Фарғона вилояти Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси | Расмий канали
663 subscribers
2.66K photos
202 videos
115 files
937 links
Фарғона вилояти маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси Ахборот хизмати
Download Telegram
#Bilasizmi

❗️18 yoshgacha boʻlgan shaxslarga 30 kalendar kun ta’til beriladi

🗓 Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kunni tashkil etadi.

➡️ Quyidagilarga yoshi va sogʻligʻining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi:

🔹18 yoshgacha boʻlgan shaxslarga – 30 kalendar kun;
🔹I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga – 30 kalendar kun.

☑️ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar kun boʻlgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi.

Bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.

Har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tillar ayrim toifadagi xodimlar uchun ham ular mehnat vazifalarining oʻziga xos jihatlari va xususiyatlariga hamda boshqa holatlarga qarab belgilanadi. Bunday ta’tillar olish huquqiga ega boʻlgan xodimlarning roʻyxati va ushbu ta’tillarning davomiyligi qonunchilikda belgilanadi.

⚠️ Qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tillar berish, shuningdek har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan koʻpaytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.

Kanalga ulanish:👇👇 IFacebook I Instagram ISayt