Futbol hakami⚽️
75 subscribers
193 photos
110 videos
2 files
235 links
⚽️ Xorazmlik hakam | UzFHM, KHFA a’zosi
📍 Xorazmdan futbol olamiga!
📌 Futbol yangiliklari va hakamlik sohasidagi ma’lumotlar biz bilan bo‘ling!
🎯 Harakat va maqsad — mening tamoyilim
🌐 tirikchilik.uz/referee_uz
📩 Takliflar: @referee_khorezm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu maydon – mening imtihonim. Har bir hushtak — javobgarlik. Har bir qaror — halollik.
Hakamlik — bu ko‘rinmaydigan qahramonlik!
Meni maydonda ko‘rganlar, qanchalik fidoyilik talab qilinishini tushunadi.
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu vaziyatda hakamning qarori to‘g‘rimi?


@futbol_hakami
🔥2
Forwarded from Muhammad Ali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚨 Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Matbuot xizmatidan yangi loyiha:

Hakamlar akademiyasiga qabul qanday amalga oshiriladi?

Hakamlarni saralash, ularni rasmiy uchrashuvlarga tayinlash mexanizmi qanday?

Xalqaro o‘yinlarda o‘zbekistonlik hakamlarning faoliyati qanday baholanmoqda?

Markazlashgan VAR tizimi qanday ishlaydi?

💬 Shu va boshqa savollarga O‘zbekiston futbol hakamlari markazi direktori vazifasini bajaruvchi Ma’mur Saidqosimov “Expert” loyihasida javob berib oʻtdi.

Koʻrsatuvni O‘FA YouTube sahifasida soat 16:00 da tomosha qilishingiz mumkin.

👉 😀🇺🇿 UFA


🚩 futbol_hakami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️Ahror Risqullayev – Superligada 100-o‘yinini boshqardi.Hamkasbim Ahror akani bu natija bilan tabriklaymiz. 💯 – bu shunchaki raqam emas, bu mehnat, sabr va fidoyilikning mevasi! 👏
Omad va zafarlar doim hamroh bo‘lsin!



Tajribali hakam Ahror Risqullayev Oʻzbekiston Superligasida "Neftchi" — "Dinamo" bahsida bosh hakam sifatida 100-o‘yinni boshqardi (avvalgi mavsumlar ham qo‘shib hisoblanganda).

📊 Statistika:

🟢 35 ta uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozongan.

🔴 32 ta uchrashuvda mehmonlar g‘alaba qozongan.

🔵 33 ta o‘yinda durang qayd etilgan.

⚽️Umumiy hisobda 216 ta gol urilgan.

🟨 405 ta sariq kartochka.

🟥 17 ta chetlatish — 9 tasi ikkinchi sariq kartochkadan keyin, 8 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka.

🥅 28 ta penalti belgilangan.

Manba:⚽️ UZFHM



🚩 futbol_hakami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Xushxabar! O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Bugun FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan muhim masalalar qatorida 2027-yilgi 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionati mezbonlari aniqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda yoshlar o‘rtasidagi Mundialga mezbonlik qilishi belgilandi. Mazkur musobaqa FIFA tomonidan o‘tkaziladigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz ko‘plab yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilib, katta tajriba orttirdi. Xususan, 2024-yilda yurtimizda o‘tkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionati yuqori saviyada tashkil etilgani xalqaro futbol hamjamiyati tomonidan alohida e’tirof etildi. Mazkur musobaqalar, shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislarining xalqaro miqyosdagi yirik turnirlarni o‘tkazish bo‘yicha yetarlicha tajriba va salohiyat to‘plashiga imkoniyat yaratdi.

2027-yilga kelib dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilari FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etish uchun 🇺🇿O‘zbekiston va 🇦🇿Ozarbayjonda to‘planishadi. Yurtimiz, har doimgidek, o‘zining mehmondo‘stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislarining mehri bilan butun dunyo e’tiborini qozonishga tayyor.

⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍 FIFA Prezidenti Janni Infantino oʻzining rasmiy sahifasida Oʻzbekiston va Ozarbayjonni FIFA U-20 Jahon chempionati mezbonligi bilan tabrikladi.

Ushbu ikki futbolsevar mamlakatni Jahon chempionati mezbonligi bilan qutlayman. Oʻzbekiston va Ozarbayjon yirik miqyosdagi turnirlarni oʻtkazish boʻyicha katta tajribaga ega. Xususan, Oʻzbekiston oʻtgan yili oʻtkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etdi, dedi Infantino.


Shuningdek, FIFA rahbari 25-bor oʻtkaziladigan yoshlar oʻrtasidagi Mundialni intiqlik bilan kutib qolishini ham qoʻshimcha qilgan.

⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📍  2026-yilgi Jahon chempionati rasmiy to‘pi namoyish etildi.

“Trionda” — “Adidas” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

“Trionda” nomi ispan tilidan tarjima qilinganda “uch to‘lqin” degan ma’noni anglatadi. Bu nom birinchi bor uch davlat – Kanada, Meksika va AQSH – birgalikda musobaqaga mezbonlik qilayotganini ramziy tarzda namoyish etadi. To‘pning dizayni va innovatsion texnologiyalari musobaqaning tarixiy ahamiyatini o‘zida mujassam etgan.

FIFA prezidenti Janni Infantino quyidagicha izoh berdi:

“FIFA Jahon Chempionati-2026 uchun rasmiy to‘p – bu chinakam san’at asari! Men “Trionda“ to‘pini taqdim etishdan xursandman va faxrlanaman. “Adidas” yana bir bor ramziy va texnologik jihatdan mukammal to‘pni yaratdi – bu dizayn uch mezbon mamlakat – Kanada, Meksika va AQSH – ning birdamligini, ishtiyoqini o‘zida ifoda etadi.

Bu go‘zal to‘pning darvozani to‘riga borib tushishini intiqlik bilan kutyapman. Futbol bayrami tobora yaqinlashmoqda – va to‘p endi harakatda!”

“Trionda” to‘pining o‘ziga xos xususiyatlari:

Ranglar uyg‘unligi: Kanada (qizil), Meksika (yashil) va AQSH (ko‘k) ranglaridan ilhomlangan.

To‘lqinli geometrik dizayn: Yangi to‘rt paneldan iborat shakl, to‘lqin effektlarini aks ettiruvchi chuqur choklar orqali havo harakatida mukammal barqarorlikni ta’minlaydi.

FIFA Jahon chempionati kubogiga ishora sifatida oltin bezaklar ishlatilgan.

Yangi avlod texnologiyalari:

Yopishqoqlikni oshiruvchi yuzaki ikonlar, ayniqsa nam havoda o‘yin uchun qulaylikni ta’minlaydi. Unga 500 gerts chastotadagi harakat datchigi o‘rnatilgan. Bu texnologiya to‘pning harakatini aniq qayd etib, VAR tizimiga real vaqt rejimida ma’lumot yuboradi, ayniqsa noaniq vaziyatlar, jumladan ofsayd holatlarini aniqlashda yordam beradi.

🚩 futbol_hakami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Rasman. Fabio Kannavaro — Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi deb e'lon qilindi.

🚩 futbol_hakami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🥱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚔️ EL KLASIKO KUNI!

🇪🇸 La Liga | 10-tur

🇪🇸 "Real Madrid" vs "Barselona" 🇪🇸

🗓 BUGUN | 20:15

🔥 - REAL
❤️ - BARSA


🚩 futbol_hakami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Fulltime

🎥 “Al Ain International Cup”

🇺🇿 Oʻzbekiston 2:0 Misr 🇪🇬

Gollar: Oston O'runov 4', 44'

90+5’ | Uchrashuv yakunlandi.




🚩 futbol_hakami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE 🚨 FIFA Jahon chempionati qur’asi ⚽️

🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasi “K” guruhidan o‘rin oldi

🇵🇹 Portugaliya
📍 Pley-off (Yangi Kaledoniya, Yamayka, Kongo DR)
🇺🇿 Oʻzbekiston
🇨🇴 Kolumbiya

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿#MilliyJamoa FIFA Jahon chempionatining “K” guruhidan o‘rin oldi

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Awards_2025

🤩 Yilning eng yaxshi hakami nominatsiyasi bo‘yicha
Muhammadali Baxtiyorov munosib taqdirlandi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, u respublika miqyosidagi musobaqalarda ham o‘yinlarni yuqori saviyada, adolat va xolislik tamoyillariga sodiq holda olib bormoqda.

Maydondagi professionalligi, qat’iyati va mas’uliyati yosh hakamlar uchun yorqin namuna hisoblanadi. 📕

🧡 https://t.me/KhorezmFootballAssociation
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😍1