlarning kamida 61 nafari saraton kasalligiga chalingan yoki bu kasallik tufayli vafot etgan.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2021/01/22/karshi-khanabad/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
Tojikistonda Millat yetakchisi muzeyi ochildi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 22-yanvar kuni Dushanbedagi Tojikiston milliy universiteti (TMU) da «Millat yetakchisi» muzeyini ochdi, deb xabar berdi Asia-Plus.

Muzey universitet ilmiy kengashining qarori bilan «Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi Emomali Rahmonning uning xalq va davlat oldidagi xizmatlarini abadiylashtirishiga bagʻishlangan holda» tashkil etilganligi qayd etildi.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, muzeyda Emomali Rahmonning talabalik hujjatlari, talabalik davriga bagʻishlangan fotosuratlar, aksessuarlar va boshqa materiallar kabi eksponatlar mavjud.

Emomali Rahmon 1977-1982 yillarda TMUning Iqtisodiyot fakultetida tahsil olgan.

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
Prezident buxorolik mehnat faxriysi xonadonida mehmon boʻldi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni ham borib koʻrdi. Ilgari bu hududda pana-pastqam, kanalizatsiyasi yoʻq uylar boʻlib, shahar koʻrkini buzib turardi. Oʻtgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari barpo etildi.

Davlat rahbari mehnat faxriysi Neʼmat ota Xotamov xonadoniga kirdi. Dasturxon atrofida dildan suhbat boʻldi. Bu oila oldin shu mahalladagi eski uyda istiqomat qilar edi. Prezident oʻzbek xalqi mana shunday zamonaviy sharoitlarda yashashga munosib ekanini taʼkidladi.

Shu yerda Buxoro viloyatida avtomobil yoʻllari qurish va taʼmirlash, Buxoro shahrida oqova suv inshootlari qurish, eski koʻp qavatli uylar qiyofasini yangilash rejalari haqida axborot berildi.

Davlat rahbari ikki kunlik safarini shu yerda yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
Qoʻmita koʻp qavatli uylarga liftlar oʻrnatish boʻyicha "Texnopark" monopoliyasini qonunga zid deb atadi

Uy-joy kommunal xizmati mamlakat boʻylab koʻp qavatli uylarda liftlarni taʼmirlash va yangilash ishlarini bosh pudratchi sifatida «Texnopark» kompaniyasiga topshirishni taklif qildi. Lekin hukumat qaroriga koʻra, ijrochilar tender va tanlovlar asosida tanlanishi lozim ekanligi taʼkidlangan. 

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ushbu holat boʻyicha oʻz xulosasini berdi.

Qoʻmita xulosasida «Texnopark»ka yuqoridagi vazifalarni topshirish "Raqobat toʻgʻrisidagi" qonunga va prezidentning 2017 yil 8 sentyabrdagi farmoniga zid ekanligi aytilgan. Xususan, bu bilan alohida xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga asossiz ravishda eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar va preferentsiyalar berish bilan bogʻliq boʻlgan punktlar buzilmoqda.

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
Jo Bayden COVID-19'ga qarshi kurash boʻyicha strategiyani tasdiqladi

AQSh prezidenti Jo Bayden COVID-19'ga qarshi kurashning milliy strategiyasini tasdiqladi, deya xabar berdi The New York Times. 

Strategiyaga koʻra, testlarni yetkazib berishni kengaytirish, jamoat transportida niqobli rejimni joriy etish, maktablarga va ish beruvchilarga oʻquvchilar va ishchilar xavfsizligini taʼminlashda yordam berish va boshqalar koʻzda tutilgan. Shuningdek, mamlakatga kelayotgan xorijliklarda COVID-19 boʻyicha salbiy test mavjud boʻlishi kerak.

Bundan tashqari, Bayden N95 turidagi jarrohlik niqoblari, shchpritslar, izolyatsion xalatlari va shu kabi boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarilishini kengaytirish boʻyicha buyruq berdi.

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
Yangi-Angren IES qurbonlari oilalariga 105 mln soʻmdan kompensatsiya toʻlandi

Yangi-Angren EISdagi portlash oqibatida uch kishi vafot etib, yana uch kishi shifoxonaga yotqizilgan edi. Korxona olamdan oʻtgan uch nafar ishchining oila aʼzolariga 105 mln soʻmdan kompensatsiya hamda dafn marosimi uchun 4,8 mln soʻmdan moddiy yordam koʻrsatdi.

«Gazeta.uz»ga Energetika vazirligi maʼlum qilishicha, qurbonlarning ikki nafari ayol va bir nafari erkak boʻlgan.

«Xalq soʻzi» korxona ishchilariga tayanib yozishicha, ularning ijtimoiy muhofazasi rahbariyat eʼtiboridan chetda qolmoqda. Texnik xavfsizlik talablari buzilyapti. Mehnat muhofazasi yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Mavjud ichki tartib-intizom meʼyorlariga ham deyarli ahamiyat berilmaydi.

Avvalroq, Angren shahar prokuraturasi JKning 257-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari bilan jinoyat ishi ochgan edi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2021/01/22/yangi-angren/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
Jahon yangiliklari dayjesti

🇳🇱 Niderlandiya parlamenti Ikkinchi Jahon Urushidan beri birinchi marta komendantlik soatini joriy etdi. Qoidani buzganlik uchun 95 yevro miqdorida jarima solinadi.

🇯🇵 Yaponiyada oʻz joniga qasd qilishlar soni 10 yildan ortiq vaqt ichida ilk bor oshdi. Maʼlumotlarga koʻra, 2020 yilda Yaponiyaning 20 mingdan ortiq fuqarosi oʻz joniga qasd qildi.

🇧🇷 Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri rahbari Eduardo Payes koronavirus pandemiyasi sababli bu yil mashhur karnaval bekor qilinganligini eʼlon qildi.

🇬🇧 Buyuk Britaniya hukumati fuqarolarda koronavirus aniqlangan boʻlsa va ular uyda oʻz-oʻzini yakkalashsa ularga pul toʻlashni (oyiga 500 funt sterling) taklif qilmoqdalar.

🇮🇶 Iroqda Bogʻdoddagi yirik teraktdan soʻng mamlakat xavfsizlik idoralarining qator rahbarlari lavozimlaridan ozod qilindi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2021/01/22/digest53/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Foto: Rio-de-Janeyro karnavali

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
Siz bilgan va bilmagan Toshkent.

Foto: Zuma Mirzaliyeva / «Gazeta.uz»

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
Pirojka, kurnik, pishloqli naychalar va boshqa issiq pishiriqlar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2021/01/23/zira/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali ishga tushdi

Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali — reyting.mc.uz ishga tushdi. Portalda qurilish tashkilotlari STIR raqamini kiritish orqali ularning reytingini koʻrish mumkin boʻladi. 

Tender savdolari aynan mazkur reyting natijalariga koʻra oʻtkaziladi va savdolarda yuqori oʻrinda turuvchi tashkilotlar ustunlikka ega boʻladi. Qurilish-pudratchi tashkilotlar reyting natijalari ishonchlilik toifasi boʻyicha A, B, C, D darajalariga, ular oʻz navbatida reyting bahosiga ajratilgan.

Reytingda 36 mingdan ortiq korxonalar reytingi koʻrsatilgan. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq hukumat qarori bilan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi yuritilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
Chimyon togʻlarida harakatlanish vaqtincha bir tomonlama qilib qoʻyildi

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chimyon togʻlarida qor yogʻganligi munosabati bilan koʻplab fuqarolar ayni dam olish maskanlariga uzluksiz ravishda tashrif buyurishmoqda, deya xabar berdi IIV YHXBB axborot xizmati. 

Ushbu avtomobil yoʻlining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini inobatga olib, turli koʻngilsizliklarning oldini olish maqsadida Boʻstonliq tumanidagi 4R-6 avtomobil yoʻlida (Gʻazalkent shahridan “Yusufxona” aholi yashash joyiga qadar) avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha bir tomonlama qilib qoʻyildi. 

Eslatib oʻtamiz, shunga oʻxshash vaziyat yanvar oyi boshida, yangi yil bayramlari munosabati bilan koʻplab dam olish istagidagi fuqarolar togʻlarga yoʻl olganida yuzaga kelgan edi.

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb