FLEDU.UZ | RASMIY
435 subscribers
11.1K photos
932 videos
29 files
5.84K links
"Oʼzbekistonda xorijiy tillar" (Foreign Languages Education in Uzbekistan) ilmiy-metodik elektron jurnali va internet portalining rasmiy telegram kanali.

Sayt 👉 https://fledu.uz/uz/
Facebook 👉 http://bit.ly/2YMNybW
Youtube 👉 http://bit.ly/3oYG7ZT
Download Telegram
🇫🇷🇺🇿 PARIJDA IJODIY FAOLIYAT YURITISH BO'YICHA DASTURDA ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZALAR QABUL QILINMOQDA⚡️

✔️ Siz san’atkor, ijodkor yoki madaniyat sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassismisiz va Parijda🇫🇷  ilmiy-tadqiqot hamda ijodiy loyihangizni amalga oshirishni istaysizmi?

🏛 "Institut français × Cité internationale des arts" dasturi 2027-yil aprelidan 2028-yil apreligacha Parijda 3, 6 yoki 9 oy davomida ijodiy faoliyat olib borish imkoniyati taqdim etadi. Dastur tasviriy san’at, fotografiya, kino, raqamli ijod, arxitektura, kitob sohasi, dizayn, amaliy san’at, sahna san’ati va musiqa 🎨 kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi.

📅 Arizalarni topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil 8-oktabr, Parij vaqti bilan soat 23:59.

📩 Murojaat uchun: yekaterina.grigoreva@diplomatie.gouv.fr

🔗 Dastur va unda ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumot.

🌐 Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi.
21
🇺🇿🇰🇷 BUXORODA KOREYS TILI TA’LIMI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

🔘 Buxoro shahrida Koreys tili ta’lim va malaka oshirish markazining ochilish marosimi hamda Buxoro davlat pedagogika institutida Koreys tili yo‘nalishining tashkil etilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tadbirda ta’lim sohasi vakillari, umumta’lim maktablari direktorlari va o‘qituvchilari, shuningdek, koreys tilini o‘rganayotgan o‘quvchi va talabalar ishtirok etdi.

👩🏻‍🎓🧑🏻‍🎓Mazkur markazning tashkil etilishi va yangi ta’lim yo‘nalishining ochilishi yoshlar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ta’lim-madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
3👍1
"Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir.
Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir."

-Jaloliddin Rumiy-


🇪🇸
La belleza de una persona está en su rostro, y la belleza del rostro está en sus ojos.
Pero lo que hace verdaderamente humana a una persona son las palabras que salen de sus labios.

Jalaluddin Rumi

🇬🇧
The beauty of a person lies in the face, and the beauty of the face lies in the eyes.
But what truly makes a person human is the words that come from their lips.

Jalaluddin Rumi

🇰🇷
사람의 아름다움은 얼굴에 있고, 얼굴의 아름다움은 눈에 있습니다.
그러나 사람을 진정 사람답게 만드는 것은 그 입에서 나오는 말입니다.

잘랄루딘 루미

🇲🇾
Keindahan seseorang terletak pada wajahnya, dan keindahan wajah terletak pada matanya.Namun, yang benar-benar menjadikan seseorang itu manusia
ialah kata-kata yang lahir daripada bibirnya.

Jalaluddin Rumi


Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram | Sayt | YouTube
21💯1
👩🏻‍🎓🧑🏻‍🎓TALABALAR XORIJDA O‘QISHNI BOSHLADI👨‍🏫

🌐 O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti talabalari 3+1 dasturi doirasida Qozog‘istondagi A.E. Buketov nomidagi Qarag‘anda universitetida tahsil olishni boshladi.

📚 Talabalar yangi ta’lim muhiti bilan tanishib, o‘quv jarayoniga qo‘shildi.

🎓 Dastur ularga xorijda ta’lim olish tajribasini orttirish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ikki universitet diplomini olish imkonini beradi.
👍4
Forwarded from Edu.uz
Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.

🤝 Tadbir davomida:
SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari;
xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar;
ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot masalalari muhokama qilinadi.

📅 Sana: 12-oktyabr, 2026-yil
🕘 Vaqti: 09:00
📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent

📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting:  https://shorturl.at/MFfKM

💪 Nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🤼‍♂️🤾‍♂️🏄🏻I MARKAZIY OSIYO TALABALAR SPORTI FORUMI OʻTKAZILADI

🏆 Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Ederning Oʻzbekistonga tashrifi munosabati bilan, shuningdek, Oʻzbekistonning talabalar sporti sohasidagi ilgʻor tajribasini butunjahon sport hamjamiyatiga tanitish va boshqa davlatlarda qoʻllash maqsadida
2026-yil 29-sentabrdan 2-oktabrgacha
⛳️I MARKAZIY OSIYO TALABALAR SPORTI FORUMI BOʻLIB OʻTADI⛳️

🎯 Forum doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda xalqaro universitet sporti tashkilotlari vakillari ishtirokida talabalar sportini rivojlantirish, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va oʻzaro hamkorlik istiqbollarini belgilashga qaratilgan uchrashuv hamda tadbirlar tashkil etiladi.
2👍1
🇺🇿TAKOMILLASHTIRILGAN O‘ZBEK ALIFBOSI UCHUN MAXSUS BEPUL SERVIS ISHGA TUSHDI🇺🇿

📝 Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Kutilayotgan o‘zgarishlarga moslashishni osonlashtirish uchun UNDOV.UZ servisi ishga tushirildi.

🧾 Ushbu servis orqali matnlarni kirill, amaldagi lotin va takomillashtirilgan lotin yozuvi o‘rtasida tez va oson o‘girish mumkin. Shuningdek, hujjat fayllarini ham transliteratsiya qilish imkoniyati mavjud.

👩🏻‍💻🧑🏻‍💻Kontent markazi tomonidan taqdim etilgan UNDOV.UZ sayti va @undovbot Telegram-botidan foydalanish mutlaqo bepul. Foydalanuvchilarning matn va fayllari serverlarda saqlanmaydi.⚡️
👍3
"ILMNING ENG YUKSAK SHAKLI - UNI BOSHQALAR BILAN BAHAM KO'RISHDIR"
-Aristotel-


🇨🇳 知识的最高形式,是与他人分享。

🇺🇸 HIGHEST FORM OF KNOWLEDGE IS SHARING IT WITH OTHERS.

🇯🇵 知識の最高の形は、それを他人と分かち合うことです。

🇪🇸LA FORMA MÁS ELEVADA DE CONOCIMIENTO ES COMPARTIRLO CON LOS DEMÁS.

🇰🇷 지식의 가장 높은 형태는 그것을 다른 사람과 나누는 것이다

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐
Telegram | Sayt | YouTube
👍21💯1
🌐XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETING!🎓

📝 “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati barcha soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda magistrantlarni nufuzli xalqaro anjumanga taklif etadi!

📌 Konferensiya mavzusi:“XALQ SOʻZI” VA “НАРОДНОЕ СЛОВО” FENOMENI: MILLIY JURNALISTIKADA INSTITUTSIONAL KUCH VA PROFESSIONAL MEZONLAR MAKTABI”

📥 Maqolalarni qabul qilish oxirgi muddati: 2026-yil 25-sentyabr;

🌐 Tillar: oʻzbek, rus, ingliz tillari;

📧 Maqolalarni va toʻldirilgan talabnomani quyidagi elektron manzillardan biriga yuborishingiz soʻraladi:
Email: akramxamraqulov01@gmail.com
Telegram: @qabuln1

📞Maʼlumot va aloqa uchun tel:
• Akram Xamraqulov: +998 90 036 15 25

📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy.
Forwarded from Edu.uz
Sizning fikringiz — Yangi O‘zbekiston kelajagining muhim poydevori!

O‘zbekiston yoshlarining axborot maydonidagi faolligi hamda milliy va vatanparvarlik qadriyatlariga munosabatini o‘rganish maqsadida “Raqamli muhitning Yangi O‘zbekiston yoshlaridagi vatanparvarlik dunyoqarashiga ta’siri” mavzusida respublika onlayn so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.

📊 So‘rovnoma orqali raqamli muhit, ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi o‘rni hamda vatanparvarlik haqidagi xolis fikr va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.

📲 So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
👉 So‘rovnomadan o‘tish

🏛 Har bir yoshning bildirgan munosabati davlatimiz sohadagi kelgusi strategiyalarini belgilashda alohida ahamiyatga ega.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
👩🏻‍🏫🧑🏻‍🏫INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA YANGI QADAM📊

🏬 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida surdotarjima (imo-ishora tili) kurslarini tashkil etish bo‘yicha muhim uchrashuv o‘tkazildi.

📌 Uchrashuvda kurs o‘quv dasturini ishlab chiqish, zamonaviy metodikalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

🎯 Mazkur tashabbus O‘zDJTUda inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish va surdotarjima sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
2🔥1
🌐 JOURNALFLEDU.COM |Bizning mualliflar 💎

👁 KO‘RISHDA MUAMMOSI BO‘LGAN O‘QUVCHILAR INGLIZ TILINI QANDAY O‘RGANADI?

📊 Mazkur tadqiqot aynan shu savollarga javob izlaydi.

🔘Mavzu: KO‘RISHIDA MUAMMOSI BO‘LGAN O‘QUVCHILAR UCHUN INGLIZ TILI DARSLIKLARINI MOSLASHTIRISH📖

🎓 Muallif: Yoqut SHARIPOVA
🏬 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

🇺🇿 O‘zbekistonda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatishda an’anaviy darsliklarning vizual elementlarga, yani rasmlar, ranglar va sahifa dizayniga tayanishi qator qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.

📈 Yangi tadqiqotda Universal Design for Learning (UDL) tamoyillari asosida EFL materiallarini qayta ishlab chiqish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot Toshkent shahridagi 77-sonli “Nurli Maskan” maktab-internatida amalga oshirildi.

🎯 Natijalar UDL yondashuvi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganish samaradorligini oshirishda istiqbolli va samarali metodologik asos kanligini ko‘rsatadi.
3
🏆 IBRAT LIGASI BOSHLANDI!

Sentyabr — Ibratda Ligalar oyi! 🎉 Birinchi Ligani qarshi oling!

🗓 Liga sentyabr oyining 14-sanasida, dushanba kuni start oladi 🏁

Darslarni bajaring, ball to‘plang va reytingda yuqorilang!

‼️DIQQAT‼️
🎁
G‘OLIBLAR UCHUN:
🥇 1-o‘rin — iPhone 18 Pro
🥈 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m


Eng qizigʻi sovgʻalar bu bilan tugamaydi ⭐️

⏺️4–10-oʻrinlar uchun 500 000 soʻm
⏺️11–50-oʻrinlar: 200 000 soʻm
⏺️51–100-oʻrinlar: 100 000 soʻm
⏺️101-200-oʻrinlar: 3 oylik Pro obunasi
⏺️201–800-oʻrinlar: 1 oylik Mutolaa premium

Bunaqasi faqat Ibrat Academy’da! Bepul til o‘rganasiz, iPhone 18 Pro va pul mukofoti yutasiz!

📲 Ilovaga kiring va hoziroq Liga ishtirokchisiga aylaning!

Batafsil ma'lumot: @ibratfarzandlari
👍3
Forwarded from Edu.uz
Ayni paytda “Oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qanday imtiyozlar bor?” mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan ochiq chat bo‘lib o‘tmoqda.


🧑🏻‍🎓Suhbat davomida yaqinda OTTga o‘qishga kirgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar:

🔹Nogironligi bor talabalar uchun yotoqxonalarga joylashishda imtiyozlar;

🔹Nogironligi bor talabalar uchun ustamali stipendiya;

🔹Sizdan kelib tushgan boshqa savollarga ham javob beriladi.

Ovozli chat qo‘shilish:
👉 https://t.me/huquqplus?livestream

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram