GAP | Women IT Club
1.19K subscribers
165 photos
25 videos
73 links
🇺🇿 O‘zbekistondagi xotin-qizlar uchun IT, ta’lim va professional rivojlanish hamjamiyati

Ta’lim • Karyera • Liderlik • Hamkorlik

LinkedIn: https://www.linkedin.com/company/gap-women-it-union/
Admin: @gapwomenitclub
@gapwomenitclub_bot
Download Telegram
🔸 Qoraqalpoq davlat universitetida xotin-qizlar uchun TechnoWomen Forumi o‘tkaziladi

Joriy yilning 19-sentabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida TechnoWomen Forumi bo‘lib o‘tadi.

🔠 Forum Markaziy Osiyoda xotin-qizlarning tadbirkorlik va eksport faoliyatini kengaytirish, investitsiya imkoniyatlarini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi.

Tadbir doirasida eksport, investitsiyalar, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va ayollar tadbirkorligiga oid 6 ta panel muhokamasi o‘tkaziladi:

➖Markaziy Osiyo eksport ekotizimi;
➖Eksport qilayotgan ayollar: muvaffaqiyat hikoyalari;
➖Eksportni rivojlantirishda AI va raqamli texnologiyalar;
➖Chegarasiz eksport: Markaziy Osiyo biznesi uchun yangi imkoniyatlar;
➖“Ayol chegaralarsiz”;
➖O‘sishni moliyalashtirish: investitsiyalar va eksportni moliyalashtirish.

📌 Panel muhokamalarida eksport va investitsiyalar, texnologiyalar, tadbirkorlik hamda moliya sohalarida faoliyat yuritayotgan ekspertlar, tadbirkorlar va mutaxassislar ishtirok etib, o‘z tajriba va qarashlari bilan o‘rtoqlashadi.

🟪 Karuselni varaqlang, har bir panelda kimlar ishtirok etishini bilib oling!

📍Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
🗓 19-sentabr

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️O‘zbekistonda gender tengligi va xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

🟢Osiyo taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash va xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

⏩Tadbir davomida O‘zbekiston bo‘yicha Mamlakat gender baholovi (Country Gender Assessment) natijalari taqdim etilib, shuningdek, ADB tomonidan ishlab chiqilayotgan Gender tengligi va xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish siyosati loyihasi muhokama qilindi.

🔖Tadbirda vazirlik va idoralarning gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahatchilari, Gender tenglik bo‘yicha kengash a’zolari hamda ushbu yo‘nalish uchun mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi. Jumladan, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Elmira Bositxonova, Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova ham davra suhbatida qatnashdi.

K. Sobirova nutqi davomida mamlakatimizda raqamli transformatsiya jarayonida jinsidan qat’i nazar, har bir fuqaro zamonaviy raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi va onlayn xizmatlardan to‘laqonli foydalana olishi muhimligini ta'kidladi.

💬 “Bugun mehnat bozorida yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan AT kompaniyalar professional va zamonaviy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarga tobora ko‘proq ehtiyoj sezmoqda. Texnologik kasblarda insonning jinsi emas, uning bilimi, salohiyati va kasbiy ko‘nikmalari hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Shu nuqtai nazardan, qizlarni zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashga rag‘batlantirish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, munosib daromad topishi va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun muhim qadamdir. Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar esa munosib ish o‘rinlarida o‘z salohiyatini namoyon etishi va yuqori daromadli kasblarda faoliyat yuritishi mumkin”, – dedi K. Sobirova.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/221353

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✈️Bugun texnologiyalar - faqat kasb emas, balki yangi imkoniyatlar va erkin faoliyat yuritish vositasi.

Ofisda, uyda yoki safarda - raqamli ko‘nikmalar xotin-qizlarga istalgan joydan ishlash, o‘rganish va professional rivojlanish imkonini bermoqda.

⌨️Zamonaviy kasblar - yangi formatlar.
🌍 Raqamli ko‘nikmalar - yangi imkoniyatlar.

GAP | Women IT Club - xotin-qizlarning raqamli kelajagi uchun.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
📣 Xotin-qizlar uchun “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi bo‘lib o‘tadi

🔠Joriy yilning 24-sentabr kuni ICTWeek AKT haftaligi doirasida “Women Shaping the Startup Ecosystem: Qiyinchiliklardan natijaga” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tadi.

🔰 Forum xotin-qizlarning startap ekotizimidagi o‘rnini kuchaytirish, texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish hamda sun’iy intellekt asosidagi yechimlardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi. Tadbir doirasida yetakchi spikerlar ishtirokida “Women, Tech & Startups” mavzusidagi panel muhokamasi hamda “Create Your AI Assistant” amaliy vorkshopi o‘tkaziladi.


📌Panel muhokamasida texnologiyalar, tadbirkorlik va investitsiya sohalarida faoliyat yuritayotgan ekspert ayollar o‘z tajriba va qarashlari bilan o‘rtoqlashadi.

Amaliy vorkshopda esa ishtirokchilar o‘z shaxsiy sun’iy intellekt-yordamchisini yaratishni real vaqtda o‘rganadilar!

📍CAEx Uzbekistan
🗓 24-sentabr, 11:30–13:30

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨ GAP | Women IT Club ilk bor ICT Week’da!

🟢22–25 sentabr kunlari GAP | Women IT Club mamlakatning eng yirik texnologik haftaligi -
ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida o‘z loyihalari, tashabbuslari va yangi imkoniyatlarini taqdim etadi.

🧢23-sentabr | 10:00
“GAP bilan yangi imkoniyatlar sari”
GAP loyihalari bilan tanishtiruv seminari


Ishtirokchilar klubning asosiy yo‘nalishlari, hududiy faoliyati, ta’lim va karyera imkoniyatlari hamda kelgusi loyihalari bilan yaqindan tanishadilar.

🧢
24-sentabr | 11:30–13:30

Xotin-qizlar uchun
“Women Shaping the Startup Ecosystem”
forumi


Forum texnologiya va tadbirkorlik sohasidagi yetakchi xotin-qizlar, ekspertlar va startap asoschilarini bir maydonda birlashtiradi. Unda ayollarning startap ekotizimidagi o‘rni, g‘oyalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.

Bu - yangi bilim, muhim aloqalar va katta imkoniyatlar sari qadam.

🏷ICT Week’da GAP bilan birga bo‘ling. Chunki texnologiyalar kelajagi xotin-qizlar ishtirokisiz to‘liq bo‘la olmaydi.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Ertaga “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi bo‘lib o‘tadi!

✨ 24-sentabr kuni ICTWeek AKT haftaligi doirasida “Women Shaping the Startup Ecosystem: Qiyinchiliklardan natijaga” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tadi.

Forum xotin-qizlarning startap ekotizimidagi o‘rnini kuchaytirish, texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi.

🌐 Forum spikerlari bilan tanishing:

✅ Kamola Sobirova - Raqamli texnologiyalar vazirining maslahatchisi
✅ Nodira Sultankhodjaeva - TBC Biznes rahbari
✅ Rustam Khamdamov - BILLZ kompaniyasi bosh direktori va hammuassisi
✅ Larissa Wheatcroft - Coursera kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori
✅ Gulira’no Mamirova - Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Green Initiatives” jamg‘armasi ijrochi direktori
✅ Sergey Konev - AI arxitektori, AI agentlari bo‘yicha ekspert, IKIGAI PROMOTION kompaniyasi hammuassisi
✅ Shahlo Alikhanova - Shvetsiyalik marketing mutaxassisi va AI eksperti
✅ Akmalidin Alimov - Shvetsiyalik 5G muhandisi va AI eksperti


📌 Forum doirasida “Women, Tech & Startups” mavzusida panel muhokamasi o‘tkazilib, unda ekspertlar texnologiyalar, tadbirkorlik va startaplarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajriba va qarashlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Shuningdek, ishtirokchilar uchun “Create Your AI Assistant” amaliy workshopi tashkil etiladi. Workshop davomida ishtirokchilar o‘z shaxsiy AI-assistentini yaratishni amaliy tarzda o‘rganadilar.

📍 CAEx Uzbekistan
🗓 24-sentabr | 11:30–13:30

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasidagi YUNESKO shafeligida Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar forumi jarayonidan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from e-gov.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣 GAP loyihasidan raqamli identifikatsiyagacha: kelajak texnologiyalari muhokamada

✨ ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi stendida zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlarga bag‘ishlangan qator seminarlar tashkil etilmoqda.

🟡 Seminarlarda GAP loyihasi, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, raqamli identifikatsiya, Digital Twin, bulutli texnologiyalar, milliy raqamli transformatsiya hamda FinTech yo‘nalishidagi zamonaviy yechimlar muhokama qilinmoqda.

🔔 Raqamli davlat qanday o‘zgaradi, zamonaviy texnologiyalar fuqarolar hayotiga qanday yangi imkoniyatlar olib kiradi? Bu savollarga javob olish uchun “Raqamli davlat: yagona yondashuv, zamonaviy boshqaruv va fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi forumini kuzatib boring!

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✨ ICT Week Uzbekistan 2026'da ilk bor xotin-qizlar uchun axborot burchagi tashkil etildi

✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” AKT haftaligi doirasida GAP | Women IT Club loyihalariga bag‘ishlangan “GAP bilan yangi imkoniyatlar sari” seminari bo‘lib o‘tdi. Unda 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

✅ Ushbu hamjamiyat Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ta’lim, karyera, tadbirkorlik, yetakchilik va mentorlik yo‘nalishlarida 10 dan ortiq loyiha va tashabbusni amalga oshirmoqda.

📊 Seminar davomida xotin-qizlarni AT va raqamli texnologiyalar sohasiga jalb qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy o‘sishi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar taqdim etildi.

Ma’lumot uchun: 2022-yildan buyon 40 ga yaqin tadbir orqali 10 mingdan ziyod xotin-qiz qamrab olindi, hududlarda esa raqamli savodxonlikka oid tadbirlarda 2 mingdan ortiq ayol ishtirok etdi. AT sohasidagi xotin-qizlar uchun ilk milliy mukofot – “Yulduz Tech Awards” bilan jami 39 nafar xotin-qiz taqdirlangan bo‘lsa, “IT Drivers of Uzbekistan” loyihasidagi “12 ta muvaffaqiyat” hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda 50 mingga yaqin ko‘rilgan.


📱 Shuningdek, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamkorligida tashkil etilgan axborot burchagida my.gov.uz portali bo‘yicha statistik ma’lumotlar taqdim etildi: portal foydalanuvchilarining qariyb 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi, xizmatlar tahliliga ko‘ra esa ulardan 99 ga yaqini xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM