Game changer
31 subscribers
87 photos
16 videos
10 files
110 links
Download Telegram
Game changer
Bu Portugaliyani bizam yutsak keragov
Yoki bu Kongo bizni yutib tashlaydi
Mingta ochiq malumot
Bitta sircha boʻlolmas.
Portugaliya 5:0 ga yutadi.

2 ta Golni Ronaldo uradi
1 ta goldan Mendesh va Leao uradi
Yana bitta oʻzimiz qarashvoramiz
Bolasini taʼlimidan pul qizgʻongan odam shu bolasini toʻyi uchun 10-20 ming dollar sarflashga tayyor.

Balki shuni taʼlimidan pul qizgʻonishmaganida oʻsha bola uylanadigan yoshigacha oʻzi shu pulni ishlab topa olar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamlarga maʼlum bir narsalarni "aslida haqiqiy narsa shu" deb koʻrsatishmoqchi boʻlishadi. Masalan kinolarda, qoʻshiqlarda, badiiy kitoblarda, ayniqsa yosh bolalarni propoganda qilish uchun multfilmlarda bulardan juda koʻp foydalanishadi.

Lekin bu vaziyatda asl haqiqatni farqiga borishni oʻrganish kerak. Buning uchun odamning oʻz qadriyatlari boʻlishi kerak.

Odamning qadriyatlari toʻgʻri boʻlishi uchun hech qandy odamning shaxsiy fikri inobatga olinmaydigan manbalardan bilim olish kerak. Bunday bilimlar esa faqat ilmiy kitoblarda boʻladi.
Bitta mahalladan hech bitta oʻta isteʼdodli odam chiqishi bu normal holat, lekin oʻsha talantini hech kim qoʻllab quvvatlamasa u talant isrof boʻladi.

Men aytmoqchi boʻlgan fikr mahallalardagi odamlar oʻzaro kelishib oʻsha bitta talantli bolani tanlab olib oʻshaning rivojlanishi uchun yordam bersa kelajakda shu odam butun mahallasini gullatib yashnatadigan darajaga yetishi mumkin. Buning uchun koʻp pul ham ketmaydi, Open budjetda koʻchasi asfalt (asfaltda F boʻladi, menga P emas) boʻlishi uchun yigʻiladigan puldan ancha kam ketadi.

Tasavvur qiling Oʻzbekistonda har bir mahallada oʻzining "Superyulduzi" boʻlsa ancha rivojlanib qolardik.
"Futbol, Kino, Qoʻshiq, bularga nimaga buncha koʻp pul sarflanadi, bu bilan shugʻullanuvchilar millioner boʻladiyu nega Shifokor, oʻqituvchi, quruvchilarning oyligi juda kam boʻladi. Odam futbol boʻlmasa ham yashayveradiku, lekin oʻqituvchilar boʻlmasa jamiyat parokanda boʻladi" deb oʻylasangiz sizda hozir yuzaki mantiq ishlayapti. Bir qarashda juda toʻgʻri gapdek koʻrinadi lekin juda koʻp jihatlari chuqur oʻylanmagan.

1. Yuqoridagi sohalardagi hamma odamlar ham millioner emas, arzimagan pul evaziga futbol oʻynab yurgan odamlar minglab topiladi. Siz faqat mashxurlarini koʻrasiz.

2.Oʻqituvchilar, shifokorlar orasida ham oʻzini salohiyatiga mos, juda koʻp pul topuvchi odamlar koʻp.

3. Oʻqituvchi, shifokor kabi odamlar odamning ehtiyoji uchun kerak. Odamning ehtiyoji cheklangan. Futbol va kino esa odamning xohishidan kelib chiqadi. Odamning puli oshgani sari xohishlari ham ortib boradi.

4. Futbol biror odamning ogʻirini yengillatmaydi deb oʻylaysiz. Aslida futbolda biznesmenlarning mahsulotlari reklama qilinadi. Boy odamning muammosini hal qilish albatta qimmatroq boʻladi.

5. Odamlarga futbol koʻrishni cheklab qoʻya olmaysiz.


Oʻzbekistonda ham bu yoʻnalishlarni rivojlantirish kerakmi?

Albatta ha. Agar oʻzimizni kinolarimiz zerikarli boʻlgani uchun chet elnikini koʻramiz, chet el bizga xohlagan propagandasini koʻrsatadi. Ayniqsa yosh bolalarni multfilmlar bilan yoʻldan urishadi.

Oʻzimizni futbolimiz yomon boʻlsa bizga manfiy tarafi yoʻqku lekin juda katta foydadan quruq qolamiz. (Messi "Oʻrgimchak odam. Yangi kun" kinosining Tizeriga tushdi, 5 ta soʻz aytgani uchun 15 mln dollar olganmish)
Forwarded from Uzbekonomics
Yangi lotin alifbosi haqida bir og'iz.

Bir necha yil oldin hazillashib yoshlar uchun menda eng zo'r biznes g'oya va tavsiya bor degandim. Poligrafiya va bosmaxona biznesi.

O'zbekistonda har 4-5 yilda yoki pasport, yoki haydovchilik guvohnomasi, yoki hamma ishlatadigan boshqa narsa o'zgaradi va qayta chop etilishi kerak. Bu qonuniyat va xatosiz ishlaydigan kutilma degandim.

Men hazillashmagan edim.

Bunisi hammasidan oshib tushdi. O'zbek tilida yozilgan va mavjud bo'lgan mutlaqo barcha narsalar qayta chop etiladi degani. Hamyoningizdagi so'm va pasportdan boshlab, darsliklargacha va chet-eldagi elchixonalar eshigidagi yozuvgacha.

Byudjetda shunday katta xarajatlarga pulimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.

Xullas, tavsiyamni jiddiy qabul qilganlar, endi bosinglar, davringiz keldi)

P.S. Hammasini boshqattan chop etmaymiz, 5-10 yil eski lotin yozuvida yashab yuramiz degan argumentning o'zi absurd. Demak, uch xil yozuvdagi O'zbekiston so'zi bilan yashar ekanmiz. Battar savodsizlikni yaratadigan narsa. O'zgarsa aksincha hamma narsani zudlik bilan qayta chop etish kerak. Aks holda, yanada battar sharoitda, uch xil yozuvda "vaqtincha" yashab yuramiz. 30 yil kirilda yozib yurgandek.

@uzbekonomics
Forwarded from Ikrom Ruzimboev | 8.0
World Cup
Comedy Show
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikrom Ruzimboev | 8.0
World Cup Comedy Show
Ko'chada onasini chaqirib keladigan bolalar bo'lardiku, eslaysizlarmi😂
Sizni yaqindan taniydigan odamlar uchun sizning tashqi koʻrinishingiz, erishgan natijangiz, toʻyingiz qanchalik dabdabali oʻtgani, uyingiz qanchalik chiroyliligi, qanday transportda yurishingiz, ularning sizga beradigan bahosiga unchalik katta taʼsir qilmaydi. Lekin sizni yaxshi tanimaydiganlar uchun birinchi tasirot qoldirishda bularning ahamiyati bor.

Sizni yaqindan taniydiganlar uchun sizning qanchalik vaʼdangizda turishingiz, aldash yoki rost gapirishingiz, ishi tushganida hal qilib bera olishingiz, maqsadingiz yoʻlida qanchalik harakat qilishingiz koʻproq muhim.

Masalan oʻtgan yili meni koʻp tanishlarim IELTS oldi, ularning deyarli hech biridan hayron qolmadim, ular bilan oldingidek munosabatdaman. Chunki men ularning potensialini oldin ham bilardim.

Yana bitta odamni men juda hurmat qilardim, lekin uning arzimagan gʻalaba uchun gʻirromlik ishlatishga tayyorligini koʻrib unga nisbatan hurmatim ancha pasaydi. Uni toʻgʻrisi yaqindan taniyman, lekin yaqin tanishim shunday qilsa ham uning hurmati tushgan boʻlar edi.

Xullas begonalarga yaxshi koʻrinsangiz yoningizda taʼmagirlar, maddohlar, paxtachilar koʻpayishi ehtimoli yuqori.
Meta gaplar.

Men chiqargan eng katta xulosalardan biri, xulosa qilishga shoshilmaslik boʻldi.

Men oldin juda uyalchang edim, katta boʻlganimdan keyin uyalchang boʻlishdan uyala boshladim.

Har bir qoidaning istisnosi bor, hattoki bu qoidaning ham.