Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
17.2K subscribers
38.4K photos
844 videos
4 files
36.3K links
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/

Tahririyat:
@GazetauzMuloqotBot
+998 78-333-10-15

Reklama:
@AfishaMedia_Alisher
+998 99-923-55-15

Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16

Kiril alifbosidagi kanal:
@gazetauz_uzb
Download Telegram
Hindiston hukumati butun mamlakat bo‘ylab «mutlaq» karantin e’lon qildi, butun aholiga — qariyb 1,4 mlrd kishiga — har qanday sabab bilan uyni tark etish taqiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/india/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
24 martdan boshlab Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish idoralari fuqarolar qabulini to‘xtatdi. Avtomobilni texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha ma’muriy choralar ko‘rilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/yhxbb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
«Ijtimoiy fikr» so‘rovi respondentlarining 75 foizdan ziyodi koronavirus to‘g‘risida to‘la darajada xabardor, qariyb 94 foizi infeksiya yuqish yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotga ega.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/poll/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
O‘zbekistonda karantin qoidalariga rioya qilmagan 64 kishi ma’muriy, 3 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/responsibility/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
Koronavirus sababli tadbirkorlarga Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish boshlandi. Sertifikatni bir kunda olish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/mift/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
Surxondaryo viloyatida ikki fuqaroning uyidan Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi va bo‘ri topildi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga jo‘natildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/eco/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
Dunyoda koronavirusning tarqalishi boʻyicha soʻnggi maʼlumotlar:

https://www.gazeta.uz/uz/2020/03/25/coronavirus/

@gazetauz_ozb
Koronavirus bilan ogʻrigan Oʻzbekiston fuqarolari orasida turli hudud vakillari bor

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlar orasida Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan boʻlgan fuqarolar bor. Bu haqda sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, bemorlarning 2 nafari Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgach, unda koronavirus infektsiyasi aniqlangan.

@gazetauz_ozb
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati chiqindi to‘kish joyidan tibbiy niqoblar yig‘ayotgan kishi bilan bog‘liq videoni o‘rganib chiqdi va tibbiy mahsulotlar qayta sotilmaganini ma’lum qildi. Vazirlik fuqarolardan foydalanilgan tibbiy niqoblarni imkon qadar yo‘q qilish yoki yaroqsiz holga keltirishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/masks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
Айни пайтгача Ўзбекистонда коронавирус инфекцияси аниқланган беморлар сони 56 нафарни ташкил этмоқда.

Ушбу инфекция хорижда бўлиб қайтган бемор билан мулоқотда бўлган бир нафар фуқарода аниқланган.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги

@gazetauz_uzb
Ai-92 markali benzin narxi 200 so'mga pasaydi:

https://www.gazeta.uz/uz/2020/03/25/petrol-price-down/

@gazetauz_ozb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Shu kunga qadar davlat mulki obyektlaridan ijara shartnomasi asosida umumiy ovqatlanish, oʻquv markazlari, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boshqa sohalarda foydalanib kelayotgan, ammo karantin sababli Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan tadbirkorlik subyektlariga 24 mart sanasidan boshlab foydalanmagan davr uchun xech qanday ijara puli hisoblanmaydi, va toʻlanmaydi", — dedi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati rahbari Moʻmin Ibodov

Pandemiya vaqtiga investitsiya majburiyatlari bajarilmagani uchun penya va jarima qoʻllanilmaydi, shartnomalar bekor qilinmaydi. Investitsiya majburiyatlarini bajarish muddatlari uzaytirib beriladi. Buning uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy tuzilmalariga murojaat qilishlari lozim.

@gazetauz_ozb
«Ijtimoiy fikr» so‘rov o‘tkazgan 54 foiz respondentlar oziq-ovqat mahsulotlari narxlari koronavirus sababli oshganini ma’lum qildi. Ayniqsa, Buxoro, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari aholisi narx oshganini qayd etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/prices/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
Hozirgi kunda rubl va tenge valyutalarining qadrsizlanayotgani so‘mning almashinuv kursiga ta’sir ko‘rsatayotgani yo‘q. Markaziy bank buning sabablari xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning pasaygani, bank kreditlariga bo‘lgan talabning sezilarli darajada kamayishi, valyuta bozoriga qo‘shimcha taklif kelganiga bog‘liqligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/central-bank/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
«Gazeta.uz» karantin davomida unumli vaqt o‘tkazishingiz uchun «Mazmunli karantin» loyihasini boshladi. Loyiha davomida o‘zbek tiliga tarjima qilingan TED chiqishlari va TED-Ed darslari taqdim etib boriladi.

Birinchi sonda: aviahalokatdan omon qolgan kishinining xulosalari, iqtisodiy retsessiya sabablari.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/mazmunli-karantin-1/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
Moskvadan uchib kelgan 4 nafar fuqaro tana harorati yuqori ekanligi sababli shifoxonaga joylashtirildi

24-mart kuni Moskvadan “Vnukovo - Buxoro” yoʻnalish reysi bilan uchib kelgan 266 nafar Oʻzbekiston fuqarolari orasidan tana harorati yuqori boʻlganligi sababli 4 nafar fuqaro Buxoro viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib ketilgan. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qolgan yoʻlovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazardan qattiq nazorat oʻrnatilgan.

@gazetauz_ozb
Toshkent IIBB markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari binolarida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining qabullari vaqtinchalik to‘xtatildi. Barcha murojaatlar elektron tarzda yoki telefon orqali qabul qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/toshkent-iibb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
Айни пайтгача Ўзбекистонда коронавирус инфекцияси аниқланган беморлар сони 59 нафарни ташкил этмоқда.

Ушбу инфекция хорижда бўлиб қайтган беморлар билан мулоқотда бўлган яна уч нафар фуқарода аниқланган.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги

@gazetauz_uzb
Шу соатгача Ўзбекистонда коронавирус инфекцияси аниқланган беморлар сони биттага ошиб, 60 нафарни ташкил этмоқда.

Ушбу инфекция Истанбулда бўлиб қайтган наманганлик фуқарода аниқланган. Айни пайтда у Наманган вилоят юқумли касалликлар шифохонасида даволанмоқда.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги

@gazetauz_uzb
26 martdan Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi. Ikki oy davomida kommunal xizmatlar va telefon aloqasi uchun qarzdorlar xizmatlardan uzilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/03/25/namangan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz_ozb
Toshkent va Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida soat 09:44 da zilzila sezildi.

Koordinatalar: 40,88 gradus shimoliy kenglik, 70,53 gradus sharqiy uzunlik (Tojikiston). Magnituda - 5,4.

Zilzila episentrining Toshkentdan uzoqligi - 122,5 km sharqiy yoʻnalish boʻyicha.

Oʻzbekiston hududida zilzilaning kuchi:

Toshkent: 4 ball.
Namangan: 103 km, 4 ball.
Andijon: 155 km, 3 ball.
Fargʻona: 115 km, 4 ball.
Guliston: 147 km, 4 ball.
Jizzax: 235 km, 3 ball.
Samarqand: 324 km, 2 ball.
Buxoro: 526 km, 2 ball.
Termiz: 480 km, 2 ball.
Qarshi: 453 km, 2 ball.
Navoiy: 440 km, 2 ball.

Manba: FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi

@gazetauz_ozb