Frontend development school
10 subscribers
3 videos
3 links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!


👨🏻‍💻 Murojaat uchun: @Yodgorbek_Ganiyev
🏠 Manzil: Farg‘ona vil., Beshariq tumani, 2-son kasb-hunar maktabi
☎️ Tel: +998 93 394-97-15
Download Telegram
🟧 FRONTEND DEVELOPERdagi SUPER IMKONIYATLAR🖥

Frontend
Developer kasbini egallaganlar Yuqori daromad topuvchi kasblar bo'yicha Dunyoning TOP10 lik qatoriga kiradi. Ushbu ko'rsatkich Yurtimiz hududida ham o'z ahamiyatini topgan. Kundan kunga rivojlanib borayotgan ushbu IT sohasining eng oldi yo'nalishlaridan birida Frontend Developer kasbiga talab o'ta yuqori darajada. Ushbu kasb egalariga quyidagi takliflar mavjud:

💰 Yuqori Maosh;
⌛️ Xohlagan ish vaqti;
💸 Qo'shimcha ish uchun daromad;
🏘 Xohlagan joyda ishlash;

Bunday Super imkoniyatlar 🤩 bilan bir vaqtda bir nechta joyda ishlash mumkin. Bu degani - Qiziqarli ish va Yuqori Daromad 🔥 Shunday ekan, hoziroq FRONTEND DEVELOPER sohasini o'rganishni boshlang.
☎️ +998 93 394-97-15
HTML NIMA?

HTML
"Hyper Text Markup Language" degan ma'noni anglatadi. Gipermatn veb-sahifalarni bir-biriga bog'lash usulini anglatadi. HTML veb-sahifalar va veb-ilovalarni yaratish uchun ishlatiladi. Matnli hujjatni belgilash uchun HTML teglardan foydalanadi. Veb-sahifa teglar bo'yicha tuzilgan va veb-sahifada ko'rsatiladi. HTMLni Berners-Li 1991 yil oxirida yaratgan. So'nggi versiyasi - 2014 yilda chiqarilgan HTML5.
Boʻlajak web dasturchilar uchun bu sohada bilishi kerak bo’lgan terminlar

Bu roʻyxat web dasturchilar eng koʻp duch keladigan kerakli terminlar bilan sizni tanishtirish uchun xizmat qiladi. Roʻyxat oson terminlar bilan boshlanib murrakablari tomon ingliz alifbosi shaklida oʻsib boradi

1. Chaqqon (Agile)
A harfidan Agile hozirgi web dasturlash olamidagi eng asosiy soʻz. Chaqqon web dasturlash deb web dasturlashning alohida uslubiga aytiladi.

2. Algoritm
Algoritm berilgan vazifalarni bajarish uchun qilinishi kerak boʻlgan koʻrsatmalar ketma-ketligi. Kompyuter dasturlashda algoritmlar muammolarni yechuvchi asosiy kalit qismi boʻlib keladi. Algoritm yaratish vaqtida dasturchilar muammoning yechimiga olib boruvchi barcha kerakli qadamlarni va har bir qadam nimalarni ichiga olishini yozib chiqishadi. (Davomi bor...😉)
Ilon Mask dunyoning ikkinchi raqamli boy odamiga aylandi

▪️Tesla asoschisi Bloomberg reytingida Microsoft asoschisi Bill Geytsdan o‘tib ketib, ikkinchi raqamli boy odamga aylandi. Birinchi raqamli millarder o‘rni esa Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosda saqlanib turibdi.

Jeff Bezosning boyligi $182 milliard, Ilon Maskniki $128 milliard, Bill Geytsniki esa $127,7 millardga baholangan.

Manba: https://www.bbc.com/news/business-55059915
SS Borders (chegaraning uslubi)

Chegara uslubidagi xususiyat qanday chegarani ko'rsatishni belgilaydi.

Quyidagi qiymatlarga ruxsat beriladi:

dotted - nuqta bilan chegarani belgilaydi
dashed - chegara chizig'ini belgilaydi
solid - Qattiq chegarani belgilaydi
double - qo'shaloq chegarani belgilaydi
groove - 3D yivli chegarani belgilaydi. Effekt chegara rang qiymatiga bog'liq
ridge - 3D o'ralgan chegarani belgilaydi. Effekt chegara rang qiymatiga bog'liq
inset - 3D ichki chegarasini belgilaydi. Effekt chegara rang qiymatiga bog'liq
outset - 3D boshlang'ich chegarasini belgilaydi. Effekt chegara rang qiymatiga bog'liq
none - Chegarani belgilamaydi
hidden-Yashirin chegarani belgilaydi

Chegara uslubidagi xususiyatlar birdan to'rtgacha qiymatga ega bo'lishi mumkin (yuqori chegara, o'ng chegara, pastki chegara va chap chegara uchun).

MISOL UCHUN:

<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<style>
p.dotted {border-style: dotted;}
p.dashed {border-style: dashed;}
p.solid {border-style: solid;}
p.double {border-style: double;}
p.groove {border-style: groove;}
p.ridge {border-style: ridge;}
p.inset {border-style: inset;}
p.outset {border-style: outset;}
p.none {border-style: none;}
p.hidden {border-style: hidden;}
p.mix {border-style: dotted dashed solid double;}
</style>
</head>
<body>

<h2>Chegara uslublari</h2>
<p>https://t.me/Html_css_js_kodlari guruhi uchun maxsus:</p>

<p class="dotted">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>
<p class="dashed">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>
<p class="solid">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>
<p class="double">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>
<p class="groove">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>
<p class="ridge">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>
<p class="inset">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>
<p class="outset">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>
<p class="none">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>
<p class="hidden">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>
<p class="mix">https://t.me/Html_css_js_kodlari</p>

</body>
</html>
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Image Mask Effect using HTML & CSS | About Us Section Design
💻 Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab

1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi

2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.

3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.

4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas
Rossiyalik besh yoshli qizcha YouTube’dagi kanalida oyiga 500 ming AQSh dollari ishlab topmoqda

🤗🤗😊🤗🤗

Forbes YouTube’da oyiga 500 ming AQSh dollari ishlab topayotgan qizaloq haqida maqola e’lon qildi.

Xulosa: Agar siz harakatlaringizni mevasini ko'rishni xohlasangiz, oldingizga maqsad qo'ying va ularga ergashing, bu sizga ko'p yillarni talab qilishi mumkin, ammo agar siz yarim yo'lda to'xtamaslikka qaror qilsangiz, Inshaalloh, maqsadingizga erishasiz
Channel name was changed to «Frontend development kurslari»
Channel name was changed to «Frontend development school»
HTML (HyperText Markup Language) Internetning eng asosiy tarkibiy qismidir. Bu veb-tarkibning mazmuni va tuzilishini belgilaydi. HTML-dan tashqari boshqa texnologiyalar odatda veb-sahifaning tashqi ko'rinishi / taqdimotini ( CSS ) yoki funksionallik / xatti-harakatni ( JavaScript ) tavsiflash uchun ishlatiladi
"Gipermatn" deganda veb-sahifalarni bitta veb-sayt ichida yoki veb-saytlar o'rtasida bir-biriga bog'laydigan havolalar tushuniladi. Havolalar Internetning asosiy yo'nalishidir. Tarkibni Internetga yuklash va uni boshqa odamlar tomonidan yaratilgan sahifalarga bog'lash orqali siz Butunjahon Internet tarmog'ining faol ishtirokchisiga aylanasiz.
Python haqida

📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.

Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.

✅ Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science

📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#

Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.
🔥 Super Grafik Dizayn Video Kurslarini Kutib oling! 😍

🟦 Adobe Photoshop
🟧 Adobe Illustrator
🟪 Adobe Xd

Ushbu Qiziqarli Grafik dasturlarni biz bilan o'rganing va Yuqori cho'qqilarni Zabt eting!

Kuchli Dizayner bo'lishga nima deysiz? 😉

Unda hoziroq ushbu dasturlarni Professionaliga aylaning!

Batafsil ma'lumotlar uchun:
@Yodgorbek_Ganiyev ga murojaat qiling
☝🏼BARBIR O'RGANISH ZARUR!

Dunyo bo'yicha kompyuter dasturlar reytingi tuzilib chiqsa, umumiy hamma uchun kerak bo'ladigan Dasturiy paketlarni eng yuqori o'rinlarida Microsoft Office dasturiy paketi turadi. Sababi hozirgi Raqamli axborot davrida Hujjatlar ham to'laqonli elektron shaklga o'tkazilmoqda. Bu degani istalgan hujjat turi bu - Ms Word, Ms Excel, Ms PowerPoint dasturida tayyorlangan hujjat deganidir. Shunday ekan, bu "aka-uka" dasturlarni Professionallik darajasida o'rganish zarur!


🔻 Batafsil Ma'lumotlar uchun:

🔸 Telefon
: +99893 394-97-15
🔹 Telegram: @Yodgorbek_Ganiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Creative Our Team Section Using HTML & CSS | User Card Hover Effects

🇺🇿HTML va CSS-dan foydalangan holda jamoamizning ijodiy bo'limi | Foydalanuvchi xaritasi hover effektlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov kelajakda talabgor boʻladigan koʻnikma va kasblar haqida gapirib oʻtdi.
​​Diqqat Clone Security qaytdi!

Bugun ular surxondaryo.uz web saytiga xujum uyushtirishgan va sababini batafsil bayon qilishgan.
Internet - katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Sodda qilib tushuntiradigan bo'lsam, bir kompyuterdagi ma'lumotni masofadan turib boshqa kompyuterda o'qiy olish imkoniyatini beruvchi tizim. O'tgan asrning 60-yillarida Internet paydo bo'lishi bilan eng qimmatli resurs ma'lumotga aylangan. Internetning eng foydali jihatlaridan biri, "odamlarni birlashtirish". Bu vazifani bajaruvchi "Facebook", "Instagram", "Telegram", "Whatsapp", "Zoom" kabi platformalar ham aslida murakkab "website"lardir.
​​WWW: World Wide Web yoki shunchaki Web yer yuzidagi milliardlab saytlar jamlanmasidir.