Kurrai arzda yashayotgan katta etnik jamoalarning taraqqiyot borasida milliy konsepsiyalari mavjud. “Amerikancha orzu”, “xitoycha orzu”, “ovrupocha orzu” kabi g‘oyaviy-mafkuraviy konsepsiyalar butun dunyoda havas uyg‘otishi bor gap. Xo‘sh, “o‘zbek orzusi” qanday bo‘lishi kerak? Beshinchi sektorning tuzilishi ko‘p asrlik milliy qadriyatlardan oziqlangan, zamonamizning eng ilg‘or g‘oyalariga hamohang “o‘zbek orzusi” ta’limotini shakllantirish yo‘lida bir odim bo‘lsa ajab emas. Zero, ushbu tuzilmaga bolalarda orzuga intilish, ijodiy fikrlash, yaratuvchanlik kabi fazilatlarni yuzaga chiqarish, ularni ilm-fan, madaniyat va san’atga oshno ruhda kamolga yetkazishga ko‘maklashmoq vazifasi ham yuklangan.
Asliy o‘zanlarni izlab
Ta’lim-tarbiya hamisha mashaqqatli yumush bo‘lib kelgan. Ammo bu shunday sharafli yumushki, shirin jonni koyitmoq, huzur-halovatdan voz kechmoqqa yuz karra arziydi. Hazrat Alisher Navoiy ham:
Bordur inson zotida oncha sharaf,
Kim yamon axloqin etsa bartaraf,
deya bejiz yozmagan.
Dehqon ekin ekib hosil ko‘tarish uchun yil-o‘n ikki oy dalada kuymalanadi, quyosh tig‘ida mehnat qiladi. Moddiy ne’mat yaratmoq shunchalar zahmatli ekan, insonning qalbi va ongiga sayqal bermoq, uni rohi rostga boshlamoq oson bo‘lsinmi?! Ko‘pincha ta’lim-tarbiya ishiga panja orasidan qaraymiz, gohida arpa ekib bug‘doy o‘rishni, gohida esa don sochar-sochmas hosil yig‘ib olishni ko‘zlaymiz. Xayriyatki, jamiyat ahli ma’naviyat ishi daqiq mehnat talab etishini anglab yetmoqda. Globallashuv jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli avlodni tarbiyalash, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni targ‘ib etishda “Ma’naviyat sektori”ga juda katta mas’uliyat tushishini ta’kidlamoq lozim.
Yaqinda amerikalik siyosatshunos Patrik Byukenenning “G‘arbning o‘limi” kitobini yana qayta varaqladim. Muhofazakor siyosatchi, qolaversa, dunyoga hakamlik da’vosidagi mamlakat vakili bo‘lgan muallifning ayrim mulohazalari bahsli, biryoqlama, hatto mahdud tuyuladi. Ammo Patrik Byukenenning xavotirli iqrori e’tiborni tortmay qolmaydi. U G‘arb hamjamiyati ma’rifatni maishatga alishgani, axloqiy qadriyatlardan voz kechib gedonistik madaniyatning etagidan tutganini mudhish xato deb ataydi, asliy o‘zanlar – axloqiy qadriyatlarga qaytish kerakligini uqtiradi. Ma’naviyatni taraqqiyot yo‘lida qurbon etgan tamaddun vakilining bitiklari rivojlanayotgan dunyo uchun go‘yo ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib yangraydi.
Chindan, ma’naviy kemtiklikni moddiy boylik bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Ayni shu cho‘ng haqiqatga ko‘ra mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. “Ma’naviyat sektori”ga asos solinishi ham zamondoshlarimiz tiynatini poylash, ahvol-ruhiyasini o‘zgartirish, ta’bir joiz bo‘lsa, yurt ma’naviy iqlimini musaffo etish yo‘lidagi chora-tadbirdir.
Ziyoli ahli davlatimiz rahbari yangi ma’naviy makon barpo etish g‘oyasini ilgari surganidan yaxshi xabardor. Orzudagi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyat a’zolari har jihatdan yetuk, fozil inson bo‘lmog‘i lozim. Shoyad, “Ma’naviyat sektori” ana shu vataniy vazifani amalga oshirish, ezgu orzularni ro‘yobga chiqarish yo‘lida kamarbasta bo‘lsa!..

“Har birimiz davlat tiliga boʻlgan eʼtiborni mustaqillikka boʻlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.”
Shavkat Mirziyoyev
Davlatimiz rahbarining ushbu daʼvati har bir fuqarodan masʼuliyat hissi va majburiyat burchini talab etishi aniq. Mazkur xitobdagi eʼtibor, ehtirom, sadoqat va hayotiy qoida soʻzlarining aynan borib bogʻlanadgan joyi ham oʻz ona tilimizdir.
Har qanday gʻoya himoyaga ehtiyoj sezar ekan, demak, milliy gʻoyamizning ilk belgisi, ona tili, aniqrogʻi davlat tilidir. Demak, uni himoya qilish elparvarlik, millatparvarlik, tilparvarlik, aytish joizki adolatparvarlik nishonidir.
Jonkuyar olim Qozoqboy Yoʻldoshev aytganiday, “Millatlarning globallashuv davrida, hozirgi postmodern zamonida til millatning qiyofasini, millatning oʻzligini saqlab qolishi mumkin boʻlgan eng soʻnggi qoʻrgʻon. Millatning yeri boʻlmasa ham millat boʻlaveradi. Millatning davlati boʻlmasa ham millat boʻlaveradi. Millatning urf-odatlari ham boshqalarnikiga oʻxshab qolishi mumkin, lekin u millat boʻlib turaveradi. Lekin millatning tili yoʻqolsa, u endi millat boʻlmaydi”.
Xoʻsh, ushbu maqomni mustahkamlashning muhim omillari, mezonlari nimalardan iborat?
Birinchi omil - bevosita oila va bogʻcha tarbiyasidir. Har bir ota - ona yoki tarbiyachi bolalarning tilga mehrini oshiradigan tomonlarga eʼtibor qilishi kerak. Turli oʻyin va usullardan foydalanib ularning qiziqishini orttirish maqsadga muvofiq. Shu asnoda bolalarga turli xildagi qiziqarli kitoblar oʻqib, soʻzlab berishi, oʻz farzandining hamda oʻzining nutqini nazorat qilishi va birgalikda kitob mutolaa etishi, oʻzaro mulohazalar bildirishlari ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.
Ikkinchi omil mahalla masʼuliyati va koʻcha kuydagi, turli yozuvlar, shiorlar, reklama bitiklari bilan bogʻliq. Ularning ifoda etilishiga barcha masʼul boʻlishi kerak chunki davlat tilida gapirar ekanmiz, hamma tilga javobgarlik hissini oshirishi darkor. Bu fuqarolik burchi, yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusi demakdir.
Uchinchi omil - maktab taʼlimi tizimida oʻqituvchilar oʻquvchilar nutqini, adabiy til qoidalarga rioya etib soʻzlashlarini nazorat qilishi lozim. Turli xil badiiy
kitoblarni oʻqishga tavsiya etish va tekshirish zarur. Mutolaadan maqsad mushohada. Mushohadasiz mutolaa - tashxissiz muolajadir.
Toʻrtinchi omil oliy taʼlim tizimida ham davlat tilida adabiy til qoidalariga rioya etib soʻzlash va maʼruzalar qilish zarur. Professor oʻqituvchilar sifatli taʼlim mezoni - pedagogning kommunikativ kompetentligi, xususan lingvistik kompetensiya, tilning ifoda imkoniyatlaridan mohirona foydalana olish, nutq madaniyati va notiqlik sanʼati bilan bogʻliq ekanini bilishi hamda amal qilishi lozim.
Beshinchi omil korxona yoki tashkilotlar, idora va muassalarida muloqot tili asosan davlat tilida boʻlishini taʼmilash ayni paytda ish yuritish qogʻozlari, rasmiy idora hujjatlari davlat tilining meʼyori talablarga toʻgʻri kelishi kerak. Rahbar xodimlar tadbirlarni, yigʻilishlarni davlat tilida olib borishi maqsadga muvofiq. Zarur paytdagini boshqa tilga tarjima qilish mumkin.
Oltinchi omil Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti yuqoridagi omillarni qanday yoʻsinda borayotganini nazorat qilishi va hisobot berishi talab etiladi. Xuddi shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi, “Tasviriy oyna” kabi uyushmalar ham bu ishda mutasaddi va bosh - qosh boʻlishi kerak.
Yettinchi omil kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan Sohaviy atama va soʻzlarning maʼno doirasini yaxshi bilish kerak. Turli xildagi lugʻatlar - imlo, izohli, tarjima, sohaviy terminlar lugʻati, sinonim va antonimlar lugʻati kabi qoʻllanmalar har bir korxona va muassasaning maʼnaviyat boʻlimida, kutubxonasida, aniqrogʻi rahbarning ish stolida boʻlishi talab etiladi.
Sakkizinchi omil - qonun va qaror, ijro va nazorat. Qonun kuchli ijrosi undan ham kuchli.

2019 yilga qadar davlat tilini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari: 3 ta: 2 ta – Qonun
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi (yangi tahriri), 21.12.1995 y., OʻRQ-167-I-son.
Oʻzbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi, 02.09.1993 y., 931-XII-son
1 ta – Hukumat qarori
“Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” 24.08.1995y., 339-son;
2019-2022 yillarda davlat tilini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari: 14 ta
1 ta – Qonun
“Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”, 10.04.2020 y., OʻRQ-615.
2 ta – Prezident Farmoni
1. “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 21.10.2019 y., PF-5850-son;
2. “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 20.10.2020 y., PF-6084-son.
1 ta – Prezident qarori
“Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” 04.10.2019 yildagi PQ-4479-son;
10 ta – Vazirlar Mahkamasining qarori
Endilikda gap el va til taqdiriga daxldor boʻlgan ushbu muhim hujjatlarning ijrosida.
Soʻzlash maʼrifatdan, tinglash madaniyatdan, anglash maʼnaviyatdandir.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan Davlat tilini bilishga qoʻyiladigan minimal TALABLAR alohida eʼtiborga molik.
I. Tinglab tushunish
1.Tanish mavzularda maʻlumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini oʻqib tushuna oladi.
2. Sodda xabarlar, sodda yozma yoʻriqnoma yoki koʻrsatmalarni tushuna oladi.
3. Oʻz qiziqishlari doirasidagi tele yoki radio dasturlar va boshqa manbalarni tinglab, asosiy maʻlumotlarni tushuna oladi.
4. Shaxsiy qiziqish, oʻqish yoki kasbga oid sohadagi ogʻzaki manbalarni tinglab, asosiy mazmuni hamda maxsus maʻlumotlarni anglay oladi.
5. Til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda uning aksariyat jihatlarini tushuna oladi.
II. Gapirish
1. Oʻzi haqida ogʻzaki maʻlumot bera oladi.
2. Ijtimoiy-maishiy mavzuda taklif etilgan suhbatga kirisha oladi.
3. Fikrini sodda tarzda izchillik asosida mantiqli tushuntirib bera oladi.
4.Tanish mavzularda oʻz fikrini bildira oladi (kitoblar, filmlar, musiqa xususida).
5.Hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib bera oladi.
III. Oʻqish
1.Tanish mavzularda maʻlumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini tushuna oladi.
2. Joy yoki insonlar tasvirlangan qisqacha matnni tushuna oladi.
3. Sodda xabarlarni, masalan oddiy xatlar, elektron xatlarni tushuna oladi.
4. Sodda yozma yoʻriqnoma yoki koʻrsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.
5. Munozarali matnning xulosasini aniqlay oladi.
6. Matn mazmunining asosiy gʻoyasini ajrata oladi.
IV. Yozish
1. Shaxsiy xatlar (qisqa xabarlar, tabriklar, eslatmalar va hokazolar)ni yoza oladi.
2. Sodda anketalarni shaxsiy maʻlumot bilan toʻldira oladi.
3. Rasmiy hujjatlar qoliplari asosida sodda shakldagi hujjatlarni yoza oladi.
4. Oʻz qiziqishlariga taalluqli mavzuda qisqa, sodda esse yoza oladi.
5. Rasmiy xat, ish yuritish qogʻozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza oladi.
6. Oʻz fikrini imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozma shaklda bayon qila oladi.
7. Imlo qoidalariga rioya qilgan holda diktant yoza oladi.
Ijtimoiy hayotda tilning oʻrni haqida allomalar zikri bilan bogʻlangan holda ayrim mulohazalarni bildirish oʻrinlidir. Dunyoning yaralishida birinchi neʼmat soʻz, yaʼni amr boʻlgan. Parvardigori olamning “Kun!” (arab tilida “Yaral”) degan amri bilan oʻn sakkiz ming olam yaralgan. “La kun” (yoʻq boʻl) deyilishi bilan olam kunfayakun, yaʼni yoʻq boʻladi. Boshqacha aytganda, buni roʻzi mahshar, qiyomat qoyim deyishadi. Demak, ibtido ham soʻz bilan, intiho ham soʻz bilan ekan. Bu borada Hazrat Navoiyning “Kun kelib avvalu jahon soʻngra, Ne jahonki kavn ila makon soʻngra” deyishi ham bejiz emas.

Atoqli tilshunos, leksikograf Mahmud Koshgʻariy “Kishi soʻzlashu, yilqi soʻzlashu” deb yozadi. Bu odamlar bir-birlari bilan soʻzlashib tanishsalar, hayvonlar iskashib, hidlashib tanishadilar.
Yusuf Xos Hojib “Soʻzning oʻrni sir” deydi. Bu esa nutqiy faoliyatda TTQ (topish, tanlash qoʻllash (ogʻzaki va yozma) usuliga qatʼiy rioya etishni taqozo etadi.
Soʻzning oʻrni, hajmi, rangi, vazni, hidi boʻladi, uni didi borlargina anglab yetadi va toʻgʻri qoʻllaydi. Soʻz buzadi-tuzadi, olqish ham qargʻish ham u bilan. Obodlik ham, barbodlik ham undan. Bunyodkor gʻoyalar ham u bilan, buzgʻunchi gʻoyalar ham.
Shuning uchun ham notiqlikni dudama (ikki damli) xanjarga oʻxshatishgan. Bir tomonida yaxshilik, ikkinchi tomonida yovuzlik. Kim undan qanday maqsadda foydalansa, unga xizmat qilaveradi. Yot gʻoya - yov gʻoya. Agar notiqlik sanʼati imkoniyatlaridan biz foydalanmasak, dushman foydalanadi. Hazrat Navoiy shuning uchun ham bundan oʻz vaqtida ogoh etgan. “Dushman maqoloti - bang xayoloti”. Dushmanning aytadigan soʻzi tinglovchini bang chekkan odamga oʻxshatib uni oʻziga rom etib ergashtirishi mumkin. Yaqin tariximiz bunga shohid. Gʻayri oqim namoyandalari har xil taʼsirlarga beriluvchan yoshlarni izidan ergashtirib, dinni niqob qilib Andijon, Buxoro va poytaxtda qoʻporuvchilik harakatlarini qilgani maʼlumku.
Alisher Navoiy “Koʻngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin soʻz bil” deyishida ham hikmat bor. Dil qulf, til kalit. Har bir qalbga oʻzining xosu mos soʻzi boʻladi, uni topib gapirish mahoratni talab etadi. Chinakam notiq bola bilan bola tilida, bobo bilan bobo tilida, ayol bilan ayol tilida gaplasha oladigan insondir.
Prezidentimiz “Bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonda inson qadri ulugʻlanadigan adolatli, erkin va obod jamiyat, xalqparvar davlat, farovon hayot barpo etishga qaratilgan islohotlarimiz jadid bobolarimizning ezgu gʻoya va dasturlariga har jihatdan uygʻun va hamohangdir”,-deydi.
Bu esa jadid maʼrifatparvarlari til haqidagi qarashlariga ham daxldor masaladir. Til masalasida ham jadid bobolarimizning ilgʻor qarashlarini amaliyotga qoʻllash oʻrinlidir. Ularning qarashlaridagi mulohazalar bugungi kunda til va yozuv masalalarini oydinlashtirishda ham dasturulamal boʻla oladi.
Maʻrifatparvar Abdulla Avloniy bobomiz aytganidek: “Har bir millatning dunyoda borligʻin koʻrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”. Millatning boyligi va borligi uning tili bilan chambarchas bogʻliq.
Jadidlar faoliyatida “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan gʻoya yetakchi boʻlgan. Bu esa “Avesto”dagi “Ezgu soʻz, ezgu fikr, ezgu amal” gʻoyalariga hamohangdir.
Jadidlarning asosiy maqsadi millatning oʻz-oʻzini anglashiga erishish, davlat va jamiyat qurishda Sharq bilan Gʻarbdagi eng yaxshi anʼanalarni birlashtirishdan iborat boʻlgan.
Baʼzan men fizik, men ximik, men matematik menga nutq, til, notiqlikning keragi yoʻq degan mantiqsiz mulohazalarga duch kelasiz. U tabiiy fanmi, gumanitar yoki ijtimoiy - falsafiy fan mutaxassisimi, albatta tilning imkoniyatlari va ifoda vositalaridan foydalana olishi kerak. Tasavvur qiling, fizik qonuniyatlarni, kimyoviy reaksiyalarni, geometrik aksioma va teoremalarni, matematik sinus kosinus, tangens kotangensni u nima bilan tushuntiradi, axir? Nutqi chalami demak, fan ham, mavzu ham, qoʻyingki, oʻzi ham chala. Tilimizning boyligi masalasida Navoiy hazratlarining maxsus asarlari borligini ham bilamiz. Soʻz boyligini oshirish kitob mutolaasiga borib bogʻlanadi. Kimki kitob oʻqishdan toʻxtasa, bilingki, u fikrlashdan ham toʻxtabdi deyishi bilan Deni Didro haq.
Abdulla Qodiriy: “Soʻz soʻylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak”, “Tilimizni kambagʻal deguvchilarning oʻzi kambagʻal. Ular oʻz nuqsonlarini tilga toʻnkamasinlar”, deydi. Adib ona tilimizning soʻz boyligi va oʻziga xos jozibasi aks etgan “Oʻtkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari bilan oʻzbek romanchiligiga asos soldi.

Jadidchilik harakati asoschilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy 1915 yilda “Oyina” jurnalida chop etilgan “Tilimiz haqida” maqolasida turkiy xalqlar uchun soddalashtirilgan adabiy til yaratish masalasini koʻtaradi. . Hatto 1918 yilda Turkistonda oʻzbek tilining davlat tili sifatida tan olinishi haqidagi taklif bilan chiqadi. U bunday taklifni 1908 yilda ham bildirganligi haqida Lola Oʻroqova oʻz maqolasida fikr bildiradi.
Behbudiy har bir millat oʻz tili bilan faxrlanishi, tilini ulugʻlashi, taraqqiy ettirishi, muhofaza qilishi bilan birga, boshqa tillarni oʻrganishini ham targʻib qiladi. Jumladan, 1915 yilda “Oyina” jurnalida chiqqan maqolasiga “Ikki emas, toʻrt til lozim”, deya sarlavha qoʻyadi. Turkiy tildan tashqari arab, fors va rus tilini oʻrganishning ahamiyatini izohlab beradi. Rus tilini bilishning zaruratini tijorat, sanoat, zamon ilmini oʻrganish va shu orqali mamlakatni taraqqiy ettirishga bogʻlaydi.
Jadid bobomiz Isʼhoqxon Ibratning: “Bizning yoshlar, albatta, boshqa tilni bilish uchun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval oʻz ona tilini koʻzlariga toʻtiyo qilib, ehtirom koʻrsatsinlar. Zero, oʻz tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”, degan fikrlari ham yuqoridagi qarashlarga hamohangdir.
Isʼhoqxon Ibratning oʻzi koʻplab sharq mamlakatlarini kezib, arab, fors, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini puxta oʻrgangan va olti tilli lugʻat tuzgan. Shuningdek, jahon yozuvlarining tarixiga nigoh tashlab, lotin, yunon, xitoy, hind, arab, kirill yozuvlari kelib chiqishi haqidagi “Jomeʼ ul-xutut” (“Yozuvlar majmuasi”) asarini yaratadi.
Oʻzbeklarning birinchi professorlaridan sanalmish Abdurauf Fitrat ona tili boʻyicha yaratgan darsligi, tilga oid oʻnlab maqolalari, asarlari, tadqiqotlari bilan yirik tilshunos sifatida ham maydonga chiqdi. Uning 1919 yilda “Ishtirokiyun” gazetasida chop etilgan “Tilimiz” sarlavhali maqolasi milliy til uchun qaygʻurishning oʻziga xos namunasidir. Ona tilining taqdiridan, istiqbolidan, boshqa tillar yuki bosayotganidan xavotir hissi maqolaning mazmun-mohiyatiga singib ketgan.
Qatagʻon qurbonlaridan biri Abdulhamid Choʻlpon “Adabiyot yashasa – millat yashar”, deya xalq hayotida adabiyotning ahamiyatidan soʻz ochadi. U fikrini davom ettirib: “Adabiyoti oʻlmagʻon va adabiyotining taraqqiysiga chalishmagan va adiblar yetishdirmagʻon millat oxiri bir kun hissiyotdan, oʻydan, fikrdan mahrum qolub, sekin-sekin inqiroz boʻlur. Muni inkor qilib boʻlmas”, - deydi.
Oʻsha paytlardayoq tildagi muammolar borasida xavotirga tushganini koʻrish mumkin. Ayrim davriy matbuot sahifalarida tilga yetarlicha ahamiyat berilmayotganini tanqid qildi.
1938 yilda otuvga hukm qilingan birinchi oʻzbek tilshunos olimi professor Gʻozi Olim Yunusovning mehnat faoliyati tilshunoslik bilan bogʻliqdir. Olim “Oʻzbek urugʻlaridan qatagʻonlar va ularning tili”, “Yuridik terminlar lugʻati”, “Oʻzbek tili grammatikasi” kabi asarlari va koʻplab tilga oid maqolalari bilan oʻzbek tilshunosligi rivojiga munosib hissa qoʻshganini alohida taʼkidlash oʻrinlidir.
Tilshunos, shoir, folklorshunos va tarjimon sifatida Mashriq Yunusov – Elbekning ham jadidchilik davri adabiyoti va madaniyatida oʻz munosib oʻrni bor. U boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ona tili darsligini yozgan, “Oʻzbekcha shakldosh soʻzlar” lugʻatini tuzgan. “Til” haqidagi sheʼrida esa quyidagi satrlar bitilgan:
Mungli qushim, sayrab-sayrab kel, anglat –
Kimlar erur turk tilini sotgʻuvchi?
Bulbul kabi sayrab turgʻon bu tilni
Uyalmayin bu oʻlkadan otgʻuvchi?!
Boldan totli, jondan tunuq turkchani
Tushunmayin xoʻrlab-xoʻrlab yotgʻuvchi?!
Ochunlarda boyligin koʻrsatmasdan,
Kimdur bunga: “yorarmi, yoramas” degan?
Mungli qushim, unlarni qoʻy, sen sayra,
Turk tilining dongʻin chiqar koʻklarga!..

Yuqorida keltirilgan internet maʼlumotlariga tayangan holda shuni aytish joizki, til masalasiga befarqlik yurt taqdiri va mamlakat qismatiga eʼtiborsizlik demakdir. Bu esa vatan taraqqiyoti va taqdiriga loqaydlikni urchitadi. Til sofligi, nutqning toʻgʻriligi, mantiqiyligi, boyligi, taʼsirchanligi kabi tushunchalariga putur yetkazadi. Shu oʻrinda mutafakkirlardan birining ushbu mulohazasi esimizni kiritsa neajab. “Doʻstingdan qoʻrqma, nari borsa u seni sotadi, senga xiyonat qiladi. Dushmaningdan ham qoʻrqma, nari borsa u seni oʻldiradi. Ammo sen beparvo, loqayd kimsalardan qoʻrq. Ularning jim turishlari tufayli qotillik va jinoyatlar sodir boʻlaveradi.”
Demak, til masalasi mavsumiy masala emasligini bilganimiz holda, har birimiz oʻzimizga, soʻzimizga, oilamiz, mahallamiz va jamoa korxonamizdagilarning tilga eʼtibori va nutqiga eʼtiborli boʻlsak, bu boradagi chigal muammolarga yechim topgan boʻlardik. Ijro nazorati va qonun, qarorlarga hurmat va masʼuliyat hissi Davlat tili maqomini mustahkamlashning muhim omilidir.

Jahonda rivojlanish va tapaqqiyot sivilizatsiyasining yangi davri - XXI asr axborotlashgan, global va axborotlashuv bosqichga qadam qo‘yar ekan, yangi davrning tahdid va xavf-xatarlar bilan limmo-lim ekanligini ko‘rib, dunyo hali ham har jihatdan o‘ta mo‘rt ekanligiga iqror bo‘lamiz.
Darhaqiqat, XXI asrda dunyo xavfsizroq bo‘lib qolmadi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, resurslar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo‘lib o‘tdi. Ayrim kuchlarning urinishlari natijasida xavf-xatarlar ro‘yxati yangilari hisobiga yanada kengaydi. Demografik inqiroz, ommaviy epidemiyalar, demokratiya eksporti, ma’naviy qashshoqlashuv, axborot urushlari, g‘arbona turmush tarzini tiqishtirish, mafkuraviy-informatsion tahdidlarning yangi turlari shundoq ham bezovta dunyoning tashvishlarini ko‘paytirdi. Bu esa, o‘z navbatida, inson va insoniyatning ma’naviy qiyofasiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Insonning ma’naviy qiyofasi va ma’naviy muhitini o‘zgartirishga qaratilgan informatsiyalar jahon axborot makonida shakllantirilayotgan axborot orqali g‘oyaviyi ta’sir, oshkorai mafkuraviy tazyiq oldida xattoki, tajribali mamlakatlar ham qiyin ahvolga tushib qolmoqda. Buning sababi informatsion va mafkuraviy tahdidlar ta’sirining an’anaviyi xavf-xatarlari– terrorchilik, iyadroviy qurollarningi ishlatilishi, ekologik muammolar va boshqalardan farq qilib, ko‘zga ko‘rinmasligi, tezkorligi, chegara bilmasligi, uzoq vaqt mobaynida noaniqlik kasb qila olish qobiliyati va boshqalardir. Hech narsadani tap tortmaydigan informatsion va mafkuraviy ita’sirlar tufayli turli idavlatlar aholisi kayfiyati, ruhiyati, dunyoqarashi va ixatti – harakatlarida salbiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
O‘zbekiston ham ana shunday murakkab global xalqaro munosabatlar sharoitida o‘zining ertangi kunini barpo qilish yo‘lidan izchil odimlab bormoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning zaminida ijtimoiy yo‘naltirilgan ibozor iqtisodiyotiga iasoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik ijamiyatini barpo etishni o‘zida mujassam etgan Yangi O‘zbekiston konsepsiyasi tub maqsadlarini ifoda etadi.
Bugun biz mamlakatimizda demokratik jarayonlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish, fuqarolarning siyosiy-madaniy faolligini oshirish, ularning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki, mamlakatimizda kechayotgan mafkuraviy jarayonlar haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot va so‘z erkinligini ta’minlamacdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmas ekanmiz, maqsadimizga erishishimiz yanada murakkablashib boraveradi.
Bugungi kunda mafkuraviy jarayonlar va axborotning tarqalish tezligi, inson tafakkuriga turli yo‘nalishlarda tez ta’sir o‘tkazishi, insoniyat hayotini va taqdirini u yoki bu tomonga burib yuborishga qodirligi, turli vaziyatlarda salbiy va ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylanmoqda. Bizningcha, bu axborotlarning ko‘pchiligi internet tarmoqlari orqali tarqalmoqda. Mamlakatimiz fuqarolarining mafkuraviy va axborot tahdidlariga nisbatan immunitetini shakllantirish, ularga nisbatan o‘zining mustaqil pozitsiyasini, hayot yo‘lini hamda fikrini shakllantirish asosiy maqsadimizga aylanmog‘i darkor.
Mafkuraviy tahdidlarning zamonaviy ko‘rinishlari, tarkibi va salbiy ta’sir tendensiyalari

Bugungi dunyoning murakkab sharoitida jahonda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayoni taraqqiyot va rivojlanishning barcha sohalariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatmoqda. Jahonning har qanday mamlakatida mafkuraviy iqtisodiy, siyosiy, texnikaviy va boshqa sohalarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning shiddat bilan boshqa mamlakatlarning hayotiga kirib borishi har qanday davlat yoki jamiyat rivojlanishini, demokratiyani o‘z xohish ixtiyoridan kelib chiqib amalga oshirishiga xalaqit berishi, to‘sqinlik qilishi tabiiydir[1]. Zero, jamiyat rivojining hozirgi davriga xos bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy va boshqa asoslarning shakllanishi mafkuraviy omil bilan bog‘liq ekan bu jarayonda globallashuv aynan mafkuraviy omilning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida har qanday jamiyat o‘z yo‘lini yo‘qotishi mumkin[2].
Globallashuv hozirgi kunda muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan jarayon sifatida e’tirof etilmoqda. Ta’kidlash lozimki, bu jarayon faqat ijobiy emas, balki salbiy jihatlari bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ijobiy jihati sifatida jahon bozorining kengayishi, ijtimoiy axborotlashuv, ilmiy-madaniy aloqalar va qadriyatlarning yaqinlashuvi, ijtimoiy munosabatlarda yaxlitlikni ko‘rish mumkin. Salbiy jihatiga esa xalqaro terrorizm, ekstremizm, fundamentalizm va narkobiznes[3] kabilarni keltirish mumkin. Chunki, biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan bunday unsurlar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada esa odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda.
Globallashuv jarayonining muhim xususiyatlaridan biri kishilar ongi va qalbini egallash uchun kurashning kuchayganligidir. Muayyan mamlakat yoki mintaqada hukmronlikni ta’minlashga xizmat qilgan harbiy yurishlar, iqtisodiy iskanja kabi harakatlar shakllari o‘rnini endilikda ko‘proq ijtimoiy ongni mafkuraviy-ma’naviy jihatdan zabt etish maqsadida muayyan bir jamiyat uchun yot va zararli g‘oyalarni tarqatish ularni kishilar ongiga singdirish avj olmoqda.
Ana shunday ko‘rinishdagi mafkuraviy tahdidlar g‘arazli kuchlarning stpategik maqsadlaridan kelib chiqqan bo‘lib, turli geosiyosiy “o‘yin”larni uyushtirishda kuchli qurol bo‘lib xizmat qilmoqda. Strategik maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan kuchli infrastrukturaga va kommunikasiya vositalariga ega bo‘lgan siyosiy markazlarning tashkil topishi ularning ko‘lami kengayishiga zamin yaratmoqda va geosiyosiy qarashlarda uchinchi to‘lqin (Геополитика третей волны)[4] vujudga kelmoqda.
Natijada keyingi paytdagi siyosiy-iqtisodiy jihatdan kuchli davlatlar tomonidan qilinayotgan “insonparvarlik” niqobi ostidagi amalga oshirilayotgan harakatlar suverinitet bilan bog‘liq har qanday xalqaro me’yorlarni buzmoqda. Ayni paytdagi qudratli davlatlarning mustaqill davlatlar ichki ishiga “insonparvarlik aralashuvi” o‘sha davlatlarning ichki tartiblarining buzilishiga va hududda millatlarapo va etnik guruhlararo nizolar paydo bo‘lishiga, oqibatida esa qurolli to‘qnashuvlarning sodir bo‘lishiga turtki bo‘lmoqda[5].
Mafkuraviy tahdidlar makon va zamonlar osha turli-tuman ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi bilan xatarning ko‘lami kengayib boraveradi. Ayniqsa, XX asrning so‘nggi o‘n yilligida, jumladan, postsovet makonida yuzaga kelgan mustaqill davlatlar hududini g‘oyaviy-mafkuraviy “qayta taqsimlash” siyosati mafkuraviy tahdidlarning noklassik yo‘nalishlarini vujudga keltirdi. Shuningdek, mafkuraviy tahdidlar gegemon davlatlarning siyosiy korropasiyasini shakllantirish bilan xarakterlanmoqda. Bu esa - mafkuraviy tahdidlarning ijtimoiy ildizlari, sabablarini o‘rganish, tahlil qilish ularning g‘oyaviy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa asoslari hamda omillari bilan bog‘liq masalalar falsafiy tadqiqotlarning eng muhim va ustuvor vazifasi ekanini ko‘rsatadi.

Jahon miqyosidagi bunday umumiy global taraqqiyot odamlar dunyoqarashining o‘zgarishi, kommunikasiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta’sirining kuchayishi bilan tavsiflanadi. Bu esa davlatlar va xalqlar, millatlar o‘rtasidagi aloqalarni buzishga qaratilgan g‘oyalarning ta’sirini qaytarish uchun milliy til va dinni, milliy xususiyatlar, an’analar va ma’naviy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy taraqqiyot tamoyillari ta’sirini muttasil oshirib borish zarurligini ham ko‘psatib turibdi.
Bugungi kundagi mafkuraviy qarama-qarshiliklar avj olgan bir paytda globallashuvning salbiy ta’sirlarini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin.
Birinchidan, globallashuvning informasion ta’siri global muammolarni keltirib chiqarayotganligi. Misol uchun, “ommaviy madaniyat”, “Kiber terrorizm” kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Ikkinchidan, global texnika inqilobi ayrim davlatlarning mutloq yer sayyorasidagi boyliklarga, boshqaruv va siyosatga, xattoki milliy mental xususiyatlarga ham egalik hissini oshirib yuboryapti.
Uchinchidan, global iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning jiddiy tus olishi, ijtimoiy-iqtisodiy va fuqaroviy nizolar natijasida ko‘plab davlatlarda fuqarolar urushlari, davlat to‘ntarishlari, separatchilik harakatlari buning yorqin misolidir.
To‘rtinchidan, migrasiya oqimining kuchayishi, qurol-yarog‘ va giyohvand moddalar savdosi, inson savdosi va hatto inson tana organlarining buyumlarday sotilishi, terropistik tashkilotlar va uyushgan jinoyatchilik tuzilmalarining paydo bo‘lishi hamda ularning davlatlar va hatto dunyo siyosiy boshqaruviga ham ta’sirining kuchayishi, shular jumlasidandir.
Ana shunday ta’sirlar aypim mamlakatlarning ichki hayotini izdan chiqarishi mumkin. Chunki ataylab tarqatilayotgan inson ma’naviyatiga zid g‘oyalar aholini, ayniqsa, yoshlarni yo‘ldan urmoqda, deyish mumkin. Xususan, egosentrizm, kosmopolitizm, buzuqlik va zo‘ravonlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, axloqsizlik va behayolikni erkinlik va demokratiya tamoyillari niqobi ostida tarqatishga urinishlar ma’naviyatga ziddir.
G‘arazli kuchlar tomonidan uyushtirilayotgan bunday mafkuraviy bosimlar asosan aholining yoshlar qatlamiga qaratilgani bilan ajralib turadi. Ayni paytda, ongi, dunyoqarashi, mustaqil fuqaroviy pozitsiyasi to‘liq shakllanib ulgurmagan yoshlarga nisbatan bunday munosabat nafaqat konkret millat, jamiyatning asrlar davomida shakllangan an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy asoslari, ildizlariga, balki, insoniyat istiqboliga qaratilgan tahdid[6] sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bunday tahdidlarning xatarli jihati “namuna”, “etalon” sifatida taqdim etilayotgan xulq normalarini targ‘ib qilishga qaratilgan “asarlar” ularning ijodkorlari va homiylariga ulkan moddiy manfaat keltirayotgani va to‘planayotgan mablag‘lar buzg‘unchilikning yangi shakllarini yuzaga keltirishi bilan ham belgilanadi. Zero ular, “biz uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo beg‘ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir”[7]. Ana shunday faoliyatni amalga oshirmoqchi bo‘lgan kuchlar, avvalo, qayerdaki mafkuraviy bo‘shliq mavjud bo‘lsa o‘sha joyda ish boshlaydilar. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning, “Mafkura sohasida bo‘shliq degan narsaning o‘zi hech qachon bo‘lmaydi. Chunki insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, ta’sirlanishdan to‘xtamaydi.
Demak, unga doimo ma’naviy oziq kerak. Agar shu oziqni o‘zi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima bo‘ladi, aytinglar? Bunday oziqni u asta-sekin boshqa yoqdan izlaydi. Shunga yo‘l bermasligimiz kerak”[8] – deb ta’kidlashi bejiz emas.
Yuqorida keltirilgan tahlillardan kelib chiqib aytish mumkinki, mafkuraviy tahdid insoniyatga xavf soladigan boshqa xavflardan jiddiy farq qiladi. Farqlar ularning asosiy maqsadi, mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarida yotadi[9]. Ana shunday o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan tahdidlardan ayrimlarining tahlillarini e’tiboringizga havola etamiz.

«Milliy taraqqiyot modeliga ishonchsizlik bilan qarash» – bu bugungi kundagi har qanday jamiyatni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan eng xavfli mafkuraviy tahdidlardan biridir. Unga ko‘ra, insonda milliy taraqqiyot modeliga shubha bilan qarash hosil qilinadi va uning “yoni”da o‘zga davlatlarning taraqqiyot modeliga havas qilish uyg‘otiladi. Mamlakatda erishilgan har qanday yutuqlar yo‘qqa chiqariladi. Kishilarda shakllantirilgan fikrlar natijasida faqat negativ fikrlar demokratiya namoyishi sifatida barpoq qilib ko‘tariladi. Yutuqlar inkor etiladi. Salbiy jihatlar bo‘rttiriladi.
Mafkuraviy tahdidlarning mazmuni va xususiyatlari, ularni oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar
Mafkura - millat jamiyat, davlatning aniq maqsadni ko‘zlagan manfaatlarini ifoda etuvchi (dasturiy) harakat tizimi, desak, bizning nazarimizda mohiyatni aniqroq yoritgan bo‘lamiz. Demak mafkuraviy tahdidlar, ana shu harakatlarni izdan chiqarish uchun faoliyat olib borish jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonni tashkil etuvchi kuchlar esa, aynan, millat, jamiyat, davlatning mafkurasini o‘z manfaatlari yo‘lida yo‘q qilish uchun faoliyat olib boradilar.
Shu ma’noda, mafkuraviy tahdid insonlar tomonidan tashkil qilinadigan xalqlar, jamiyatlar va davlatlar hayotiga bo‘ladigan har qanday tahdidlarning eng xatarlisi hisoblanadi. Ana shunday xatarning mohiyatidan kelib chiqib, mafkuraviy tahdidlar bilan bog‘liq juda ko‘p qarashlar yoki ularga berilgan ta’riflar mavjud. Masalan, “Falsafa. Qomusiy lug‘at”ida quyidagicha ta’rif beriladi, “jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga xavf solib turgan, fojeali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmuasi”[10].
Professor Yaxshilikov mafkuraviy tahdid tushunchasriga ta’rif berishda uni ma’naviy tahdidlarning bir faol ko‘rinishi, aniqrog‘i vositasi[11], degan qarashni ilgari suradilar. To‘g‘ri bugungi ilmiy-falsafiy qarashlarda bu tahdidlarning qaysi oldin, qaysi keyin kelishi, ularning tartib va tarkiblari aniq belgilab berilmagan. Ijtimoiy-falsafiy jihatdan ularning har biri oldin yoki keyin kelishi, xuddi shuningdek, bir-birining tarkibida bo‘la olishi mumkin. Lekin bizning nazarimizda, aynan - ma’naviy tahdidlar umummafkuraviy jarayonlarning hosilasi sifatida mafkuraviy tahdidlar tarkibidan o‘rin oladi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi.
Binobarin, mafkuraviy tahdid – g‘arazli maqsadga qaratilgan g‘oyaviy-ma’naviy ta’sirlar tizimini ifoda etadi, desak mazmunni to‘g‘ri ifodalagan bo‘lamiz. Sababi aniq maqsadlar yo‘lida puxta o‘ylangan reja asosida o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun har qanday siyosiy, g‘oyaviy, ma’naviy ta’sirlar orqali faoliyat olib borish uning asosiy qurollaridan biri hisoblanadi va jamiyatning yaxlitligini har tomonlama buzishga harakat qiladi. Bugungi dunyoda yashayotgan insoniyat yaxlitlikni tashkil etsada, undagi davlatlar va xalqlar tarixiy shart-sharoit, jo‘g‘rofiy joylashuvi, geostsategik holatiga ko‘ra turli mavqega ega.
Mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq mana shu manfaatlar o‘zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta’sir o‘tkazish, ularni bo‘ysundirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o‘z manfaatlarini ta’minlashga intilishdir. Bunday ta’sir o‘tkazishning tinch yo‘li ko‘zlangan maqsadga olib kelmaganda, mafkuraviy tahdidlar “tajovuz” (zo‘ravonlik xatti-harakatlari[12]) tusini oladi va boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham, ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga harakat qilinadi.

Bunday tahdidlar o‘zining rivojlanish yo‘lidan borayotgan har bir xalqning ezgu maqsadlariga katta zarba beradigan buzg‘unchi g‘oya sifatidagi mudhish xavf-xatarlarni anglatadi. Bugungi kundagi buzg‘unchi g‘oyalarning asosiy ta’sir obyekti yosh mustaqil mamlakatlar bo‘lib qolmoqda. Maqsadlari ayon ‑ o‘z mavqeini o‘zga mintaqalarda mustahkamlab, o‘sha mintaqalarni o‘z ta’siri ostiga olish, yosh, suveren davlatlarni o‘z manfaati doirasiga kiritish, ularning mustaqilligini zaiflashtirishdan iborat.
Bundan tashqari insonning ong-u tafakkuriga, uning ruhiyatiga ta’sir etuvchi shunday mafkuraviy tahdidlar borki, ulardan ogoh bo‘lish, doimiy tarzda kurashish talab etiladi. Ular quyidagilardan iborat:
diniy ekstremistik oqim vakillari demokratiyani yoqlamasligi, uni kufr deb qarashi natijasida demokratiya - milliy qadriyatlarga zid, xalq hokimiyatchiligi qadriyatlarning yo‘qolishiga olib keladi, deb demokratik islohotlar yo‘liga to‘siq bo‘lmoqda;
bugungi axborot makonida hali tafakkuri shakllanib ulgurmagan yoshlarni o‘z domiga tortish uchun chetdan ibiz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ima’naviy va axloqiy tubanlik iillatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” iyopirilib kirib kelmoqda;
o‘z manfaatlarini himoya qilish yo‘lida hech narsadan qaytmaydigan ayrim mafkuralar boshqa xalqlarning ongi va qalbiga kirib borish uchun o‘sha yerdagi aholi, ayniqsa, yoshlarni mehnat, o‘qishdan chalg‘itib, o‘yinlarga, ko‘ngil ochishga, iste’molchilikka yo‘naltirib, yo‘ldan adashishga, milliylikni inkor etishga chorlamoqda;
har bir xalqning yillar davomida shakllangan milliy qadriyatlari o‘rniga o‘ylab topilgan qadriyatlarni singdirish, mustaqilllik g‘oyalarini qoralash, milliylikka sekin-asta putur yetkazish, avlodlar o‘rtasidagi munosabatni buzish kabi faoliyatlar mamlakatlar taraqqiyotiga putur yetkazayotgani hech kimga sir emas.
Inson ongi va qalbi uchun kurash tarixan turli shakllarda insoniyat hayotidan o‘pin egallab kelgan. Hozirgi davr mafkuraviy tahdidlarning kuchayib borayotgani, turli oqimlar va kuchlar tomonidan g‘arazli maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan, jamiyat ma’naviy barqarorligiga salbiy ta’sir etadigan mafkuraviy xurujlarning yuzaga kelayotgani bilan xarakterlanadi. Demak, mafkuraviy tahdidlarning yana bir ko‘rinishi insonni ma’naviy olamini izdan chiqarishga qaratilgan ma’naviy tahdidlar navbatdagi usul va vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
Ma’naviy tahdid xavf-xatardek darhol ko‘zga tashlanmasligi, uzoqni ko‘zlashi va xavf-xatarga nisbatan zarari ko‘pligi bilan farq qiladi[13]. Ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) ma’naviy tahdidlarning xususiyatlari: a) til tanlamaydi; b) din tanlamaydi; v) e’tiqod tanlamaydi. O‘zgacha aytganda, ma’naviy tahdidlar odamning qaysi tilda so‘zlashi, qaysi dindaligi va e’tiqodining qandayligidan qat’iy nazar insonga daxl qiladi.
2) Ma’naviy tahdidlarning zarari: a) inson erkinligiga daxl qiladi; b) insonning ruhiy dunyosini izdan chiqaradi; v) maqsadli amalga oshiriladi.
3) Ma’naviy tahdidlarning turlari: a) mafkuraviy; b) g‘oyaviy; v) informasion. Bularni jadvalda shunday tasavvur qilish mumkin:
Shu ma’noda, ma’naviy tahdid insonlarni g‘oyaviy qaram qilish, ruhiy dunyosini izdan chiqarishga qaratilgan bo‘lib, u jozibali shiorlar va g‘oyalar ostida yashirinadi, diniy va milliy rishtalarga bolta uradi, yoshlarning ongi va ichki dunyosini egallashga intiladi, ularning dunyoqarashiga zararli fikrlarni tiqishtiradi, oxir-oqibatda, mamlakat xavfsizligiga va milliy manfaatlarga tahdid solib, jamiyatni inqiroz sari yetaklaydi.
Zero, ma’naviy tahdidlar barcha zamonlarda ham insonning ongu tafakkuriga nisbatan tahdid sifatida namoyon bo‘lgan. Binobarin, ma’naviy tahdidlar faqat inson tomonidan yaratiladi va faqat insonga ta’sir o‘tkazishi bilan zararlidir.

Bunday tahdidlarning yana bir o‘ta xatarli jihati globallashuv jarayonlarga o‘tkazayotgan ta’siri bilan bog‘liq. Ma’lumki, globallashuv jarayoni insonga mafkuraviy-ma’naviy tahdid o‘tkazishning o‘tkir quroliga aylanib bormoqda. Bu tahdid inson erkinligini bo‘g‘ish, fikriy mutelikni qo‘llab-quvvatlash; turli-tuman jozibador shiorlar orqali uning ruhiyatiga mafkuraviy, g‘oyaviy va informasion hurujlar ko‘rinishida daxl qilmoqda, xalqlarning milliy va diniy ildizlariga xavf solmoqda.
Insoniyat bir qator global muammolarni – ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi tahdidlarni hal qilish yo‘lini topish, ularga qarshi tura olish usul va vositalarini ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Bunga qarama-qarshi o‘laroq mamlakatimizda yoshlar madaniyati va ma’naviy saviyasiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi tahdidlarga qarshi kurash mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ammo bugungi holatda birgina qarorlar va dasturlarni amalga oshirish bilan muammoning yechimini bartaraf etish mushkul. Bugun butun jamiyat birgalikda, ta’bir joiz bo‘lsa, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmasa, oqibati og‘ir kechishi tayin. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilani o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam irivojlanishiga rahna soladigan iturli tahdid va xavflar paydoi bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, iaxloqiy tarbiya, iyoshlarning bilim olish, ikamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish ihar qachongidan ham imuhimdir”[14].
Hozirgi kunda internet va axborot texnologiyalari yoshlar ongiga ta’sir etishning asosiy vositasi bo‘lib qolmoqda. Internetning ta’sir kuchi beriladigan materiallarning tezkorligi, ko‘tarilayotgan masalalarning dolzarbligi, tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali yechimlarini taklif etishiga ko‘p darajada bog‘liq. Internet orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‘ talab qilmaydigan g‘oyaviy ta’sir va tazyiqning o‘ziga xosligi shundaki, u o‘quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan amalga oshiriladi va bevosita qurbonlarni keltirib chiqarmaydi.
Axborot urushi dushmanni yo‘q qilmagan, katta harajatni talab qilmagan holda, yuqori samara beradi. Bunda g‘oyaviy ta’sir yo‘naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy o‘rganilgan holda, asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‘zgartirishga yoki butunlay yo‘qqa chiqarishga qaratilayotgani kunday ravshan. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev takidlaganidek, “Hozirgi vaqtda mintaqamizda va dunyoda hukm surayotgan, oldindan aytib bo‘lmaydigan murakkab sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz chuqur anglaymiz”[15] .
Hozirgi kunda jahon siyosatida mafkuraviy kurash tobora avj olib borayotgan bir davrda yoshlar mafkuraviy immunitetini shakllantirish dolzarb masala sifatida qolmoqda. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida mustamlakachilik siyosati tugatilganligi to‘g‘risida fikrlar bildirilmoqda, to‘g‘ri qurol-yarog‘ bilan ochiqchasiga tahdid qilish, o‘zga davlat hududiga ochiqchasiga bosqinchilik uyushtirish to‘xtatilgan bo‘lsada, aksincha g‘oyaviy, mafkuraviy tahdid kundan-kun kuchayib avj olib bormoqda. Bu tahdidlardan himoya esa qurol-yarog‘, zamonaviy texnika emas, aksincha g‘oyaviy, mafkuraviy tafakkur ekanligini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Zero, buzg‘unchilik tamoyillarini o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyalarning ta’sir doirasi tobora kengayib bormoqda. Bunday g‘oyalar bugungi kunda shunchaki kishilarni yo‘ldan uradigan g‘oyalar sifatida emas, balki butun boshli millatlar, jamiyatlar va davlatlar hayotini izdan chiqaruvchi mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Mavzu yuzasidan aytilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqadigan bo‘lsak, hozirgi davrda mafkuraviy tahdidlar namoyon bo‘lishining xususiyatlari tahlili qo‘yidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi.

Birinchidan, globallashuv sharoitida mafkuraviy tahdidlarning xavfi ortib borayotganligi sabab, mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlarni ko‘paytirish bilan bog‘liq ishlarni davlat siyosati darajasiga ko‘tarish;
Ikkinchidan, keng aholi qatlamiga mafkuraviy tahdidlar bilan bog‘liq tushunchalarni yetkazish uchun o‘quv dasturlari tayyorlash va mahallalar kesimida seminap treninglar tashkil qilish;
Uchinchidan, mafkuraviy tahdidlarning ko‘lami kengayib borayotgani, ayniqsa yoshlarning o‘z domiga tortishi jamiyatning ertangi kuni uni xatarli ekanini inobatga olib, ularda bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida mobil dasturlarni yaratish jarayonini tashkillashtirish va faollashtirish lozim;
To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategisi” kitobidagi, “Qamrovi jihatdan global, ammo mamlakatimiz hayoti va taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan bunday muammolarni hal qilishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, umumiy va xususiy manfaatlarni uyg‘unlashtirish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, kelajagimiz qiyofasini belgilaydigan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topishni paysalga solmaslik zarurligidan kelib chiqadi”[16] degan konseptual fikrlarini dastur amal sifatida qabul qilib, “Davrimizning global muammolari” nomli dastur ishlab chiqish va barcha ta’lim tizimlarida maxsus kurslar tashkil qilish.
Bunda:
A) darajasini tez sur’atlarda o‘zgartirib borayotgan globallashuvning mazmun-mohiyati;
B) dunyoning kelgusi mafkuraviy manzarasi bilan bog‘liq prognozlar,
V) globallashuvni o‘z ta’siri doirasida o‘zgartirishga urinayotgan mafkuraviy tahdidlarning mazmuni va ahamiyati;
G) yoshlarni mafkuraviy tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyatlarini shakllantirish kabi masalalarga urg‘u berish nazarda tutilishi lozim.
Bugungi kunda yurtimizda mafkuraviy tahdidlarga munosabatni shakllantirish yuzasidan qilinayotgan ishlar ko‘ngildagidek emas. Olimlar, mutaxassislar tomonidan tadqiqotlar, tahlillar olib borilmoqda. Lekin ularning natijalari, amaliyotga tadbiq etish bilan bog‘liq ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, XX asrning oxiri va XXI asrning boshlariga kelib insoniyat ko‘plab muammolarga duch keldi. Bu muammolar ko‘lami jihatidan nafaqat mahalliy yoki mintaqaviy, balki umumbashariy xususiyatga egaligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammolar va ularning yechimlari bugungi kunning dolzarb masalalari sifatida dunyoning aksariyat mamlakatlari kun tartibidan o‘rin olgan[17].
Ana shu nuqtai nazardan, oliy ta’lim tizimida fanlar kesimida, jumladan, falsafa, sosiologiya va siyosatshunoslik fanlarining o‘quv dastuplariga mafkuraviy tahdidlar bilan bog‘liq mavzularni soatlar kesimida kiritish masalasini qat’iy belgilab qo‘yish lozim bo‘ladi.
Bugungi dunyo ahli tahlikalar bosimi ostida yashayapti. Eng yomoni mustamlakalaridan, to‘g‘rirog‘i tayyor luqmalaridan ayrilgan gegemon davlatlar o‘sha luqmalarini qaytarib olish uchun har xil yo‘llarni izlamoqdalar. Bu jarayonlar asosan mafkuraviy tahdidlar orqali amalga oshirilmoqda. Zamonaviy xalqaro huquq me’yorlarida bir davlatning boshqa biriga qurolli huruji ta’qiqlangan bo‘lsada, mafkuraviy tahdidni cheklovchi normalar mavjud emas.
Bugun bizga nisbatan ana shunday xavf-xatar yo‘q deb, hech kim kafolat bera olmaydi. Mamlakatimizda tinchlik va xotijamlik, barqaror taraqqiyotni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni yo‘qqa chiqarib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ong-u tafakkurini o‘zining g‘oyalari bilan to‘ldirib, milliy birligimizga rahna solish, mamlakatimizdagi boyliklarga egalik qilish, xalqimiz, davlatimiz ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatish, umumiy ma’noda geosiyosiy maydonni o‘z ta’sir doirasiga olishni istaydigan kuchlar talaygina.

O‘zining mustaqill taraqqiyot yo‘lini belgilab olib, yorug‘ kelajak sari odimlab borayotgan. Garchi tez va qulay bo‘lmasada endigina qaddini rostlayotgan mamlakatimizga yordam beramiz, deb qo‘lini cho‘zib, oyog‘imizdan chalishga harakat qilayotgan g‘arazgo‘y kuchlar ko‘p. Ana shunday imkoniyatlarni qo‘ldan chiqarayotgan o‘sha noxolis kuchlar endi xo‘jayinlik qilishning yangi yo‘liga o‘tmoqdalar. Ya’ni nisbatan kuchsiz yoki endi rivojlanish yo‘liga kirayotgan mamlakatlarni mafkuraviy tahdidlar orqali egallashni o‘zlariga maqsad qilib olganlar.
Keyingi o‘n yilliklarda dunyo sahnida yuz berayotgan voqea-hodisalar aynan ana shundan dalolat bermoqda. Shunday ekan, biz kelajagimizni millatparvar, Yurtparvar fidoiy insonlar qo‘liga topshirishimiz kerak. O‘sha fidoiy insonlarni, avvalo, tarbiyalamog‘imiz lozim bo‘ladi.
[1] Қаранг: 26 основных понятий политического анализа . – Полис. Политические исследования. 1993. № 1. С. 77
[2] Қаранг: Rivière, Jean. Mondes en mutation dans un système en crise (фр.). — Harmattan, 2011. – P. 22. – ISBN 978-2-296-55379-8.
[3] Қаранг: Йохен Хипплер: «Наркоторговля в системе взаимоотношений Севера и Юга». 1990 год. Архивная копия от 4 марта 2016 на Wayback Machine в журнале «Экономическая теория преступлений и наказаний», № 5-1 // corruption.rsuh.ru
[4] Карякин, В. В. Геополитика третьей волны : Трансформация мира в эпоху постмодерна / В. В. Карякин. — М. : ИГ „Граница», 2013.
[5]Qarang: O‘sha asar. -B.192-193.
[6] Paxrutdinov Sh.I. Mustaqillik va jamiyat taraqqiyotiga tahdid muammosi(siyosiy tahlil tajribasi). Siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. -Toshkent – 1999 yil. -B. 22.
[7] Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: “Ma’naviyat”. 2008.
[8] Mirziyoyev Sh.M. 1-jild. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –Toshkent: “O‘zbekiston”. 2017. -B. 484.
[9] Rafikova, G. V. Mafkuraviy tahdidlar tushunchasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari / / yosh olim. — 2016. — № 3 (107). - S. 750-752.
[10] Qarang: Falsafa. Qomusiy lug‘at. – TOShKENT: Sharq, 2004. -250 b.
[11] O‘sha joyda.
[12] Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E.Milliy g‘oya – taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: “Fan”, -2017. -B.311
[13] Karimov I,A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-TOShKENT: «O‘zbekiston» 1997. -B. 4-13.
[14] Mirziyoyev Sh.Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018. 1-tom, 592 b.
[15] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqi.
[16] Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. -B. 303.
[17] Qarang: Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. -B. 302.

“Ma’naviy targ‘ibot turlari va ularning ta’sirchanligini oshirish yo‘llari” mavzusi shunchaki, oyog‘i yerdan uzilgan, umumiy, hamma biladigan gaplardan iborat masala emas. Ma’naviy targ‘ibot turlarini odamlarning axborotni qanday yo‘llar bilan qabul qilishidan kelib chiqib belgilaymiz:
a) vizuallar – axborotning katta qismini ko‘rish orqali qabul qiluvchilar. Bular juda-juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Xalqimiz bekorga: “Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan – afzal”, – demaydi;
b) audiallar – axborotning asosiy qismini eshitish orqali qabul qiluvchilar;
d) kinestetiklar – axborotning katta qismini boshqa sezgilar, masalan, hid bilish, paypaslash va boshqalar hamda harakatlar orqali qabul qiluvchilar;
e) diskretlar – axborotni mantiqiy fikr-mushohada, raqamlar, belgilar, mantiqiy dalil-isbotlar orqali qabul qiluvchilar.
Albattaki, bulardan faqat bittasigagina daxldor kishilar kam topiladi. Odatda odamlar bularning baridan foydalanadi. Faqat obyektiv va subyektiv shart-sharoitdan kelib chiqib, kimdir u, boshqa birov bu turdan ko‘proq foydalanadi.
Har qanday tasnifda bo‘lgani kabi, bu yerda ham nisbiylik – mavjud. Sinkretik, ya’ni aralash turlar ham – bor. Masalan, radio faqat eshitiladi, tasviriy san’at asarlari, fotosuvratlar, muzey eksponatlari faqat ko‘riladi. Lekin kino, televideniye ko‘rsatuvlari, boshqa videomateriallar, teatr san’ati mahsulotlari, konsertlar ham ko‘riladi, ham eshitiladi.
Modomiki, shunday ekan, ma’naviy targ‘ibot – bularning barchasidan birday foydalanishga majbur. Yuqoridagi to‘rt turdan qay biriga kirishidan qat’i nazar, quyidagi tizimlar ma’naviy targ‘ibot bilan bevosita shug‘ullanadi:
a) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tizimi;
b) madaniyat tizimi;
d) ta’lim tizimlari;
e) ommaviy axborot vositalari,
f) mahalla tizimi;
g) yoshlar tizimi;
h) xotin-qizlar tizimi;
i) kasaba uyushmalari tizimi;
k) diniy kofessiyalar tizimi;
l) ijodiy tashkilotlar tizimlari;
m) nashriyotlar tizimi;
n) jismoniy madaniyat va sport tizimi;
o) huquqni muhofaza qilish organlari tizimlari va hokazo.
O‘zbekistonimizda ma’naviy targ‘ibot bilan shug‘ullanmaydigan biror tashkilot, muassasa, idora, korxona – yo‘q. Chunki Respublika Ma’naviyat kengashi mamlakatdagi bu soha bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ana shu kengashning raisi hisoblanadi. Mamlakatimizdagi barcha mintaqalar birinchi rahbarlari, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari o‘z mintaqaviy Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi hisoblanadi. Shuningdek, tuman va taharlar hokimlari ham o‘z hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari raislari sifatida ma’naviy targ‘ibot ishlarini boshqaradi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi mas’ul kotibi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining mintaqaviy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) bo‘linmalari va hududiy (tuman va shaharlar) bo‘limlari rahbarlari mintaqaviy va hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashi mas’ul kotiblari hisoblanadi.
Ma’naviy targ‘ibot ta’sirchanligi oshirishga o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi. Uning ko‘p-ko‘p talab va shartlari, yo‘l va yo‘riqlari – bor. Ma’naviy targ‘ibotchi o‘zidagi axborotni bir iloj qilib tarqatib olsa, bo‘ldi emas. Bu – masalaning bir tomoni. Lekin asosiy maqsadga erishgan-erishmaganlik shu axborotning adresat tarafidan qanday o‘zlashtirilganiga qarab belgilanadi. Shuning uchun ma’naviy targ‘ibotchi –tinglovchilar ong-tafakkuri barcha nozik jihatlarigacha hisobga olgan holda ish yuritishga majbur.

Kasb taqozosi bilan eksperiment sifatida atoqli qiziqchimiz Hojiboy Tojiboyning traktorchi va o‘qituvchilar qiyosi asosidagi bir paytlar juda mashhur bo‘lib ketgan chiqishining maqsadini ko‘p yerlarda kishilardan so‘raganman. Ishonasizmi, eksperiment ishtirokchilarining 80 foizga yaqini: “Bu chiqishida qiziqchi traktorchilarni ulug‘lagan”, – deb hisoblagan. Holbuki, Hojiboy Tojiboy o‘z paytida: “Ey birodarlar, qanday zamon bo‘ldiki, o‘qituvchidek muqaddas kasb egalarining mavqei, hatto, traktorchilarning mavqeidan ham past darajaga tushib ketsa, mamlakat va xalqning kelajagi nima bo‘ladi?!” – deb ong urgan emasmidi?
Mana, atoqli qiziqchining orzulari amalga oshib, mamlkatimizda o‘qituvchilar mavqei oshib boryapti, bu kasb egalarini, shuningdek, o‘quvchi va talabalarni ham ta’limdan tashqari ishlarga jalb etish taqiqlandi, 2023 yil 30 aprelda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘qituvchilarning jamiyatdagi maqomi haqida yangi 52-modda kiritildi.
Demak, ma’naviy targ‘ibotda tepadan turib so‘zlash yo‘li ketmaydi, xalq bilan uning yoniga tushib gaplashish – kerak.
Ma’naviy targ‘ibotning har qanday turida, avvalo, tushunchalar bilan ishlanadi. Busiz hech mumkin emas. Tushunchalar esa ikkiga bo‘linadi:
a) muayyan (konkret, aniq) tushunchalar – olma, nok; ruchka, qalam; samolyot, vertolyot, tasbeh, joynamoz; stol, stul; qovun, tarvuz... kabilar;
b) mavhum (abstrakt, noaniq) tushunchalar – iymon, vijdon; mo‘min, musulmon; ma’naviyat, ma’rifat; g‘oya, mafkura; davlat, jamiyat; hukumat, hokimiyat; din, axloq... kabilar.
M u a y y a n tushunchalarni qo‘l bilan ushlab ko‘rish, taroziga tortish, rangini aniqlash, hajmini o‘lchash, qattiq yo suyuq modda ekanini bilib olish mumkin. Shuning uchun bunday tushunchalarga ta’rif berish osonroq.
M a v h u m tushunchalarni anglash, ta’riflash uchun tasavvur kuchli bo‘lishi lozim. Voiz nutqida ishlatayotgan katta-kichik, muayyan-mavhum har qanday tushunchani to‘la anglab yetgan bo‘lishi, ularning bir-biridan farqli va o‘zaro o‘xshash jihatlarini obdon ajrata olishi shart.
Tushunchalar qamrovi jihatidan katta-kichikka bo‘linadi. Masalan, “din” – katta tushuncha, “islom” undan ko‘ra kichik tushuncha, ya’ni “islom” atamasi “din” tushunchasining ichiga kiradi. Buni xuddi “ota”, “o‘g‘il”, “nevara”, “evara”, “chevara”, “pannevara” tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik singari anglash – kerak.
Fandagi “induksiya” va “deduksiya” tushunchalari ana shu katta-kichiklikka asoslanadi. Sodda qilib aytganda, “induksiya” kichik (qismning bo‘lagi) hisoblangan tushunchalar tahlili orqali katta tushunchaga – xulosaga kelish, “deduksiya” esa buning teskarisi – katta tushunchalar tahlili orqali kichik tushunchalarni aniqlashtirish. “Induksiya”ni o‘tkir uchi pastga qaratilgan, asosi esa tepada bo‘lgan uchburchak tarzida, “deduksiya”ni esa asosi pastda bo‘lib, o‘tkir uchi tepaga qaragan uchburchak shaklida tasavvur qilish – mumkin:
“Induksiya” lotincha inductio – burish, to‘g‘rilash; qo‘zg‘atish ma’nolaridan olingan. Unga 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday izoh berilgan: “Juz’iy hodisalardan umumiy natija chiqarish, ayrim faktlardan umumiy xulosaga kelish; ziddi deduksiya” (2-jild. – Toshkent: 2006. – B. 209). “Sabr”, “oyat”, “sura”, “pora” (“juzv”), “Qur’on”, “vahy”, “oxirat”, “islom”, “din”, “Alloh” tartibida kichik tushunchadan katta tushunchaga qarab (induksiya yo‘li bilan) borilyapti.
“Deduksiya”ga 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da: “Umumiy holatdan juz’iy xulosa chiqargan holda muhokama yuritish; umumiy holatdan juz’iy natija chiqarish; ziddi induksiya” (1-jild. – Toshkent: 2006. – B. 591), – tarzida izoh berilib, so‘zning lotincha deductio – payqab olish, xulosa chiqarish so‘zidan olingani, mantiq ilmiga aloqadorligi ham qayd etilgan.

“Alloh”, “din”, “islom”, “oxirat”, “vahy”, “Qur’on”, “pora” (“juzv”), “sura”, “oyat”, “sabr” tartibida esa katta tushunchadan kichik tushunchaga qarab (deduksiya yo‘li bilan) borilyapti.
Ma’naviy targ‘ibotchi qaysi yo‘l bilan ketayotganini aniq bilib turishi, shuni qat’iy inobatga olib borishi – lozim. Mantiq ilmining asr-asrlar mobaynida erishgan ana shunday yo‘l-yo‘riqlaridan kelib chiqmasak, odamlarning ong-tafakkuriga ta’sir o‘tkazishimiz, ularning biror narsani oxirigacha tushunib olishlariga yordam berishimiz juda-juda qiyin kechadi.
Biz o‘zimiz ishlatayotgan tushunchalarimizni to‘la anglarmiz, lekin endi axborotni qabul qilayotgan auditoriya ularni qay darajada tushunayotgani bilan hisoblashishga majburmiz. Buning uchun tinglovchilar tarkibi (kontingenti) haqida aniq-tiniq tasavvurga ega bo‘lishimiz ham –kerak.
Butun dunyoda so‘z orqali ta’sir etishda til mahoratiga birlamchi e’tibor beriladi. Qadimdan ham shunday bo‘lgan, hozir ham talab – shu, bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Tilga e’tiborning birlamchi talablaridan biri esa – tabiiylik. Tabiiylikdan samimiylik kelib chiqadi. Ma’ruzachining tili imkon qadar adabiy tilga bo‘ysunishi va xalqqa tushunarli va yaqin bo‘lishi – lozim. Tilni yaxshi bilmay turib bu tilda samarali ma’naviy targ‘ibot olib borishning aslo iloji – yo‘q.
Tarbiyaga yo‘naltirilgan har qanday xatti-harakat, qadam, vosita, dars, tadbir, marosim, o‘git, tizim va hokazoda maqsad aniq-tiniq bo‘lishi, ya’ni tarbiyaga mas’ul har bir shaxsda aynan tarbiyalanuvchi ongida qanday (siyosiymi, iqtisodiymi, diniymi, huquqiymi, mafkuraviymi, demokratikmi, ekologikmi, tibbiymi...) o‘zgarish kutilayotgani oldindan o‘ylanishi va shu ichki qat’iy reja asosida ish olib borilishi – lozim.
So‘zga juda chechan notiq, hatto, vallomat voiz ham tinglovchilar diqqatini 5-6 daqiqadan ortiq band etib tura olmaydi. Ammo 5-6 daqiqada biron-bir mavzu bo‘yicha ko‘ngildagidek ma’ruza qilishning ham aslo iloji –yo‘q. Nima qilish – kerak? Yo‘llarini izlash – zarur. Buning yo‘llari – ko‘p. Gapirishni to‘xtatib, ekranda biror videolavha qo‘ying. Birovning yozganidan parcha o‘qib berganingizdan ko‘ra, uning o‘zi gapirgan audio yoki video parchani qo‘yib bering. Mavzuga bog‘lay olsangiz, she’r o‘qing, biror qo‘shiqdan xirgoyi qilib bering, qiziqchilarga o‘xshab rolga kirgan holda mavzuga daxldor bir hangoma aytib bering. Bir kitob ko‘rsating. Bir rasm namoyish eting. Bir xillik hech kimga yoqmaydi.
Ma’naviy targ‘ibotda, bordi-yu, jahon buyuklaridan birining nomi tilga olindimi, endi, albatta, u kishining kim ekani, qachon va qayerda yashagani, nima ish qilgani, nima maqsadda hozir tilga olinayotgani qisqagina qilib aytib o‘tilishi – shart. Ko‘pchiligimiz: “Men tilga olgan zotni hamma biladi”, – deb o‘ylaydi. Aslo unday emas. Bil’aks, bu keltirgan ma’lumotimiz maqsadni oydinlashtirish o‘rniga masalani badtar chigallashtiradi, chunki tinglovchiga yetti yot begona odam haqida gapirishning nima keragi bor?
Bu talablar ma’ruzachi har qancha og‘zaki targ‘ibot olib borsa ham, bu chiqishiga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishi, nutqining xomaki rejasini obdon pishitib, fikrlarini ixcham tezislar tarzida yozib olishi, kerakli ma’lumotlar bilan qurollanib, so‘ng minbarga chiqishi lozimligini ko‘rsatadi.
Ta’sirchanlikning eng asosiy talabi – ishontirish. Ishontirishning eng asosiy talabi – to‘g‘ri so‘zlashish. To‘g‘ri so‘zlashishning eng asosiy sharti – so‘z bilan amal birligi. Hech qachon minbarda o‘zimiz amal qilmaydigan so‘zni gapirmasligimiz lozim. Mabodo, gapirib, amal qilmayotgan bo‘lsak, uni xalqdan yashirishning hech iloji yo‘q. Shuning uchun imkon qadar bugun haqida, zamon bilan bog‘liq gaplarni gapirishimiz, diniy ma’ruzalar dolzarbligini ham bugunning ehtiyoji belgilaydi, albatta. Bugunning siyosatini bilmay turib esa zamon talabi darajasida ma’ruza tayyorlashning hech imkoni yo‘q.

Ko‘pchilikning shakllangan tasavvurlariga butunlay teskari, ya’ni ulardan yuz foiz yoxud bir yuz sakson gradus farq qiladigan fikrni ilgari surishda juda ehtiyotkorona yo‘l tutish lozim. Ifodali qilib aytganda, bitta yangi mulohazani o‘rtaga tashlash uchun avval to‘qqizta eski gapni keltirish – zarur. Chunki yangilikning qabul qilinishi – doimo og‘ir kechadigan jarayon.
Endi yana bir masala o‘rtaga tushadi, bu – tinglovchilarning kimlardan iborat ekani, ularning ong-tasavvurlari darajasi. Biz o‘zimiz ishlatayotgan tushunchalarimizni to‘la anglarmiz, lekin endi eshituvchilar ularni qay darajada tushunayotgani bilan hisoblashishga majburmiz.
...Bir amri ma’rufda ma’ruzachi me’roj haqida uzoq gapirdi.
– Voiz nima haqda gapirdi, men yaxshi anglolmay qoldim? “Me’roj” degandek bo‘ldimi? Nima o‘zi – me’roj? – deb so‘radim.
– E, uka, unaqa narsalarga aqlimiz yetadigan bo‘lganida imom emas, biz gapirgan bo‘lardik, boring, ma’ruzachining o‘zlaridan so‘rang, – deyishdi.
Avval “me’roj” o‘zi nimaligini obdon tushuntirmay turib ham bu haqda shuncha ma’ruza qilish – mumkinmi? Demak, imom, qariybki, o‘ziga o‘zi gapirdi. Bunday ma’ruzaning ta’sirchanligi – yo‘q darajada. Bunday ma’ruzaning kimga keragi – bor?
Voizning hech mahalda o‘zini akademik, o‘tirgan somelarni “ukademik” sanashga haqqi – yo‘q.
Dunyoda eng qiyin ishlardan biri – bir kishining miyasida pishgan fikrni boshqalar miyasiga o‘tkazish. Faqat bosh talab shuki, badiiy-timsoliy qilib aytiladigan bo‘lsa, qo‘shnining bog‘idagi mevalardan tatib ko‘rish uchun avval qo‘shni bilan birga yetaklashib, o‘sha boqqa kirib olish kerak, shundagina mevaga qo‘l yetishi uchun imkon paydo bo‘ladi. Aks holda, bog‘ning devorlaridan narida turib uzoqdan ko‘z qamashtirib yotgan mevalar haqida shirin orzugina qilamiz, xolos.
Ma’naviy targ‘ibotda, albatta, jamoa vakillaridan tushgan savollarga javob berishga ko‘p bor to‘g‘ri keladi. Javob hamisha amal qilish mumkin bo‘lgan tarzda bayon etilishi, buning uchun falsafaning makon va zamon degan tushunchalarini aslo yoddan chiqarmaslik, ya’ni ta’sirchanlikka erishish uchun qaysi jamiyatda va qanday davrda yashayotganimizni har taraflama mushohada qilgan holda ish ko‘rish zarur bo‘ladi.
1 Modomiki, mukammal shaxs tarbiyasi jamiyatimizning asl maqsadiga aylangan ekan, tarbiyani kompleks, ya’ni har tomonlama uyg‘un tarzda olib borish – zamon talabi. Masalani shu tarzda qo‘ysakkina, jamiyatni o‘zgartira olamiz. Jamiyatni o‘zgartirmasak, hayot mamlakat va xalq oldiga qo‘ygan maqsadga yetish – huquqiy demokratik tuzumni shakllantirish, ilg‘or davlatlar safiga qo‘shilish mushkul kechadi.
Ta’sirchanlikning eng asosiy talabi – ishontirish. Ishontirishning eng asosiy talabi – to‘g‘ri so‘zlash. To‘g‘ri so‘zlashning eng asosiy sharti – so‘z bilan amal birligi. Og‘zaki targ‘ibotda, radio va televideniye chiqishlarida ovoz odamlarni ishontirishning eng asosiy quroli. Samimiylikka aynan ma’ruzachining talaffuz mahorati orqali erishiladi. Abdurahmon Jomiy (XV asr) huzurlarida birov juda baqir-chaqir bilan, ovozini o‘ta darajada balandlatib she’r o‘qigan ekan, piri komil unga: “Taqsir, she’r o‘qurmusiz yoxud kishi qo‘rquturmusiz?” – deya tanbeh bergan ekanlar...
Hech qachon minbarda o‘zimiz amal qilmaydigan so‘zni gapirmasligimiz lozim. Mabodo, gapirib, amal qilmayotgan bo‘lsak, uni xalqdan yashirishning hech iloji – yo‘q. Xoja Hofiz Sheroziy(XIV asr)ning bir bayti shunday jaranglaydi:
Воизон к-ин ҷилва бар меҳробу минбар мекунанд,
Чун ба хилват мераванд, он кори дигар мекунанд.
Mazmuni: “Voizlar mehrobu minbarda jilva qilishadi, lekin xilvatga o‘tganlarida esa boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘lishadi”.

Alisher Navoiy (XV asr) bir buyuk zotning mavzuimizga bevosita daxldor zo‘r fikrini keltiradi: “Voiz uldurki, uning suhbatiga boy kirsa, kambag‘alligini his etib chiqsin, kambag‘al kirsa, boyib chiqsin”. Mazmuni – shuki, o‘zini, shu voizdan ko‘ra bilimliroqman, deb hisoblagan odam agar uning ma’ruzasini eshitsa, fikridan qaytib, ko‘tarilgan mavzu bo‘yicha voizchalik bilimli emasligini (demak, kambag‘alligini) tan olsin, bordi-yu, o‘zini voizga nisbatan bilimsizroq hisoblaydigan kishi uning suhbatiga musharraf bo‘lsa, chindan ham, undan yetarli darajada bilim o‘zlashtirsin (demak, ma’naviy jihatdan boyisin).
Ko‘pchilikning shakllangan tasavvurlariga butunlay teskari, ya’ni ulardan yuz foiz yoxud bir yuz sakson gradus farq qiladigan fikrni aytishda juda ehtiyotkorona yo‘l tutish lozim. Ifodali qilib aytganda, bitta yangi mulohazani o‘rtaga tashlash uchun avval to‘qqizta eski gapni keltirish zarur. Chunki yangilikning qabul qilinishi – doimo og‘ir kechadigan jarayon.
Ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish – boshqa narsa, uni ommaga tushunarli va ta’sirchan tilda yetkazib berish butunlay bir boshqa mahorat tlab qiladi.